TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Lura għall-lista tal-kanali
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги avatar

TGINSIGHT CHAT

Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

@Mintrans_uz

Politics

Ishonch telefoni –1167 Toshkent v. Yuqori Chirchiq t, “Istiqbol” MFY, Yangi Toshkent 📧[email protected] 🖥gov.uz/mintrans youtube.com/@mintransuz instagram.com/transport_vazirligi linkedin.com/company/mintransuz/ facebook.com/profile.php?id=100091754801301

Abbonati1.1万Abbonati attwali
Postijiet immonitorjati1,008Għadd ta' postijiet indiċizzati
Raġġ reċenti54,610Somma tal-viżjonijiet reċenti
Postijiet reċenti

Postijiet reċenti

Paġna 45 minn 84 · 1,008 postijiet

Ippubblikat Jan 22

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasi raqamlashtiriladi “Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasini raqamlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori (11-son, 20.01.2026-y.) qabul qilindi. 🔗 Qarorga ko'ra, Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimi “Ma'muriy amaliyot” moduli mas'ul vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integrasiya qilinadi. ✅ 2026-yil 1-fevraldan: 🔹 umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq yuk avtomobillari, konlar, shaxta va karerlarda qo'llaniladigan maxsus transportlar, yuridik shaxslarga tegishli yo'nalishsiz taksilar, shuningdek, “antikvar” avtomototransportlar uchun alohida seriyali ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi; 🔹 ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo'lgan transportlardan foydalanish, ularni qayta ro'yxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat ro'yxatidan chiqariladi. ❌ Avtomototransport ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomada mulkdorning manzilini ko'rsatish talabi bekor qilinadi. ⏭️ Avtomototransportni davlat ro'yxatidan o'tkazishda quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olish yo'lga qo'yiladi: ▪️ avtomototransport oldi-sotdi shartnomasi; ▪️ “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari; ▪️ davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransportlarga beriladigan elektron hisob-ma'lumotlar; ▪️ avtomototransport vositasi mulkdorining ma'lumotlari.

2,750 views

Ippubblikat Jan 22

🚛Yuk avtomobillari haydovchilari diqqatiga: Yuk ortishda belgilangan me’yorlarga amal qilmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-sonli qarorida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida harakatlanuvchi avtotransport vositalarining vazn va hajm ko‘rsatkichlari bo‘yicha me’yorlar belgilangan. ❗️Shunga ko‘ra, avtotransport vositalarining har bir oʻqiga tushuvchi ruxsat etilgan ogʻirligi, umumiy ruxsat etilgan massasiga rioya qilinganda 10 tonnadan ortiq boʻlmasligi lozim. ⚠️ Avtotransport vositalarining umumiy ruxsat etilgan massasiga rioya qilinganda o‘qlariga tushuvchi ogʻirligi 10 tonnadan ortiq bo‘lganda qoidabuzarlik, deb hisoblanadi va ma’muriy jarima choralar ko‘rilishiga sabab bo‘ladi. ❗️Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-son qaroriga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida avtotransport vositalarining belgilangan me’yorlardan ortiq og‘irlik bilan harakatlanishi avtomobil yoʻllariga zarar yetkazgan, deb hisoblash uchun asos boʻladi va yetkazilgan zarar belgilangan tartibda undirilishini eslatib o‘tamiz. Barcha haydovchilardan amaldagi qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya etishlarini so‘rab qolamiz. 🚛Вниманию водителей грузовых автомобилей: несоблюдение установленных норм при погрузке влечет за собой ответственность. Постановлением Кабинета Министров № 342 от 26 декабря 2011 года установлены нормы по весовым и габаритным показателям автотранспортных средств, движущихся по автомобильным дорогам общего пользования на территории Республики Узбекистан. ❗️Согласно этому, допустимая нагрузка, приходящаяся на каждую ось транспортного средства, не должна превышать 10 тонн при соблюдении общей допустимой массы. ⚠️ Если при соблюдении общей разрешенной массы автотранспортных средств нагрузка на их оси превышает 10 тонн, это считается нарушением и влечет за собой административный штраф. ❗️Также напоминаем, что на основании постановления Кабинета Министров № 710 от 28 октября 2024 года движение автотранспортных средств по автомобильным дорогам общего пользования с весом, превышающим установленные нормы, является основанием для признания факта причинения ущерба автомобильным дорогам, и причиненный ущерб будет взыскан в установленном порядке. Просим всех водителей соблюдать нормы, установленные действующим законодательством.

