TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kembali ke senarai saluran
Self Improvement avatar

TGINSIGHT CHAT

Self Improvement

@selfdeprules

Psychology

Shunchaki hayotiy tarjibalarga asoslangan fikrlar @selfdeprules Chat: https://t.me/selfdepchat

Pelanggan117Pelanggan semasa
Siaran dijejaki1,011Bilangan siaran diindeks
Capaian terkini2,853Jumlah tontonan terkini
Siaran terkini

Siaran terkini

Tag: #haqida · 29 siaran

当前筛选 #haqida清除筛选

Diterbitkan 7 Mac

#haqida Yaqinda bittasi chiqbdi neccidr oyda cefr dan c1 mi olibdi “2ta bola” bn. Urg’uni shu 2ta yosh bolasiga bergan videosidayam “bollarim bosayam ula bn db”. Bu narsani oqlamiman umuman. Chunki mana boshimdan o’tvoti. Yonizda yordamchi bo’sayam babr asosiy masuliyat doim onada bo’ladi. O’qish bir tarafda, bolla bir tarafda bb qoladi. Odam miyasini ishlatganda jismoniy harakat qilgandan ko’ra ancha charchidi, bu fakt. Imtihon bo’ladimi boshqami bolalar kichkina payti bu qo’shimcha va ortiqcha stress. O’ylagan ishlarim o’xshaganidan kn yaxshiyam qilibman bolla kichkina payti deyishim mn, lkn hozirgi qiyinchilik, stress, kasal bolishganida ertalabgacha uyqu yo’qligi va dars qolib ketgani…. Xullas, o’z ustilada ishlamela dimiman, ishlela faqat ortiqcha bosim bermastan. Farishtalarni hozirgj payti hech qachon qaytib kemidi🥲 Hayrli Jumalar @selfdeprules

292 views

Hashtags

Diterbitkan 20 Jan

#haqida Bitta narsa etishi xohladim. Bir xil paytlari o’ylagan ishlarimiz, tuzgan rejalarimiz o’xshamidi. Siqilamz, xafa bo’lamiz, lkn aslida shula bizani foydamizga bo’gan bo’ladi. Buni judayam kop sinaganman. Va mana yana bitta misol. Boshida hammamz birga ketmoxcidik o’qishga, viza uchun hamma narsani qildik. U bo’ldi, bu bo’ldi xullas birga ketomadik, bza vaqtinchalik qoraqolpogistonda qoladigan bo’ldik. Siqildim, yigladim, kayfiyatim umuman bo’madi, erimdan hafayam boldim. Va erim ketishidan 2kun oldin sogligimda jiddiy o’zgarish borligini bildik, agar ketganimizda ancha qiynalardik uyoda. Birinchi borishimiz, bollani organvoguncha bo’ladigan isterikasi bo’ladi, xullas eplomasdik. A hozir bosa endi ozimga kevoman, orada 2 kun bollaga umuman qaromadim, buvisi, amakisi qaradi. Bundan tashqari o’zimga vaqt ajratvoman, darslarimni qivoman. Lkn babr qiyin)🫠 Chunki shu 3yil ichida faqat uzogi 2kun birga yashamaganmiz erim bn. Hech narsa osonlik bn bo’midi. Qivotgan hamma narsamiz bolla kelajagi va xohlagan hayotimizda yashashimiz uchun. Allohdan hayrlisini so’rab harakat qivurish kerak, o’xshamasayam tushkunlikka tushmastan. Yana 1ta narsa, bir qarorga kelomayapszmi istihora namozi o’qish kerak, shu paytgacha bir qarorga kelomasam istihora oqiman, erimiyam shu orqali tanlaganman ozi)🥰 ✨🌌🌃🌉 @selfdeprules

171 views

Hashtags

Diterbitkan 9 Jan

#haqida Inson yashar ekanki, hayotida kop narsalani ko’rib boraverarkan. Lekin anglashga ulguromidi, yoki etibor bermidi. Odamla psixologga borib insayt oldim, anglash oldim db etishadi, ammo bilishmidi chto o’zlarini hayoti hamma narsaga to’laligini. Aslida ozgina tafakkur qilish ko’p narsani osonlashtiradi. @selfdeprules

