TGINSIGHT CHAT
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
@ttmmtrasmiy
Travel🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot
Rezent Posts
Säit 41 vun 85 · 1,010 Posts
Publizéiert 5. Dez.
🔹 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-modda. Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi. Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega. Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 5. Dez.
#Konstitutsiya_darsi#TTMMT Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya darsi” deb nomlangan mashg'ulot tadbiri o‘tkazildi. Mazkur dars mashg‘uloti texnikumning fan o‘qituvchilari Gulnoza Tilavkulova va Saodat Aliyeva tomonidan olib borildi. O‘qituvchilar ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, Konstitutsiyaning qabul qilinishi, uning yaratilish jarayoni va tarixiy ahamiyati haqida dastlabki ma’lumotlar berdilar. Shundan so'ng, Konstitutsiyaning bo‘lim va boblari, inson huquq va erkinliklari kafolatlari, davlat boshqaruvi tizimidagi belgilanayotgan o‘zgarishlar, islohotlar mazmuni haqida talabalarga tushuntirib berildi. Tadbir yuqori saviyada, ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega tarzda o‘tdi. 🔎https://t.me/ttmmtrasmiy
Hashtags
Publizéiert 5. Dez.
🔥🏆WORLD SKILLS BUKHARA — 2025🏆🔥 🇺🇿Milliy ekspertlar va ishtirokchilar uchun rasmiy chaqiriq! Servis va mehmondo‘stlik — bu faqat kasb emas… Bu san’at. Bu g‘urur. Bu O‘zbekistonning yuzi! 🤝✨ 5 ta kasb — Sizning buguningiz, ertangiz va farovon hayot yo‘lidagi katta tramplin: 1️⃣ Hotel Reception *(Hotel Receptionist)* 2️⃣ Restaurant Service *(Restaurant Service)* 3️⃣ Tour Operator *(Tourism Operations)* 4️⃣ GID *(Tour Guide)* 5️⃣ Xona xizmati *(Housekeeping)* Bu yo‘nalishlar O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etilmoqda! Demak, bu tarixiy musobaqa Siz bilan boshlanadi! 📈 🎯Nega aynan siz qatnashishingiz kerak? 🔥 Kuchli tomonlaringizni ko‘rsatasiz 🔥 Kasbingizning xalqaro standartini o‘zlashtirasiz 🔥 Global mehnat bozoriga yo‘l ochasiz 🔥 Milliy va tashqi bozorda kim ekaningizni isbotlaysiz 🔥 O‘zbekiston nomini dovrug‘ini ko‘tarrasiz! 🇺🇿 Bu — Sizning hayotiy maydonchangiz! Bu yerda bahona yo‘q, faqat natija! 💪 📚O‘qish orqali — WorldSkills standartlarini bilib olasiz 📝Amalda — chempionat topshiriqlarini o‘zingiz boshdan kechirasiz 💡Ilhom orqali — professionallikka erishasiz! Ekspertlar! Siz yoshlarning kelajakini shakllantirasiz! 🎓 Siz baholamaysiz — yuksaltirasiz! 🎖 O‘z tarixiy imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang “G‘oliblar maydoniga xush kelibsiz!” 🌍🔥 📌 Ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumotlar: 👉ARIZA TO'LDIRISH🙏 +998 93 340 40 80 (WorldSkills Uzbekistan) 💥 Chempionat saviyasi — Sizga bog‘liq! Keling, O‘zbekiston servis sektorida yangi tarix yozamiz! #WorldSkillsBukhara2025 #UzbekistanSkills #HospitalitySkills #BizKeyingiChempionatgaQadamTashladik #G‘oliblarMamlakati 🇺🇿🔥
Publizéiert 3. Dez.
🎓 Toshkent Turizm va Mehmonxona Menejmenti Texnikumi o‘quvchilari bilan uchrashuv! Bugun texnikum o‘quvchilari bilan AB Group restoranlar tarmog‘i**da o‘tashi rejalashtirilgan **ishlab chiqarish amaliyoti uchun joylarni tanlash masalalari bo‘yicha samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida: ✅ AB Group’ning faoliyati va mavjud amaliyot imkoniyatlari tanishtirildi ✅ O‘quvchilarning qiziqishlari va yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi ✅ Amaliyot jarayonidagi vazifalar, talablar va rivojlanish imkoniyatlari muhokama qilindi AB Group bilan hamkorlik — o‘quvchilarimizning kelajakdagi kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy xizmat ko‘rsatish standartlarini o‘rganish va amaliy tajriba orttirish uchun katta imkoniyatdir. 🎯 Maqsad — *kasbiy o‘sishga yo‘l ochish, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash!* #ToshkentTurizmTexnikumi#ABgroup#Amaliyot2025#TurizmTa’limi #KasbiyTajriba
Publizéiert 3. Dez.
🎓 Встреча с учащимися Ташкентского техникума туризма и гостиничного менеджмента! Сегодня прошла продуктивная встреча со студентами техникума по вопросам подбора мест для прохождения производственной практики в заведениях ресторанного холдинга AB Group. Во время встречи были обсуждены: ✅ Деятельность AB Group и доступные возможности для практики ✅ Рекомендации по выбору направления с учётом интересов студентов ✅ Основные задачи, требования и перспективы профессионального роста во время практики Сотрудничество с AB Group — это отличная возможность получить современный опыт, укрепить профессиональные навыки и повысить конкурентоспособность будущих специалистов сферы туризма и сервиса. 🎯 Наша цель — открыть путь к профессиональному развитию и подготовить конкурентоспособные кадры! #ТашкентскийТехникумТуризма#ABgroup#ПроизводственнаяПрактика2025#ТуризмОбразование#ПрофессиональныйРост
Publizéiert 3. Dez.
📣 Toshkent Turizm va Mehmonxona Menejment Texnikumida ro‘mol o‘ragan qizlar bilan suhbat tashkil etildi Toshkent Turizm va Mehmonxona Menejment Texnikumida yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash maqsadida ro‘mol o‘ragan qizlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. Tadbirda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari N. Najimitdinova hamda xotin-qizlar maslahati kengashi raisi K. Ikramova ishtirok etib, o‘quvchi qizlar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Suhbat davomida qizlarning o‘qishga bo‘lgan munosabati, ularning qiziqishlari, ijtimoiy hayotdagi faolligi, shuningdek, o‘zaro hurmat, odob-axloq va texnikumda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar oldilar. Bunday muloqotlar texnikumimizda sog‘lom muhit yaratish, qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning faolligini oshirishga xizmat qiladi. 🤝 Ochiq suhbat — mustahkam ishonch va ijobiy muhit garovi!
Publizéiert 2. Dez.
🔹O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 21-modda. Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas. Inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart. Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 2. Dez.
Бошқарма бошлиғининг шахсий канали ҳамда бошқарманинг телеграм каналига обуна бўлишингиз тавсия этилади
Publizéiert 2. Dez.
https://t.me/iamradjabov
Publizéiert 2. Dez.
https://t.me/OTFIV_Toshkent_boshqarmasi
Publizéiert 1. Dez.
🔹O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 22-modda. O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganlikdan qat’i nazar, hamma uchun tengdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. Fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 1. Dez.
#kelajak_soati Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida "Kelajak soati" darsining "Mening huquqlarim" mavzusida olib borilgan dars mashg'uloti o’quvchilarda qonunga hurmat ruhida yashash, huquqiy madaniyatni rivojlantirish, Vatanga sadoqatli va faol fuqaro bo‘lish motivatsiyasini kuchaytirish maqsadiga yo‘naltirilgan. https://t.me/ttmmtrasmiy
Hashtags