8,520 views

Ippubblikat Jan 22

#Sirdaryo_viloyati DIQQAT TENDER Sirdaryo viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi. ❗️Tender Transport vazirligi Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2026-yil 20-fevral kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi. Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali 2026-yil 19-fevral soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi. ⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas. Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi. 📞Ma’lumot uchun telefon: +998 71 202-05-01 (722). Batafsil: e-tender.uztrans.uz

1,650 views

Ippubblikat Jan 22

Noqulay ob-havo sharoitida haydovchilar diqqatiga! Yomg‘ir, qor va tuman yo‘l sharoitini keskin o‘zgartirib, ko‘rish masofasini qisqartiradi hamda harakat xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli bunday vaziyatlarda transport vositasini boshqarishda yanada hushyor va mas’uliyatli bo‘lish muhimdir. Transport vazirligi harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqiradi. Вниманию водителей в неблагоприятных погодных условиях! Дождь, снег и туман существенно ухудшают дорожную обстановку, снижая видимость и сцепление с дорогой, что напрямую влияет на безопасность движения. В таких условиях особенно важно проявлять максимальную осторожность и ответственность за рулём. Министерство транспорта призывает всех водителей строго соблюдать правила дорожного движения для обеспечения безопасности на дорогах.

2,530 views

Ippubblikat Jan 21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Shveytsariyaning Syurix shahriga keldi. Xalqaro aeroportda Prezidentimizni Birlashgan savdo-sanoat palatasi rahbari Dorit Probst kutib oldi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в швейцарский город Цюрих. В международном аэропорту Президента нашей страны встретила глава Объединенной торгово-промышленной палаты Дорит Пробст. #Mirziyoyev#tashrif#Shveytsariya#Tinchlikkengashi Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

1,770 views

Ippubblikat Jan 21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Davos shahrida Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Shveysariyaga jo‘nab ketdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента США Дональда Трампа вылетел с рабочим визитом в Швейцарию для участия в церемонии подписания устава Совета мира в городе Давосе. #Mirziyoyev#tashrif#Shveysariya#Davos Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

1,720 views

Ippubblikat Jan 21

Ortga qaytmas islohotlar |Transport sohasida qonun ustuvorligini mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini Transport prokuraturasining doimiy nazoratida Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |

1,680 views

Ippubblikat Jan 21

To'lovni amalga oshirmagan yo‘lovchilarni aniqlash davom etmoqda Toshkent shahar jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari tomonidan poytaxt avtobuslaridan to‘lovsiz foydalanayotgan yo‘lovchilarni aniqlash ishlari davom etmoqda. Hurmatli yo‘lovchilar! Eslatib o‘tamiz, jamoat transportida yo‘l haqini to‘lamaslik ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Yo‘l haqini o‘z vaqtida - avtobusga chiqishda to‘lashingizni so‘raymiz. Продолжается выявление пассажиров, неоплативших за проезд Сотрудники государственного учреждения по мониторингу и контролю общественного транспорта города Ташкента продолжают выявлять пассажиров, пользующихся автобусами столицы без оплаты проезда. Уважаемые пассажиры! Напоминаем, что неоплата проезда в общественном транспорте влечёт административную ответственность. Просим оплачивать проезд своевременно — при входе в автобус.