246 views

Hashtags

Diterbitkan 30 Okt

#haqida Ko'pchilik bolali ayollarni uyda o'tirishini afzal biladi😐. Bu mentalitetimizda oldindan kevotgan narsa, lekin uni o'zgartirish bizani qo'limizda. Bunga bir tarafdan ayollarni o'ziyam sababchi, nimadir disez e bolla bn qilamanmi, boramanmi dishadi. Mandayam boshida qo'rquvla bo'lardi 2chim tug'ilganidan keyin. Lekin xudoga shukr unchalikam qiyinmas, hoz bemalol 2tasi bn chiqib ketvuraman o'zim. Manda ko'chada yurishmas, ko'pro kiyintirish qiyinro. Yana 1ta masala dekretdagi onala bolani bahona qilib o'z ustida ishlamiy, kunini shunchaki o'tkazishiyam notori narsa. Boshqa tarafdan qarasak hozir nimadir o'rganishimiz uchun eng ideal vaqt. To'g'ri osonmas, agar o'ylagan narsani qilolmasez buyam qo'shimcha stress bo'lishi mumkin, lekin eplasa bo'ladi. Bu uchun aniq rejim, ya'ni bollani o'ynidigan, uxlidigan, ovqatlanadigan soatlari aniq bo'lishi kk. Va bu tartibni ko'rgan, onasini doim bir nimalar bn shug'ullanishini ko'rib ulg'aygan farzandda tartib-intizom, "discipline" bo'ladi. @selfdeprules

333 views

Hashtags

Diterbitkan 14 Okt

#haqida Sizlarga hozir o'tgan yil tahminan shu paytlarda boshlangan voqeani aytib bermoqchiman. O'shanda hayotimni sarhisob qilarkanman, kunlarimning birin-ketin bir xilda o'tib borayotganligini anglay boshladim. Uy-ish,ish-uy, bola-chaqa...Orada blogerlik qilishim yaxshi, biroq u ham go'yo bir tekisga tushib qolgandek bo'ldi. Xullas, o'zimga chellenjlar qilmay qo'yganimni tushundim. Buni ko'plar comfort zone deydi. Bu esa sizni ortiq o'stirmay qo'yadi. O'ylab qaradimki, fikrlarim boshida unday emasdi. Diplomatiyani tugatganimda qo'limda IELTS 7.0, yaxshi baholarga to'la diplom, xorij universitetidan olingan offer bor edi... Lekin shu bilan birga, karyera qilish niyatim ham ustunlik qilardi. Bakalavr nazariya, hayot esa amaliyot o'rgatadi. Shu sababli o'qishni davom ettirmadim. Ishga kirdim. Yaxshi ish topdim. Keyin shaxsiy hayotimni tartibga keltira boshladim. Yaxshi inson bilan tanishdim. To'y. Oila boshlig'i. Farzandli bo'ldim. Bular men xohlagan yo'l edi. Ulkan baxt va katta orzularga erishdim. Shu paytagacha qilgan birorta qarorimdan sira afsuslanmayman. Lekin bo'ladiku, kunlardan bir kuni eski uyingizga borasiz va chordoqning chetidan qachonlardir siz uchun qadrli bo'lgan buyumlaringizni saqlab qo'ygan sandiqchangizni topib olasiz. Nostalji. Yoqimli xotiralar. Men ham sandiqchamdan ilmiy faoliyatimni davom ettirish istagini topib oldim. To'g'ri oradan biroz vaqt o'tdi. Nima bo'pti? Nega hozir emas? Xullas, o'qishni chet eldai davom ettirishga qaror qildim. Lekin duch kelgan emas, balki nufuzli joyda. Bir paytlar orzu qilgan maskanlarimda. Harakat boshlandi. IELTSga qayta tayyorlandim. Buyog'i hamma biladigan narsalar. Application process. Kutish. Javob keldi. Unconditional offer. From Glasgow, Reading va Swansea University. Lekin kontraktga pul yo'q:) Shunda yaxshi niyat bilan El-yurt Umidiga hujjat topshirmoqchi bo'ldim. Lekin uniyam ancha kutdim, bu yil topshirganlar biladi. Nihoyat tanlov iyunda ochildi. Keyin bir oydan keyin test, avgustda suhbat. Yana 2 oy javobini kutish. Ozmuncha vaqt o'tmadi. Bugun esa yomg'irli Toshkent havosida ko'chada edim. Ertalabdan smartfonimda ozgina zaryad qolgan. Birdan qo'ng'iroq bo'ldi. O'rtoqlarim: "Tabriklayman!". Boshida nimaga va negaligini tushunolmadim. Esimdan chiqayozgan narsa edi, rosti. Ammo bu haqiqat bo'lib chiqdi. Shunday qilib, kamina "El-yurt Umidi" fondining 2024-yilgi "Jamg'arma Stipendiati" bo'lib topilibman. Bugungi xushxabar shu edi. Shuncha voqealar rivoji. Yana bir muhim dovondan o'tibman:) Hali bundan ham muhim dovonlar bizni kutib turibdi... Bir paytlar do'stlarim va tanishlarim grant yutishganda ularga chin dildan havas qilardim va bir kun o'zim shunday bosqichga chiqishni orzu qilardim. Alloh shu kunlarga ham mana yetkazdi. Ishonch va harakat orqali yetishsa bo'larkan. Xudoga behisob shukr! Men bugun xursandman😊 @panda_books

