TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
А если серьезно avatar

TGINSIGHT CHAT

А если серьезно

@dios_mood

Video na filamu

O’zim va kino haqida Anonim xabar uchun: https://t.me/anonimnye_poslaniya_bot?start=1122711248 https://tirikchilik.uz/dio Yashash qiyinlashib ketyapti

Wanachama589Wanachama wa sasa
Machapisho776Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni9,171Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 2 kati ya 65 · machapisho 776

Imechapishwa 30 Mac

Farg’onaga kelsam, ota-onamni sog’inib ketaman, ular Toshkentda bo’lishsa ham. Birga yurgan yo’llarimiz, bizni olib borgan joylarni ko’rib tezroq ularni oldiga qaytgim keladi. Ammo qaytganda o’sha sog’inch ham bosilmaydi, Endi tushunsam, aslida ular bilan o’tgan bolalikni sog’inarkanman.

835 views

Imechapishwa 28 Mac

Aptekaga kirgandim. Paymedan to’lov qilishga telefonimni berdim aptekachi bolaga. “Yorug’lik kamakan, qanday oshiraman?” - dedi, shundoq tepasidan desam, boshqa joylarga kirib ketib, xijolat bo’lib qaytib berdi. O’zim yorug’ligini oshirib yana berdim. Nechinchisi dedi, 17 desam, “ayfon ishlatib ko’rmaganman, lekin juda qiziqaman, bu qanaqasi, promaxmi” didi? “Yo’q promax bu” deb cho’ntagimdan 16 ni oldim, Bolani ko’zlari yonib ketdi, voy ikkitami deb narxlarini surishtirdi. O’zim bilganimcha tavsiyalar berdim. Boshlanishiga 13 oling, narxi arzon, va yaxshi chiqqan dedim. Shunaqa qilib, klient kirguncha ayfonlar haqida gaplashib qob ketdik. Havas ko’zlari bilan kuzatib qoldi. Bizda ayfonga ega bo’lish erkaklar uchun qiyin shekilli deb o’ylab qoldim.

819 views

Imechapishwa 28 Mac

#qandaytopildi “Renessans universiteti” jamoasi navbatchiligida o‘tgan bahorgi mavsum 1-tur o‘yinining 8-savolini Birinchi liga jamoalari orasida faqat “Whatever” jamoasi topdi. Savol matni quyidagicha: Savol matnida IKS — ikki so‘zni almashtirib keladi.…

713 views

Imechapishwa 28 Mac

#qandaytopildi “Renessans universiteti” jamoasi navbatchiligida o‘tgan bahorgi mavsum 1-tur o‘yinining 8-savolini Birinchi liga jamoalari orasida faqat “Whatever” jamoasi topdi. Savol matni quyidagicha: Savol matnida IKS — ikki so‘zni almashtirib keladi. Siz ko‘rib turgan kartina Edvard Hopper tomonidan yaratilgan bo‘lib, “IKS” deb ataladi. “IKS” — shuningdek, 2001-yilda chiqqan qo‘shiqning nomi hamdir. Savol: “IKS” muallifi bo‘lgan rok-guruhi nomini yozib bering. Javob: System of a Down Qabul: SOAD Izoh: Edvard Hopperning “Chop Suey” nomli kartinasida qisman “Suey” so‘zini ko‘rib turibsiz. Alternativ metal yo‘nalishida ijod qiluvchi System of a Down guruhiga mashhurlik olib kelgan qo‘shiqning nomi ham “Chop Suey”. Ma’lumot uchun, Chop Suey — xitoycha taom nomi. Muallif: Nazarbek Nazarov. “Whatever” jamoasi ushbu savolni qanday topganini yuqoridagi videodan ko‘rishingiz mumkin. ➖@Toshkent_ZakovatNNT➖

653 views

Imechapishwa 23 Mac

Sevimli mem )

769 views

Imechapishwa 22 Mac

Bu yil “Oskar” ga munosib bo’lgan filmlardan biri - “Hissiy qadriyatlar” filmini ko’rib tugatdim. “Битва за битвой” dan ko’ra ancha kuchli film. Yevropa kinomotografiyasi kuchli ekanligini bilardim, skandinav davlatlarniki ayniqsa. Film ancha chuqur, u yerda voqealar emas, holatlar so’zlaydi: nigohlar, jest, harakatlar. Judayam sokin atmosfera va pauzalar normal odamlarni zeriktirib qo’yishi ham mumkin, shuning uchun bu film havaskorlar uchun emas. Nora - o’zim uchun oynadek bo’ldi. To’g’rilanmagan munosabatlar, chegarasiz mehr, emotsional bo’shlik oxiri insonni o’zini yemirishiga olib keladi. Ayniqsa, film yakuniga yaqin singlisining uyiga kelib, opasidan xabar olishi singillarimni eslatdi. To’zib, tartibsiz holga kelgan, o’z olamimga berkingan dunyoyimni o’zgartiradigan jigarlarimni esladim. Shu tomondan tomoshabinlar qalbiga yetib bora oladi. Muhim jihati - sentimental qadriyatlar faqatgina buyumlar, uydagi eski narsalar emas, aytilmagan gaplar, ko’rsatilmagan mehr, ichda qolib ketgab alamlar ekanligini ham tushunasiz. Film nimadandir ta’sirlanib, nimanidir o’rgatmaydi, shunchaki ichida yashab, qahramonlarni his qilishga, ular bilan birga yashashga undaydi. Ko’rishga arziydi. Juda arziydi. 9/10

740 views

Imechapishwa 19 Mac

Yevropotokdagilar qanaqadir xodyachiy xarizma. Hammasida xarizma bor nimagadir

717 views

Imechapishwa 15 Mac

Твиттерни севаман

815 views

Imechapishwa 15 Mac

Твиттерни севаман

801 views

Imechapishwa 14 Mac

Ko’p bolali oilalarda to’ng’ich farzandga o’zi oilaniyam, bola-chaqaniyam keragi yo’q. Kichkinalarining muammolari shundoq ham yetib ortadi degan xulosaga keldim )

