TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Bumalik sa listahan ng channel
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT CHAT

Digital.edu IT Career

@digitalitvacancy

Career

Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]

Mga Subscriber1,220Kasalukuyang mga subscriber
Mga naka-track na post502Bilang ng naka-index na post
Kamakailang abot9,665Kabuuan ng kamakailang mga view
Mga kamakailang post

Mga kamakailang post

Pahina 39 ng 42 · 502 post

Na-publish Nob 19

Rezyumeda aldash mumkinmi? Ba’zi paytlar sizga yoqqan vakansiyada ish tajribasi siznikidan sal ko‘proq yozilgan bo‘ladi, deylik 3 yil, siz esa 2 yil 3 oy tajribangiz bor yoki mana bu qo‘shimcha texnologiyani bilish kerak deyilgan bo‘ladi, siz esa uning muqobili bilan tajribangiz katta. Shunday paytlarda nima qilish kerak? Aldash kerakmi yoki to‘g‘risini yozish kerakmi? Aldasa bo‘ladi: 👉 O‘zim oldin ko‘pincha, agar tajriba yillarim vakansiyaga yetmasa, ba’zi boshqa ish joylaridagi tajribamni qo‘shib yozardim, to‘laqonli dasturchi bo‘lib ishlamagan bo‘lsam ham. Siz ham bilimlaringizga ishonsangiz, ozgina vaqtni frilanser sifatida ishlaganman deb qo‘ysangiz bo‘ladi. Lekin yaxshi ish beruvchilar, agar nomzod yaxshi bo‘lsa, 3-6-9 oy qo‘shimcha tajribangiz yetmasa ham olaverishadi. 👉 Texnologiyani/freymworkni bilmasangiz, muqobili bilan tajribangiz bo‘lsa shuni, bo‘lmasa kerakli texnologiyani qo‘shib (novice) yoki (beginner) deb qo‘ysangiz bo‘ladi. Lekin buning uchun albatta texnik suhbatgacha rostdan ham novice darajasida o‘rganish kerak. Texnologiya aynan nega kerak, asosiy featurelari nima va qanday concept ustiga qurilgan, shu savollarga noqal javob bera olishingiz kerak, agar iloji bo‘lsa, kichik bir template project tayyorlab ko‘rsangiz yanada yaxshi. Bu holatda, agar kerakli nomzod topa olishmasa, sizni olib, ozgina o‘rgatishga vaqt sarflashni ma’qulroq deb topishligi ehtimoli ortadi. Aldasa bo‘lmaydi: 👉 Umuman boshqa soha vakili bo‘lib turib, shu sohada tajribam bor deb bo‘lmaydi. SMM chi bo‘lib turib, dasturchiman deb bo‘lmaydi. Ozgina o‘rgangan bo‘lsangiz ham. Qo‘shimcha tajriba sifatida yozish mumkin. 👉 Boshqa yo‘nalishda ishlab turib, bu yo‘nalishda tajribam bor deyish ham noto‘g‘ri, frontendchi bo‘la turib, backendchiman deyish notog‘ri. 👉 Oliy ma’lumot so‘ralgan joyga ma’lumotim bor deb bo‘lmaydi, chunki bu punkt bo‘lsa, ko‘p holatlarda u aniq tekshiriladi. 👉 Til bilish bo‘yicha aldamagan ma’qul, chunki suhbat davomida sharmanda bo‘lishingiz mumkin. P.S.1 Bu mening shaxsiy fikrim, umuman olganda aldamagan ma’qul, yaxshisi HR/Recruiterga sharoitni to‘g‘ri tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin degan holatni o‘zingiz yasab olasiz 😉 P.S.2 Postdagi gif bekorga emas, nima bo‘layotganini kim ayta oladi? 😅 @khumoyun_codes

669 views

Na-publish Nob 19

‼️ Texnik yozuvchi – tizim tahlilchisi 🏢Uzinfocom 💵Suhbat natijalariga ko'ra ✅ Batafsil ma'lumot (https://uzinfocom.uz/uz/company/career/tekhnicheskii-pisatel-sistemnyi-analitik-ru-22) @digitalitvacancy

580 views

Na-publish Nob 17

Dasturchilar uchun netvorking qanchalik muhim? 🛠 Ko‘pchilik dasturchilarni introvert sifatida tasavvur qiladi va ular uchun professional aloqa ortiqcha deb o‘ylaydi. Aslida esa IT sohasida muvaffaqiyat qozonish uchun texnik bilimlar bilan bir qatorda keng professional tarmoq ham muhim ahamiyat kasb etadi. ❓ Netvorking nima? Oddiy qilib aytganda, bu Sizning professional doirangizni kengaytirish, yangi tanishlar orttirish va bu aloqalar orqali ma’lumot yoki imkoniyatlar olishdir. Ish o‘rinlari bozorining katta qismi – "yashirin bozor" – bu Sizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif qilinadigan ish o‘rinlaridan iborat. Ko‘pincha bu takliflar faqat yaqin aloqa doirasi orqali tarqaladi. Netvorkingning kuchi: ✅ Aloqalar imkoniyatlar eshigini ochadi. Siz bilgan har bir kishi boshqa 10 kishini biladi. Kimdir Sizga kerakli kompaniyada ishlashi yoki kerakli ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin. ✅ Ish beruvchilar uchun ishonchli tanlovga aylanasiz. Kompaniyalar ko‘pincha ichki tavsiyalar orqali ishchilarni qabul qilishni afzal ko‘rishadi. Agar Sizni ish beruvchiga ishonchli tanishingiz tavsiya qilsa, bu Sizga katta afzallik beradi. ✅ Bozorni tushunishni osonlashtiradi. Siz sohaning dolzarb yo‘nalishlari, yangi talablar va imkoniyatlarni bilib borasiz. 💡 Ha, aytganday, samimiy bo‘lishni unutmang: netvorking faqat foyda olish uchun emas, o‘zaro yordam va samimiy aloqalar qurish uchun ham o‘rnatilishi kerak. 👨‍💻 Netvorking ish izlab topishda katta yordam beruvchi sinalgan metodlardan. Tajribangizni oshirish va mehnat bozorida o‘zingizni ko‘rsatish uchun professional doirangizni kengaytirishni bugundanoq boshlang! @digitalitvacancy