260 views

Hashtags

Diterbitkan 3 Sep

#haqida Baxt oddiylikda 🫠❤️ Trend bo'gan so'z😂 Ushbu kitobni Instagramda ko'rib qolib erimga yuvorib qoyudm, kn esmdanam chiqib ketudi. Bir necha kun oldin sovga qildilar yorim🥰. Oddiy narsaga shuncha xursand bo'ldim, chunki eslaridan chiqib ketishi, yoki e'tibor bermiy faqat o'zlariga kereli kitoblarni olishiyam mn edi) Hammaga sevib sevilish nasib qisin❤️ Blessed🌷 @selfdeprules

344 views

Hashtags

Diterbitkan 28 Ogo

#haqida Oxirgi paytlarda oldingidaka o'tirib leksiyala ko'rishga umuman vaqt yo'q. Boshqa paytda bo'sa, masalan ish qilayotgan paytda, hayolim boshqa narsaga "chalg'ib" ketadi digan bahona bilan ko'rmasdim. Chunki bir vaqtni o'zida miya ish qilishga signal yuboradi, bir ko'z bollada bolishi kerak, ustiga ustak nimadir eshitib analiz qb tursa miyam otkaz beradi db o'ylirdm🤦🏻‍♀😆. 2 3 kundan beri shu narsani yengib Netflixda "Человечоское тело: мир внутри" nomli mini serial korvoman. 6 qismdan iborat: Реакции Пульс Топлива Защита Чувства Рождение Hoz 1chisini tugattim, to'risi juda tasirlandim. Miyadagi nerv sistemalari, neyronla tushuntirilgan. Oddiy asabiylashganda nimala sodir bolishi, ozimiz yoqtrgan ishni qiganda endorfin qanaqa tez ravishda ishlab chiqarilishi, qilmoqchi yoki qiloyatgaan ishimizga miya qanaqa signal berishi tushuntirilgan. Boks faqat raqibini yutish emas, balki ko'zga, neyronla yaxshi ishlashiga katta foydasi bor, bundan kelib chiqadiki, unda yutqazgan odam hc qanaqa zarar kormidi. Meditsina, injenering sohalari shu darajada rivojlanvotiki hayratda qolasan kishi. Bitta mototsikl haydovchisi avariyaga uchrab bir qolini tirsakidan pasidan ayriladi va qoliga protez oylab topib, tirsakigacha bogan nervlaga elektr ulanadi va u protez qo'lga ulanadi, shu bn u bemalol protez qo'lini harakatlantra oladi. Xullas, shiddat bn rivojlanyotgan dunyoda haligacha siqilib, stressga tushib vaqtni behudaga sarflash ahmoqlikdan boshqa narsa emas. O'zbeklayam tezro open budjet, qaynona-qaynopa-kelin, qanaqadur loyihalaga qancha pul ketganini gapirishdan ko'ra azgina o'z ustida ishlasa ancha o'zgarish bo'lardi. Peace. @selfdeprules

