TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Bumalik sa listahan ng channel
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT CHAT

Digital.edu IT Career

@digitalitvacancy

Career

Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]

Mga Subscriber1,220Kasalukuyang mga subscriber
Mga naka-track na post502Bilang ng naka-index na post
Kamakailang abot8,578Kabuuan ng kamakailang mga view
Mga kamakailang post

Mga kamakailang post

Pahina 40 ng 42 · 502 post

Na-publish Nob 4

Raqobatli IT bozorida ajralib turish sirlari! Jadal rivojlanib borayotgan texnologiya dunyosida o'z o'rningizni topish va yuksak martabaga erishish qiyin vazifa bo'lishi mumkin, ayniqsa, raqobat kuchli bo'lganda. Bugun Sizlar bilan ushbu raqobatda Sizning ajralib turishingizga yordam beradigan bir qancha maslahat bilan bo'lishmoqchimiz: 1️⃣Rezyume/Portfolioda ko'nikmalarning o'zini sanab o'tishdan tashqari, ular Sizga aynan qaysi loyihalarda as qotganini ham ko'rsatib o'ting! Ish beruvchilar Sizda nafaqat qanday ko'nikmalar borligiga, balki ulardan qanday foydalana olishingizga ham qiziqadi. Bunda Sizga rezyume/portfolioda amaliy ishlarga ham ham urg‘u berish yordam beradi: bu - kurs, amaliyot yoki shaxsiy loyihalar bo'lishi mumkin. Ular Sizning texnik bilimlaringizdan ish jarayonida samarali foydalana olishingizga isbot bo'la oladi. 2️⃣Zamon bilan hamnafas bo'ling! Texnologiya olamida rivojlanish juda tez yuz beradi, shuning uchun zamonaviy tendensiyalar va texnologiyalarni kuzatib borish juda muhim. Bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik kabi yo'nalishlarni o'rganish orqali dolzarb bilimlarni egallab boring. Bu nafaqat bilim va tajribangizni oshiradi, balki Sizni ko'proq e’tiborga loyiq mutaxassis sifatida ko'rsatadi. 3️⃣Kasbiy profilingizni mustahkamlang! LinkedIn va GitHub kabi platformalarda kuchli profil yaratish ham Sizning raqobatdoshligingizni oshiradi. LinkedInda o'z tajribangiz, ko'nikmalaringiz va yutuqlaringizni taqdim eting. GitHub profili orqali esa o'zingiz ishlab chiqqan kodlarni ulashing, “open source” loyihalarga hissa qo'shing va turli jamoalar bilan bog‘laning. Bu Sizni texnik jamoa orasida kengroq tanilishingizga yordam beradi. 4️⃣Texnik bilim bo'lgani yaxshi, ammo yumshoq ko'nikmalarsiz rivojlanish mushkul! IT sohasida texnik bilimlar juda muhim, ammo muloqot, jamoa bilan ishlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlari ham katta ahamiyatga ega. Ko'pgina ish beruvchilar ushbu ko'nikmalarga ega mutaxassislarni izlaydi. Jamoaviy loyihalarda yoki hakatonlarda ishtirok etib, bu ko'nikmalarni ko'rsatishga va rivojlantirishga harakat qiling. 5️⃣Rezyumeni har bir ish uchun moslashtiring! Ishga topshirayotganingizda, rezyume va motivatsion xatning aynan o'sha lavozimga mosligiga ishonch hosil qiling. Ish ta'rifiga mos keluvchi tajriba va yutuqlaringizni ajratib ko'rsating. Bu Sizning aniq va maqsadga yo'naltirilgan mutaxassis ekanligingizni ko'rsatadi.

1,590 views

Na-publish Okt 30

Siz qaysi tashkilotda faoliyat olib borishni istar edingiz? Izohlarda yozib qoldiring! ⬇️

721 views

#Vacancy#Vakansiya#Вакансия ‼️ Veb dizayner 🏢 Tashkilot: IT kompaniya 💵 Maosh: 3 mln – 10 mln so‘m 🌆 Hudud: Toshkent shahar ✅Batafsil ma’lumot: havola ➖➖➖ (@digitalitvacancy)

653 views

#Vacancy#Vakansiya#Вакансия ‼️ Tajribali UX/UI Dizayner 🏢 Tashkilot: Keypix 💵 Maosh: 400 – 600 $ 🌆 Hudud: Toshkent shahar ✅ Bo‘glanish uchun: @Avazov_Jasur ➖➖➖ (@digitalitvacancy)

