TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
IT suhbat avatar

TGINSIGHT CHAT

IT suhbat

@it_suhbat

Technologien

Faqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad

Abonnenten894Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge1,011Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite14,266Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 11 von 85 · 1,011 Beiträge

Gepostet 8. Sept.

#mock#test Unit test yozishda biror sinfning private modifikatorli maydoniga o'zimizga kerakli qiymat berish uchun org.springframework.test modulining ReflectionTestUtils sinfidan foydalanishimiz mumkin. Aytaylik, biz RateService sinf metodlarini test qilmoqchimiz. U yerda private modifikatorli rateUrl nomli maydon bor va uni @Value annotatsiyasi orqali qiymat o'zlashtiradigan qilib yozganmiz. Bu holda aynan shu maydonga MockWebServer manzilini o'zlashtirish uchun quyidagicha yondoshsak bo'ladi: ReflectionTestUtils.setField(rateService, "rateUrl", String.format("http://%s:%d", mockBackEnd.getHostName(), mockBackEnd.getPort())); Agar bu sinf sizda topilmayotgan bo'lsa, spring-boot-starter-test (spring boot loyihalari uchun) yoki spring-test(spring framework loyihalari uchun) dependency'larini qo'shishingiz kerak bo'ladi. @it_suhbat

1,080 views

Hashtags

Gepostet 30. Aug.

👉Savollar Tanlovining 5-roundiga start berildi! Bu tanlovda bizga bellashuv savollarini yuborib pul mukofotiga ega bo’lishingiz mumkin Bu safargi tillar ☕️Java - 3 million so’m 🐍Python - 1 million so’m ⚙️JavaScript - 1 million so’m ⏰ Yakunlanish vaqti: 13-sentabr, 23:59 📍Savollarni bu yerda bizga jo’nating: bizdan.tandir.app #tanlov#java#python#javascript

1,180 views

Gepostet 29. Aug.

Bizda haqiqiy maʼnoda stand-up😅 Oldin kunlik stand-up ertalab soat 10:45 da oʻtkazilar edi. Lekin buning bir qancha minus taraflari bor. Ulardan biri, misol uchun, kunning birinchi qismida fokus bilan uzoq ishlash qiyin. Sababi daily'ga kirish kerak degan hayol 10:45 gacha ishlashga qoʻymaydi, undan keyin tushlikkacha kam vaqt qoladi. Keyin stand-up'ni kunning oxiriga, 17:45 ga koʻchirishni taklif qildim. Bu sprint shunday ishlaymiz va retroda hamma oʻz fikrini bildiradi. Siz nima deb oʻylaysiz, stand-up'ni kunning birinchi yarmida qilgan yaxshimi yoki kun yakunida? @it_suhbat

1,130 views

Gepostet 28. Aug.

#lock Concurrency'da lock tushunchasining o'rni katta. Bugun shu haqida gaplashamiz. Lock o'zbekchada qulf bo'ladi. Har bir obyekt lock'ga ega. Agar biz bir nechta oqimlar bilan ishlayotgan bo'lsak, murojaatlarni shu lock orqali cheklashimiz mumkin. Tasavvur qiling, obyekt — bir xona. Unga bitta eshikdan kiriladi va bu eshikning qulfi bor. Multithreading'da obyektni lock qilish deyilganda, ana shu xonaga bitta thread kirganidan keyin eshikni qulflash tushuniladi. Thread o'ziga tegishli ishni tugatib bo'lganidan keyin eshikning qulfini ochib(unlock), xonadan chiqib ketadi, navbatdagi thread'ga o'z o'rnini bo'shatadi. Javada lock qilishning ikki xil yo'li bor. Birinchisi — avtomat, synchronized kalit so'zi yordamida. Ikkinchisi — qo'lda. Buning uchun bizga Lock interfeysi va uning merosxo'rlari yordamga keladi. ReentrantLock yordamida biz kodning istalgan joyida obyektni lock qilamiz, try yordamida asosiy ishni bajaramiz va finally'da unlock qilib chiqib ketamiz. Undan tashqari o'qish va yozish uchun ReentrantReadWriteLock'dan foydalanish mumkin. Bu o'z o'rnida 2 xil lock imkoniyatini beradi. Read lock — bir paytning o'zida o'qish uchun xohlagancha oqim murojaat qilishi mumkin, faqatgina yozish imkoniyatini cheklaydi. Write lock — yozish amaliyoti bo'layotgan vaqtda qolgan oqimlarga na yozish, na o'qish imkonini beradi. In shaa Alloh, keyingi maqolada Atomic va Lock'ning bir-biridan farqi haqida gaplashamiz, tezliklarini solishtiramiz. @it_suhbat

1,580 views

Hashtags

Gepostet 28. Aug.