303 views

Hashtags

Diterbitkan 6 Jul

#haqida Bitta narsa haqida etishga qaror qildm. Bu hech qanaqa ayollarni qo'rqitish yoki vahima emas. Har kim bilib qo'ygani yaxshi db o'yliman. Oxirgi paytlarda homilador ayollar orasida "Simfizit" nomli kasallik avj olmoqda. Oldin 100tadan 1tada bogan bunaqa kasallik, hozir har 10ta ayolni kamida 4tasida bo'lyapti. Xo'sh bu qanaqa kasallik? Chanoq suyaklarini normadan ko'p ochilishi. Bu suyak odamni qomatini tiklab turuvchi suyakla hisoblanadi, agar bu suyaklaga shikast yetsa odam umuman harakatlanomiy qoladi. Boshida faqat yotganizda, uyo buyo tarafga qaraganda og'riqla bo'ladi oyoqda. Boshqa payti yaxshi. 2chi darajada uzoq vaqt o'tirib, turib, yoki yursez bo'ladi. Ko'p harakat qigan kunlari kechasi oxxoo ogriqdan umuman uxlab bomidi. 3chi darajada bosa odamni dabdalasi chiqadi torisi. Bitta oddiy ovqat qigandan kn uje odam harakatlanomiy qoladi, faqat yotishni o'ylidi, lkn yotgandayam ogriqla kuchli darajada boladi, belda va oyoqda. Bunaqa holatta tug'ish umuman mumkinmas. Agar tabiiy tugruq boladigan bosa yo ayol umuman yuromiy qoladi, yoki tugruqdan kn 4,5 oy strogiy "pastelniy rejim" qilib yurish mn, undayam garantiya yo oldingide bemalol yurishga. Xullas, man 2chi farzandimda shunaqa bo'ldim. Boshida ogriqla oyogimda, faqat kechasi edi, buni man tabbiy holat homiladorlikda db oyladim va yururdim. Kn 22 haftaligimzda uje ogriqla kuchaygan, internettan korsam simfizit bolishi mn deyilganikan, srazu trovmotologga bordim. Afsuski manga shunaqa tashxis qoyishdi, bundan shokda edim, va 10kuncha o'zimga kelomiy kuchli stressda yurdm. Chunki bu umuman yaxshi kasallik emas, sog odammi bir pasda nogiron qb qoyadi. Ozi 3 darajasi mavjud, 1chi darajada ozi tugishga ruxsat bor lkn umuman tavakkal qilish yaxshimas. Manda homiladorligm oxiriga kelib 3chi darajaga yetti. Homiladorligim oxirgi 2oyida togrisi juda qiynaldim, ayniqsa oxirgi oyda. Yurishga qiynalardm, yuromiy qogan kunlarimam boldi. Bitta oddiy shorva qiganmdan kn uje boshqa umuman harakat qilomastim, eng yomoni harakat qimiy yotgan payttayam ogriqla toxtamasti. Trovmotolog 100% "keserva" va tuqqandan kn 1oy pastelniy rejim didi. Kn doktorla bn gaplashtim, keserva kunini kelishdik. Lkn man u kungacha borolmasligimni bilardm. Kelishilgan kundan 1hafta oldin bolam tugildi, chunki man umuman oyogimi bosomiy qoludm, ogriq bosa shu darajada kuchliki man soz bn etiberomiman. Suyaklarimi ocilganini shunaqa sezganman. Va ekstrenniy operatsiya qivorishgan. Operatsiyadan keyingi holatni va 10kungacha bo'gan paytlani eslagim kemidi torisi. Norkoz tasiri ketishi, choklani ogriqi, simfizitni ogriqi, 1chi farzandim injiq bb qogani mani daxshat qiynagan. Daje mana hozirgacha kop harakat qisam butun tanada ogriq boladi, yoki yurishga qiynalaman simfizit hali oziga kemagan. Bunaqa paytta odam faqat yaqinlaridan shirin so'z, mehr e'tibor va yordam kutarkan. Chunki bir deganda shuncha narsa odami qiynab qo'yarkan. Birinchi farzandimda umuman bunaqa bo'maganman, tabiiy tug'ruq bo'lgan, ogriqlayam deyarli bomagan. A kn agar jiddiy sabab bomasa hech kimga keservani tavsiya qimiman. Ming marta tabiiy tugruq yaxshi. Nima bo'gandayam hammasiga behisob shukr🥰 Alloh taqdirimga shunaqa turmush o'rtoq yozganidan judayam mamnunman. Ula mani tushunyotganlari, ko'nglimga qarayotganlari, hamma hammasiga shukr🕊 @selfdeprules

203 views

Hashtags

Diterbitkan 28 Jun

#haqida Shunchaki bugundan lazzatlanib yashashni eplash kerak. Aytishga judayam oson, ichimizda ming xil hayol, ming xil to'fon, o'z o'zimiz bilan urushish. Har bir bo'layotgan vaziyattan dars olishni bilgan kuning, uje yoshmasligingni anglagan kuning bo'larkan. Bunaqa paytta kim bo'lishidan qatiy nazar Ollohdan boshqasidan nimadir kutish ahmoqlikligini yana bir marta tushundim. Hammasiga behisob shukr🕊 @selfdeprules