680 views

#resume#mistakes Rezyume tayyorlashda qochish kerak bo’lgan Top-3 xatolar 1️⃣Keragidan ortiq ma’lumotlarning kiritilganligi: Rezyumega ortiqcha axborot kiritishdan saqlaning. Faqat muhim va lavozimga mos keladigan ma’lumotlarnigina kiriting. Rezyumeda ish uchun ahamiyatsiz bo’lgan ma’lumotlarni kiritish chalkashlikka olib kelib, yangi savollar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Rezyumeda faqat kerakli ma’lumotlarning kiritilishi o’zingizning ham, ish beruvchining ham vaqtini qadrlashingizni ko’rsatadi. 2️⃣Aniq natijalar ko’rsatilmaganligi: Faqat lavozimlaringiz va tajribangiz haqida gapirib, yutuqlaringizni esdan chiqarmang. Sizning nomzodingizni o'rganayotgan shaxs yutuqlaringiz bilan ham tanishishni xohlaydi. Yutuqlaringizni aniq miqdorlar yoki ulushlar ko'rinishida taqdim etish orqali o'zingizga bo'lgan qiziqishni oshirishingiz mumkin. Misol uchun: "Men dizaynini o'zgartirgan platformada foydalanuvchilar soni 30 foizga oshdi". 3️⃣ Imlo va grammatik xatolar: Imloviy xatolar e’tibordan chetda qolishi mumkin bo’lgan keng tarqalgan muammolardan biri. Kichik bo’lsa-da imloviy xatolarning mavjudligi Siz haqingizda ma’suliyatsiz degan taassurot qoldirishi mumkin.Shusababli har doim rezyumeni sinchkovlik bilan tekshirib chiqish zarur. Ish beruvchilar "detail-oriented", ya'ni ziyrak insonlarni xush ko'rishadi. @digitalitvacancy

857 views

Na-publish Okt 25

📖Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi"Job&Edu Fest" loyihasi doirasida "IT karyera" kanalini ishga tushirdi Kanalda IT mehnat bozoridagi eng talabgir yo'nalishlar bo'yicha vakansiyalar berib boriladi. Kanalga obuna bo'ling va muvaffaqiyatli IT karyera uchun munosib kasbni tanlang! ➡️Turon Telecom | Project Manager ➡️Turon Telecom | Backend Developer ➡️Turon Telecom | Technical Lead ➡️Mohirdev | Graphic Designer ➡️Uzinfocom | Project Manager ➡️Uzinfocom | Business Analyst ➡️Uzinfocom | Go Developer ➡️Uzinfocom | Senior PHP engineer ➡️Uzinfocom | Senior JAVA developer ➡️Uzinfocom | UI/UX Designer ➡️Uzinfocom | System analyst ➡️Ecoplatinum | Call Operator ➡️T4data | Business Intelligence Systems Developer ❗️ Eng so'nggi vakansiyalar uchun bizni kuzatib boring: @digitalitvacancy 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin

470 views

Na-publish Okt 24

❇️ Frontend dasturchi kerak! 🏛 Kompaniya: Tenge Bank 💵 Maosh: 15 mln so'm + 📍 Manzil: Toshkent shahri Talablar: • Rus tilini bilish shart* • HTML, CSS, JavaScript, Git (gitlab) tillarini bilish; • Frameworklar bilan ishlash tajribasi: Vue 3, Vue 2, Nuxt, TypeScript; • Boshqa odamlarning kodini o'qish va tushunish qobiliyati; • Birlik testlarini yozish qobiliyati (Jest); • REST API bilan ishlash tajribasi; • Brauzerlar o'rtasidagi muvofiqlikni tushunish; • Moslashuvchan tartibni bilish; • Moslashuvchan rivojlanish metodologiyalarini tushunish (Agile). Takliflar: • Toshkentda ish bilan to'liq ish kuni, • Fintech loyihasini ishga tushirishda ishtirok etish imkoniyati, • Xalqaro ish tajribasiga ega bo'lish imkonini beradigan qiziqarli va qiyin vazifalar, • Karyera o'sishi. ☎️ Bog‘lanish: Rezyumeni @iamxlex manziliga yuboring @digitalitvacancy

1,100 views

❇️ Grafik dizayner kerak 🏛 Kompaniya: Socialprime -Ish grafigi:offline 💵 Maosh: 4.000.000 📍 Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani 12daha Lutfiy.65 — Ish holati - #aktiv Talablar: - Kamida 1 yillik tajriba -O'zining shaxsiy kompyuteriga ega bo'lgan - ishlarni deadline asosida bajara oladigan Mas’uliyatli ☎️ Bog‘lanish: @Socialprime_uz @digitalitvacancy

542 views

Hashtags

Na-publish Okt 24

❇️ Frontend dasturchi kerak (VueJs) 🏛 Kompaniya: Najot Ta‘lim 💵 Maosh: 8-24 mln so‘m 📍 Manzil: Farg‘ona Talablar: - O‘zbek tilini mukammal bilish; - Vue JS ni amalga oshirishda kamida 2+ yillik tajriba; - Javascript dasturlash tilini yaxshi bilish; - Vue JS va VueX bilan amaliy tajriba; - HTML/CSS bo'yicha yuqori darajadagi tajriba; - SASS va Bootstrap-ni yaxshi tushunish; Takliflar: - Til o'rganish va kitob sotib olish uchun chegirmalar; - Qarindoshlaringizni IT sohalarida o'qitish uchun chegirma; - Kontrakt to'lovingizni oylikdan ushlab qolish sharti bilan bir martada, oldindan to'lab beramiz; - 300 dan ortiq mutaxassislar bilan networking; - Pedagogik ko'nikmalarni oshirish uchun treninglar; - Turli mavzularda maxsus master-classlar; - Samaradorlikka ko'ra oylik maoshning oshishi; - Kuchli, ahil jamoa! ☎️ Bog‘lanish: Havola @digitalitvacancy

517 views
12•••10•••20•••30•••3839404142