Dilxiralikka sabab boʻlarkan.

811 views

Gepostet 27. Aug.

Tandirchi do'stlarimiz zo'r ketishyapti)) Va nihoyat kecha Javadan savollar qo'shildi. Endi bemalol kirib o'zbek tilida(!) bir-birimiz bilan bellashishimiz mumkin. Ha aytgancha, siz platformada bo'lishini xohlagan noodatiy va qiziq savollarni bizdan.tandir.app…

963 views

Gepostet 27. Aug.

Tandir qiziyaptiyu, kiringlar :)

1,120 views

Gepostet 24. Aug.

#stack Har bir Thread runtime ma'lumotlar saqlash uchun o'z Stack xotirasiga ega bo'ladi. Stack xotiraning ma'lum hajmi bo'ladi. Agar Thread Stack xotirasiga sig'maydigan darajada ko'p elementlar bilan ishlashga harakat qilsa, StackOverflow xatoligini keltirib chiqaradi. Java oqimlari turli operatsion tizimlarda turlicha belgilangan hajmlarga ega Stacklar bilan ishlaydi. Misol uchun: Windows IA32 — 64 KB Windows IA64 — 320 KB Windows x64 — 128 KB Linux IA32 — 128 KB Linux IA64 — 1024 KB Linux x64 — 256 KB Solaris/SPARC — 512 KB Undan tashqari JVM ning ichki oqimlari bor. Misol uchun garbage collector, code generation oqimlari. Bular uchun hamma platformalarda hajm 256 KB qilib belgilangan. Stack hajmini o'zgartirish uchun -Xss tanlovidan foydalanish mumkin. Misol uchun: java -Xss:512k MyApplication Bu buyruq hamma Stack xotiralarni, jumladan, JVM ichki oqimlaridagi Stack xotira hajmini ham o'zgartiradi. @it_suhbat

1,800 views

Hashtags

Gepostet 23. Aug.

Leetcode'da SQL bo'yicha ham masalalar ishlab turishni tavsiya qilaman. Misol uchun: investments-in-2016 @it_suhbat

1,020 views

Gepostet 21. Aug.

Tandirchi do'stlarimiz zo'r ketishyapti)) Va nihoyat kecha Javadan savollar qo'shildi. Endi bemalol kirib o'zbek tilida(!) bir-birimiz bilan bellashishimiz mumkin. Ha aytgancha, siz platformada bo'lishini xohlagan noodatiy va qiziq savollarni bizdan.tandir.app manzili orqali qo'shishingiz ham mumkin. Birgalikda ilm o'rganamiz, ulashamiz, tajriba oshiramiz. 📱Android:Google Playdan yuklash 🍏iOS:App Storedan yuklash @it_suhbat

1,600 views

Gepostet 21. Aug.

#mock vs #spy Mock — sinf yoki interfeysning skletini yasab beradi va unga so'rov bo'lganda o'zini qanday tutishini sozlashimizga, test davomida bu sinf metodlariga qanday so'rovlar bo'lganligini qayd qilib, tekshirishimizga yordam beradi. Spy — sinfning haqiqiy obyektini hosil qiladi va xuddi mock'dagi kabi ta'sirlarni tekshirish imkoniyatini beradi. Savol: Qachon mock ishlatish kerak va qachon spy ishlatish kerak? Javob: Misol uchun, unit test jarayonida qandaydir adapter(tashqi servis bilan bog'lovchi, misol uchun REST) service bor va undan qaytgan natija ObjectMapper yordamida mapping qilinadi. Bu yerda adapter servis mock sifatida ishlatilishi mumkin. Ya'ni u o'zini haqiqiy servisdek tutmaydi, tashqi servisga so'rov yubormaydi. Biz oldindan tayyorlab qo'ygan javobni qaytarib bersa bo'ldi. ObjectMapper esa spy bo'ladi. Sababi u qaytarilgan natijani haqiqatan mapping qilishi kerak. O'zining metodlarini to'laqonli bajarishi kerak. Shu bilan birga biz uning metodlariga murojaat bo'lgan yoki yo'qligini ham bemalol aniqlashimiz mumkin bo'ladi. @it_suhbat

952 views

Hashtags

Gepostet 19. Aug.

HRlar, iltimos, raqamlarda va valyutalarda adashmanglar)) Bunaqada hamma system analyst bo'lib ketadiku)) @it_suhbat

1,030 views
12•••5•••910111213•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485