TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Miverina amin'ny lisitry ny fantsona
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti avatar

TGINSIGHT CHAT

O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti

@unkiuz

Education

O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali

Mpandray347Mpandray ankehitriny
Lahatsoratra arahi-maso480Isan'ny lahatsoratra voasoratra
Fahatrarana vao haingana4,859Totalin'ny fijery vao haingana
Lahatsoratra vao haingana

Lahatsoratra vao haingana

Pejy 3 amin'ny 40 · 480 lahatsoratra

Navoaka 14 Mey

😁UNKI | ONLINE🟦🟦 📝Ayni vaqtda O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo institutida t.f.d., professor B.N.Hamidov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan"Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida neft va gaz sanoatining o‘rni" mavzusida Xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman bo'lib o'tmoqda. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

368 views

Navoaka 12 Mey

🔤🔤🔤🔤🔤🔤😁 🎉ILM-FAN FIDOYISI, MOXIR OLIM VA MEHRIBON USTOZ! Bugun O‘zbekiston neft-kimyo fanining yirik namoyandasi, texnika fanlari doktori, professor Bosit Nabiyevich Xamidov qutlug‘ yoshni qarshilamoqdalar! Bosit Nabiyevich o‘zining 60 yildan ortiq davom etgan ilmiy faoliyati davomida nafaqat nazariy tadqiqotlar, balki mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan amaliy yutuqlarga poydevor qo‘ydilar. 🧑‍🔬Ilmiy jasorat va yutuqlar: Aviatsiya sohasida inqilob: Buxoro NQIZda xalqaro standartlarga javob beradigan Jet A-1 aviatsiya yoqilg‘isini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratib, mamlakatimizga millionlab dollar iqtisodiy samara keltirdilar. Lokalizatsiya ustasi: O‘zbekiston neftlari va chiqindilaridan oqilona foydalanish, mahalliy xomashyo asosida surkov moylari va adsorbentlar (SiO₂-NK) olish maktabini yaratdilar. Ekologik yechimlar: So‘nggi yillarda o‘simlik moylari asosida biologik parchalanadigan, tabiat uchun zararsiz motor moylari ustida muvaffaqiyatli izlanishlar olib bordilar. Boy ilmiy meros: 550 dan ortiq ilmiy maqola, 18 ta patent va 6 ta monografiya muallifi. 🎓Ustozlik maktabi: Bosit Nabiyevich nafaqat olim, balki haqiqiy murabbiy sifatida 20 ta fan nomzodi va 8 ta fan doktoriga rahbarlik qilib, katta bir ilmiy maktabni shakllantirdilar. U kishining sa’y-harakatlari bilan O‘zbekistonda ilk bor davlat tilidagi “Neft va gaz kimyosi” darsligi nashr etildi. 😀“Do‘stlik” ordeni sohibi, institut Faxriylar kengashi raisi, kamtarin va samimiy inson Bosit Nabiyevichni bugungi ayyom bilan chin dildan muborakbod etamiz! Ustozga uzoq umr, mustahkam sog‘lik va ilm-fan rivoji yo‘lidagi xayrli ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz! Ilmiy izlanishlaringiz va o‘gitlaringiz biz yosh olimlar uchun hamisha mayoq bo‘lib xizmat qiladi. 😁O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti jamoasi nomidan.

901 views

#BUGUN_TUGʻILGAN_KUN "Oʻzbekiston 24" radiokanalida "Bugun tugʻilgan kun" dasturida Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti bosh ilmiy xodimi, professor Bosit Hamidov Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

283 views

Navoaka 12 Mey

✨✨✨🔠🔠🔠🔠🔠🔠✨✨✨ 🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi 📚😁Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi Ilmiy kengashining qaroriga asosan, Xojabayev Alisher Maxmudovich ga Texnika fanlari falsafa doktori ilmiy darajasi berilganligi bilan samimiy muborakbod etamiz. 🎓Ilmiy rahbar: Usmonov Xikmatilla Lutpullayevich 👥 Institutimiz ilmiy jamoasi hurmatli Xojabayev Alisher Maxmudovich ni munosib ilmiy daraja bilan qutlab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi. Diplom yaxshi kuningizga xizmat qilsin!!! Alisher olimlik sharafi muborak boʻlsin, loyiqlikda bardavom bo`ling 👏👏👏👏👏 ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐😁t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

355 views

Navoaka 12 Mey

1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 5️⃣👍👍😁 📝Ko'pchilik tadqiqotchilar foydalanadigann Akademik ijtimoiy tarmoqlar orqali maqolangizni 🧩google scholarda indekslashingiz mumkin. Buni ResearchGate va Academia.edu platformalari orqali amalga oshirishingiz mumkin. Qisqacha ushbu plaformalardan foydalanishga to'xtalib o'tamiz. 🌐 ResearchGate ResearchGate dunyodagi eng mashhur akademik ijtimoiy tarmoqlardan biri bo‘lib, u ilmiy maqolalarni yuklash, ularni baham ko‘rish, va boshqa olimlar bilan muloqot qilish uchun imkoniyatlar yaratib beradi. ➡️ Profil yaratish: ResearchGate’da o‘z profilingizni yarating va akademik ma’lumotlaringizni (ilmiy ishlar, loyihalar, o‘qish joylari) to'liq qilib kiriting. ➡️Maqolalarni yuklash: Siz o‘z maqolalaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri PDF formatda yuklashingiz mumkin. Agar maqola jurnalda nashr etilgan bo‘lsa, uning DOI raqamini va boshqa ma’lumotlarini kiritishingiz mumkin. ➡️Ijtimoiy tarmoq: ResearchGate boshqa olimlar bilan bog‘lanish imkonini ham beradi. U orqali siz o'z sohangiz doirasida muloqot qila olasiz, savollar berasiz va olimlarning tadqiqotlari bilan tanishasiz. ➡️Tadqiqot ko‘rsatkichlari: Sizning maqolangiz qancha ko‘rildi, necha marta yuklab olindi, necha marta o‘qildi va qachon iqtibos keltirildi — bularning barchasini kuzatib borishingiz mumkin. 🌐Academia.edu Academia.edu ham tadqiqot ishlari uchun mashhur platforma hisoblanadi. Bu platformada o‘z ilmiy maqolalaringizni yuklashingiz va ulashishingiz mumkin. ➡️Profil yaratish: Ilmiy profilingizni kerakli ma'lumotlar bilan to‘ldiring, o‘z ilmiy darajangiz va ish joyingizni ko‘rsating. ➡️Maqolalarni yuklash: Maqolangizni PDF formatda yuklang yoki jurnalga havolani qo‘shing. Bu orqali 🧩 Google Scholar sizning ishlaringizni topishi va indekslashi osonlashadi. ➡️O‘quvchilar bilan aloqa: Platforma sizga maqolalaringizni o‘qigan, qiziqqan foydalanuvchilar haqida ma’lumot beradi, bu orqali yangi hamkorlik imkoniyatlari paydo bo‘lishi mumkin. 🔰 Ushbu platformalarda, ResearchGate va Academia.edu, joylashtirilgan maqolalar ko'pincha 🧩 Google scholar tomonidan avtmatik ravishda indekslanadi va bu orqali siz o'zingizning ilmiy faoliyatingizni kengroq ommaga yetkazishga, tadqiqotlaringizga iqtibos keltirilishini oshirishga va yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratishga imkon beradi. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

344 views

Navoaka 12 Mey

📌Qog‘ozlarda qolgan sog‘inch: Mastura Iskandarova xotirasiga 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "O‘zbekiston bunyodkori" gazetasida o‘zbek ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olima, ustozimiz Mastura Iskandarova haqida xotira maqolasi chop etildi. Maqolaning asosiy mazmuni: Ilmiy meros: Mastura Iskandarova qurilish materiallari, xususan, sement va kompozitsion materiallar sohasida dunyo miqyosidagi mutaxassis edi. U 600 dan ortiq ilmiy ishlar, o‘nlab ixtirolar va monografiyalar muallifi bo‘lgan. Zahmatli yo‘l: Olima Toshkent politexnika institutidan boshlab, Fanlar akademiyasining yirik ilmiy tekshirish institutlarigacha bo‘lgan sharafli yo‘lni bosib o‘tgan. Xalqaro e’tirof: U Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining muxbir a’zosi bo‘lgan hamda ilm-fandagi yutuqlari uchun xalqaro darajadagi nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan. Insoniy fazilatlar: Maqolada olimaning nafaqat kuchli mutaxassis, balki o‘z kasbiga sadoqatli ustoz, samimiy va fidoyi inson bo‘lganligi alohida ta’kidlanadi. ✨ Xotira mangu, qadr muqaddas. Ilm yo‘lida yashab o‘tilgan umr hech qachon unutilmaydi, u bitilgan asarlar va shogirdlar kamolida yashayveradi. ...Barchamizni ko`nglimizdan chuqur joy egallagan marhum ustozimiz Mastura Iskandarovaning vafot etganlariga bir yil tolldi... Ustozimizning pok ruhlari qalblarda mangu yashaydi. .. ... Umr ganimatdir, hayot omonat... Barcha oo`tgan ustozlarimizni Alloh rahmatiga olgan bo`lsin, amiyn... ©️O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti Axborot xizmati 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt

335 views

Navoaka 12 Mey

285 views

Navoaka 8 Mey

489 views

Navoaka 8 Mey

🟦🟦🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️😁 Xotira - muqaddas, qadr - abadiy 🎗9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti xodimlari ishtirokida utkan ulug ustozlarni yod etib davra suxbati o‘tkazildi. Institutda faoliyat olib borgan, ilmiy maktab yaratgan va ilm uchun ulkan mehnatlari singgan marhum ustozlarni xotirlab, ularningxaklariga duo yullandi va ruxlari uchun xurmat bajo keltirildi... Bu dunyodan o‘tgan ustozlarimizning porloq xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi. Ularning ilmiy merosi, insoniy fazilatlari va shogirdlarga bo‘lgan mehri keyingi avlodlar uchun hamisha yo‘lchi yulduz bo‘lib qoladi. ©️O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti Axborot xizmati 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

447 views

Navoaka 8 Mey

🇺🇿9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ilm-fandа fidoyi xizmat qilgan jamiki o‘tgan ustozlarga chuqur ehtiromimiz bo‘lsin. 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥 9-may — ajdodlar jasorati yod etiladigan, keksalar e’zozlanadigan va o‘tganlar xotirasi yod etib qadrlanadigan muqaddas kun hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti jamoasi institutimizda faoliyat olib borgan, ilmiy maktab yaratib ilmning rivojiga hissa qo‘shgan barcha o‘tgan ulug‘ ustozlarni yod etib, ularning ruhlariga ta'zim bajo keltiramiz... Ustozlar yodi hamisha qalbimizda. Bugungi kunda institutimizda uzoq yillar faoliyat olib borib, kimyo fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, biroq bugun oramizda bo‘lmagan marhum professorlarimiz va olimlarimizni chuqur ehtirom bilan yodga olamiz. Ularning yorqin siymosi, qoldirgan ilmiy maktablari va shogirdlari — biz uchun eng katta merosdir. ✍️Xotira bor ekan, inson qadri mangu yashaydi. Xotira muqaddas qadr abadiy... 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

