TGINSIGHT CHAT
Digital.edu IT Career
@digitalitvacancy
CareerRaqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Mga kamakailang post
Pahina 10 ng 42 · 502 post
Na-publish Ene 27
Aileaders.uz platformasida eOppiva kurslarini bepul o‘rganing! ❕eOppiva kurslari — Finlandiya hukumati tomonidan yaratilgan rasmiy raqamli ta’lim platformasi bo‘lib, davlat boshqaruvi, jamiyat va raqamli ko‘nikmalar yo‘nalishlarida yuqori sifatli onlayn kurslarni taqdim etadi. 🔗Aileaders.uz orqali ushbu xalqaro kurslarga ulanib, siz quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishingiz mumkin: ➡️Raqamli xavfsizlik va boshqaruv modeli — raqamli muhitda xavfsiz ishlash, ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsizlik standartlari; ➡️Sun’iy intellekt va qonunchilik — AI tizimlarini tartibga solish va ularni adolatli joriy etish yondashuvlari; ➡️Statistik ko‘nikmalar va tahlil — ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan ijtimoiy jarayonlarda samarali foydalanish; ➡️Jamiyat va raqamli gumanitar ta’lim — irqchilikka qarshi onlayn kurslar kabi dolzarb ijtimoiy mavzular. ➡️Videoda platformada ro‘yxatdan o‘tish va kurslarni boshlash bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma taqdim etilgan! ⚜️Hoziroq aileaders.uz saytiga kiring va eOppiva kurslari orqali bilimlaringizni mustahkamlang! 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin
Na-publish Ene 26
Last Mile'da Senior ML Engineer 🏢Tashkilot: Uzum ⌛️Bo‘lim: Last Mile 💼Lavozim: Senior ML Engineer ⌛️Ish turi: Masofadan ishlash mumkin (Toshkent shahri) 🧑💻Tajriba: 6+ yil ✅ Asosiy vazifalar: 🔹ML- modellarni audit qilish va takomillashtirish; 🔹Talabni prognozlash va kannibalizatsiyani modellashtirish; 🔹Operatsion jamoalar uchun tavsiyalar va heatmap’lar tayyorlash; 🔹Modellarni prod muhitida qo‘llab-quvvatlash; 🔹Tahlilchilar, mahsulot va operatsion jamoalar bilan ishlash. ✍️ Nomzodlar uchun talablar: — Biznesga yo‘naltirilgan ML tajribasi; — Regressiya, tasniflash, vaqt qatorlari, causal inference; — Geoma’lumotlar va fazoviy tahlil; — Kannibalizatsiya modellari (diff-in-diff, uplift va b.); — Kuchli statistika va MLOps bilimlari. ✔️Afzallik: — Chakana savdo, logistika yoki marketpleyslarda joylashuv tanlash tajribasi. ✨Taklif etiladi: 🔹 Raqobatbardosh ish haqi 🔹 Masofaviy ish yoki relokatsiya 🔹 Senior mutaxassislardan iborat kuchli jamoa 🔹 Treninglar va qo‘shimcha bonuslar 🔖Ariza topshirish uchun: havola 🌐 Bugunoq ro’yxatdan o’ting va qulay imkoniyatni q’oldan boy bermang!
