TGINSIGHT CHAT
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
@gsbe_uz
ElimuO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 🗣@gsbeuz Chat-BOX 💠@gsbeuz_bot 🌐www.gsbe.uz 🔵fb.com/gsbe.uz 🔴http://instagram.com/gsbe.uz 📞 +998 71 239 03 03
Machapisho ya hivi karibuni
Tagi: #engine · machapisho 2
Imechapishwa 5 Nov
“UzAuto Motors Powertrain” AJ korxonasiga tashrif 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tinglovchilari amaliy o‘quv jarayoni doirasida “UzAuto Motors Powertrain” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida tinglovchilar zavodning ishlab chiqarish liniyalari, dvigatel yig‘ish jarayonlari va ilg‘or texnologik yechimlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Kompaniya mutaxassislari tinglovchilarga dvigatel ishlab chiqarishning har bir bosqichi — dizayn, yig‘ish, sinov va sifat nazorati jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, avtomobilsozlik sanoatida qo‘llanilayotgan zamonaviy innovatsion yechimlar hamda ishlab chiqarishning raqamlashtirilgan boshqaruv tizimini namoyish etishdi. 🎓 Tashrif yakunida tinglovchilar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, korxonaning texnologik rivojlanish darajasi va zamonaviy ishlab chiqarish tizimlari ularda katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidladilar. 🇷🇺Подробнее 🇬🇧More #GSBE#GraduateSchool#UzAuto#Engine#Study#Education 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
Imechapishwa 9 Apr
“UzAuto Motors Powertrain” AJ korxonasida amaliyot 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari "UzAuto Motors Powertrain" AJ korxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ishtirokchilar zavodning ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishib ilg‘or texnologiyalar va avtomobil sanoatining ichki tizimini o‘rgandilar. 📈 Korxona mutaxassislari tomonidan kompaniya faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlari hamda eksport salohiyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. 🎓 Bu kabi tashriflar tinglovchilarga nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish muhiti orqali mustahkamlash, zamonaviy menejment yondashuvlarini amalda ko‘rish imkonini beradi. 🇷🇺Подробнее 🇬🇧More #GSBE#GraduateSchool#UzAuto#Engine#Study#Education 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube