TGINSIGHT CHAT
MohirDev.uz
@mohirdev
EducationOʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri - 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert - 39 ta dasturlashga oid kurs - 44 516 ta kurs oʻquvchisi 🌐https://mohir.dev/tel 📨@mohirdevsales_bot 📞 55 500 05 07
Qhipan willakuykunap
Qillqa 24 / 85 · 1,019 willakuy
Riqchachisqa 18 Ago
🔥Antiqa savollar vaqti keldi! Yangi “10 ta antiqa savol” rubrikasining birinchi sonini kutib oling. Moneff CTO’si Saidolim Djuraev hazil va professionallik bilan biroz g‘ayrioddiy savollarimizga javob berdi. 👉Videoni koʻrish ✔️ Kanalimizga obuna bo‘ling va yangi sonlarni oʻtkazib yubormang! @mohirdev
Riqchachisqa 17 Ago
Hafta dayjesti: dam olish kuningizni Mohirdev blogida unumli oʻtkazing Mahsulot ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklarni qanday yengish kerak? Samaradorlik nafaqat texnik metodlarga, balki insonlar bilan muloqotga ham bogʻliq. Chuqurlashamiz: murakkab neyrotarmoqlar qanday oʻqitiladi? Murakkab neyrotarmoq algoritmlari mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qanday amalga oshadi? Agile nima? Bu metodologiya sifatli mahsulot yaratishda yuqori moslashuvchanlik va samaradorlikni taʼminlaydi. @mohirdev
Riqchachisqa 16 Ago
Bu parkentlik Ramazon. U hozir Haad Learning Centerʼda PM boʻlib ishlaydi. 😀 U bizning “Project Management” kursimizni bitirgan. Oʻquvchimiz bu natijaga qanday erishgani qiziq boʻlsa, uning muvaffaqiyat tarixini oʻqing. 👉 Bogʻlanish: @mohirdev_alumni @mohirdev
Riqchachisqa 15 Ago
Ishni qayerdan qidirsa bo‘ladi va eng muhimi, unga qanday joylashish kerak? 🧐 Shu va yana bir qator savollarga Mohirdev CTOʼsi — Ulug‘bek Samigjonov javob berdi. 👉🏻 To‘liq videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling. @mohirdev
Riqchachisqa 12 Ago
Bir g‘oyadan tayyor ilovagacha 💡Hozirgi kunda mobil ilovalar nihoyatda katta talabga ega. Ular har bir biznesga kerak: xoh u onlayn do‘kon bo‘lsin, xoh restoran. Blogimizda "Qanday qilib mobil ilova yaratish mumkin?" mavzusida maqola chiqdi va unda siz: • ilovalarni yaratishning barcha bosqichlari; • ilovalarni ishlab chiqish uchun servislar va dasturlar; • ekspertning maslahatlarini bilib olishingiz mumkin. Misollar ham bor! Spoyler: buning uchun kod yozish shart emas. Maqolamizni o‘rganib chiqing va ilova yaratish asoslarini bilib oling. 👉Maqolani o‘qish @mohirdev
Riqchachisqa 11 Ago
Podkast: Oʻzbekistonda kiberxavfsizlik qay darajada? Toshkent shahri aholisi kiberjinoyatlardan 45 milliard soʻm zarar koʻrgan. Videoda: — davlatlarning virtual armiyalari; — Oʻzbekistondagi kiberxavfsizlikning holati; — kiberxujumlarning odamlar va biznesga taʼsiri; — kiberxavfsizlikni yaxshilashda davlatning ahamiyati haqida suhbatlashdik. 👉Videoni koʻrish @mohirdev
Riqchachisqa 10 Ago
Hafta dayjesti: dam olish kuningizni Mohirdev blogida unumli oʻtkazing Mashinani oʻqitish: 10 ta mashhur ML metodi va algoritmlari Mashinani oʻqitishning 3 ta turi bor. Ulardan nazorat ostida oʻqitishning 10 usuli haqida bilib olasiz. Professional dasturchilar 29 000 ga yaqin dasturchidan olingan soʻrovnoma nima haqida edi? ChatGPT psixolog va psixoterapevt oʻrnini bosa oladimi? Professori Devid Lakston: "Sunʼiy intellekt tibbiyot va psixoterapiyada odamlardan ham oʻtib ketadi". @mohirdev
Riqchachisqa 9 Ago
Tanishing bu Qoʻqonlik Abdulaziz. U hozirda Abutech kompaniyasida QA injener boʻlib ishlaydi. 😀 U bizning Quality Assurance (QA) kursini bitirgan. Keling qolgan muvaffaqiyat tarixini Abdulazizning oʻzidan eshitamiz. QA sohasini oʻrganishni istasangiz, izohlarda "test" deb yozib qoldiring. @mohirdev
Riqchachisqa 8 Ago
Kiberjinoyatlar va talab ortib borayotgan soha 2023-yilda Oʻzbekistonda 5,5 mingdan ortiq kiberjinoyat sodir etilgan. Shularning 70 foizi bank kartalari bilan boʻlgan. Bu kiberxavfsizlik mutaxassislariga talab ortib borayotganligini bildiradi. Blogimizda "Qanday qilib kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassis boʻlish mumkin?" mavzusida qoʻllanma chiqdi. Unda: — soha mutaxassislariga kerak boʻladigan koʻnikmalar; — soha yoʻnalishlari; — sohada yangilar qanday lavozimlarda ishlay olishi haqida toʻliq maʼlumot berilgan. 👉Qoʻllanmani oʻqish @mohirdev
Riqchachisqa 7 Ago
Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekistondagi top-10 ta AyTi taʼlim markazlarini eʼlon qildi. 🤩 Mohirdev yana birinchi. Bu reyting quyidagi mezonlar asosida baholangan: — mavjud kurslar soni; — taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni; — kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlar soni; — ishga kirgan oʻquvchilar soni; — IT eksportyor kompaniyalarga ishga kirgan bitiruvchilar soni. AyTi sohasiga biz bilan qadam qoʻying. @mohirdev
Riqchachisqa 6 Ago
Kursni tugatganingizdan keyin sizni kutayotgan sertifikatlarning yangi dizayni. Darslarni tugating, o‘zingiznikini yuklab oling. 😉 Instagramda maqtanib, bizni belgilab ketishni unutmang. @mohirdev
Riqchachisqa 5 Ago
5 soat vaqt qoldi ⏳ Bugun soat 23:59 ga qadar 5 ta sunʼiy intellekt kursini 35% chegirmada xarid qilishga ulgurib qoling. Kurslarning umumiy narxi: 7 594 000 soʻm Aksiyada: 4 990 000 soʻm Sotib olish — @mohirshopbot 9-12 oyga muddatli toʻlov — www.asaxiy.uz 💬 Qoʻshimcha savollar uchun — @mohirdevsales_bot @mohirdev