Na-publish Ene 26
Hurmatli Talabgorlar! 📣📣BRB ATB Respublikamizning barcha hududlarida joylashgan bank xizmatlari markazlarini Kichik biznes va chakana biznes yo'nalishiga, amaliyot o'tashga tanlov asosida taklif etadi. Vazifalar: ♦️Biriktirilgan yoʻnalishda bank mahsulotlari va xizmatlarini oʻrganish; ♦️Mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlarini oʻrganish,amalda qoʻllash; ♦️Bank tizimiga oid normativ huquqiy hujjatlar va ichki tartiblar bilan tanishish va oʻzlashtirish; ♦️Marketing va mijoz jalb qilish tadbirlarida qatnashish; ♦️Xizmat koʻrsatishda qoʻllaniladigan axborot texnologiyalari va dasturlarida ishlashni oʻzlashtirish; ♦️Oʻz ustida ishlash va rivojlantirish; ♦️Boshqa berilgan topshiriqlarni bajarish; ♦️Mehnat intizomi, korporativ etika va ichki tartiblarga rioya qilish. Talablar: ♦️Iqtisodiy yoʻnalishda bitiruvchi kurs talabasi; ♦️Rus tili – A2 darajasi(ustuvorlik), Ingliz tili – A2 darajasi(ustuvorlik); ♦️MS Office dasturlarida ishlay olishi vа АТ savodxonligi; ♦️Bazaviy iqtisodiy bilimlar; ♦️Kirishuvchanlik va analitik fikrlay olish; ♦️Jamoada ishlay olish. 📍Manzil ♦️Tanlovning 1-bosqichi-test sinovlari, Toshkent shahri, Sirg‘ali tumani, Ezgulik MFY, Yangi Sergeli ko‘chasi, 96-uy Orientir: Sergeli moshina bozor. 27.01.2026 yil kuni soat 09:30 da o'tkaziladi. Qo'shimcha savollar va bog'lanish uchun tel:+998977349969 CVlarni yuborish va batafsil ma'lumotni olish 👉bu yerni bosing Muddat: 26.01.2026 yilgacha.
Na-publish Ene 24
24-yanvar – Xalqaro ta’lim kuni munosabati bilan yana bir bor barchani ta’lim olish muhimligiga e’tibor qaratishga chaqiramiz! aileaders.uz orqali sun’iy Intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi kurslarni o‘qib, kelajakka tayyorlaning! Vaqtingizni zamonaviy bilim olishga, chet tillarini o‘rganishga hamda o‘z startaplaringiz orqali insonlar hayotini yaxshilashga sarflang. Bugun o‘rganishni boshlang, ertaga raqamli kelajakni yaratuvchilardan bo‘ling! _ On the occasion of January 24 – International Day of Education, we would like to stress the importance of paying more attention to education! Education is the key to sustainable development and a better future. It empowers people, promotes equality, and helps societies grow stronger through knowledge and innovation. AI&IT skills open the door to high-demand careers, global job markets, and remote work opportunities. With many free online resources available, anyone from Uzbekistan can start learning modern digital skills today at: aileaders.uz Invest your time in learning IT and foreign languages as well as in developing your startup to improve people’s lives. Start now and become part of the generation shaping the digital future. We thank our startup founders: Bahodirkhon Khamidovkarmon.ai , Sevinch Ismoilovafonuskids.uz and Shakhzod Umirzakovwww.tassvision.ai for helping inspire our youth in this day!
Na-publish Ene 23
Malakali boshqaruvchilar uchun imkoniyat: frilanserlik va yoshlar bandligi 📖Tashkilot: Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi 💼Bo‘lim: Frilanserlar bilan ishlash va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish bo‘limi ⌛️Lavozim: Bo‘lim boshlig‘i 🟡Manzil: Toshkent shahri ✅Bo‘limning asosiy vazifalari: 🔹 Yoshlarni AT mehnat bozoriga yo‘naltirish va yoshlar bandligini oshirish; 🔹 Frilanserlik sohasini targ'ib etuvchi tashabbuslarni rejalashtirish va boshqarish. ✍️Nomzodlar uchun talablar: • Loyiha boshqaruvi bo‘yicha 3+ yillik tajriba (axborot texnologiyalari - AT, yoshlar bilan ishlash yoki bandlikni ta’minlash sohasidagi loyihalar boshqaruvi ustunlik beradi); • AT mehnat bozori haqida umumiy tushuncha; • Rasmiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi; • O‘zbek va ingliz tilida erkin muloqot (rus tili afzallik beradi); • Kreativ va tahliliy fikrlash, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalari. 🔖Nomzodlardan 2 betdan oshmagan rezyumeni [email protected] elektron manziliga yuborish so‘raladi. 🚀Telegram
Na-publish Ene 23
Sun’iy intellekt ta’siridagi 40 ta kasb, kelajakda kimlar ishsiz qoladi? 👨👦👦Fortune nashrining xabar berishicha, Microsoft yaqinda sun’iy intellekt (SI) sababli “xavf ostida” qolishi mumkin bo‘lgan 40 ta kasb ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga ko‘ra, tarjimonlar, jurnalistlar, yozuvchilar, sotuvchilar va hatto dasturchilar sun'iy intellekt bilan jiddiy raqobatga kirib bormoqda. 😫Eng qizig‘i, endi shunchaki “diplomim bor” deb mutaxassis bo‘lish yetarli emas. Nvidia rahbari aytganidek:“Siz ish joyingizni sun'iy intellektga emas, balki sun'iy intellektdan foydalana oladigan odamga boy berasiz.” 🔗Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash va real mehnatga asoslangan kasblar hozircha xavfsizroq hisoblanadi. ⚜️Kelajak tezlashmoqda, moslashish va ortda qolmaslik esa o‘z qo'lingizda. Raqamli dunyodagi yangi hodisalar va xavflardan xabardor bo‘ling aileaders.uz saytiga tashrif buyuring va sun’iy intellekt kurslarida bepul tahsil oling! 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin
Na-publish Ene 22
Bank va moliya sohasiga ixtisoslashgan reyting agentligiga IT-mutaxassis kerak! 🏢Tashkilot: Bank va moliya sohasiga ixtisoslashgan Reyting agentligi 💼 Lavozim: IT-mutaxassis 📍 Manzil: Toshkent shahri, Qoratosh ko‘chasi ✅ Asosiy vazifalar: 🔹 Agentlik metodologiyasi asosida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, tizimlashtirish va chuqur tahlil qilish; 🔹 Ma’lumotlar bazasini boshqarish, avtomatlashtirilgan hisobotlar hamda reyting shakllarini ishlab chiqish; 🔹 Reyting tahlillari va moliyaviy ko‘rsatkichlarni IT infratuzilmasi doirasida vizualizatsiya qilish; 🔹 Yangi texnik yechimlar va reyting metodikalarini ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etishda ishtirok etish. ✍️ Talablar: — Bank va moliya sektori bo‘yicha bazaviy bilimlar, moliyaviy hisobotlarni o‘qiy olish; — Analitik fikrlash, texnik yondashuv va jamoada samarali ishlash qobiliyati; — Rus tili — mukammal (yozma va og‘zaki); — Ingliz tili — suhbatlashish darajasida. — Texnik ko‘nikmalar: • Excel — mukammal darajada (murakkab formulalar, makroslar); • Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash tajribasi; 💼 Afzalliklar: — Python dasturlash tilini bilish; — Photoshop va Canva dasturlarida ishlash tajribasi. ✨Ish sharoitlari: 🔸Toshkent shahri markazida joylashgan zamonaviy ofis; 🔸 Ahil va professional jamoa; 🔸 Kasbiy rivojlanish va o‘sish uchun real imkoniyatlar. 💰 Boshlang‘ich oylik maosh: 6–8 mln so‘m 🔖Bog‘lanish va CV yuborish uchun: 📞 90-636-99-29 📱@saad_falcon, @myusuf2021 ⚠️ Eslatma: Iltimos, murojaat qilishdan oldin talablar bilan to‘liq tanishib chiqib, ularga mos ekanligingizga ishonch hosil qiling. 🚀Telegram
Na-publish Ene 22
Ta’limda AI tashabbuslarini ilgari suruvchi mutaxassis izlanmoqda! 🏢Tashkilot: Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi ⌛️Bo‘lim: Ta’limda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi 💼 Lavozim: Bosh mutaxassis 📍 Manzil: Toshkent shahri ✅Mutaxassisning asosiy vazifalari: 🔹 Ta’lim tizimida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish; 🔹 SI loyihalarini ta’lim tizimiga integratsiya qilish jarayonida tashkiliy va tahliliy qo‘llab-quvvatlash; 🔹Ta’limda SI texnologiyalaridan samarali va xavfsiz foydalanish bo‘yicha loyihalar, metodik qo‘llanmalar va materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish; 🔹 Tegishli bo‘limlar va hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash. ✍️ Nomzodlar uchun talablar: — Axborot texnologiyalari, ta’lim yoki sun’iy intellekt yo‘nalishlarida kamida 2 yillik ish tajribasi; — Loyiha faoliyatini tashkil etish va rasmiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalari; — Sun’iy intellekt va raqamli ta’lim sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni bilish; — O‘zbek va ingliz tillarida erkin muloqot qila olish (rus tili — afzallik); — Tahliliy va innovatsion fikrlash, jamoada ishlash va tashabbuskorlik. 🔖Ariza topshirish uchun email: [email protected] 🌐 Bugunoq arizangizni topshiring va qulay imkoniyatni q’oldan boy bermang! 🚀Telegram
