TGINSIGHT CHAT
Digital.edu IT Career
@digitalitvacancy
CareerRaqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Mga kamakailang post
Pahina 12 ng 42 · 502 post
Na-publish Ene 10
Backend Developer (Node.js) mutaxassislar uchun imkoniyat! 🏢 Kompaniya: DataGaze 💼Lavozim: Middle + Backend Developer (Node.js) ⏰Ish turi: To‘liq ish kuni 📍Manzil: Toshkent shahri ✍️Talablar: — Node.js (Express.js / NestJS) bilan kamida 3 yil tajriba; — PostgreSQL va MongoDB bilan samarali ishlash; — RESTful va GraphQL API ishlab chiqish; — Event-driven architecture, Queue’lar (BullMQ, RabbitMQ, Kafka); — Jest, Mocha yoki boshqa frameworklar bilan test yozish tajribasi; — Git, CI/CD (GitLab, GitHub Actions), Docker bilan ishlash; — Mikroservis va monolit arxitekturalar tushunchasi; — JWT, OAuth2, RBAC. ✨ Qo‘shimcha ustunliklar: 🔹 Redis, Elasticsearch yoki Kafka tajribasi; 🔹 AWS, GCP yoki Azure; 🔹TypeScript bilan chuqur ishlash; 🔹 Scaling va performance optimizatsiyasi. 💰Oylik: 1500$+ (tajribaga qarab) 🔖Ariza topshirish:@datagaze_pm ⚠️ Ushbu vakansiya Middle+ darajadagi mutaxassislar uchun! 🚀Telegram
Na-publish Ene 9
AI "asal oyi" tugadi: 2026-yilda biznes IT rahbarlaridan nimani talab qiladi? Sun’iy intellekt (SI) atrofidagi "romantik davr" o‘z nihoyasiga yetib, o‘rnini qat’iy iqtisodiy talablar egallamoqda. TNW tahliliga ko‘ra, 2026-yilda moliya direktorlari (CFO) va investorlar quruq va’dalarni emas, aniq raqamlarga asoslangan natijani so‘rashadi. Asosiy paradoks shundaki, SI yordamida kod yozish tezligi 55% ga oshgan bo‘lsa-da, bu loyihalarning tezroq bitishini kafolatlamayapti. Xo‘sh, bu tuzoqqa tushmaslik va byudjetni himoya qilish uchun nima qilish kerak? 👉Batafsil Pivot.uz'da o'qing Telegram | Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTube
Na-publish Ene 8
Ingliz tilini yaxshi biladigon yosh mutaxassislar uchun imkoniyat! 🏢Tashkilot:EmotivCorp 💼Lavozim: Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operator ⏰Ish turi: To‘liq ish kuni 🟡Manzil: Jizzax shahri EMOTIV Corp jamoasi ingliz tilini C1 darajada biladigan faol va kommunikativ Sales Development Representative’larni ishga taklif etadi. Nomzodlar mijozlar bilan bog‘lanadi, mahsulotlarni tanishtiradi hamda savdo jamoasi uchun uchrashuvlar tashkil qiladi. 📞Asosiy vazifalar: — Mijozlar bilan aloqa (qo‘ng‘iroq, email, xabarlar) — Mahsulot taqdimotlari va uchrashuvlarni tashkil etish. — CRM tizimida ma’lumotlarni yuritish ✅Talablar: ✔️ Ingliz tili – yuqori darajada bilish (IELTS Speaking 7+) ✔️ Savdo yoki "cold calling" tajribasi (afzallik) ✔️ Kuchli kommunikatsiya hamda motivatsiyaga ega, tartibli va o‘rganishga intiluvchan. 👨💼Taklif etiladi: 🔹 Raqobatbardosh maosh 🔹 Treninglar va professional rivojlanish 🔹 Do‘stona, xalqaro jamoa 📞 +998 94 000 20 94 | 📱@emotivemarketplace Bugunoq arizangizni topshiring va qulay imkoniyatni q’oldan boy bermang!
Na-publish Ene 8
Buyuk Britaniyaning Jizzaxdagi EmotivCorp kompaniyasi jamoasini kengaytirmoqda! 🏢Tashkilot:EmotivCorp 💼 Lavozim: Software Engineer / Shopify Developer ⏰Ish turi: To‘liq ish kuni (masofadan ishlash imkoniyati mavjud) 📍Manzil: Jizzax shahri 👨💼Asosiy vazifalar: — Shopify va Shopify Plus do‘konlarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash — Liquid, HTML, CSS, JavaScript va Shopify API’lari bilan ishlash — Sayt tezligi va mobil moslashuvchanlikni optimallashtirish — Integratsiyalar va yangi funksiyalarni joriy etish — Kodlarni ko‘rib chiqish, QA sinovlari va Git orqali versiyalarni boshqarishda ishtirok etish. ✅Talablar: ✔️ Shopify / Shopify Plus bo‘yicha 2+ yil tajriba ✔️ Liquid, HTML5, CSS3, JavaScript (ES6+), jQuery bo‘yicha bilim ✔️ Shopify mavzularini moslashtirish, ilovalar integratsiyasi va REST/GraphQL API’lar bilan ishlash tajribasi. ✔️ Moslashuvchan dizayn, UX va SEO tamoyillarini yaxshi tushunish. ✔️ Git, JSON, AJAX va Shopify metafields bilan ishlash tajribasi. ✨Plus: React, Next.js, Headless Shopify 📞 +998 94 000 20 94 | 📱@emotivemarketplace 🌐 Bugunoq arizangizni topshiring, global e-commerce loyihalarida ishlash va professional rivojlanish imkoniyatini q’oldan boy bermang! 🚀Telegram
Na-publish Ene 8
Jizzaxlik yoshlar diqqatiga: Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operator kerak! 🏢Tashkilot:EmotivCorp 💼Lavozim: Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operator ⏰Ish turi: To‘liq ish kuni 📍Manzil: Jizzax shahri EMOTIV Corp jamoasi turk tilini C1 darajada biladigan faol va kommunikativ Sales Development Representative’larni ishga taklif etadi. Nomzodlar mijozlar bilan bog‘lanadi, mahsulotlarni tanishtiradi hamda savdo jamoasi uchun uchrashuvlar tashkil qiladi. 📞Asosiy vazifalar: — Mijozlar bilan aloqa (qo‘ng‘iroq, email, xabarlar) — Mahsulot taqdimotlari va uchrashuvlarni tashkil etish. — CRM tizimida ma’lumotlarni yuritish ✅Talablar: ✔️ Turk tili – C1 (majburiy) ✔️ Savdo yoki cold calling tajribasi (afzallik) ✔️ Kuchli kommunikatsiya hamda motivatsiyaga ega, tartibli va o‘rganishga intiluvchan. 👨💼Taklif etiladi: 🔹 Raqobatbardosh maosh 🔹 Treninglar va professional rivojlanish 🔹 Do‘stona, xalqaro jamoa ⚠️Eslatma: faqat turk tilida erkin so‘zlasha oladigan nomzodlar ko‘rib chiqiladi. 📞 +998 94 000 20 94 | 📱@emotivemarketplace Bugunoq arizangizni topshiring va qulay imkoniyatni q’oldan boy bermang! 🚀Telegram
Na-publish Ene 8
EmotivCorp (Jizzax) jamoasiga E-Commerce Account Manager kerak! 🏢Tashkilot:EmotivCorp 💼 Lavozim: E-Commerce Account Manager ⏰Ish turi: To‘liq ish kuni 📍Manzil: Jizzax shahri 👨💼Asosiy vazifalar: — Biriktirilgan e-commerce akkauntlari bo‘yicha asosiy aloqa nuqtasi bo‘lish — Mijozlar bilan mustahkam va samarali munosabatlar o‘rnatish — Mahsulot kartochkalarini yaratish va optimallashtirish — Ko‘rsatkichlarni kuzatish, tahlil qilish va yaxshilash bo‘yicha takliflar berish — Marketing, dizayn va logistika jamoalari bilan hamkorlik. ✍️Talablar: ✔️ Marketing, Biznes, E-commerce yoki tegishli sohada bakalavr darajasi ✔️ E-commerce akkauntlarini boshqarish bo‘yicha tajrib ✔️ Amazon, eBay, Shopify, Walmart kabi platformalarni bilish ✔️ Raqamli marketing va e-commerce platformalarini yaxshi tushunish. ✔️ A’lo darajadagi kommunikatsiya va tashkiliy ko‘nikmalar ✔️ Uzum, Yandex Go yoki Olcha kabi platformalarda sotuvchi akkauntlarini 1–2 yil boshqarish tajribasi ✔️ Turk tili (C1) va ingliz tili (kamida B1) darajasida og‘zaki muloqot ✅Takliflar: 🔹Raqobatbardosh ish haqi 🔹Doimiy treninglar va martaba o‘sishi 🔹Ingliz tilida ishlovchi qo‘llab-quvvatlovchi jamoa 🔹Muntazam jamoaviy tadbirla 📞 +998 94 000 20 94 | 📱@emotivemarketplace 🌐Agar Siz dinamik kompaniyada e-commerce akkauntlarini boshqarishni xohlovchi, tashabbuskor mutaxassis bo‘lsangiz, ingliz tilidagi rezyumengiz bilan murojaat qiling! 🚀Telegram
Na-publish Ene 7
Buyuk Britaniyaning Jizzaxdagi EmotivCorp kompaniyasi jamoasini kengaytirmoqda! 🏢Tashkilot:EmotivCorp 💼Lavozim:Backend Developer (Java + Spring Boot) ⏰Ish turi: To‘liq ish kuni 📍Manzil: Jizzax shahri ✍️ Asosiy vazifalar: — REST API va backend servislar yaratish — PostgreSQL (AWS RDS) bilan ishlash — Marketplace API’lari bilan integratsiya — Xavfsiz va samarali backend jarayonlarni joriy etish ✅Talablar: ✔️ Java & Spring Boot mustahkam bilish ✔️ REST API va ma’lumotlar bilan ishlash tajribasi ✔️ PostgreSQL amaliy tajriba ✨ Plus: Python/Node.js, CI/CD, microservices, ML/NLP 📞 +998 94 000 20 94 | 📱@emotivemarketplace Bugunoq arizangizni topshiring va qulay imkoniyatni q’oldan boy bermang! 🚀Telegram
Na-publish Ene 7
Juniorlarga tizimni to‘liq ishonib topshirmang — Saidolim Jo‘rayev ✅UzGeeks meetupida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Saidolim Jo‘rayev jamoalarda tizim qurish jarayonida tez-tez uchraydigan xatolar va ularning oqibatlari haqida gapirdi. ⚜️Mutaxassisning ta’kidlashicha, junior mutaxassislar kuch va o‘sish istagiga boy bo‘lsa-da, nozik tizimlarni “to‘liq topshirib qo‘yish” xavfli. Chunki arxitektura, xavfsizlik, monitoring va barqarorlik kabi masalalar tajriba talab qiladi. ⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling! 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin
Na-publish Ene 6
SMM mutaxasslari uchun imkoniyat! 🏢Tashkilot:Beeline O‘zbekiston❤️ 💼Lavozim: SMM mutaxassisi ⏰Ish turi: To‘liq ish kuni 🟡Manzil: Toshkent shahri, IT Park (Mirzo Ulug‘bek tumani) ✍️Talablar: — Ijtimoiy tarmoqlar marketingi (SMM) sohasida tajriba; — Rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish (ingliz tili afzallik); — SMM strategiyalari va marketing kommunikatsiyalarini tushunish; — Muzokara olib borish qobiliyati va o‘z pozitsiyasini asosli himoya qila olish; — Turli bo‘limlar bilan samarali hamkorlik; — Jamoada ishlash ko‘nikmalari; — Ijtimoiy tarmoqlarda kommunikatsiya prinsiplari va algoritmlarini tushunish; — Ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiyalar, ta’lim, xalqaro aloqalar va tashqi aloqalar hamda kompaniya obro‘sini boshqarish bilan bog‘liq qonun va qoidalarni bilish. ✅I Ish sharoitlari: —Faol jamoa va o‘sish imkoniyati; — DMS yoki “Chekhov” fitness klubi abonementi; —27 kunlik tashkilot tomonidan to‘lanadigan ta’til; — Xizmat telefoni; — Maosh suhbat davomida kelishiladi. 🔖Ariza topshirish:@Darya_Borovskaya Bugunoq arizangizni topshiring va qulay imkoniyatni q’oldan boy bermang! 🚀Telegram
Na-publish Ene 6
"Xarita.ai" loyihasi... Bu shunchaki kurs emas. Sun'iy intellekt olamida o'z yo'lingizni topish uchun interaktiv yo'l xaritasi. Platformada 2 ta asosiy yo'nalish bor: - Dasturchilar uchun - Oddiy Foydalanuvchilar uchun Eng muhimi — bu Community (Hamjamiyat) loyihasi va BEPUL! Hozir kirib, o'z yo'lingizni tanlang va kelajak kasbini egallashni boshlang. 👇 Saytga o'tish: https://xarita.ai Intro Video: https://www.youtube.com/watch?v=mowRFviNXDU Postni ilmga chanqoq do'stlaringiz bilan ulashing! (P.S. Sayt haqida fikringizni izohlarda kutaman, bu beta versiya!) @adkham_zokhirov
Na-publish Ene 5
Dasturchining odatlari O‘zbekiston dasturchilari juda qimmat! Shu gapni eshitganmisiz? Bu gapni o‘zimizdan emas, chet davlatida turgan va dasturchi yollamoqchi bo‘lgan korxonalar aytadi. O‘ylab qarasam, rostdan ham bizda dasturchilar qimmatga aylanar ekan. Keling shuni o‘ylab ko‘ramiz, nima uchun bizda qimmat? 1. Daraja. O‘quv kursini tamomlagan odam o‘zini Junior dasturchi deb biladi. 2-3 yil ishlagan dasturchi esa Middle bo‘ldim deydi. 5 yilda Senior bo‘lgan odamlarni ko‘p uchratasiz. Daraja vaqt bilan o‘lchanadimi? Albatta, yo‘q. Chunki u o‘zining ustida ishlamagan bo‘lsa, 10 yildan keyin ham Junior bo‘lib qolaveradi. Unda nima uchun odamlar o‘ziga daraja beradi? Sabablaridan biri o‘zini boshqa odamga qimmatroqqa sotish. Sizni sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ham shuni maqsad qilgan. Sizni kichik darajada sotib olib, katta darajada sotsa, foyda ko‘proq bo‘ladi. Siz rostdan ham Juniordan Middlega chiqdingizmi, unisi keyingi masala bo‘lib qoladi. 2. Soft skill Bilamiz-ki, dasturchining biror texnologiyani bilishi Hard skill deyiladi. Buni bizning o‘quv kurslarimiz sochib tashlashmoqda. Bitiruvchilar rostdan ham texnologiyalarni zo‘r bilib chiqishmoqda. Ammo... Shu intizom kabi soft skill’larni hamma joyda ham o‘rgatishmaydi. 1. Vazifaga mas’uliyat bilan yondashish. 2. Tushunmasa savol berish. 3. Majlis (call)ga vaqtida kirish. 4. Vazifaning holatini izohlarida yozish. 5. Xabarlarni shaxsiydan emas, guruhda yozish. 6. Hujjat yozish (documentation) 7. Email ishlatish. 8. O‘ron (parol)ni Password managerda saqlash. Qog‘ozda emas. 9. Vazifalarini qilib bo‘lgan bo‘lsa, backlogdan vazifa izlash. bu ro‘yxatni hali ko‘p davom ettirsak bo‘ladi. 3. Jamoada ishlash. Ko‘p dasturchilarimiz "yolg‘iz bo‘ri" holatidan chiqa olishmaydi. O‘rmonda bir o‘zi ov qilishda qolib ketishadi. Korxonalarda esa, hatto kichik korxona bo‘lsa ham, jamoada ishlay oladigan odam kerak. Buni o‘rganish uchun bizda choyxonalar bo‘lar edi. Agar Abdulla Qodiriy davridagi choyxonani olsangiz, odamlar osh ustida yig‘ilganida kitob tahlil qilishgan, biror kishi muammosini hal qilish ustida bosh qotirishgan, mahallaga biror yordam kerak bo‘lsa, qanday tashkil qilishni gaplashishgan. "Menga nima?" - deyishmagan ekan-a? Bu madaniyatimizda bo‘lgan. Bu jamoa bo‘lishga va jamiyat shakllanishiga yordam bergan usul. Hozirgi nomlari: - Networking - Small talk - Volunteering - Donation deb ataymiz. Vaholanki aynan shu narsalar bor: + Tanishish (tanish bilish orttirish) + Holidan xabar olish + Hashar + Ehson Manimcha, biz nimanidir xato qildik. Bu narsalar mahallada, choyxonada o‘rganilgan. Hozir choyxonalarimiz ovqat yeyish va telefonda o‘yin o‘ynashdan iborat. ~~~ Agar oylik maosh chet ellik dasturchilarniki bilan bir xil bo‘lsa, nima uchun bizning dasturchilar qimmat dedingiz? Bunga sababim bor. Chunki, agar darajamizni o‘zimiz tanlab olsak, intizom ustida ishlamasak va jamoada ishlashni o‘rganmagan bo‘lsak, bu chet el korxonasi uchun qimmatga tushadi degani. Tasavvur qiling, man $3,000 ga dasturchi ishga olmoqchiman. Sharqiy yevropadan xodim olganim yaxshimi yoki O‘zbekistondan? + Bizning dasturchi kuniga 8 soat ishlamaydi, 10-12 soat ishlaydi. Yevropalik 8 soat bo‘lishi bilan ishni to‘xtatadi. + Biznikilar dam olish kunlari ham ishga chiqa oladi. Ular esa dam olishi kerak. + Biznikilar texnologiyani zo‘r biladi. Ular muammoni qanday yechishni. + Biznikilar bitta o‘zi tez kod yoza oladi. Ular jamoada yaxshi ishlaydi. bu ro‘yxatning qaysi tomoni biznes egasi uchun foydali. Chap tomoni unumlimi, yoki o‘ng tomon? Aynan shu kabi tahlillarni qilgan chet ellik korxonalar bizdan kamroq dasturchi olishmoqda. Yechim Biz unutib qo‘ygan amallarimizni tiklashimiz kerak. Hozir uyqudamiz. + Intizom - intizomni tiklashimiz kerak. Har bir kishi ishni o‘z vaqtida qilishni boshlashimiz kerak. + Mas’uliyat - yolg‘onni yo‘qotsak, va’dani ustidan chiqsak, buni ham eplaymiz. + Jamoa - biz jamoa bo‘lib yashaydigan millatmiz. Birga rivojlanishimiz kerak. Qo‘limizdan keladi. #dasturlash#odatlar 30.12.2025 London @DrAlgorithm
Hashtags
Na-publish Ene 3
O‘zbekistonda AT mutaxassislar soni 10 barobar ko‘paydi 📊So‘nggi yillardagi islohotlar o‘z mevasini bermoqda. Mamlakatimiz “Government AI Readiness Index 2025” reytingida 8 pog‘onaga yuqorilab, 62-o‘ringa ko‘tarildi! Raqamli ta’lim va sun’iy intellektga bo‘lgan e’tibor tufayli, O‘zbekiston “inson kapitali” bo‘yicha 58,21 ballqayd etdi. Bu natija Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichidan sezilarli darajada baland. 📈Soʻngi 5 yil ichida dasturchilar soni 10 barobardan ortiq oʻsib, GitHub faolligi 1-chorakda o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan 436mingdan ortiq kodlar yuklanishi amalga oshirildi. ✅Loyihalaringizni shunchaki kompyuterda saqlamang, GitHub platformasiga joylashni hoziroq boshlang. Bu sizga jamoada ishlash va mahoratingizni koʻrsatishda yordam beradi. ❗️Quyidagi havolalar orqali Github’dan samarali foydalanishni o‘rganing! ➡️Github ko‘nikmalarini oʻrganish uchun havola:https://skills.github.com/ ➡️Yangi boshlovchilar uchun Githubdan foydalanish darslari: https://www.youtube.com/playlist?list=PL0lo9MOBetEFcp4SCWinBdpml9B2U25-f 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin