TGINSIGHT CHAT
Co-Learning Center
@colearninguz
教育𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿 💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim 💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati 🎓 Tadbirlar uchun maydon 📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona ☎️ +998900073306
最近帖子
第 5/29 页 · 共 343 条
发布 1月17日
🔥 15 nafar qahramon bilan 2 oylik safar boshlandi! Kecha, 16-yanvar kuni Adobe Illustrator kursining birinchi darsi boʻlib oʻtdi. 🎯 Dars davomida oʻzaro tanishuv, kursning maqsad va vazifalari, qonun-qoidalari shuningdek, dars mavzulari haqida tushuncha berildi. Barcha oʻquvchilarimizga omad tilab, yuqori natijalarni kutib qolamiz! @colearninguz
发布 1月14日
Bayramingiz muborak bo'lsin! 🪖 Vatanni himoyalash nafaqat chegaralarimizda turgan posbonlarimiz bilan bir qatorda informatsion texnologiyalar olamida kiberxavfsizligimizni ta'minlayotganlarning ham bayramidir. 🎉 Shunday ekan, “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” bilan barcha vatan himoyachilarimizni tabriklaymiz. @colearninguz
发布 1月12日
Adobe Illustrator kurs ishtirokchilari aniqlandi 🚀 Ushbu kurs uchun 100 dan oshiq talabgor roʻyxatdan oʻtdi. Dastlabki bosqichda shundan 40 nafari motivatsion xatlariga tayanib tanlab olindi hamda kurs mentori tomonidan suhbatdan oʻtkazildi. Jami 15 nafar nomzodlar saralab olindi. 🎉Ishtirokchilar bilan tanishing! 1. Oʻktamjonova Farangis 2. Abrorov Shuhrat 3. Azimov Abdulla 4. Tursunova Mushtariybegim 5. Roziqova Dilfuza 6. Usmonov Ismoilxon 7. Mustafoyeva Ximoyat 8. Abduvoxobova Lutfiniso 9. Xafizova Zulayho 10. Narimonov Umarbek 11. Momedov Mustafo 12. Vohobova Nargiza 13. Xamidova Gulrux 14. Xalilova Malika 15. Samiyev Samariddin Eslatib oʻtamiz, mazkur ishtirokchilar Co-Learning Center'da Adobe Illustrator yoʻnalishi boʻyicha bepul tahsil oladilar. 🤝 Co-Learning Center ushbu tanlovga bee'tibor boʻlmasdan, ishtirok etgan barcha yoshlarga samimiy minnatdorchiligini bildiradi. 🔥Kurs ishtirokchilarini hayotlaridagi muhim qaror va g'alaba bilan tabriklaymiz, oʻqishlarida omad tilab qolamiz! @colearninguz
发布 1月9日
🎤Soʻnggi bosqich: Suhbat jarayoni Co-Learning Center va INHA universiteti hamkorligidagi Adobe Illustrator yoʻnalishi boʻyicha eʼlon qilingan kursga roʻyxatdan oʻtish 1-yanvar kuni yakunlangan edi. 🎯 Ushbu kurs uchun 100 dan ortiq talabgor roʻyxatdan oʻtdi. Dastlabki bosqichda shundan 40 nafari tanlab olindi. Endi esa hayajonli daqiqalar yaqinlashmoqda. Sababi, bugundan suhbat jarayoni boshlanadi. Kurs ustozi tomonidan 15 nafar nomzod saralab olinadi. ✅ Suhbat jarayonida yoshlarning sohaga qay darajada qiziqayotgani, nima uchun oʻrganmoqchi ekanligi va kelajagini qanday tasavvur qilayotgani alohida e'tiborga olinadi. 📣 Talabgorlar bilan suhbat jarayoni ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etiladi. Natijalar esa, 15-yanvarga qadar eʼlon qilinadi. @colearninguz
发布 1月6日
