TGINSIGHT CHAT
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
@gsbe_uz
ElimuO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 🗣@gsbeuz Chat-BOX 💠@gsbeuz_bot 🌐www.gsbe.uz 🔵fb.com/gsbe.uz 🔴http://instagram.com/gsbe.uz 📞 +998 71 239 03 03
Machapisho ya hivi karibuni
Tagi: #projects · machapisho 2
Imechapishwa 28 Nov
Oliy ta’lim muassasalarida startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik muloqoti tashkil etildi 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Respublikamizning 16 ta oliy ta’lim muassasalarining biznes inkubator va startap loyihalari bilan ishlovchi mas’ul xodimlari bilan hamkorlik muloqoti o‘tkazildi. Tadbirda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi mas’ul xodimlari tomonidan ishtirokchilarga venchur kompaniyalari, akseleratsiya markazlari va biznes inkubatorlarning startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni va vazifalari, shuningdek, startaplarni g‘oyadan loyihaga olib chiqish muammolari mavzularida taqdimotlar qilindi. 🇺🇿Batafsil 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Startup#Projects#Dialogue 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
Imechapishwa 26 Nov
Оliy ta’lim muassasalarida startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik muloqoti 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida oliy ta’lim muassasalarining biznes inkubatorlari bilan startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik muloqoti bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida oliy ta’lim muassasalari qoshidagi biznes inkubatorlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, yangi tashabbuslarni muhokama qilish va tajriba almashish rejalashtirilgan. Shuningdek, tadbirda quyidagi masalalar muhokama qilinadi: - Oliy ta’lim muassasalarda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash jarayonidagi muammolar; - Talabalar startap loyihalarini samarali amalga oshirishda Oliy ta’lim muassasalarning vazifalari; - Oliy ta’lim muassasalarida qulay startap muhitini yaratish uchun zarur shart-sharoitlar; -Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyalari. Sana: 2025-yil 27-noyabr Vaqt: 10:00-12:00 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy) Telefon: +998 71 239-23-07 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Startup#Projects 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube