TGINSIGHT CHAT
Jasur Muhammad
@jm_kitobchi
EducationO’rganayotganlarimni o’rgataman! Murojaat uchun: @jmnoriniy
Siaran terkini
Halaman 8 daripada 45 · 536 siaran
Diterbitkan 16 Jan
3ta kitobga mualliflik huquqini sotib oldik. Endi tarjimani boshlaymiz. Mualliflik Tarjima Tahrir Muqovalash va keyin bosmaxonaga beriladi. Bu ishlar oson emas ekan. Biror nashryotni ruhsatisiz kitobini pdf qilib tarqatadigan va kopiyasini chiqaradiganlarni, millat hoyinlari desak bo’lar ekan. Shu ishlarda yordam beradigan, millat uchun yaxshi kitoblarni tahrir bilan chop etilishi uchun, hissa qo’shmoqchi bo’lganlarga eshigimiz ochiq..
Diterbitkan 16 Jan
Shoir aytadi: Qo’l- oyog’ini bog’lab otdi uni dengizga. Orqasidan ehtiyot bo’l, ho’l bo’lma deya chinqirdilar.
Diterbitkan 15 Jan
Bolalar robotmi? Maktablardagi darslar va uy vazifalari meni ajablantiraveradi. Hozir katta yoshdagi yigit- qizlar bitta tilni o’rganish uchun kursga boradi. Avval bitta tilni 2 yil o’rganib, keyin ikkinchi tilni o’rganishni boshlaydi. Nega ikkita tilni birdaniga o’rganmaysan? deb, savol bersak. Ustozlarim chalg’imaslikni aytishdi, deyishadi. Ammo maktablardagi yosh bolachalar robot deyman. Ingliz- tili, rus- tili, arab- tili va o’zbek tili. Tillardan tashqari 8-10ta fan ham bor. O’zimiz uddalay olmaydigan darslarni nega yosh bolalardan talab qilamiz? Ertalabdan kechgacha dars qiladi, charchab zo’rg’a keladi va uxlab qoladi. Hoy, uyga vazifani qilmaysanmi, deya olasizmi? Uy vazifasini qila olmasa, bolangiz dangasa va qiziqmaydi. Agar qiziqsa, juda zo’r o’zlashtiradi, deyishadi. Bolani qiziqtirish ustozning mahorati va himmatiga bo’g’liq emasmi? Bolani qiziqtirish, himmatini oshirishni Ota- Ona bajarsa, bola maktabga nega boradi? Ota- Ona ishidan, tashvishidan ortib , birga dars qilishga imkoni bo’lmagani uchun, maktabga beradi, deb o’ylayman. Hususiy maktablar shu haqida jiddiy ko’rib chiqishini istayman. Davlat maktablari haqida yozilmadi. Yevropa, Yaponiya va ko’plab ta’lim tizmlarini eshitib, o’qib, keyin post yozishga qaror qildim..
Diterbitkan 13 Jan
Ingliz maqoli: Axlatiga belanib yotgan cho’chqa bilan kurashmagin. U mazza qiladi, sen esa iflos bo’lganing qoladi.
Diterbitkan 13 Jan
Insonlar dardini anglagan qalblar naqadar go’zal!
Diterbitkan 11 Jan
Bugun suhbatga chaqirishgan edi. Juda maroqli suhbat bo’lib o’tdi. Loyihaga omad tilayman.
Diterbitkan 11 Jan
Aynan..
Diterbitkan 10 Jan
2026 BOOK CHALLENGE Shartlar oddiy: 1. 2026-yil yakuniga qadar 100 ta kitob yoki 12.000 bet (o‘qish yoki tinglash) 2. Kunlik minimum: 30 bet yoki 30 daqiqa 3. O‘qilgan kitoblar ro‘yxatini shaxsiy sahifada yuritish Quyidagi do‘stlarimizga taklif yuborilmoqda. Qabul qilganlar alohida e’lon qilinadi: G‘iyosiddin Yusuf Aziz Rahimov Qamariddin Bekmuhammad Jahongir Pulatov Temur Adhamov Muhammadali Eshonqulov Muhammad Ustoz Muhammadjon Ustoz Asliddin ustoz Abdulaziz Muhammad Abdulbosit Vohidov Muhammad Temur Azam Jamoliddin aka Qamar Amirxon Valijonov (iBook) Valijon Turaqulov Muhrim Azamxo‘jayev Orif Tolib Hamid Sodiq Sanjar Nazar Nigora Booklover Javohir Izzatulloh Barno Mukimova Firuz Allayev Yorqin Halil Isroil Tillaboyev Karim Rahimov Shaxzod Pulatov Sardor Bazarbayev Marifat Jamal Otabek Ergashev Doniyor Nasriddinov Murod Muhammadjonov Jasur Muhammad Ulug’bek Po’latov P.S. hamma o’zi istagan kitobini o’qiyveradi.. Siz ham do‘stlaringizni taklif qiling. 2026 — o‘qiganlar yili bo‘lsin.
Diterbitkan 9 Jan
Kitob sohasiga 2017- yil kirib kelganman. Ammo, yangi brendni bir yil avval boshladik. Bir yilni o’tkazib olish oson bo’lmadi. Kitob sohasi juda qiyin sohalardan ekan. (Yaqinda katta brend yopilib ketgan edi. Endi katta nashryot do’konini vaqtincha yopayapti.) Bir yilda har- xil insonlarni va har- xil vaziyatlarni ko’rdik. Bir yilda nimalarga erishdik? — Kitob festival o’tkazdik. — Hamkorlarga ega bo’ldik. Masalan: Yuksalish maktablari, Colba maktabi va hokazo.. Brend sifatida ko’p kitobxonlar bizni tanidi. Kitob do’konlar orasida o’zimizni o’rnimizni topayapmiz. Eng quvonarlisi, Nashryot ham ochdik. Va 4ta kitobga mualliflik olayapmiz. Tez kunda chiqishni boshlaydi. Kitob chop etishni bir yil deganda chuqur o’rganib oldim. Endi katta sarmoya bo’lsa tezroq, o’z holimizda sekinroq davom etamiz..
Diterbitkan 9 Jan
Omin🤲
Diterbitkan 6 Jan
Mindset clubimiz yangi 2026- yilni boshlamoqda. Istovchilar qo’shilib oling. Bunday clublar 5 yildan keyin yo’q bo’lib ketishi mumkin. Ustozlar ham g’animat ekan. O’zingiz kabi o’sayotgan insonlar bilan tanishish, bir umrlik do’st topishingiz mumkin. Xullas chin yurakdan tavsiya etaman. To’liq ma’lumot kerak bo’lsa. Do’konga keling, to’liq ma’lumot beraman.
Diterbitkan 3 Jan
Halol ishda sharm bo’lmaydi. P.S: Qiz taraf ham uyalmay sovchi qo’ysa bo’lar ekan.