TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT CHAT

Uyg’onish

@uygonturon

Isimu

Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4 Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.

Wanachama1,330Wanachama wa sasa
Machapisho222Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni25,540Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 14 kati ya 19 · machapisho 222

Imechapishwa 10 Mac

Haqiqat aytilgan tillar kesilsa, Chopilsa adolat ko‘targan qo‘llar. Va shu hol ko‘p yillar bardavom bo‘lsa, Tug‘ilar, vijdonsiz, maddoh, it, qullar... @UygonTuron

1,890 views

Imechapishwa 9 Mac

Aytgancha bugun Belorussiya prezidenti bilan O’zbekistonning Belorussiyadagi elchisi uchrashibdi. Uchrashuvdan maqsad o’zbek mardikorlarini Belorussiyaga ham jalb qilish bo’lgan. Lukashenko, Belorussiyada tug’ilish keskin kamaygani va aholi qora ishlarda ishlamayotgani sabab, mardikorlikka Pokiston va O’zbekistonliklarni jalb qilish istagini bildirgan. Xullas Mirziyoyev o’zbeklarni butun dunyoga mardikorlikka jo’natish uchun tun-u kun tinmay mehnat qilyapti. @UygonTuron

1,900 views

Imechapishwa 9 Mac

Ayni paytda Sangorodda davolanayotgan siyosiy mahbus Mubashshir Ahmadning qandli diabet va oyoq shishmalaridagi muammolar barqoqlashgan. Kayfiyatlari ham yaxshi. Biroq, qon bosimi sabab yurak kundan-kunga jiddiy yomonlashyapti. Vaqtida jiddiy tibbiy choralar ko’rilmasa yuraklaridagi xastalik yomon oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin deydi shaxsi sir qolishini istagan Sangoroddagi mas’ul shifokor. @UygonTuron

1,730 views

Imechapishwa 9 Mac

Yangi O’zbekistonda muammoni amaldorlar ko’rishi uchun albatta kimdir o’lishi kerak. @UygonTuron

5,310 views

Imechapishwa 8 Mac

Siyosiy mahbus, Mirzohid Hasanovning ayolining kartasi. Bu hafta shu oilaga qo’ldan kelgancha yordam beramiz. 8600042475982269 Meliboyeva Sadoqatxon @UygonTuron

1,650 views

Imechapishwa 8 Mac

Live stream finished (1 hour)

views

Imechapishwa 8 Mac

Live stream started

views

Imechapishwa 8 Mac

https://www.youtube.com/live/gjL89QsO1_8?is=53_4R2FiK3j6pwtO

1,900 views

Imechapishwa 7 Mac

Kamikadze xodimlar yohud tanganing ikkinchi tomoni videosi chiqdi. O’zbek YPX inspektorlarini kamikadzelarga o’xshataman deb yozgandim. Ba’zilar, AQSH policlarida o’q otish huquqi bor deya buni oqlashga urindi. O’q otish bilan mashina g’ildiraklari ostiga o’zini qo’ydek tashlash o’rtasida katta farq bor do’stlar. O’sha AQSH da hech qachon politsiyachi o’z o’limi bilan tugaydigan bunday harakat qilmaydi. Tasvirlarda aniq ko’ringani shuki, BMW belgilangan tezlikdan yuqori harakatlanmagan. Yo’lda bunga imkon ham yo’q edi. Qolaversa, mashinani olib qochilgan deyish ham aqlga sig’maydi. Shunchaki ruxsatsiz haydalgan, bunday harakatga qo’yilgan rasmiy ayblovlar mantiqqa umuman to’g’ri kelmaydi. Rulda yosh bola emas, professional haydovchi bo’lganida ham YPX inspektori sabab yuzaga kelgan fojeani oldini olish imkonsiz edi. Yaxshi advokat olinsa, bolani sudda bemalol oqlash mumkin, albatta IIV qo’g’irchoq sudlarimizga bosim qilmasa. Aslida, kamikadze inspektorlarning yo’lning qatnov qismiga yugurib chiqishi ortidan bunday fojealar tez-tez yuz beradi. Bu safar rulda bola bo’lgani uchunmi yoki IIV ning bu oila bilan xusumati bo’lgani sababidanmi negadir bu voqea tarmoqlarda bo’rttirib ko’rsatildi. Hech kim nega xodimlariz bunday xavfli harakatlar qiladi deb IIV dan izoh so’ramadi. Fokusni bolaga qaratgan asosiy vohimachilar esa IIV bilan doimiy hamkorlik qilib keladigan faollar ekanidan ham ko’p narsa tushunarli o’zi. Shu holatda meni yana ko’plab savollar qiynaydi. Yo’llarda bugun deyarli har kuni yosh bolalar, qariyalar, ayollar halok bo’ladi. Nega ularga bu qadar e’tibor qaratilmaydi? Ayniqsa IIV xodimlari tomonidan ham odam o’ldirish holatlari ko’plab sodir bo’lyapti. Yaqinda IIB xodimi mashinasida urib o’ldirib, daryoga oqizgan murdani 80 kun o’tgach topishdi. Kamikadze xodimga juda kuyungan tizim va tizim faollari bunday voqealarga hech izoh berishmadi? Xullas, yosh boladan aybdor yasaguncha IIV o’z xodimlariga mashina g’ildiraklari ostiga o’zlarini tashlamaslikni tushuntirsa kelgusida bunday fojealarni oldini olgan bo’lardi. Bir kamikadze o’ldi ketdi, ortida yig’lagan oilasi, farzandlari qoldi. Yetmaganiga yana bir oilaga dard bo’ldi. @UygonTuron

2,110 views

Imechapishwa 6 Mac

Terror Siyosati Ko‘pchilik AQSH va Isroilning bugun musulmon davlatlariga qarshi olib borayotgan urushlarini neft, boylik va yer uchun deyishadi. Ular vayron qilgan davlatlarga qaralsa (Iroq, Suriya, Falastin, Eron) bu hududlar o‘tmishda insoniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan ilm-fan markazlari sifatida tanilgan. Bugungi globalistlar musulmonlarga erkinlik berilsa ular zamonaviy ilm-fanda yashindek tez yuksalishlarini yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham ularga qarshi tinimsiz urushlar, qirg‘inbarotlar ya’ni terror siyosatini olib borishyapti. Rivojlanish har doim qo‘rquv bo‘lmagan, erkin va adolatli jamiyatlarda bo‘ladi. Odamlar tinch va erkin yashab, o‘z fikrini qo‘rqmasdan ayta olgan jamiyatlarda ilmiy fikr, raqobat va yangilik paydo bo‘ladi. Erkinlik bor joyda raqobat yuzaga keladi, raqobat esa jamiyatni oldinga olib chiqadigan bilimli va salohiyatli insonlarning yetishib chiqishiga zamin yaratadi. Buni bugungi kunda rivojlangan ko‘plab davlatlar tajribasida ham ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Nega global siyosiy to‘qnashuvlar Markaziy Osiyo davlatlarini, jumladan, asrlar davomida ilm-fan beshigi bo‘lib, minglab daholarni yetishtirgan O‘zbekistonimizni chetlab o‘tyapti? Nega ular bizda urush chiqarmayapti? Bu jumboqlarning sababi ham xuddi shu nuqtada. Turkiston tuproqlari ( Ruslar qo‘ygan hozirgi nomi Markaziy Osiyo) mana I asrdirki terror siyosati bilan boshqarilyapti. Terror orqali hokimiyatga kelgan Bolsheviklar qurgan SSSR parchalandi biroq, u yaratib ketgan terror tuzumi qulamadi. Bir vaqtlar millat gultojlarini otib, zehniyatimizni qo‘rqoq va majruh qilgan NKVD , keyinchalik KGB degan terror tashkiloti bir dumalab nomini avval MXX ga, so‘ngra DXX ga o‘zgartirdi. Ammo, o‘sha kadrlar va o‘sha terror siyosati hozirgacha davom etyapti. Ziyolilarni bosqinchiga sotgan, tutib bergan xoin kommunistlar esa bir dumalab mustaqillik asoschilariga aylandi va hozirgacha hokimiyat ularning qo‘lida qolmoqda. Shu sababdan ham mana 35 yildirki, Al Xorazmiy, Beruniylarni yetishtirgan tuproq zamonaviy dunyoda ilm-fanga yetarli hissa qo‘shadigan bitta ham olimni yetishtirib berolmadi. Ta’limni abgor qilish, xalqni ongli ravishda ongsizlashtirib, qo‘rquv ostida boshqarish siyosati sabab, Amir Temur vorislari bugun oktagon jang ber deydigan saviyaga tushib qoldi. Ajdodlari buyuk yurt farzandlari bugun dunyoga mardikor va foxisha yetishtirib beradigan mamlakatga aylantirildi. O‘z xalqiga nisbatan I asrdan buyon davom etayotgan terror siyosati tugamas ekan Turkiston tuproqlarida taraqqiyot bo‘lmaydi. Shuning uchun ham Trump va Netyanyaxu kabi globalistlar bu tuproqlarga ahamiyat qaratmaydi. Aksincha, bunday siyosatni ular qo‘llab-quvvatlashadi. Trump Mirziyoyevni mening do‘stim deb bejizga aytmadi. Bir so‘z bilan aytganda, Trump va Netyanyaxu o‘z davlati va o‘z xalqining taraqqiyoti uchun o‘zga millatlar va boshqa din vakillari ustidan terror siyosatini olib borishsa, Mirziyoyevning avtoritar rejimi o‘z hokimiyatini saqlab qolish uchun o‘z xalqi va o‘z dindoshlariga qarshi terror siyosatini olib boryapti. Unutmasligimiz kerak! Jamiyat qo‘rquv va befarqlik bilan boshqarilsa, xalqning salohiyati to‘liq ochilmaydi. Taraqqiyot esa faqat erkin fikr, bilim va adolatli tizim mavjud bo‘lgan joyda yuz beradi. Shuning uchun ham bugun bizga muxolifat suv va havodek kerak! Birlashsak katta kuchmiz 👊🏻 @UygonTuron

1,790 views

Imechapishwa 5 Mac

Muxolifati bo’lmagan xalqni mustaqil deb bo’lmaydi. @UygonTuron

1,940 views

Imechapishwa 5 Mac

Avtoritar tizimlar uch narsadan juda qattiq qo‘rqadi. 1. Birlashgan xalq Alohida odamlar emas, birlashgan jamiyat tizim uchun eng katta xavfdir. 2. Haqiqatning tarqalishi Avtoritar tizimlar axborotni nazorat qilish orqali yashaydi. Agar muammolar ochiq muhokama qilina boshlasa, tizim zaiflashadi. 3. Elita ichidagi bo‘linish Agar hukumat ichida kelishmovchiliklar paydo bo‘lsa, tizim tezroq o‘zgarishi mumkin. Menimcha diktator Mirziyoyev hukumatining bizdan nega buncha qo‘rqayotganini tushundingiz. Biz ular qo‘rqqan nuqtalarga zarba bera olyapmiz va bu yo‘lda davom etamiz. Toki xalqimizni kambag‘al qilgan avtoritar tizim qulamagunicha. Har qanday davlat o‘zgarishi mumkin. Tarixda bunga ko‘plab misollar bor. Agar xalq birlashsa, hech qanday tizim abadiy emas. Va biz bugun ogoh bo‘lishimiz kerak! Chunki qarshimizdagi raqib mard emas: Avtoritar rejimlar o‘ziga qarshi bo‘lgan muxolif kuchlarni uch usulda yo‘q qiladi: 1. Muxolif harakat liderlarini obro‘sizlantirish 2. Harakat ichida nizolar chiqarish 3. Birlashmoqchi bo‘lgan odamlarni charchatish (BO‘Mga nisbatan qilingan qarshiliklar misolida bularni ko‘rdik) Aldanmasak, qo‘rqmasak, chalg‘imasak, Birlashsak, katta kuchmiz 👊🏻 @UygonTuron

5,320 views
12•••10•••1213141516•••1819