💸Dasturchilar qancha maosh oladi? Sir emaski, IT sohasi dunyodagi eng istiqbolli va yirik moliyalashtirilgan sohalardan biridir. 💰 Ish haqi masalasi dasturchi boʻlishni istaydigan har bir kishini qiziqtiradi. Aslida, dasturchining ish haqi oʻzgarib turadi va bu mutaxassisning dasturlash tillarini bilish darajasi va tajribasiga bogʻliq. Mantiqan olib qaraganda, IT mutaxassisi qanchalik tajribali boʻlsa, uning maoshi shunchalik baland boʻladi. Yuqoridagi postlar orqali HH.uz sayti maʼlumotlariga koʻra dasturchilar qancha oylik maosh olishlarini bilib olishingiz mumkin. ❗️Har bir oylik maosh summasi uchun maʼlum bilim, koʻnikma va talablar qoʻyilishini ham unutmasligimiz kerak. @colearninguz
发布 1月3日
发布 1月3日
💻 Diplomsiz dasturchi boʻlish mumkinmi? Dasturchi boʻlish yaxshi oylik maosh, masofadan ishlash imkoniyati va qiziqarli ish boʻlganligi uchun hozirgi vaqtda juda yaxshi kasb sanaladi. Bu kasb boʻyicha eng keng tarqalgan savollar, “Dasturchilarga diplom kerakmi?”, “Katta kompaniyalarga diplomsiz kirsa boʻladimi?” kabilardir. Dasturchi boʻlish uchun kerakli bilimlarni olish yoʻllari koʻp: universitet, onlayn kurslar/maqolalar va bootcamp'larga borish orqali. Har qanday sohada mutaxassis boʻlish uchun universitetga borish shart emas, bunga koʻp misollar topsa boʻladi. Shuningdek dasturchi boʻlish uchun ham universitetga borish shart emas. 🎓 Ammo maʼlumotlarga koʻra, katta texnologik kompaniyalardagi 75% ga yaqin dasturchilar kamida bakalavr darajasini olishgan. Shunday ekan, siz tanlagan universitet sizga kerakli bilimlarni bersa, sizni talabingizni qondirsa oʻqish optimal usul. Agar siz tanlagan universitet yaxshi bilim bermasa, boshqa kurslardan bilim olish kerak. Universitetga esa, diplom va muhit uchun borgan afzalroq. @colearninguz
发布 1月2日
🤩 Yangi yil uchun sizlarga ajoyib yangilik! Koʻplab kuzatuvchilarimiz xohish-istaklariga koʻra yaqin kunlarda 3 kunlik Workshop tashkillashtirish niyatidamiz. Workshop qaysi yoʻnalishda boʻlishini xohlaysiz?
发布 12月31日
❄️Yangi yilingizbilan! Yangi 2023-yilingiz muborak boʻlsin. Co-Learning Center jamoasi barchani yangi yil bayrami bilan chin qalbdan tabriklaydi va ezgu niyatlarni tilab qoladi. ⚡️ Yangi yilda yangi maqsadlar, yangi bilimlar sari intilishingiz va yangi yutuqlarga erishishingiz tilakdoshimiz! @colearninguz
发布 12月29日
⚡️Dizaynerlarni ilhomlantiruvchi TOP-5 veb-saytlar ⏳ Vaqti-vaqti bilan professionallarning ijod namunalariga nazar tashlash, ularning ishlaridan ilhom olish ham foydalidir. Co-Learning Center jamoasi dizaynerlarni ilhomlantiruvchi eng yaxshi veb-saytlar roʻyxatini taqdim etadi. 🫥 Yana unutmangki, ijodkor inson nafaqat hamkasbining ishidan balki atrofidagi, tabiatdagi narsalardan ham ilhomlanishi mumkin. Ha aytgancha, Adobe Illustrator kursi uchun qabul hamon davom etmoqda. Kurs uchun roʻyxatdan oʻtdingizmi? 👉Kursga roʻyxatdan oʻtish @colearninguz
发布 12月28日
Eslatma! 📝 Adobe Illustrator kursi uchun roʻyxatdan oʻtish 2 bosqichdan iborat: 1-bosqich: Havola orqali roʻyxatdan oʻtish va motivatsion xat qoldirish. 2-bosqich: Mos ishtirokchilar bilan onlayn yoki oflayn suhbat jarayoni. @colearninguz
发布 12月28日
⚡️Shoshiling! Adobe Illustrator kursi uchun roʻyxatdan oʻtish yakunlanishiga 1 kun qoldi. 🚀 Turli xil naqshlar, vektorli grafikalar va murakkab rasmlar chizishga qiziqasizmi? Bu sohada bepul taʼlim olishni istaysizmi? U holda hoziroq quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting va motivatsion xat qoldiring! 👉Ro'yxatdan o'tish uchun @colearninguz