TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
返回频道列表
Co-Learning Center avatar

TGINSIGHT CHAT

Co-Learning Center

@colearninguz

教育

𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿 💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim 💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati 🎓 Tadbirlar uchun maydon 📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona ☎️ +998900073306

Subscribers497频道当前订阅规模
Tracked posts343频道帖子计数
Recent reach14,667最近帖子视图总和
Recent posts

最近帖子

第 3/29 页 · 共 343 条

发布 4月20日

🌙Qutlug‘ ayyom — Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz! Ramazon hayiti bilan barchangizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz. 💫 Uyingiz fayz-barakaga, qalbingiz esa baxtga to‘la bo‘lsin, rivojlanishdan va yangi bilimlarni egallashdan aslo to‘xtamang! Sizga va oilangizga tinchlik, xotirjamlik va salomatlik tilaymiz! @colearninguz

1,920 views

发布 4月20日

🥳Bitiruvchilarimizga omad tilaymiz! Kecha Co-Learning Center markazimizda "Adobe Illustrator" kursimiz o'quvchilarining bitiruv marosimlari bo'lib o'tdi. 🏆 O'quvchilarimiz grant asosida tashkillashtirilgan kursda 3 oy davomida muvaffaqiyatli tahsil oldilar. ⚡️Bitiruvchilarimiz o'z sohalari bo'yicha zarur bilimlarni egallab ularni amalda sinab ko'rishga, kelgusida yuqori malakali dizayner bo'lish va mentorlarini mehnatini oqlashga tayyor. @colearninguz

1,580 views

发布 4月6日

🚀 SMM menejerlar uchun foydali ilovalar Boshqa yo'nalishlarda bo'lgani kabi SMM sohasida ham ishni yengillashtiruvchi ilova va saytlar mavjud. Yuqoridagi post orqali bu ilovalardan ayrimlarini sizlarga tavsiya qilmoqchimiz. ⚡️ Ushbu tavsiyalarimiz SMM'ga endigina qadam tashlagan va bu sohaga qiziqishi bo'lgan insonlar uchun foydali bo'ladi, degan umiddamiz. 🤔SMM menejerlar uchun yana qanday ishni yengillashtiruvchi foydali ilovalarni bilasiz? @colearninguz

1,420 views

发布 4月6日

⚡️ SMM sohasini o‘rganishni boshlagan bo‘lajak SMM mutaxassislari uchun foydali post tayyorlab qo‘ydik. ⏳Bugun 18:00 da postni taqdim etamiz. Post nima haqida deb o‘ylaysiz?Javobingizni izohlarda yozib qoldiring. @colearninguz

1,020 views

发布 4月6日

947 views

发布 3月31日

Kreativlik tug'ma yoki tarbiya orqali rivojlanishi mumkinmi? 💡Kreativlik - bu asl va g‘ayrioddiy g‘oyalarning haqiqatga aylanishi. Baʼzilar ijodkorlikni tabiiy isteʼdod deb hisoblasa, boshqalari uni amaliyot va yangi g‘oyalar orqali rivojlantirish mumkin deb hisoblashadi. ⚡️ Kundalik hayotda yangi joylarga borib, sayr qilish, o'zi bilan daftar va qalam olib, kuzatishlarni yozib borish ijodkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. 🤔 Siz nima deb o‘ylaysiz, kreativlik tug‘ma bo‘ladimi? @colearninguz

1,160 views

发布 3月22日

Ramazon oyi muborak bo’lsin! 🌙 Ramazon oyi barcha musulmonlar uchun maʼnaviy poklanish va asrlar davomida shakllangan qadriyatlarimizga intilish oyidir. Shu bilan birga bu oyda insonlar bir biriga mehr-oqibat koʻrsatishga, savobli ishlarni qilishga oshiqadilar. ✨ Muborak Ramazon oyini munosib oʻtkazishingiz uchun barchangizga kuch va sabr-qanoat tilab qolamiz! @colearninguz

