TGINSIGHT CHAT
Digital.edu IT Career
@digitalitvacancy
CareerRaqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Mga kamakailang post
Pahina 30 ng 42 · 502 post
Na-publish Peb 20
PHPDeveloper 🏢 Tashkilot: Micros Development 📚 Texnologiya: PHP, MySQL, JS 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat 💰 Maosh: suhbat asosida 📞 Bog'lanish: +998 (90) 1871052, [email protected] @digitalitvacancy
Na-publish Peb 19
🌎AI va zamonaviy IT kasblari: raqobatda ortda qolmaslik uchun nima qilish kerak? Sun’iy intellekt (AI) tobora ko‘proq IT sohasiga kirib kelmoqda va turli kasblarni o‘zgartirmoqda. AI dasturchilar, dizaynerlar, ma’lumotlar tahlilchilari va boshqa IT mutaxassislarining ish jarayonlarini osonlashtirib, samaradorlikni oshirmoqda. Lekin bu texnologiyalar odamlarning o‘rnini egallaydimi yoki ularga yordam beradimi? 🔹 Dasturchilar uchun AI – kod yozish, xatolarni topish va takomillashtirishda yordamchi vosita. 🔹Dizaynerlar uchun – AI grafik yaratish, rang tanlash va vizual yechimlarni optimallashtirishni tezlashtiradi. 🔹Kiberxavfsizlik sohasida – AI kiberhujumlarni oldindan aniqlash va tizimlarni himoya qilishda muhim rol o‘ynamoqda. ⚡️AI har bir sohada yangi imkoniyatlar yaratadi, faqat ulardan unumli foydalanishni o'rganish lozim. 🔔Hafta oxiridaAI va uning dizayndagi roli haqida Xusan Jemilov bilan vebinar o'tkazamiz.Yangiliklarni yo'qotib qo'ymaslik uchun bizni kuzatib boring! @digitalitvacancy
Na-publish Peb 18
✍️AI dizaynerlarga qanday yordam beradi? ✔️ Sun’iy intellekt nafaqat kod yozishda, balki dizayn sohasida ham katta o‘zgarishlar qilmoqda. AI vositalari dizaynerlarga vaqtni tejash, kreativ jarayonlarni tezlashtirish va ilg‘or vizual yechimlar yaratishda qanday yordam beradi? Ushbu mavzuda Graphic and AI Visual Designer sifatida faoliyat yuritayotgan Xusan Jemilov bilan qiziqarli vebinar tashkil etmoqdamiz! AI texnologiyalaridan maksimal darajada foydalanish, yangi tendensiyalar va samarali usullar haqida bilib oling. 🗓22.02.2025 - 20:00 📍Havola:Join Zoom Meeting ⚠️Dizayn sohasidagi imkoniyatlaringizni kengaytirmoqchi bo'lsangiz, vebinarni o'tkazib yubormang! @digitalitvacancy
Na-publish Peb 18
📣Eng nufuzli informatika olimpiadalari Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadalar – yosh dasturchilar va algoritmlar ustalarining eng muhim bellashuv maydonlaridir. Informatika bo‘yicha eng yirik xalqaro olimpiadalar: 🔹EGOI – European Girls' Olympiad in Informatics (o‘quvchi qizlar uchun) 📍 Rasmiy sayt: egoi2025.de 📌 2025-yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadi! 2024-yil O‘zbekiston ilk bor qatnashib, terma jamoasi a’zosi Zarnigor Raximovabronza medalini qo‘lga kiritdi! 🔹IOI – International Olympiad in Informatics (maktab o‘quvchilari uchun) 📍 Rasmiy sayt: ioinformatics.org 📌 Dunyoning eng nufuzli informatika olimpiadasi 2026-yilda ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi! Bu yurtimizdagi dasturchilar uchun katta imkoniyat! 🔹ICPC – International Collegiate Programming Contest (OTM talabalari uchun) 📍 Rasmiy sayt: icpc.global 📌 Dasturlash bo‘yicha bir necha yillar davomida o'tkazib kelinayotgan yirik jamoaviy musobaqa bo‘lib, dunyoning eng kuchli universitet jamoalari ishtirok etadi. 🔹APIO – Asia-Pacific Informatics Olympiad (onlayn olib boriladi) 📍 Rasmiy sayt: https://apio2025.uz/ 📌2025-yilda O‘zbekiston mezbonlik qiladi! Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng iqtidorli yosh dasturchilar bilan bellashish uchun yana bir ajoyib imkoniyat. 🔔Olimpiadalar to'g'risida yanada batafsil ma'lumot olishni istasangiz @xalqaro_it_olimpiada kanaliga obuna bo'lishni unutmang! @digitalitvacancy
Na-publish Peb 17
✔️IT sohasida rivojlanishni xohlaysizmi? Yangi tajribalar orttirish va mutaxassislar bilan ochiq muloqot qilishnichi? 🚀ITea loyihasining navbatdagi uchrashuvi aynan Siz uchun! 22-fevral kuni Amity universitetida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuvimiz tashkil etiladi! 🔍Uchrashuvda Siz: - IT mutaxassislarining ish tajribasi bilan tanishasiz - Professional rivojlanish bo‘yicha foydali tavsiyalar olasiz - Netvorking orqali yangi tanishuvlar orttirasiz Bu safar biz bilan: 👨🏻💻Temurjon Ibrohimov – Product Manager at Click 👩🏻💻Jasur Sherbaev – Scrum Master at Payme 👩🏻💻Gulnur Esova – Product Marketing Manager at Moneff ❗️Uchrashuvdan maksimal foyda olish uchun ushbu mutaxassislarning professional hayot yo‘li bilan tanishib, savollaringizni oldindan tayyorlashni maslahat beramiz. ‼️ Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati – 20-fevral. ⚡️ IT olamining yetakchilari bilan choy ustida samimiy suhbatni o‘tkazib yubormang! Telegram | Instagram | YouTube
Na-publish Peb 17
“Technovation Girls Uzbekistan 2025” start olmoqda! 🚀 📅 Joriy yil 18-fevral, soat 14:00 –Raqamli texnologiyalar vazirligida yangi mavsum ochilish marosimi bo'lib o'tadi! Tadbir bir vaqtning o‘zida Andijon, Namangan, Nukus, Toshkent, Urganch va Farg‘ona shaharlarida o‘tkaziladi. Toshkent shahridagi ishtirokchilarni Raqamli texnologiyalar vazirligida kutamiz. Dasturda: ✅ Tanlov va imkoniyatlar taqdimoti ✅ Avvalgi ishtirokchilarning muvaffaqiyat hikoyalari ✅ Netvorking va jamoalar shakllantirish Kimlar uchun? 🔹 8-18 yoshli qizlar – IT-startap yaratishni xohlovchilar 🔹 Mentorlar – 19+ yoshli talabalar, ota-onalar, IT va biznes sohasi mutaxassislari Qatnashish imkoniyatlari: 🚀 Dasturlash va biznes-rejalashtirish ko‘nikmalari 🌍 Hamfikrlar va foydali jamiyat 🎓 Xalqaro sertifikat 🇺🇸 Finalda Kremniy vodiysiga yo‘l! Dastur “Tech4Impact” NNT tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va “Yandex Uzbekistan” hamkorligida tashkil etilmoqda. 🔗 Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart: https://bit.ly/4gJyKQP ❗️ “Technovation Girls Uzbekistan 2025” tanloviga arizalarni quyidagi havola orqa yuboring: https://my.technovationchallenge.org/ 👩💻 Kelajakni yaratishda ishtirok eting! 📩Telegram📱Facebook📱Instagram📺Youtube🌐LinkedIn🐦X
Na-publish Peb 14
IT Project Manager 🏢 Tashkilot: COTI (АО CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION) 📚 Texnologiya: Agile, Scrum, Kanban 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat 💰 Maosh: suhbat asosida 📞 Bog'lanish: +998 (90) 0323257, +998 (90) 0323257, [email protected] @digitalitvacancy
Na-publish Peb 14
📢Pul sarflamasdan zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rganishga tayyormisiz? ✅ Kurslarimizda nimalarni o‘rganasiz? ➡️ IT da loyiha boshqaruvi (IT Project Management): ➡️Ma'lumotlar tahlilchisi (Data Analytics) ➡️SMM (Social Media Marketing): ➡️DevOps (Development & Operations), ➡️Kiberxavfsizlik (Cybersecurity) ➡️ Full-Stack Developer ⏳Kurs davomiyligi: 3-6 oy (tanlangan yo‘nalishga qarab) ⏰Dars davomiyligi: 2.5-3 soat ⌛ Haftada: 3 kun 📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolani bosing 👇 Ro'yxatdan o'tish Tezroq qo‘shiling, joylar cheklangan! 😊 Telefon: 77 777 30 30 Telegram | Instagram |Facebook|
Na-publish Peb 11
🎯 Informatika olimpiadalari: karyeraviy o'sishning kaliti! 🌐 Informatika olimpiadalari haqida bilasizmi? Bugungi kunda xalqaro informatika olimpiadalari – yosh dasturchilar va IT sohasiga qiziquvchilar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratib kelmoqda! ✔️ Nima uchun ishtirok etish kerak? - Algoritmik fikrlashni rivojlantirish - Dunyo miqyosida tanilish va tajriba orttirish - IT kompaniyalarga qabul qilinish uchun afzallik - Grant va stipendiya olish imkoniyati Ushbu musobaqalar nafaqat bilim va ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazish, balki kelajakdagi muvaffaqiyatli karyeraga mustahkam poydevor qo‘yish imkonini ham beradi. 🚀Olimpiadalarda qatnashib, kelajagingizga sarmoya qiling! @digitalitvacancy
Na-publish Peb 7
⚠️Muhim e’lon! Texnik sabablarga ko‘ra bugungi vebinar bekor qilindi. Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 🔖 Yangi sana haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz. Biz bilan qoling! @digitalitvacancy
Na-publish Peb 7
Na-publish Peb 7
🔔Eslatma! Bugun 20:00da IT mutaxassislar uchun soft skills mavzusida vebinar bo‘lib o‘tadi! Karyeraviy o‘sishda muhim bo‘lgan yumshoq ko‘nikmalar haqida bilib olishni istasangiz, vebinarga qo‘shiling. @digitalitvacancy