Na-publish Ene 22
Ta’limda AI tashabbuslarini boshqaruvchi rahbar izlanmoqda! 🏢Tashkilot: Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi 🎓Bo‘lim: Ta’limda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi 💼Lavozim: Bo‘lim boshlig‘i 🟡Manzil: Toshkent shahri ✅ Bo‘limning asosiy vazifalari: 🔹 Ta’lim tizimida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya hamda ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish; 🔹 SI asosidagi loyihalarni umumiy ta’lim tizimiga samarali integratsiya qilish; 🔹 Ta’limda SI texnologiyalaridan samarali, xavfsiz va mas’uliyatli foydalanishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 🔹 Davlat va xususiy sektor bilan hamkorlikda innovatsion tashabbuslarni muvofiqlashtirish. ✍️ Nomzodlar uchun talablar: — Loyiha boshqaruvi bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba (AT, ta’lim yoki sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar ustunlik beradi); — Axborot texnologiyalari, ta’lim tizimi va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va tushuncha; — Rasmiy hujjatlar, konsepsiya va strategik materiallar bilan ishlash tajribasi; — O‘zbek va ingliz tillarida erkin muloqot (rus tili — afzallik); — Kuchli tahliliy va kreativ fikrlash, jamoani boshqarish hamda samarali kommunikatsiya ko‘nikmalari. 🔖Ariza topshirish uchun email: [email protected] ❗️Nomzodlardan 2 betdan oshmagan rezyume yuborish so‘raladi 🚀Telegram
Na-publish Ene 21
“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun mentorlikka qabul ochildi 📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Respublika boʻylab "Al-Xorazmiy vorislari loyihasi"ning tashkil etilishi rejalashtirilayotgan dars mashg'ulotlari uchun sunʼiy intellekt, maʼlumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, oʻyin yaratish yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni izlamoqda. ✅Mentorlikka talablar: ➡Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi; ➡Artificial Intelligence & Machine Learning - sun'iy intellekt va mashinaviy o‘rganish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan TensorFlow, PyTorch, Scikit-learn va OpenCV bilan ishlash tajribasi. Python, R va algoritmlarni ishlab chiqish, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va ma'lumotlar tahlili bo‘yicha amaliy tajriba; ➡Data Analytics – ma'lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan SQL, Pandas, NumPy, Power BI va Tableau bilan ishlash tajribasi. Python, R va statistik tahlil, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, biznes tahlili, mashinaviy o‘rganish asoslari hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy tajriba; ➡Cyber Security – kiberxavfsizlik bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan tarmoq xavfsizligi, xavfsiz kod yozish, penetration testing va ethical hacking bo‘yicha tajriba. Kali Linux, Metasploit, Wireshark, Burp Suite kabi vositalar bilan ishlash, xavfsizlik auditlari, zaifliklarni tahlil qilish, tarmoq va web-ilovalarning himoyasini ta’minlash, shuningdek, shifrlash va autentifikatsiya tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba; ➡Frontend Development – Veb-interfeyslarni yaratish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan HTML, CSS, JavaScript, shuningdek, React, Angular yoki Vue.js kabi freymvorklar bilan ishlash tajribasi. Git, Webpack, Babel va turli brauzerlarda ishlash amaliyoti. UI/UX dizayn prinsiplari, responsiv dizayn va web-sayt performansini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tajriba. ➡Backend Development – Server-tomonini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan, Python (Django, Flask), Node.js (Express), Java (Spring) yoki PHP (Laravel) kabi texnologiyalar bilan ishlash tajribasi. API yaratish, ma'lumotlar bazalari (SQL, NoSQL), serverlar (Apache, Nginx) va bulutli platformalar (AWS, Google Cloud, Azure) bilan ishlash. Shuningdek, xavfsizlik va server arxitekturasi bo‘yicha amaliy tajriba. ➡Android Development – Android ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Java yoki Kotlin dasturlash tillari, Android Studio va Gradle bilan ishlash tajribasi. UI/UX dizayn, Material Design, ma'lumotlar bazasi (SQLite) va mobil ilovalarning performansi bo‘yicha amaliy tajriba. Firebase va turli APIlar bilan integratsiya qilish. ➡iOS Development – iOS ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Swift yoki Objective-C dasturlash tillari, Xcode va Cocoa Touch freymvorki bilan ishlash tajribasi. SwiftUI yoki UIKit, ma'lumotlar bazasi, RESTful APIlar va ilovalarni Apple App Store'ga joylash amaliyoti. ➡Cross-platform Mobile Development – Bir nechta platforma (iOS va Android) uchun ilova yaratish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Flutter (Dart) yoki React Native (JavaScript) kabi freymvorklar bilan ishlash tajribasi. State management, native funksiyalarga murojaat qilish va Firebase bilan ishlash amaliyoti. ✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar: ➡O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik; ➡Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati; ➡Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak; ➡Tahliliy ko‘nikmalar. 🔥Ish haqi suhbat asosida belgilanadi. ➡Ariza qoldirish uchun havola: https://forms.gle/oL2TqpPWjyQWm7317 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin
Na-publish Ene 20
Senior Python dasturchilar uchun imkoniyat! 🏢Tashkilot: Mad Devs 💼 Lavozim: Senior Python Developer ⌛️Ish turi: Masofadan ishlash (Remote) 💰 Oylik: $4000 – $5000 ✍️ Talablar: — Python bo‘yicha 8+ yil tajriba — Mikroservis arxitekturasi va dizayn patternlarini bilish — FastAPI, Gunicorn va API ishlab chiqish bo‘yicha tajriba — Ma’lumotlar bazalari: Postgres, Redis, MySQL — Docker va Docker Compose bilan ishlash — Google Cloud Platform (GCP) bo‘yicha tajriba — CI/CD jarayonlari va vositalari bo‘yicha bilim — Ingliz va rus tillari: B2 daraja — Voice (ovozli xizmatlar), SIP (sessiya protokoli), WebRTC (real-vaqtli web aloqa), Lex-Yacc Parser (parser va sintaksis tahlil vositalari), Linux, GKE bo‘yicha bilim va amaliy tajriba ✅ Vazifalar: 🔹 Python va boshqa texnologiyalar yordamida mikroservislarni ishlab chiqish 🔹 Xizmatlarni Google Cloud (CLI) orqali joylashtirish 🔹 Cross-functional jamoalar bilan hamkorlik qilib texnik yechimlarni ishlab chiqish 🔹 Toza, samarali va oson texnik xizmat ko‘rsatishga yaroqli kod yozish 🔹 CI/CD jarayonlarini tashkil qilish va optimallashtirish 🔹 DevOps va infratuzilma jamoalari bilan birga deployment pipeline’ni yaxshilash 🔹 Code review o‘tkazish va jamoa a’zolarini yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish 🔖Ariza topshirish uchun:@recruiter_maddevs 🌐 Bugunoq arizangizni topshiring va qulay imkoniyatni q’oldan boy bermang! 🚀Telegram
Na-publish Ene 20
Dasturlash men uchun shunchaki kasb emas — Javohir Raxmonberganov ⚜️Bugungi qahramonimiz Javohir. U 18 yoshda va “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi bitiruvchisi hisoblanadi. Hozirda Javohir Toshkentdagi xalqaro Westminster universitetining birinchi bosqich talabasi. ✅Javohir frilanser dasturchilik qilib oyiga oʻrtacha $500 daromad topmoqda. Uning dasturlashga boʻlgan qiziqishi karantin paytida boshlangan. 🔗“O‘sha paytlarda boshqalar yozgan kodlarni tahrir qilib, o‘rganardim. Hali ham eslayman birinchi topgan daromadim 30 ming so‘m edi. 5-6-sinf o‘quvchisi edim. Bu natija menga kuch, ishonch va yangi orzular berdi”, - deb eslaydi u. ⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling! 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin