TGINSIGHT CHAT
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
@Mintrans_uz
PoliticsIshonch telefoni –1167 Toshkent v. Yuqori Chirchiq t, “Istiqbol” MFY, Yangi Toshkent 📧[email protected] 🖥gov.uz/mintrans youtube.com/@mintransuz instagram.com/transport_vazirligi linkedin.com/company/mintransuz/ facebook.com/profile.php?id=100091754801301
Postijiet reċenti
Paġna 5 minn 84 · 1,008 postijiet
Ippubblikat Apr 23
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью хокимията Мирзо-Улугбекского района города Ташкента. #Mirziyoyev#tanishuv#MirzoUlugbek#hokimlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ippubblikat Apr 23
SHHTga a’zo davlatlar transport vazirlarining 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Bugun Bishkek shahrida Qirg‘iziston tomonining raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar transport vazirlarining o‘n uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda transport sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, sohada zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish, barqaror va samarali transport yo‘laklarni rivojlantirish, shuningdek, idoralararo muvofiqlashtirishni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi. Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Maxkamov bugungi kunda global logistika tizimi chuqur transformatsiya bosqichida ekanini, an’anaviy marshrutlar qayta ko‘rib chiqilayotganini va Markaziy Osiyo mintaqasining ahamiyati tobora ortib borayotganini ta’kidladi. Vazir SHHT doirasida transport infratuzilmasini rivojlantirish, logistika zanjirlarini takomillashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini bildirdi. Batafsil Состоялось 13-е заседание министров транспорта государств-членов ШОС Сегодня в городе Бишкеке под председательством кыргызской стороны состоялось тринадцатое заседание министров транспорта государств-членов Шанхайской организации сотрудничества. На заседании состоялся обмен мнениями по актуальным вопросам сотрудничества в транспортной сфере, включая внедрение современных цифровых решений, развитие устойчивых и эффективных транспортных коридоров, а также углубление межведомственной координации. Принявший участие в мероприятии министр транспорта Республики Узбекистан Ильхом Махкамов подчеркнул, что сегодня глобальная логистическая система находится на этапе глубокой трансформации, традиционные маршруты пересматриваются, а значение региона Центральной Азии неуклонно возрастает. Министр отметил важность поддержки совместных инициатив по развитию транспортной инфраструктуры, совершенствованию и цифровизации логистических цепочек в рамках ШОС. Подробнее
Ippubblikat Apr 23
#MenQoidagaRiyoyaQilaman ❗️Yo‘l qoidalariga rioya qilish – xavfsizlik kafolatidir Yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish maqsadida Transport universiteti talabalaridan iborat “Yosh transportchilar” targ‘ibot guruhi #MenQoidagaRiyoyaQilaman heshtegi ostida fleshmob uyushtirdi, bundan maqsad barchani yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, jamoat transportlaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyati hamda transport sohasida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartib-intizomga chaqirishdan iboratdir. Barcha yo‘l harakati ishtirokchilarining ushbu qoidalarga rioya etishi har bir safarni yanada qulay va xavfsiz bo‘lishini ta’minlaydi. Madaniyat har birimizdan boshlanadi. Ushbu oddiy qoidalarga amal qilish orqali, biz birgalikda barcha uchun qulay va xavfsiz muhitni yaratamiz. #ЯСоблюдаюПравила ❗️Соблюдение правил дорожного движения – залог безопасности В целях формирования культуры безопасности дорожного движения среди молодежи агитационная группа "Молодые транспортники", состоящая из студентов Транспортного университета, организовала флешмоб под хештегом #ЯСоблюдаюПравила, цель которого – призвать всех соблюдать правила дорожного движения, культуру правильного пользования общественным транспортом, а также порядок и дисциплину в транспортной сфере. Соблюдение этих правил всеми участниками дорожного движения обеспечит комфорт и безопасность каждой поездки. Культура начинается с каждого из нас. Следуя этим простым правилам, мы вместе создадим комфортную и безопасную среду для всех.
Ippubblikat Apr 23
Bishkekda xalqaro transport forumi bo‘lib o‘tmoqda Bugun, 23-aprel kuni Bishkek shahrida “Qirg‘iziston – mintaqaviy xab: qit’alarni bog‘lovchi ko‘prik” mavzusida xalqaro transport forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbirda SHHT va TDT ga a’zo mamlakatlar transport vazirlari, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va sohaviy idoralar vakillari ishtirok etishdi. Forumda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilxom Maxkamov ishtirok etib, ochilish marosimida nutq so‘zladi. O‘z nutqida Ilhom Mahkamov Markaziy Osiyo bugungi kunda yana bir bor global transport va savdo yo‘llarining muhim tutash nuqtasiga aylanayotganini ta’kidlab, ushbu jarayonda Qirg‘iziston O‘zbekiston uchun nafaqat yaqin qo‘shni, balki strategik hamkor ekanini alohida qayd etdi. Batafsil В Бишкеке проходит международный транспортный форум Сегодня, 23 апреля, в городе Бишкек состоялся международный транспортный форум на тему "Кыргызстан — региональный хаб: мост, соединяющий континенты". В этом престижном мероприятии приняли участие министры транспорта стран-членов ШОС и ОТГ, а также представители международных организаций, финансовых институтов и отраслевых ведомств. В форуме принял участие министр транспорта Республики Узбекистан Ильхом Махкамов, который выступил с речью на церемонии открытия. В своем выступлении Ильхом Махкамов подчеркнул, что Центральная Азия сегодня вновь становится важным связующим звеном глобальных транспортных и торговых путей, и особо отметил, что в этом процессе Кыргызстан является для Узбекистана не только близким соседом, но и стратегическим партнером. Подробнее
Ippubblikat Apr 23
Bishkekda TDTning Transportni rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 22-aprel kuni Bishkekda Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar transportini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi XIV yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish kun tartibiga transport sohasini raqamlashtirish va tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha bir qator muhim masalalar kiritildi. Yig‘ilishning asosiy mavzusi sifatida raqamlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi hamda tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida “e-CMR” va “e-Permit” elektron tizimlarini joriy etish imkoniyatlari hamda loyihani yanada rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar muhokama qilindi. Shuningdek, Transkaspiy “O‘rta yo‘lak” yo‘nalishi orqali tranzit yuk tashish operatsiyalarini soddalashtirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, hamkorlik doirasida Kaspiy dengizidagi parom yo‘nalishlarini joriy etish konsepsiyasi, Turkiya tomonidan taklif etilgan transport islohoti hamda 2022-yil 11-noyabrda Samarqandda imzolangan “Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida xalqaro aralash yuk tashish to‘g‘risidagi bitim”ning kuchga kirishi yuzasidan fikr almashildi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha TDTga a’zo davlatlar transport vazirlarining 9-yig‘ilishi kun tartibi loyihasi tasdiqlandi. В Бишкеке состоялось заседание Рабочей группы ОТГ по развитию транспорта 22 апреля в Бишкеке прошло очередное, XIV заседание Рабочей группы по развитию транспорта стран-участниц Организации тюркских государств (ОТГ). В повестку дня заседания был включен ряд важных вопросов по цифровизации транспортной сферы и упрощению транзитных процедур. В качестве основной темы заседания были рассмотрены вопросы цифровизации, а также обсуждены возможности внедрения электронных систем "e-CMR" и "e-Permit" между государствами-членами организации и аспекты, связанные с дальнейшим развитием проекта. Также были рассмотрены меры по упрощению транзитных грузоперевозок по Транскаспийскому "Среднему коридору". Кроме того, в рамках сотрудничества состоялся обмен мнениями по концепции внедрения паромных маршрутов на Каспийском море, транспортной реформе, предложенной Турцией, и вступлению в силу "Соглашения о международных смешанных грузоперевозках в рамках Организации тюркских государств", подписанного 11 ноября 2022 года в Самарканде. По итогам заседания был утвержден проект повестки 9-го заседания министров транспорта государств-членов ОТГ.
