TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanal listaman kutiy
Toshkentdan gapiramiz... avatar

TGINSIGHT CHAT

Toshkentdan gapiramiz...

@RMMMTSHB

News and media

🌐 Eng sara media materiallar 📲 Yangiliklar 📚 Foydali maʼlumotlar Instagram: https: //www.instagram.com/shosh_media?igsh=MW95ejBkbjFvY25zMA== Facebook: https://www.facebook.com/share/16eEbLbF79/ Reklama va hamkorlik uchun: @RMMMTshB1

Qatiqkuna3.0万Kunan qatiqkuna
Qatisqa willakuykunap1,016Yupasqa willakuykunap
Kay p'unchaw chayasqa134,800Kay p'unchaw qhawasqakunap
Qhipan willakuykunap

Qhipan willakuykunap

Qillqa 34 / 85 · 1,016 willakuy

Riqchachisqa 16 Ene

#yangiruhiyat #iqtibos Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa, holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa, a’zolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobe’dir. ✍🏼 Imom Gʻazzoliy 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

10,900 views

Riqchachisqa 16 Ene

#2_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

12,800 views

Hashtags

Riqchachisqa 15 Ene

“Diplomatik faoliyatni baholashning bitta oʻlchovi bor, u ham boʻlsa – natija!” – Prezident Belgiyadagi elchiga ushbu davlatga kamida 100 nafar mahalliy mutaxassisni olib borib, issiqxona sohasidagi ilgʻor innovatsiya va tajribalarni oʻrganishni tashkil etish topshirildi. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

10,900 views

Riqchachisqa 15 Ene

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

11,000 views

Riqchachisqa 15 Ene

#toshkentnoma #Toshkent_shahar #yangiruhiyat #14_soni ABDULLA QAHHOR UY-MUZEYI HAQIDA Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi hamda "TOSHKENT" telekanali bilan hamkorlikda "Toshkentnoma" ko‘rsatuvi tasvirga olindi. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

11,500 views

Riqchachisqa 15 Ene

Oʻzbekistondagi 121 ta togʻ va choʻqqilar nomi oʻzbek tili qoidalariga moslashtiriladi Tog‘ tizmalari, togʻ va choʻqqilarda oʻrnatilgan peshlavhalar hamda axborot koʻrsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilishi taʼminlanadi. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

10,900 views

Riqchachisqa 15 Ene

#yangiruhiyat #iqtibos Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil bo‘ladi ✍️Abu Rayhon Beruniy 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

10,900 views

Riqchachisqa 14 Ene

Jasorat, sadoqat, mardlik bizlarga ota merosdir. Uni asrash, avaylash Vatan sha’ni, Vatan g‘ururi uchun jon fido qilish muqaddas burchdir! Bugun nafaqat harbiylar balki, yuragida shu o‘chmas olov bor har bir yigit-qiz, har yurtdoshimizning bayrami. Bugun Vatan himoyachilari kuni! O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi bu shunchaki sana emas, yillardan yillarga o‘tib borayotgan ishonch, mas’uliyat, sadoqat, ruhan yetuklik degani! Bayram barchaga muborak bo‘lsin! #yangiruhiyat

10,900 views

Riqchachisqa 14 Ene

#munosabat BU YURTNING OʻZ EGASI BOR! Vatandoshim! Bu zamin – egasi bor yurt. Bu tasodifan paydo bo‘lgan xalqning emas, asrlar davomida ilm bilan, aql bilan, jasorat bilan dunyoda iz qoldirgan avlodning Vatani. Shuning uchun kimdir olisdan turib, Markaziy Osiyo, O‘zbekiston haqida mensimay, tahdidga o‘xshash gap aytsa, bu shunchaki so‘z emas - bu bizning qadrimizga, irodamizga, qarorimizga qilingan hurmatsizlikdir. Hech qachon unutmang: bu yurt – Abu Rayhon Beruniy idroki bilan dunyoni o‘lchagan, Muhammad al-Xorazmiy aqli bilan insoniyatga hisob-kitobni o‘rgatgan, Amir Temur irodasi bilan davlat degan tushunchani tiklagan, Zahiriddin Muhammad Bobur qalami bilan ham, qilichi bilan ham tarix yaratgan zamindir. Ular sizning qoningizda, tafakkuringizda, qatiyatingizda yashaydi. Eng katta fojia – jismoniy tahdid emas, eng katta fojia – “menga baribir” degan fikr! Agar siz loqayd bo‘lsangiz, sizdan oldingi minglab yillik meros ham sukutga aylanadi. Agar siz “bu mening ishim emas” desangiz, ertaga sizni o‘z taqdiringiz haqida gapirish huquqidan mahrum qilishlari mumkin. Tarix bizga bir narsani aniq o‘rgatgan: befarq avloddan keyin doim og‘ir kunlar kelgan. Biz hech qachon qadrsizlikka, tanlagan yo‘limizdan qaytishga rozi bo‘lmaymiz. Tinchlikni xohlash – bosh egish degani emas. Tinchlikni xohlash – o‘z qadrini bilib, o‘z yurtini himoya qilishga tayyor turish demakdir. Bizga qurol emas eng avvalo bilim kerak, sergaklik kerak, “Men kimlarning avlodiman?” degan savolga javob kerak. Yoshlar, sizlar shunchaki internetdagi avatar, raqamli o‘yindagi personaj emassiz. Sizlar – bu yurtning ertangi ovozi, qarorlari, irodasisiz. Har biringizda Xorazmiyning o‘tkir aqli, Temurning “Vatan uchun” degan qat’iyati, Boburning yurtni sog‘inib ham tark etmagan qalbi bor. Faqat shuni uyg‘otish kerak, uyg‘otish kerak, uyg‘otish kerak! Faqat shuni unutmaslik kerak. UNUTMASLIK KERAK! Bizning javobimiz qat’iyat, birdamlik, bilim va iroda! Bizning javobimiz – biz o‘zimiz vatanimizning egasimiz degan qat’iy nuqta, “Bu yurt mening yurtim” degan o‘zgarmas qaror! Chunki Vatan – bu faqat chegara emas. Vatan bu ichingizdagi g‘urur, ordir! Agar u so‘nsa, hech qanday bayroq uni qutqarolmaydi. Agar u yonib tursa, hech qanday tahdid sizni bo‘ysundirolmaydi. O‘zgalar ham unutmasin: bu yurtning o‘z egasi bor. U – befarq emas. U SIZ, BIZ, HAMMAMIZ birga, birlikda! ✍️"Toshkentdan gapiramiz..."telegram kanali 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

12,400 views

Hashtags

12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••3233343536•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
ÑawpaqQillqa 34 / 85Qhipan