1,760 views

Na-publish Nob 15

Back-End Developer 🏢 Tashkilot: Turon Telecom 📚 Texnologiya: Java, Phyton, Ruby, PHP 📞 Bog'lanish: +998 (99) 0302998, [email protected] 🌐 Hudud: Toshkent shaxri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 9:00 - 18:00 💰 Maosh: Suhbat asosida @digitalitvacancy

819 views

#Вакансия#Vacancy#Vakansiya ‼️Backend dasturchi 🏢Uzinfocom ✅ Batafsil ma’lumot (https://uzinfocom.uz/uz/company/career/php-razrabotchik-ru-7) ➖➖➖ (@digitalitvacancy) ‼️Biznes tahlilchi 🏢Uzinfocom ✅ Batafsil ma'lumot (https://uzinfocom.uz/company/career/analitik-ru-13) @digitalitvacancy

708 views

#resume#mistakes Rezyume tayyorlashda qochish kerak bo’lgan xatolar: 2-qism Sizning rezyume boshqa yuzlab nomzodlarnikidan ajralib turishi uchun uning dizayniga ham e'tibor qaratish lozim. Bugun Sizlar bilan rezyume tayyorlashda tez-tez takrorlanadigan dizayn bilan bog'liq xatolarga e'tibor qaratamiz. 1️⃣ Keraksiz yoki noto’g’ri formatdagi rasm: Rezyume tayyorlayotganda rasm tanlashga shoshmang. Rezyumega suratingizni joylash har doim ham talab etilmaydi. Rasm qo’yishni istasangiz, u professional ko’rinishda bo’lishi zarur - selfie emas😉 Professional bo’lmagan, sifati past surat Sizni jiddiy qabul qilmasliklariga sabab bo’lishi mumkin. 2️⃣Rezyume hajmining uzun bo’lib ketishi: Rezyumeda vakansiya uchun muhim bo’lmagan ma'lumotlarni kiritish uning cho’zilib ketishiga olib keladi va biz buni tavsiya qilmaymiz. Ish beruvchilar rezyumelarga ko’p vaqt sarflamaydi. Ularning ham, o'zingizning ham vaqtingizni hurmat qiling va faqat eng muhim va dolzarb tajriba va yutuqlaringizni qisqa va lo'nda yoritib berishga harakat qiling. 3️⃣Dizayn va bezaklardan haddan tashqari ko'p va didsiz foydalanish: Juda ko’p grafik elementlar va ranglar rezyumening tushunarlilik darajasini pasaytiradi. Rezyume bilan tanishayotgan odamga qulaylik yaratish uchun oddiy va professional ko’rinishga ega dizayndan foydalaning. @digitalitvacancy

878 views

Frontend interviewlarga tayyorgarlik Suhbatlarga tayyorgarlik ko'rayotganda odatda quyidagi resurslardan foydalanaman, o'ylaymanki foydali bo'ladi bilmaganlar uchun. Foydali linklar 🔗 Coding savollari va qo'shimchalar: https://bigfrontend.dev/ JavaScriptdan outputlarni topish bo'yicha savollar (men eng qiynaladigan qismim 😬): https://github.com/lydiahallie/javascript-questions Frontend intervyu savollari, deyarli barcha yo'nalishlar bo'yicha (Rus tilida): https://github.com/YauhenKavalchuk/interview-questions?tab=readme-ov-file JavaScript intevyu savollari: https://github.com/sudheerj/javascript-interview-questions React intervyu savollari: https://github.com/sudheerj/reactjs-interview-questions System design va Tier 1 kompaniyalarda tushadigan savollar: https://www.frontendinterviewhandbook.com/ https://www.greatfrontend.com/ Men ham yaqin orada JoshDeveloper va shahzodcodes o'tkazayotgan interviewlarda chiqib qolsam ajabmas 🌚 P.S. Sharing is caring, foydali bo'lsa, ulashing 😉 #foydali#useful#resources#links @khumoyun_codes

548 views

Na-publish Nob 6

Middle Flutter Developer kerak: 🏢 Idora: UIC group 📚 Texnologiya: Rest API, GraphQL, WebSocket, Git, Github, Gitlab 📞 Bog'lanish: @hr_3003 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 9:00 - 18:00 💰 Maosh: 15 000 000 - 20 000 000 Qo'shimcha ma'lumot uchun: https://uic.group/vacancy/19 @digitalitvacancy

769 views

Na-publish Nob 6

AI ENGINEER kerak: 🏢 Idora: UIC group 📚 Texnologiya: Python, TensorFlow, PyTorch yoki shunga o'xshash ML Frameworks 📞 Bog'lanish: @hr_3003 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 9:00 - 18:00 💰 Maosh: 5 000 000 - 25 000 000 ‼️ Qo`shimcha: TTS va STT tizimlarida tajriba Qo'shimcha ma'lumot uchun: https://uic.group/vacancy/28 @digitalitvacancy

699 views
12•••10•••20•••30•••373839404142