TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT CHAT

Uyg’onish

@uygonturon

Isimu

Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4 Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.

Wanachama1,330Wanachama wa sasa
Machapisho222Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni21,130Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 15 kati ya 19 · machapisho 222

Imechapishwa 5 Mac

Maktabgacha va maktab ta’limi - millat kelajagini belgilaydigan soha Navbatdagi “Xalq bilan muloqot” suhbatimiz juda muhim masalaga bag‘ishlanadi. Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimi. Har qanday xalqning ertangi kuni aynan shu tizimda shakllanadi. Davlatning haqiqiy kuchi neft, gaz yoki katta binolarda emas. Davlatning kuchi - bolalar qanday ta’lim olayotganida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim - kelajakning poydevori Bugun ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson tafakkuri va qobiliyatining katta qismi aynan 3-6 yosh oralig‘ida shakllanadi. Demak, maktabgacha ta’lim oddiy bog‘cha emas - bu kelajak avlodning intellektual poydevori. Ammo bugun ko‘plab oilalarda savol bor: • bog‘chalarga joy yetadimi? • sifatli tarbiya berilyaptimi? • ota-onalar uchun to‘lovlar qanchalik adolatli? • nega bolalar ovqatdan ommaviy zaharlanyapti? Agar bu tizim to‘g‘ri ishlamasa, bola maktabga tayyor bo‘lmay kiradi. Bu esa keyingi ta’lim sifatiga ham bevosita ta’sir qiladi. Maktab ta’limi - jamiyatning oynasi Maktab bu shunchaki dars o‘tiladigan joy emas. Maktab - bu kelajak jamiyatining modeli. Agar maktabda: • erkin fikrlash bo‘lmasa, • tanqidiy tafakkur rivojlantirilmasa, • bilim o‘rniga yodlash ustun bo‘lsa, unda jamiyatda ham tashabbuskorlik va innovatsiya rivojlanmaydi. Bugun ko‘plab ota-onalar quyidagi muammolarni ko‘tarishmoqda: • sinflarning haddan tashqari to‘lib ketgani • o‘qituvchilarning maoshi pastligi • byurokratik hisobotlar ko‘pligi • ta’lim sifatidagi katta tafovutlar Natijada tizimda ishlayotgan eng muhim inson - o‘qituvchi ko‘pincha o‘z kasbining haqiqiy qadriyatini his qila olmayapti. O‘qituvchi - jamiyatning ustuni Tarixga qarasak, rivojlangan davlatlarning barchasida o‘qituvchining mavqei juda baland bo‘lgan. Agar jamiyat o‘qituvchini qadrlasa: • ta’lim sifatli bo‘ladi, • yoshlar bilimli bo‘ladi, • iqtisodiyot kuchli bo‘ladi. Ammo agar o‘qituvchi byurokratiya va qog‘ozbozlik orasida qolsa, unda ta’lim tizimi ham to‘liq ishlamaydi. Bugun biz o‘zimizga savol berishimiz kerak: Biz ta’limni haqiqatan millat kelajagi sifatida ko‘ryapmizmi yoki shunchaki tizim sifatida boshqaryapmizmi? Ta’lim - bu uzoq muddatli investitsiya. Uning natijasi bugun emas, balki 10–20 yildan keyin ko‘rinadi. Ammo aynan bugun qabul qilinayotgan qarorlar kelajak avlod taqdirini belgilaydi. Shuning uchun maktabgacha va maktab ta’limi masalasi - bu faqat pedagoglar muammosi emas. Bu butun jamiyatning kelajagi masalasidir. Hurmatli yurtdoshlar, navbatdagi xalq bilan muloqotimizda shu mavzuda sizlarning fikrlaringizni eshitishni istaymiz. Chunki ta’limni rivojlantirish faqat hukumatning emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasidir. Muloqot doimgidek, yakshanba kuni, Toshkent vaqti bilan 20:00 da , @UygonTuron telegram kanalida bo‘lib o‘tadi. @UygonTuron

1,940 views

Imechapishwa 3 Mac

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamkorligida “Chorsu” dehqon bozorida xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish, ehtimoliy korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va xavfsiz muhit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari o‘rganilibdi. Korrupsiyaga qarshi kurashning Mirziyoyevcha modeli P.s: amakini chek bermay, naqdga ishlagani uchun jarima qilishmagan degan yaxshi gumondaman. @UygonTuron

2,070 views

Imechapishwa 3 Mac

Hech kim sizning shaxsiy telefoningizga majburiy dasturlar yuklatish huquqiga ega emas. Ayniqsa, davlat xizmatchilari. “Mening Inspektorim” josus dasturi ekani haqida ilgari yozganmiz. Josus dasturni o’rnatishga majburlash esa qonunlarimizga ziddir. @UygonTuron

1,970 views

Imechapishwa 2 Mac

Izohsiz @UygonTuron

2,330 views

Imechapishwa 2 Mac

Yurtdoshlarimizdan yuqoridagi karta raqamga 834 ming miqdorda pul tushibdi. Ehson qilganlardan Alloh rozi bo’lsin. @UygonTuron

2,370 views

Imechapishwa 1 Mac

Do’stlar, ushbu karta raqam Achchiq TV orqali xalqimizga tanish Kamoliddin Halimjonovning oila a’zolariga tegishli. U ayni paytda faolligi sabab soxta ayblovlar bilan jazo muddatini o’tayapti. Oilasining yolg’iz boquvchisi bo’lgani uchun oila a’zolarini qo’llab-quvvatlashimiz muhim deb bilaman. Har yakshanba xuddi shunday faolligi uchun qamalgan boshqa yurtdoshlarimizniyam oila a’zolariga tegishli karta raqamlarini qo’yib boramiz. Shu yo’l bilan jamiyatda siyosiy faollarni moddiy qo’llash immunitetini shakllantirishni maqsad qildik. Bu ishlarni fond ochmasdan ham qilsak bo’ladi va menimcha shu yo’l shaffof va ishonchli bo’ladi. Birlashsak katta kuchmiz 👊🏻 5440810377460109 Altinov Abdurahim @UygonTuron

2,050 views

Imechapishwa 1 Mac

Live stream finished (1 hour)

views

Imechapishwa 1 Mac

Live stream started

views

Imechapishwa 1 Mac

Navbatdagi jonli muloqotimiz boshlandi https://www.youtube.com/live/AhghNwXZdyg?si=7xan_9vEKhZWzLpB

2,390 views

Imechapishwa 1 Mac

Dunyo davlatlarida nafaqa miqdori va xarid quvvati (2026-yil) Turli davlatlardagi o‘rtacha nafaqa miqdori va ushbu pulga qancha go‘sht (mol go‘shti) sotib olish mumkinligi haqida qisqa tahlil: 🇺🇸 AQSH: $2,071 nafaqa | 138 kg go‘sht. 🇩🇪 Germaniya: $1,650 nafaqa | 100 kg go‘sht. 🇫🇷 Fransiya: $1,600 nafaqa | 85 kg go‘sht. 🇹🇷 Turkiya: $400 nafaqa | 20 kg go‘sht. 🇰🇿 Qozog‘iston: $285 nafaqa | 38 kg go‘sht. 🇺🇿 O‘zbekiston: $105 nafaqa | 13 kg go‘sht. Ps: Nega shukur va sabr qilib yashaydigan O’zbekistonliklar juda oz nafaqa olishadi? Bu haqida bugun, Toshkent vaqti bilan 20:00 da, @UygonTuron telegram kanalida gaplashamiz. @UygonTuron

2,070 views

Imechapishwa 27 Feb

Olomon hech qachon haqiqatga intilmagan, u hammasiga guvoh bo'lib tursada, o'zi qabul qilolmagan haqiqatlardan yuz o'g'iradi va aksincha, agar yolg'on u uchun qulay bo'lsa, yolg'onga ibodat qilishni afzal biladi. Olomonni qanday qilib yo'ldan ozdirishni biladigan kishi, osonlik bilan uning hukmdori bo'ladi. Kim uni haqiqatga yaqinlashtirmoqchi bo'lsa, uning qurboni bo'ladi. Gustav Lebon "Xalqlar va omma psixologiyasi" @UygonTuron

1,770 views

Imechapishwa 26 Feb

Birlashgan O’zbek Muxolifati shaxslar emas, g’oya ustiga qurilgan. Bu g’oya atrofida xalqimizni birlashtirish uchun ozmi-ko’pmi mehnatimiz singdi. Arzimas bir chatdagi logoni o’zgartirdiz deb katta janjal chiqargan Shoira opamiz, men harakatni sizdan tez ro’yxatdan o’tkaza olaman degan da’volariga xo’p deb harakatni ularga qoldirib, hatto kanal va guruhlarni ham topshirdik. Biroq ular g’oya qolib ketib shu kungacha bizni qoralash va bizga qarshi turli fisqu fasodlar tarqatishdan boshqa tayinli ish ko’rsatishmadi. Ro’yxatdan o’tkazgan markazlari haqida jamoatchilikka izoh bermadilar. Xalqni aldasak bo’ladi deb voqelikka juda past baho berdilar. Bugun ochiqlik asrida yashayapmiz. Odamlar bemalol istalgan ma’lumotlarni topib biladilar. Ya’ni bugun xalqni aldab bo’lmaydi. E’tiboringizga Shoira opa ro’yxatdan o’tkazgan va xalqdan yashirgan “O’zbek tashabbuslari markazi” ning guvohnomasi va nizomini taqdim qilaman. Ushbu hujjatlarda markaz asoschilari Sara Yasavi, Ziyad Hussian, Mirkamol Yuldashov kabi BO’Mga aloqasi bo’lmagan begona ism-shariflarni ko’rish mumkin. Nizomga qaralsa bu BO’M hay’at a’zolari jamoatchilikka e’lon qilgan nizom emas. Nizomda bu markaz kelgusida hech qanday muxolifat harakati emas, ko’proq konsalting xizmatini ko’rsatadigan NNT ekanini anglash mumkin. Xullas yolg’onning umri qisqa, do’stlar. Bugun 90-yillar emas, sal dunyoqarashni o’zgartiringlar, bizlarga ishonib, umid bilan kelgan odamlarni aldashni bas qilinglar. Maqsadlaring soqqa qilish bo’lsa borib boshqa joyda qilinglar. Muxolifatni nomini sotib, xalqni ishonchini suiste’mol qilmanglar. BO’M Jahongir Muhammadning xalqqa chaqiriqlari bilan Muxolif kuch bo’lib tashkil topdi. Afsuski, buni boshqacha tushunganlar va dardi umuman boshqa bo’lganlar safimizni to’ldirganini ko’rib, har ikkimiz ham bu safdan chiqishga qaror qilgandik. Ammo kurashda davom etamiz, muxolifat harakati albatta tashkil topadi faqat ko’zi to’q, niyati pok, xalqim degan yosh avlod bilan! P.s: Hujjatlar haqiqiyligini ushbu havola orqali kirib tekshirishlariz mumkin👇🏻 https://ised-isde.canada.ca/cc/lgcy/fdrlCrpDtls.html?p=0&corpId=17721790&crpNm=&crpNmbr=1772179-0&bsNmbr=&cProv=&cStatus=&cAct= @UygonTuron

2,170 views
12•••10•••13141516171819