TGINSIGHT CHAT
MohirDev.uz
@mohirdev
EducationOʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri - 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert - 39 ta dasturlashga oid kurs - 44 516 ta kurs oʻquvchisi 🌐https://mohir.dev/tel 📨@mohirdevsales_bot 📞 55 500 05 07
Qhipan willakuykunap
Qillqa 84 / 85 · 1,019 willakuy
Riqchachisqa 24 Oct
iOS Praktikum taqdimoti boshlandi O'zingizni qiziqtirgan savollarni so'rash va kurs haqida batafsil ma'lumot olish uchun ajoyib imkoniyat Ko'rish: https://youtu.be/AHvZHSie-MM
Riqchachisqa 24 Oct
Siz bu xatolarni qilmang! Frilanserlikka birinchi marta qadam qoʻyganlar ish topa olmaslik, stress, doimiy charchoq, mijozlar bilan kelisha olmaslik kabi muammolarga duch kelishi mumkin. Ushbu post orqali “Qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkin?” degan savolga javob beramiz. Agar siz “yangi” boʻlsangiz, bu xatolarni qilmang: 1. Juda koʻp ish va mijoz olish. Haddan tashqari koʻp olingan ishlar frilanser uchun faqatgina zararga ishlaydi. • Belgilangan vaqtga amal qilmaslik • ishni chala qilish • Ishni ortga surish Bular sizga faqat yomon izohlar qabul qilishingizga olib keladi. Yomon izohlar ishsizlik degani. 2. Ishni arzonga baholash. Odatda yangi frilanserlar ishlarini kam narxga baholaydi va mijozlarni shu yoʻl bilan ushlab qolishga harakat qilishadi. Ha, ular qisman haq. Lekin, uzoqni marrani koʻzlagan boʻlsangiz, kam narx bilan emas, sifatli ish bilan mijozlar koʻngliga yoʻl toping. 3. Sogʻlikdan voz kechish. “Pul jigardan boʻlgan” degan safsataga amal qila koʻrmang. Siz ham insonsiz, salomatligingiz haqida qaygʻurishga haqlisiz. Juda koʻp ishlash doimiy charchoq va stressni keltirib chiqaradi. Har doim ham koʻp ish qilish koʻp daromad keltirmaydi. • Ish kuningizda kichik tanaffuslar qiling. Sayr qiling, sport bilan shugʻullaning, kayfiyatni koʻtaring. • Ovqatlanish ratsioniga amal qiling. • Doimiy kompyuter qarshisida oʻtirishdan chetlaning. 4. Sabr. Ish jarayonida yomon mijozlarga ham duch kelishingiz mumkin. Agar sabrli bo'lsangiz, tabriklaymiz, siz sinovdan o'tdingiz! 5. Sifat nazorati. Vazifalarda eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻyishdan chetlaning. Har qanday ishni, hatto kichik vazifalarni ham, mukammal qilishga harakat qiling. Sifatli ish — yaxshi daromad. Ushbu maslahatlarga amal qilsangiz, oʻylaymizki, frilanserlikda muvaffaqiyat qozonishingiz oson boʻladi! ⠀ Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 24 Oct
Bo'lib to'lash orqali xarid qilish mumkinmi? Juda ko'pchilikdan kelib tushadigan savolga ushbu postda javob olishingiz mumkin. Biz 3 xil bo'lib to'lash usulini o'quvchilarimizga taklif qilamiz: 1. Zoodpay orqali 4 ga bo'lib to'lash ZoodPay orqali foydalanuvchilar kurslarimizni foizsiz, 4 ga bo’lib 4 oy davomida xarid qilishlari mumkin. Batafsil: mohirdev.uz/zoodpay Zoodpay qo'llab-quvvatlash xizmati: +998712090076 2. 