Ippubblikat Apr 22
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga amaliy tashrifini yakunladi va Toshkentga joʻnab ketdi. Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Bosh vazirining oʻrinbosari – milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi. — Президент Шавкат Мирзиёев завершил рабочий визит в Казахстан и вылетел в Ташкент. В международном аэропорту Астаны главу нашего государства проводили заместитель Премьер-министра – министр национальной экономики Казахстана Серик Жумангарин и другие официальные лица. #Mirziyoyev#tashrif#Qozogiston Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hashtags
Ippubblikat Apr 22
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в очередном заседании Совета глав государств-учредителей Международного фонда спасения Арала. #Mirziyoyev#sammit#OQXJ#hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ippubblikat Apr 22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi — Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств - учредителей Международного фонда спасения Арала — Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Council of the Heads of the Founder States of the International Fund for Saving the Aral Sea Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ippubblikat Apr 22
Poytaxtda yo‘l harakati holatini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda Toshkent shahar infratuzilmasini yaxshilash va jamoat transportiga yaratilayotgan qulayliklar haqida ochiq va qisqa suhbatlar "seriya"sini boshlaymiz! Bugungi kunda poytaxt transport infratuzilmasini kompleks modernizatsiya qilish ishlari izchil davom etmoqda. Ushbu jarayonda asosiy e’tibor jamoat transportiga ustuvorlik berishga qaratilmoqda. Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirakbar Ikramov “Dolzarb 90 kunlik” doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. - shaharning 472 km dan iborat asosiy ko‘chalari tartib keltirilmoqda; - 700 ta chorrahaga aqlli svetoforlar o‘rnatiladi; - shahridagi mavjud jami 2871 ta avtobus bekatlari tartibga keltirilmoqda Ushbu suhbat video-seriya ko‘rinishida taqdim etiladi — har bir qismda dolzarb savollarga qisqa va aniq javoblar bor. Videolarni o‘tkazib yubormang — poytaxtimiz transport tizimidagi o‘zgarishlardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling !! В столице продолжаются масштабные работы, направленные на улучшение дорожной ситуации. Мы запускаем серию открытых и коротких бесед об улучшении инфраструктуры города Ташкента и удобствах, создаваемых для общественного транспорта! На сегодняшний день последовательно продолжаются работы по комплексной модернизации транспортной инфраструктуры столицы. В этом процессе основное внимание уделяется предоставлению приоритета общественному транспорту. Начальник Главного управления транспорта города Ташкента Миракбар Икрамов рассказал о работах, проводимых в рамках "Актуальных 90 дней." - приводятся в порядок главные улицы города общей протяженностью 472 км; - на 700 перекрестках будут установлены умные светофоры; - приводятся в порядок все 2871 существующие в городе автобусные остановки. Данная беседа будет представлена в формате видеосерии — в каждой части содержатся краткие и четкие ответы на актуальные вопросы. Не пропускайте видео — узнавайте первыми об изменениях в транспортной системе нашей столицы!
Ippubblikat Apr 22
2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston aeroportlari deyarli 4 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston aeroportlarida 30 859 ta aviareysga xizmat ko‘rsatildi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10% ga ko‘pdir. Yo‘nalishlar kesimida 22 885 ta reys xalqaro, 7 974 tasi esa ichki yo‘nalishlarga to‘g‘ri keldi. Ushbu davrda 3 987 313 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi, shundan 3 323 759 nafar yo‘lovchi xalqaro yo‘nalishlarda 663 554 nafar yo‘lovchi esa mahalliy yo‘nalishlarda uchgan. 2025-yilning 1-choragiga nisbatan yo‘lovchi oqimi bo‘yicha o‘sish 19% ni tashkil etdi. Toshkent an’anaga ko‘ra mamlakatning eng yirik aeroporti bo‘lib qolmoqda: poytaxt aeroporti 2,56 mln yo‘lovchiga va qariyb 19 mingta reysga xizmat ko‘rsatib, umumiy yo‘lovchi oqimining asosiy ulushini ta’minladi. Hududiy aeroportlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlarni quyidagilar qayd etdi: Samarqand — 376,4 ming yo‘lovchi; Urganch — 222 ming yo‘lovchi; Namangan — 210,1 ming yo‘lovchi; Farg‘ona — 161,2 ming yo‘lovchi. Birinchi chorakda mamlakat aeroportlari orqali 19 783 tonna yuk va pochta o‘tkazildi, bu ham o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14% ga ko‘pdir. По итогам первого квартала 2026 года аэропорты Узбекистана обслужили почти 4 млн пассажиров. В январе-марте 2026 года в аэропортах Узбекистана было обслужено 30 859 авиарейсов, что на 10% больше, чем за аналогичный период прошлого года. В разрезе направлений 22 885 рейсов пришлись на международные, а 7 974 — на внутренние. За этот период было обслужено 3 987 313 пассажиров, из которых 3 323 759 воспользовались международными рейсами, а 663 554 — внутренними. Рост пассажиропотока по сравнению с I кварталом 2025 года составил 19%. Ташкент традиционно остаётся крупнейшим аэропортом страны: столичный аэропорт обеспечил основную долю общего пассажиропотока, обслужив 2,56 млн пассажиров и почти 19 тысяч рейсов. Среди региональных аэропортов самые высокие показатели зафиксированы в следующих: Самарканд — 376,4 тыс. пассажиров; Ургенч — 222 тыс. пассажиров; Наманган — 210,1 тыс. пассажиров; Фергана — 161,2 тыс. пассажиров. В первом квартале через аэропорты страны было перевезено 19 783 тонны грузов и почты, что на 14% больше, чем за аналогичный период прошлого года.
Ippubblikat Apr 22
🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi. ❗️Ochiq tender 2026-yil 21-may kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi. Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 20-may kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi. Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ ShYT-280 — Beruniy avtovokzali – Maktumkuli DFX (Ikkala tomondan) (M1) ▸ ShAY-248 — Beruniy AS – Kizil kala OFY (Ikkala tomondan) (M3) ▸ ShYT-220 — Shimbay Mega sauda orayi – Tazgara AShP (Ikkala tomondan) (M1) 🚌 Shahar yo‘nalishi ▸ ShYT-426 — Taxiyatas diyxan bazari – 7 MPJ(most otryad) (Ikkala tomondan) (M1) ▸ ShYT-427 — Taxiyatas diyxan bazari – Kusshilik APJ (Ikkala tomondan) (M1) ▸ ShYT-496 — Taxiyatas diyxan bazari – Doslik MPJ (Ikkala tomondan) (M1) Farg‘ona viloyati 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ ShYT-347 — Fayziobod – Yormozor AS (Ikkala tomondan) (M1) ▸ ShYT-335 — Marg‘ilon – Yozyovon (Ikkala tomondan) (M2) ▸ ShYT-404 — Zilxa – Oqvbo‘yra (Ikkala tomondan) (M1) 🚌 Shahar yo‘nalishi ▸ 8-sonli — Marg‘ilon yo‘li (2-sonli IIB) – Avval yo‘li (Avval aylanma) (Ikkala tomondan) (M3) ▸ 3-sonli — Vodil yo‘li (Mindonobod) – Quva yo‘li (Ko‘prikboshi) (Ikkala tomondan) (M3) ▸ 10-sonli — Marg‘ilon yo‘li (Melitsiya maktabi) – Oybek massiv (Ikkala tomondan) (M3) ▸ 12-sonli — Qo‘qon yo‘li (Oziq-ovqat inst.) – Sil kasalliklari shifoxonasi (Ikkala tomondan) (M3) ▸ 16-sonli — Avval yo‘li (Aylanma) – Istiqlol stadioni (Ikkala tomondan) (M3) ▸ 17-sonli — Qo‘qon yo‘li (Sharshara MFY) – Istiqlol stadioni (Ikkala tomondan) (M3) Jizzax viloyati 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ ShYT 299 — Komp’yuter texnologiyalari – Olmazor ABB (Ikkala tomondan) (M1) Buxoro viloyati 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ 397 — G‘ijduvon avtostansiyasi – Mazragan (Ikkala tomondan) (M3) ▸ 348 — Xo‘jaubbon – Buxoro avtovokzali (Ikkala tomondan) (M1) ▸ 467 — Raboti Qozi MFY – 5-kichik nohiya (Ikkala tomondan) (M1) Samarqand viloyati 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ YT 460 — Sho‘rboyi – Siyob ABB (Ikkala tomondan) (M1) Xorazm viloyati 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ ShAY-313 — Urganch dehqon bozori avtostansiyasi – Idali kal’a (Tozo bozor) (Ikkala tomondan) (M3) Navoiy viloyati 🚌 Shaharlararo-viloyat ichi ▸ 500 — Uchquduq – Nurota (Uchquduq tomondan) (M3)
Ippubblikat Apr 22
🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi. ❗️Ochiq tender 2026-yil 20-may kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi. Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 19-may kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi. Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Sirdaryo viloyati 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ 289 — Yangiobod – Guliston (Ikkala tomondan) (M3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ ShAY-244 — Beruniy AS – Bo‘ston avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M3) ▸ ShYT-290 — Nokis Jiydeli baysin AV – Xo‘jayli avtovokzali (Ikkala tomondan) (M2) ▸ ShAY-302 — Bo‘ston avtostansiyasi – Nauayi OFY (Ikkala tomondan) (M3) ▸ ShAY-400 — Bo‘ston avtostansiyasi – To‘rtko‘l avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M3) ▸ ShYT-223 — Xojeli avtostansiya – Begjap APJ (Ikkala tomondan) (M1) ▸ ShYT-238 — Shomanay AS – Birleshik APJ (Ikkala tomondan) (M1) Farg‘ona viloyati 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ ShYT-218 — Uchko‘prik – Kenagas (Ikkala tomondan) (M1) ▸ ShYT-239 — Shirinsuv – Tongotar (Chuvalanchi orqali) (Ikkala tomondan) (M1) ▸ ShYT-191 — Uchko‘prik – Olmurod (Ikkala tomondan) (M1) Xorazm viloyati 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ ShAY-224 — Urganch sh. – O‘zbekiston f/u (Ikkala tomondan) (M3) ▸ ShAY-248 — Gurlan – Guliston f/u (Ikkala tomondan) (M3) ▸ ShAY-242 — Beshariq oyoq qismi – Xazorasp buyum bozori (Ikkala tomondan) (M3) ▸ ShYT-325 — Yangiturmush MFY 13-son maktab – Xonqa tuman dehqon bozori (Ikkala tomondan) (M1) Qashqadaryo viloyati 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ ShYT 364 — Kitob a/s – Miraki qishlog‘i (Ikkala tomondan) (M1) Samarqand viloyati 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ YT 449 — Qoraariq q – Juma avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M1) Toshkent viloyati 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ 715 — Galaquduq MFY – Ohangaron dehqon bozori (Ikkala tomondan) (M1) 🚌 Shahar yo‘nalishi ▸ 1— Yangiyo‘l yurak-asab kasalliklari shifoxonasi – Shodlik mahallasi (Ikkala tomondan) (M3) ▸ 1— Bo‘ston sanatoriyasi – Yangi O‘zbekiston massivi (5-MTM) (Ikkala tomondan) (M3) ▸ 2 — Bo‘ston sanatoriyasi – 3-kichik nohiya (Ikkala tomondan) (M3) ▸ 3 — Muruvvat mahallasi – Ozodbosh qishlog‘i (Ikkala tomondan) (M3) ▸ 1 — Yangiyo‘l yurak-asab kasalliklari sihatgohi – Shodlik mahallasi (Ikkala tomondan) (M3) Buxoro viloyati 🚌 Shahar yo‘nalishi ▸ 8 — Buxoro AShB – Udurg‘i aholi punkti (Ikkala tomondan) (M3) 🚌 Shahar atrofi yo‘nalishi ▸ 252 — Birlik MFY 3-sonli maktab – Paxtakor ABB (Ikkala tomondan) (M1) Navoiy viloyati 🚌Shaharlararo-viloyat ichi ▸ 500 — Uchquduq – Nurota (Nurota tomondan) (M3)