TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
IT suhbat avatar

TGINSIGHT CHAT

IT suhbat

@it_suhbat

Technologien

Faqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad

Abonnenten894Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge1,011Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite11,649Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 12 von 85 · 1,011 Beiträge

Gepostet 18. Aug.

Bugungi masala va yana bitta medium masala juda qiziq ekan. Ishlab ko'rishni tavsiya beraman.

901 views

Gepostet 17. Aug.

O'ylab qarasam, birinchi marta junior va senior tushunchalarini qurilishda ishlagan paytim uchratgan ekanman. 15-16 yoshimda yozgi ta'tilda qurilishga ishga chiqqanman. Kuniga 20 mingdan berardi bizga. Katta usta bor edi, u 80 ming olardi)) Sababi uyning qurilishi, mustaxkamligi, bizlarni ishlatish va hokazo mas'uliyatli ishlar uning bo'ynida edi. Mas'uliyatni bo'yningizga olganingiz sari ko'tarilasiz. Har tomonlama. @it_suhbat

1,150 views

Gepostet 16. Aug.

Kelgan g'oyani oxirigacha va 100% optimallik bilan bajarguncha shuncha urinish ketdi. Bugungi masala qiziq ekan, Bir qarashda oson, lekin nozik joyi bor ekan)) @it_suhbat

1,100 views

Gepostet 16. Aug.

Kelgan g'oyani oxirigacha va 100% optimallik bilan bajarguncha shuncha urinish ketdi. Bugungi masala qiziq ekan, Bir qarashda oson, lekin nozik joyi bor ekan)) @it_suhbat

943 views

Gepostet 16. Aug.

Millat sifatida rivojlanishimiz kerak. Vijdonini sotganlar o'z yo'liga, ular yaloqilik qilib yuraverishsin. O'zbekman deb g'ururlanadiganlar, harakat qilinglar, kuch biz tarafda bo'lsin. Shartni biz qo'yaylik, talabni biz qo'yaylik. Bizni yerlarga kelib, bizning orqamizdan non yeb, bizga shart qo'yishmasin. Uyqusiz tunlar, qattiq mehnat, intizomning qiyinchiliklariga tayyor turing. Yutuqqa erishib, sizga so'z berilsa o'zbekchada gapirishdan uyalmang. Har sohada chempion bo'ling, gapingizni kerak bo'lsa tarjima qilib eshitishadi.

755 views

Gepostet 15. Aug.

Kanal faoliyati ham pastga qarab ketibdi)) Hudo xohlasa oz qoldi, yaxshi yangilik bilan qaytish qilamiz. Bunga 2-3 oy kerak hali. Ungacha barcha xalal beradigan ishlarni hal qilib olamiz. Hozircha miyani charxlab, leetcode ishlab turaylik)) @it_suhbat

877 views

Gepostet 15. Aug.

Orada tanaffus bo'ldi. Shaxsiy-oilaviy hayotimda o'zgarish bo'lgani uchun ish, shaxsiy rivojlanish va sportga bo'lgan e'tibor oxirgi oyda ancha kamayib ketdi va mana naqd 6 kun leetcode uzilib qoldi. Kelgan joyidan davom ettiramiz)) Bugungi masala easy ekan. Yoqimli ishtaha! @it_suhbat

828 views

Gepostet 9. Aug.

Birinchi o'rinni kim olgandi?

1,290 views

Gepostet 9. Aug.

😢 streak... Kecha shunaqangi band kun bo'ldiki, leetcode borligi hayolimga ham kelmabdi. Mayli, hechqisi yo'q. Yana boshidan boshlaymiz.

999 views

Gepostet 7. Aug.

Ishni tizimli tashkil qilishda bir nechta oraliq pozitsiyalar bor. Ya'ni biznes va dasturchi o'rtasini bog'lovchi va boshqaruvchi. Bu o'z-o'zidan bir nechta mutaxassislarni talab qiladi va agar talab qilingan mutaxassislar o'z ishini yaxshi bajarmasa, jarayon juda ham murakkablashib ketadi, ish sur'ati sustlashadi. 2 ta yaxshi mutaxassis topishdan ko'ra 5 ta yaxshi mutaxassis topish anchagina qiyin. Shuning uchun agar yaxshi mutaxassis bo'lmasa, tizimni murakkablashtirishning keragi yo'q. Tushunmovchiliklarni "eski" usulda hal qilish ham mana shunday vaziyatlarda qo'l kelib qolishi mumkin. Sizning fikringiz... @it_suhbat

1,060 views

Gepostet 7. Aug.

Bu masalani JavaScript'da ishlashingiz kerak, lekin bu uchun JavaScriptni bilishingiz shart emas😂

847 views

Gepostet 7. Aug.

String[] a = new String[]{"", " One", " Two", " Three", " Four", " Five", " Six", " Seven", " Eight", " Nine"}; String[] b = new String[]{"", "", " Twenty", " Thirty", " Forty", " Fifty", " Sixty", " Seventy", " Eighty", " Ninety"}; String[] c = new String[]{" Ten", " Eleven", " Twelve", " Thirteen", " Fourteen", " Fifteen", " Sixteen", " Seventeen", " Eighteen", " Nineteen"};

899 views
12•••5•••101112131415•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485