14 kun ichida 2 ga bo’lib to’lash Hech qanday qo’shimcha to’lovlarsiz foydalanuvchilar kurslarimizni 14 kun ichida 2 ga bo’lib xarid qilishlari mumkin. - Kurs narxnining teng yarmini to’lagan foydalanuvchiga kurs ochiladi; - Kurs narxining qolgan teng yarmini foydalanuvchi 14 kun ichida to’lashi shart; 3. 30 kun ichida 2 ga bo’lib to’lash Foydalanuvchilar 30 kun ichida 2 ga bo’lib to’lash imkoniga egalar. - Kurs narxnining teng yarmini to’lagan foydalanuvchiga kurs ochiladi. - Kurs narxining qolgan teng yarmini foydalanuvchi 30 kun ichida to’lashi shart. *Kurs narxiga qo’shimcha summa qo’shiladi. Qanday xarid qilinadi? Zoodpay orqali to'lash uchun praktikum.mohirdev.uz saytimizdan ro'yxatdan o'ting va to'lov usullaridan ZoodPay ni tanlang. To'lovni amalga oshiring va kursda o'qishni boshlang. 14 va 30 kun bo'lib to'lash uchun formani to'ldiring, operatorlarimiz siz bilan bog'lanishadi: Bo'lib to'lash uchun forma @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
Riqchachisqa 24 Oct
Bugun iOS Praktikum taqdimoti bo'lib o'tadi Uzoq kutilgan praktikum haqida barchasini ushbu taqdimot orqali bilib oling. Praktikum muallifi Yunusbek Sadullaev Everbestlab kompaniyasida iOS Team Lead sifatida faoliyat yuritgan va hozirda Ansor kompaniyasida iOS dasturchi bo'lib ishlab kelmoqda. Taqdimot bugun soat 19:00 da youtube kanalimizda bo'lib o'tadi Apple ekosistemasi va iOS dasturlashga qiziqqan barchani taklif qilib qolamiz @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
Riqchachisqa 23 Oct
Juda ko’pchilikdan keladigan savollar shunga o’xshash: “Hozir C ni o’rganayapman, lekin bu tildan ko’nglim to’lmayapti. Uning o’rniga C# yoki C++ ni o’rganishim kerakmi ?” Men bilmayman. Bu sizning nima xohlayotganingizga bog’liq. Tasavvur qiling, siz doktor bo’lmoqchisiz. Qanday turdagi doktor bo’lmoqchisiz? Kardiolog? Unda qon tomirlari va yurak haqida o’rganasiz. Tish shifokori? Unda tish haqida o’rganasiz. Psixiatr? Unda ruxiy salomatlik haqida o’rganasiz. Nimaga shama qilayotganimni tushungandirsiz? Qanday turdagi dasturchi bo’lmoqchisiz? iOS dasturchi? Unda Objective C va Swiftni o’rganing. Android dasturchi? Unda Java va Kotlinni o’rganing. Backend? Unda Python/ Java/ Ruby/ C#/ PHP va boshqalardan birini o’rganing. Frontend? Unda HTML, CSS, JavaScript va boshqalarni o’rganing. Past darajadagi tizim dasturlash ? Unda C va C++. Windows dasturlash? Unda C#ni o’rganing. Bularning barchasi dasturlash/dasturlash yo’nalishlari. Yo’nalish tanlang, undan keyin esa tilni. Muallif: Jahongir Rahmonov Orginal post:ingliz tilida @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 22 Oct
Telegram Auksion platformasidagi kamchilikni toping va $100,000 gacha yutuq egasi bo'ling Telegram "Smart Contract Cracking Competition" musobaqasini e'lon qildi Mukofot jamg'armasi: $100,000 gacha Oxirgi muddat: 25-oktyabr, 17:00 (TShV) Kim qatnasha oladi: Barcha Ishtirokchilar Telegram e'lon qilgan "aqlli shartnomalar" dagi topilgan xatoliklarga qarab $200 dan $50,000 gacha yutuq egasi bo'lishi mumkin. Musobaqa haqida batafsil ma'lumot bu yerda Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 22 Oct
