TGINSIGHT CHAT
АВТМ в РФ
@pavtm_rf
LawЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ ВА БАНДЛИК ВАЗИРЛИГИ ХУЗУРИДАГИ ТАШКИ МЕХНАТ МИГРАЦИЯСИ АГЕНТЛИГИНИНГ РОССИЯ ФЕДЕРАЦИЯСИДАГИ ВАКОЛАТХОНАСИ Мурожаат учун: ☎️ +7 925 045 47 44
Недавни постови
Страница 2 од 11 · 132 постова
Објављено 31. мар
Xorijda qiyin ahvolda qolmaslik uchun nima qilish kerak? Bu haqda "Toshkent" telekanalining "Gap chiqdi" tok-shousida 👉Tok-shouni tomosha qilish
Објављено 30. мар
Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Krasnoyarskdagi “Авангард”, “Сибирь Лес”, “Самкаш”, “Омонов”, “Мега”, Yekaterinburgdagi «Группа компаний KIDI KIDS», Volgograddagi “Курбанбаев Б.Ж.”, Permdagi “РегионСтрой” korxonalari rahbariyati va bu erda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Објављено 27. мар
Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Moskva viloyatidagi “Монотек”, Voronejdagi “Ролград”, “ИП К.И.Т.”, Sankt-Peterburgdagi “СК Дале” va Amurdagi “КАЙИ СТРОЙ” korxonalarida rahbariyati va bu erda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, Sankt-Peterburgdagi universitetda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Објављено 27. мар
Објављено 27. мар
Хорижда истиқомат қилаётган ва вақтинчалик меҳнат фаолиятини амалга ошириб келаётган ватандошларимизни янада жипслаштириш, халқимизнинг қадимий урф-одатлари, миллий анъаналаримизни хорижда намойиш қилиш ва умумхалқ “Наврўз” байрамини кенг нишонлаш мақсадида Ўзбекистон Республикасининг Россия Федерациясидаги элчихонаси, Бош консулхоналари, “Ватандошлар” жамоат фонди, Ўзбек диаспоралари, Ташқи мехнат миграцияси агентлигининг Россия Федерациясидаги ваколатхонаси хамда худудий вакиллари хамкорликда Россия Федерациясининг қуйидаги худудларида байрамлар ташкил қилишди: Москва шахри Волгоград шахри Красноярск ўлкаси Иркутск шахри Уфа шахри Новосибирск шахри Екатеринбург шахри Амур вилояти Пермь ўлкаси Санкт-Петербург шахри Шу фурсатдан фойдаланган холда Ташқи мехнат миграцияси агентлигининг Россия Федерациясидаги барча ходимлари номидан кириб келган “Наврўз” байрами билан хаммангизни муборакбод этамиз.
Објављено 16. мар
Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ufadagi “ЯРУС”, Sverdlovskdagi “Протон”, Nijegoroddagi “Борресурсы”, Krasnodardagi “ССК”, Yekaterinburgdagi “Водоканал-регион” korxonalari rahbariyati va bu erda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi Birinchi kotibi boshchiligida Nijegorod viloyati inson huquqlari bo‘yicha vakili, viloyat mehnat va bandlik boshqarmasi, Mintaqaviy kadrlar agentligi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. 👉http://www.migration.uz/news/view/1727 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Објављено 13. мар
Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz! So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi eʼlonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda. Murojaatlardan maʼlum bo‘lmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz. Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.
Објављено 13. мар
Rossiya Federatsiyasining Lipetsk viloyatiga 5 yil avval ishlagani borgan, ammo o‘zi va 4 nafar farzandining hujjatlarini yo‘qotib qo‘yib, qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Sh.D.ning murojaati Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi tomonidan o'rganilib, ayni paytda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlandi. Shuningdek, uni farzadlari bilan Vatanga qaytarish choralari ko'rilmoqda.
Објављено 10. мар
Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Moskva shahridagi “Монотек”, Cankt-Peterburg shahridagi “Балхаш”, Amurdagi “ПСП”, Chelyabinskdagi “Агропарк-Урал” korxonalari rahbariyati va bu erda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o’tkazildi. Shuningdek, Nijegorod viloyati oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar holidan xabar olindi. 👉http://www.migration.uz/news/view/1724 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Објављено 9. мар
Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz! So‘nggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan mehnat migrantlari orasida bank xizmatlari bilan bog‘liq turli firibgarliklarga duch kelish holatlari yuz bermoqda. Xususan, qarindoshlariga pul o‘tkazish maqsadida mobil ilovadan foydalanish jarayonida mehnat migranti hisob raqamidan pul yechib olish yoki uning nomiga yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirish kabi muammolar uchramoqda. Ushbu holatlar bo‘yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan qator surishtiruv ishlari boshlangan. Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan bank xizmatlaridan, xususan, pul o‘tkazish tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishni, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga maʼlum qilmaslikni so‘raymiz.
Објављено 7. мар
Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Permdagi “Русь”, Sverdlovskdagi “Девайс” korxonalari rahbariyati va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar, Tuladagi “Промед” va “Янтарьная Прядь” korxonalarida fuqarolarimizni ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Објављено 7. мар