670 views

Imechapishwa 10 Mac

Sizlarga meni qanday firibgarlar chuv tushirishgani haqida aytib bermoqchiman. 7-mart kuni Tuzkonga ketishim kerak edi. 7:30 da hamma jamuljam bo’lib ketishga qaror qilindi. G’aflat bosib uxlab qolibman, 6 yarimda zo’rg’a uyg’ondim. Uyg’ondimu darrov Yandex lavkadan ovqat zakaz qilib yubordim. O’zim dushga yugurdim, hali narsalarim to’liq tayyor emasdi, bir qo’limda fen, ikkinchi qo’lim bilan chemodanga narsa solishni boshladim. Shu holimga telfon bo’ldi va sms keldi Yandex Lavkadan bezovta qilyapmiz degan. Javob berdim, siz buyurtma qilgan narsalar boshqa filialda bor ekan dedi, mayli yuboringlar faqat tezroq deb yana yugurishni boshladim. Biroz turib appga qarasam, zakaz yaratilib, bekor qilindi. Yana telefon bo’ldi, bu filialga o’zgartirdik, kassa yopishimiz kerak edi, shu filialga to’lov qila olsizmi degan. Aha karta yuboring dedim. 172 ming to’lov qildim. Kutyapman, kelmaydi, 7 dan oshib ketdi hamki yo’q. Apil-tapil narsalarimni olib, do’stlarim to’plangan joyga yugurdim, soat 7 yarim bo’lib bo’lgandi. Kurerga telefon qildim, bu filialda sizning zakazlaringiz yo’qku dedi. Hayron bo’ldim. Oxiri zakazdan umidni uzib, mashinaga chiqqanimda, boshqa kurer olib kelayotganini aytdi. Qizig’i shundaki, Yandexda filial o’zgartirildi, ikki marta buyurtma bekor qilindi va 1,5 soatda zo’rg’a zakaz keldi. Lavkadan buyurtma qiladiganlar biladi maksimum 40-50 daqiqada kelishini. Oxirgi sekundlarda buyurtmam kelib, safarga ulgurib qoldim. Tinch holatda hamma narsani o’ylash, tahlil qilishga aqlim yetadi, ammo u paytda vaqt tig’iz va bir nechta mashg’ulot bilan bandligim pand berdi. O’zi buyurtma qilganimda restoran va magazinlar telefon qilishi tabiiy, falon narsa yo’q ekan, o’rniga buni qo’yaylik deydi. Ba’zan o’zim qo’shimcha narsa aytib yuboraman, pulini click orqali to’lab yuboraman, ya’ni men uchun oddiy bo’lgandi magazin, restoranlar telefoni. Shunday qilib safarga ketdim va qaytib kelib qarasam, vozvrat bo’lgan pul qaytmapti. Yandex supportga yozdim. Ular buyurtma uchun pul olinganini, hech qanday filialga pul tushmaganini aytishdi. Demakki, menga telefon qilgan yigit firibgar bo’lgan. Unday bo’lsa, u firibgarlar qanday qilib nimalar buyurtma berganimni bilishsi va Yandexda filial o’zgarib buyurtma 2 marta bekor bo’ldi? Taxminlarim: - Yandex shaxsiy ma’lumotlarni saqlay olmaydi, yo 3-shaxslarga uzatadi. - Demak mening shaxsiy ma’lumotlarim yana boshqa odamlarning qo’lida. Nima bo’lganda ham mendek keng fikrli, bunday firibgarliklarni ilg’ay oladigan odam bugun firibgarlarning qurboni bo’ldi. Va bundan o’zim ham xulosa qilib, sizlarga ham bo’lishishni afzal bildim va bu bo’yicha tavsiyalarim: - Yandexdan buyurtma qilishda faqat prilojenieni o’zidan telefonni qabul qilinglar. - Hech kimning kartasiga pul o’tkazmang. Mendek o’ta shoshilib, ishingiz tez bitishini istayotgan bo’lsangiz ham. Sizda qanday tavsiyalar bor? Eng qizig’i, o’sha oborgan ovqatni ham yemadik, kechga bitta sherigimiz ujin qildi, tongda Sobirova nonushta tayyorladi, oxiri ovqatlarni o’sha atrofda yurgan Bo’ribosar itga berdik )

937 views

Imechapishwa 9 Mac

Xunlarda, umuman O’rta Osiyoda xalqlari madaniyatida gende rollar u qadar qattiq bo’lmagan. Mo’g’ul yigit shu edit haqida batafsilroq yozgan, erkaklar urushga ketgach, ayollar erkaklar rolini bajarishgan, butun ma’muriy ishlar ham ayollar qo’lida bo’lgan deb. Xitoyda esa bu paytda ayollar huquqiy tomondan ancha cheklangan bo’lgan, shuning uchun Mulanning ayolligini ko’rishgach o’ldirmoqchi bo’lishadi. Haqiqiy Mulan balladasi oxirida shunaqa joyi bor juda yoqqandi: Erkak quyon sakraydi, ayol quyon ko’zlarini qisib turadi (щурится). Lekin ikkala quyon yugurishni boshlagach kim erkak, kim ayolligini bilib bo’lmaydi, ya’ni urushda ham shunday. Hozir gap bu haqida emas, qanchalik kuchli, imperator tiz cho’kkan, eng kuchli dushmanni yer titratgan qiz bo’lsa ham, qorda kiyim-ovqatsiz bir o’zingni tashlab ketgan abuzer, narciss odamni yana qabul qilgani Mulanning haqiqiy ayol bo’lganini anglatadi ).

702 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••6465