1,170 views

发布 3月20日

🕊Navro'zi olam muborak! "Co-learning Center" jamoasi barcha yurtdoshlarimiz va markazimiz o'quvchilarini yasharish va yangilanish, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik ramzi – Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etadi. 🎗 Sizlarga omad, ishlaringizda muvaffaqiyat, maqsadlaringiz sari olg'a intilish uchun kuch-quvvat tilaymiz! @colearninguz

1,030 views

发布 3月13日

🫥G‘oyaviy inqiroz qachon ro‘y beradi? 🔝 Avvalgi postimizda dizaynerlarni ilhomlantiruvchi TOP-5 ta veb-sayt haqida maʼlumot berib o‘tgan edik. Endi esa, dizaynerlarda qachon va nima uchun g‘oyaviy inqiroz yuzaga kelishi haqida suhbatlashamiz. Dizaynerlardagi g‘oyaviy inqiroz odatda, dizayner noodatiy va original dizayn yaratmoqchi bo‘lgan vaqtda ro‘y beradi. 💡 Bunday holatlarda eng to‘g‘ri yechim, bu to‘g‘ri ilhomlanishni o‘rganish. Siz biror original narsa yaratmoqchi bo‘lsangiz bu degani boshqa narsalardan, dizaynlardan ilhomlanmasligingiz kerak degani emas. Bunday vaqtlarda sayr qilish, biroz chalg‘ish va atrofga kengroq nazar solish kerak. Atrofda bizni ilhomlantiruvchi, kreativ g‘oya beruvchi holatlar juda ko‘p. 📝 Siz bunday holatlarda qanday usullardan foydalanasiz? Izohlarda yozib qoldiring. @colearninguz

1,160 views

发布 3月7日

🎉IT sohasidagi barcha ayol-qizlarni bayram bilan tabriklaymiz! Co-Learning Center jamoasi barcha ayol-qizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etadi. 🎗 Shu bilan birga IT sohasida ta'lim olayotgan barcha ayol-qizlarimizga yuksak marralarni zabt etishlarini va shu sohani rivojlantirishga o'z hissalarini qo'shishlarini tilab qolamiz. Bayramingiz muborak bo'lsin! @colearninguz

1,070 views

发布 3月6日

Grafik dizaynerlik sohasini mustaqil oʻrganishmumkinmi? 📹 Grafik dizaynerlik sohasini YouTube orqali mustaqil tarzda oʻrganish ham mumkin. Buning uchun You Tubeʼda maʼlumot va videodarslar yetarli miqdorda koʻp. Ammo, darslarni yaxshi oʻzlashtirish uchun chet tillarini xususan, ingliz va rus tillarini bilish zarur. 🫥 Grafik dizaynerlikni texnik tarafdan oʻrganish murakkab emas, bu sohada koʻproq kreativlik talab etiladi. Bunda esa, amaliyot qilish muhim ahamiyatga ega. Nisbatan osonroq loyihalar bilan ishlab nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash zarur. 👨‍🏫 Ammo grafik dizaynerlikni ustoz orqali oʻrganish sizga tartib asosida tezroq va sifatli bilim olish imkoniyatini taqdim etadi. @colearninguz

1,170 views

发布 3月3日

🚀 “Programming contest” kichik musobaqa Master-klassimizning birinchi kunida algoritmlash haqida nazariy bilimlar so’ng esa, real masalalar ishlash jarayoni bo’lib o’tdi. 🔥 Ertaga esa, master-klassning ikkinchi kunida dasturlash bo’yicha kichik musobaqa tashkillashtirilmoqda. Musobaqada ishtirok etish uchun sizdan dasturlash bo’yicha boshlang’ich bilimga ega bo’lish talab etiladi. Dasturlash sohasida bilimlarini sinab ko’rishni istagan shijoatli ishtirokchilarni ertaga, 4-mart kunisoat 16:00 da “Co-Learning Center”da kutib qolamiz. 🤩 Ha aytgancha, g’oliblarga maxsus sovg’alar ham taqdim etiladi. Musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishni unutmang! 👉Ro’yxatdan o’tish uchun @colearninguz

1,020 views
12345•••10•••20•••2829