@farhodjon · Post #592 · 08.07.2023 г., 16:02
Arkanzas shtatida Bentonville shaharchasida juda o’ziga xos muzey tashkil qilingan: Crystal Bridges Museum of American Art. Muzey shundoq o’rmon ichida joylashgan. Tabiat bilan juda uyg’un. O’rmon va suv bilan yaxshi uyg’unlashgan. Ichkariga tabiiy yorug’lik tushishi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Amerikada tashrif buyurish lozim bo'lgan muzerylardan biri. Arxitekturasi o’ta unikal bo’lgani sababli arxitektura muallifi kimligi bilan qiziqdim. Muzey Safdie Architects kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Meni avvalroq juda hayron qoldirgan boshqa joyning ham muallifi ekan: Singapurdagi Changi aeroporti. Bu aeroportning ichida kichik daraxtzorlar bor hatto. Yana bir binosi - Kauffman Center for the Performing Arts - bu Kansas City’da joylashgan. @farhodjon#amerika
Hashtags