Freelance, Toptal va Android haqida https://youtu.be/3EcaEYjnYGM
Riqchachisqa 22 Oct
Suhbat davom etmoqda: https://youtu.be/3EcaEYjnYGM
Riqchachisqa 22 Oct
Toptal freelance platformasida ishlash bo'yicha gaplashamiz Mohirdev foydali vebinar va suhbatlar tashkil qilishda davom etadi Bu gal "Toptalda Android dasturchisi sifatida ishlash" mavzusida suhbatlashamiz. Suhbatda SSP Maroqand, DataSite Technology, ZuccoTech kompaniyalarida ishlagan va hozirda Toptal platformasida freelancer android dasturchisi sifatida faoliyat ko'rsatayotgan Zohidjon Akbarov qatnashadi. Jonli efir davomida Toptal haqida, unga kirish jarayoni, Android dasturlash va unga bog'liq mavzular gaplashiladi. Suhbat bugun soat 19:00 da youtube kanalimizda bo'lib o'tadi. 👉https://youtu.be/3EcaEYjnYGM @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
Riqchachisqa 22 Oct
Nima uchun Android dasturlash?⠀ So'nggi o'n yil ichida smartfonlar bizning dunyomizda texnologik inqilob qildi. Bugunda iste'molchilar smartfonlardan har qachongidan ham ko'proq foydalanmoqda. Statistika ma'lumotlariga qaraganda dunyoda 3 milliardan ortiq faol android qurilmasi mavjud. Ko'rinib turganidek talab oshib borgani sari, android dasturchilariga ham ehtiyoj tobora ko'paymoqda. Avvalgi postimizda bu haqida eslab o'tgan edik. Xo'sh, ular qanday dasturlash tilidan foydalanishadi? Dasturlashga qiziquvchilar Kotlin haqida eshitgan bo'lsa kerak. Boshlanishiga kamchilik foydalangan til, 2017-yilda Google Kotlinni qo'llab-quvvatlashini e'lon qilganidan so'ng, mashhurlikka erisha boshladi. O'shandan beri unga qiziqish ortib bordi va ilova ishlab chiquvchilarning 72 foizi Kotlindan foydalanishga o'tdi. Kotlinning afzallklari Kotlin mobil ilovalarni ishlab chiqishda kodni o‘qish soddalashtirish xususiyatidan taqdim etishdan tashqari, Java’ga nisbatan (biroz keyinroq chuqurroq gaplashamiz) afzalliklari bilan ajralib turadi. • Java bilan tez chiqishadi. Kotlinning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, u Java tili sintaksisi bilan toʻliq oʻzaro ishlashga moʻljallangan. Ya'ni, Javada yozilgan mavjud kod bazasi Kotlin bilan to'g'ridan tog'ri moslashadi. • O'rganish oson. Sintaksisning soddaligi sizga ko'p imkon beradi. Dasturlashni tilini endi o'rganuvchilar uchun Kotlin maslahat beriladi. Bundan tashqari, u ochiq manba bo'lganligi sababli, Kotlin hamjamiyatining qo'llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalinishda muammo bo'lmaydi. • Vaqtni tejaydi. Kotlinning kuchli tomonlaridan biri shundaki, u ortiqcha kodlardan voz kechadi, shuningdek, ixcham bo'lib, kod yozish jarayonini sezilarli darajada optimallashtiradi va kodlardagi takrorlanishning oldini oladi. Ushbu postni androidga qizuvchi do'stlaringizga yuborishni unutmang! Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 21 Oct
Suhbat tugadi. Tez orada youtube kanalimizga suhbatni yuklaymiz. Youtube kanalimiz: https://www.youtube.com/c/Mohirdev/ Temur Ibroximov kanali: https://t.me/temur_ibroximov
Riqchachisqa 21 Oct
Live stream finished (2 hours)