2,130 views

Ippubblikat Jan 21

O‘zbekiston Respublikasi elchilari va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqot boshlandi. 📱JONLI EFIR ______ Начался открытый диалог между послами Республики Узбекистан и предпринимателями. 📱ПРЯМОЙ ЭФИР

1,920 views

Ippubblikat Jan 21

Uzoq masofaga chiqishga avtotransportingiz shaymi? Fuqarolarimizning xalqaro magistral yo‘llarida xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyatidagi “Navoiy” hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Daut-ota” chegara blok postida Transport nazorati inspeksiyasi va Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan nazorat va profilaktik ishlar olib borilmoqda. ⚠️ Tadbirlar davomida xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan avtobuslar va miniven avtomobillarining texnik holati, qishki shinasi, isitish tizimi, shuningdek, haydovchilar soni, haydovchilarni dam olish tartibi, yo‘lovchi tashish xavfsizligi kabi qator talablarga rioya qilinayotgani nazoratdan o‘tkazilmoqda. Inspeksiya xodimlari haydovchilar va yo‘lovchilarga sovuq ob-havo sharoitida harakatlanishda yo‘l harakati qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berishmoqda. ❗️Reydlar davomida maxsus ruxsatnomasiz, litsenziyasi va boshqa talabalarga zid ravishda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda. Nazorat va profilaktik tadbirlar muntazam davom etmoqda. Готов ли ваш автотранспорт к поездке на дальние расстояния? В целях обеспечения безопасности наших граждан на международных автомагистралях на пограничных блокпостах "Навои" в Ташкентской области и "Даут-ата" в Республике Каракалпакстан сотрудниками Инспекции по надзору в сфере транспорта и Службы безопасности дорожного движения проводятся контрольно-профилактические работы. ⚠️ В ходе мероприятий проверяется техническое состояние автобусов и минивэнов, осуществляющих пассажирские перевозки по международным маршрутам, наличие зимних шин, исправность системы отопления, а также соблюдение ряда требований, таких как количество водителей, режим их отдыха и обеспечение безопасности пассажирских перевозок. Сотрудники инспекции проводят разъяснительную работу с водителями и пассажирами о соблюдении правил дорожного движения при движении в холодных погодных условиях. ❗️В ходе рейдов принимаются меры, предусмотренные законодательством, в отношении лиц, осуществляющих перевозку пассажиров без специального разрешения, лицензии и в нарушение других требований. Контрольно-профилактические мероприятия проводятся на регулярной основе.

24,700 views

Ippubblikat Jan 21

#Sirdaryo_viloyati Yo‘lovchilarga sifatli jamoat transport xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash yo‘lidagi chora tadbirlar Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |

1,720 views

Ippubblikat Jan 21

Yuridik xizmat xodimlari bilan ochiq muloqot Transport vazirligi Yuridik bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi tomonidan vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari yuridik xizmat xodimlari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilishini oldini olish hamda ular bo‘yicha o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda yuridik xizmat xodimlari tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, kelgusida bajarilishi belgilab olingan vazifalar atroflicha muhokama etildi. Yuridik bo‘lim boshlig‘i Sardor Gafarov huquqni qo‘llash borasidagi kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan amalga oshirilishi lozim vazifalar, mehnat munosabatlarini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil qilish, kasb etikasi talablariga rioya etish, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va huquqiy bo‘shliqlarni inobatga olgan holda sohaga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tashabbus ko‘rsatish ishlarini jadallashtirish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Batafsil Открытый диалог с сотрудниками юридической службы Юридический отдел, Отдел по противодействию коррупции и Отдел развития человеческих ресурсов Министерства транспорта провели открытый диалог по вопросам предотвращения нарушений требований законодательства и обеспечения своевременного принятия соответствующих мер сотрудниками юридической службы подведомственных организаций министерства, а также Министерства транспорта Республики Каракалпакстан, областных транспортных управлений и транспортного управления города Ташкента. На мероприятии подробно обсуждались итоги работы, проделанной сотрудниками юридической службы в течение года, и задачи, намеченные на будущее. Начальник юридического отдела Сардор Гафаров особо подчеркнул необходимость активизации работы по устранению недостатков в правоприменительной практике, организации исполнения нормативно-правовых актов в сфере регулирования трудовых отношений, соблюдению требований профессиональной этики, проявлению инициативы по совершенствованию законодательства в данной сфере с учетом возникающих на практике проблем и правовых пробелов. Подробнее

3,520 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••4344454647•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384