161 views

Hashtags

Diterbitkan 29 Apr

#haqida 3,4 yil oldin men uchun eng qiyin narsa universitetda yaxshi o'qib, imtihonlardan A+ olish edi. Endi o'ylab qarasam eng oson va maroqli narsa ekan, balkim qiyinroqdir yangi narsalani o'rganish, lekin tayyor narsani o'qib o'rganardik. Hozir bo'lsa fikrim, qarashlarim, tushunchalarim tubdan o'zgargan. Ayol, ona, sevimli turmush o'rtoq, bularni balansda ushlash qiyin ekan. Shularni o'zi kamdek, bizning jamiyatda ayollarning o'rni "-" ga tushib ketgan. Saltanatni ko'pchilik yozib chiqdi, videolarida kommnetda o'zbekla o'zicha erini vahshiy dishibdi, xuddiki o'zlari osmondagi oydek. O'zbeklada kerak bo'lsa undan 5 battar qilishadi. Shunchaki ayollar ko'rsatilayotgan zulmni ichga yutishadi, "Odamlar nima diydi" shiori ostida. Bo'layotgan voqeani ota onasiga etsa chida seni zamoning ham keladi dishadi, na eri na boshqala tarafdan yaxshilik ko'radi bechira kelin. Va oxir oqibat chidolmasdan o'z joniga qasd qilishadi, buni bosdi bosdi qigandan kn hech kim bilmidi. Kecha bitta joyda bahs ketdi, odatda man umuman qo'shilmasdm lekin kecha chidab turomadm. Bitta kelinga qaynonasi 4.30 da turin hammadan oldin ko'cha supuring, qo'shnila gap qilishmasin dibdi, kamiga yosh bolasiyam bor u kelinni. Kn bir xilla kelin bo'ganizdan kn majbursiz db yozishbdi🤯🤯 Shu gapladan kn uje o'zimi tutib turomadm. Kelin faqat ishlash uchun kemidi, uniyam joni, urib turgan yuragi bor, kasal bo'ladigan payti bor. Mayli supursin lkn 4.30 da pishirib qo'yibdimi hozirgi vaqtda. Jamiyatda shu darajada xo'rlashadiki kelinni, odam nima diyishi bilmidi. Nima dimoxchiman, shunchaki qadrizi biling, hammaga yoqishga majburmassiz, o'z holatizdan kelib chiqib ishlarizi qilin, siz u bu joyiz orivotgan bosayam hammaga kulib gapirishga, to'xtamastan ishlashga majburmassiz, hammaga qulay ayol bo'lishi to'xtatin. Sizam Alloh yaratgan issiq jonsiz ❤️ @selfdeprules

146 views

Hashtags

Diterbitkan 8 Apr

#haqida Kecha ishlab yurudim o'g'lim yig'lab keldi, nma bo'ldi disam qo'llari shokolad 😂. Yuv db yig'lavoti qo'rqib baqirib😆. Bechara haligacha mazasini bilmidi😂. Agar boshqa bola bo'ganida, oyisidan yashirinib shokoladni yeb chiqardi. Etmoxchi bo'ganim hamma narsani o'zimiz o'rgatamz. Bir xil onala, shoko, chips, suxarik, kukuruz, kola, sosiskaladan bolami tiyomayapman, yiman db o'jarlik qiladi dishadi. Bolasi qanaqb mazasini bilishi mumkin yeb ko'rmagan narsasini, oldin o'zi bergan kn bilgan bolasi. Kimlarnidir ensasi qotishi mumkin gapimdan qachongacha bermidi babr qachondir yidiku db. To'ri maktabga chiqqanida yeyishi mumkin, lkn ungacha uje meyorni biladi, balkm umuman yoqtirmas. Hamma narsa yoshlikdan rivojlanadi bolada. Shunday ekan, har bir harakatimizga, gap so'zimizga etiborli bo'lishimiz kk, bola etgannimas ko'rganini qiladi. @selfdeprules

174 views

Hashtags

Diterbitkan 20 Mac

#haqida Oxirgi paytda "Open Budget" ezvordi. Bir baqlashka yog', 30,000, 18,000 ming, yana nimadirla beramz db. Sodda xalq shu narsalaga uchadida ovozni o'zi tanimagan, bilmagan joy uchun bervoradi, nahot miya chiqishmidi, o'zini yashidigan joyi, poliklinika, maktab, kasalxona uchun berishga🤦🏻‍♀ Karoche O'zbekiston hali beri rivojlanmasligiga sababla ko'p... Siz ham bir nimalaga uchib sizga foydasi yo' narsaga ovoz bermang. @selfdeprules

220 views

Hashtags

SebelumHalaman 1 daripada 3Seterusnya