356 views

Navoaka 7 Mey

🔤🔤🔤🔤🔤❗️😁 Nega LaTeX o‘rganish kerak? Bugungi kunda ko‘plab nufuzli xalqaro jurnallar (Scopus, WoS, DOAJ va boshqalar) mualliflardan maqolani LaTeX formatida topshirishni talab qiladi. Chunki bu format: ✅Matematika formulalarini aniq va estetik ifodalaydi ✅Avtomatik havolalar va adabiyotlar ro‘yxatini yaratadi ✅Professional dizaynni ta’minlaydi 🔗Foydali resurslar 📂Onlayn ishlash uchun: Overleaf (tayyor shablonlar bilan):👉https://www.overleaf.com/ 🎥 O‘quv videolari: To‘liq kurs (YouTube playlist): 👉https://youtube.com/playlist?list=PLHXZ9OQGMqxcWWkx2DMnQmj5os2X5ZR73 Boshlovchilar uchun dars: 👉https://youtu.be/_PzDLFJHO3E 👨‍💻Kompyuterda ishlash uchun dasturlar: MiKTeX: https://miktex.org/download TeXstudio: https://www.texstudio.org/ MS Word uchun LaTeX makrosi: https://www.grindeq.com 🧑‍🎓Nima uchun muhim? LaTeX sizning maqolangizni xalqaro standartlarga mos va professional ko‘rinishda taqdim etishga yordam beradi. Bu esa maqolani prestijli jurnallarda qabul qilinish ehtimolini oshiradi. 📣Tavsiyamiz: imkon qadar tezroq LaTeX bilan ishlashni o‘rganishni boshlang. Bu sizni boshqa mualliflardan bir qadam oldinga olib chiqadi. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

306 views

Navoaka 6 Mey

1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣😁 ✅ Web of Science nima va u qanday ahamiyatga ega? 📝Web of Science (WoS) – dunyodagi eng nufuzli ilmiy tadqiqot platformalaridan biri bo‘lib, akademik va ilmiy ma’lumotlar uchun eng ishonchli manbalardan hisoblanadi. Bu platforma ilm-fan, ijtimoiy fanlar, san'at va gumanitar fanlar kabi turli yo‘nalishlarda ko‘plab ilmiy maqola va konferensiya materiallarini o‘z ichiga oladi. 🔰Web of Science asosiy kolleksiyasi WoS platformasi juda selektiv bo‘lib, faqat yuqori sifatli va obro‘li ilmiy jurnallarni qabul qiladi. Asosiy kolleksiya quyidagi ma'lumotlar bazalarini o'z ichiga oladi: ➕Science Citation Index Expanded (SCIE) – tabiiy fanlar, jumladan kimyo, biologiya, fizika va injiniring bo'yicha maqolalarni o'z ichiga oladi. ➕Social Sciences Citation Index (SSCI) – iqtisodiyot, sotsiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bo'yicha maqolalar. ➕Arts & Humanities Citation Index (AHCI) – adabiyot, tarix, falsafa va san'at sohalariga oid ilmiy maqolalar. ➕Emerging Sources Citation Index (ESCI) – rivojlanayotgan yangi ilmiy jurnallar va tadqiqotlar. 🔰Web of Science'ning asosiy afzalliklari: ➕Impakt Faktor (Impact Factor): WoS platformasi dunyodagi eng nufuzli jurnallarni baholash uchun Impakt Faktor (JIF) beradi, bu esa ilmiy maqolalarning obro'sini belgilashda katta ahamiyatga ega. ➕Sitatlar tahlili: Web of Science tadqiqotlaringiz qanchalik ko'p iqtibos keltirilganini kuzatish, boshqa ilmiy ishlar bilan bog‘liqlikni topish imkonini beradi. ➕Jurnal tanlash mezonlari: WoS faqat yuqori sifatli, ilmiy talablarni qondiruvchi jurnallarni qabul qiladi. 🔰Fanlar qamrovi: ➕ Tabiiy fanlar, texnologiya va injiniring ➕ Ijtimoiy fanlar ➕ San'at va gumanitar fanlar 📌Web of Science xalqaro miqyosdagi eng obro'li platformalardan biri hisoblanadi va uning tanlovi juda yuqori. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

390 views
12345•••10•••20•••30•••3940
Teo alohaPejy 3 amin'ny 40Manaraka