TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
S. 34 von 85 · 1,011 Beiträge
Gepostet 14. Jan.
🔴 Youtube kanalga yangi video joylandi. Bu galgi video ham leetcode platormasidagi masalaning yechimi sifatida tayyorlandi. Boshlanishiga oson masalalardan ketyapmiz. Sekin-sekin masalalarning qiyinlik darajasini oshirib boramiz, in shaa Alloh. Shuningdek, leetcode.com platformasidan yangi boshlaganar uchun to’g’ri masala tanlash to’g’risida ham video qilamiz. Video premyerasi 18:30 da Toshkent vaqti bilan boshlanadi. https://youtu.be/SCVj7382wGk @it_suhbat
Gepostet 11. Jan.
1 yil oldingi mutanosiblik😊 Faqat ba'zi narsalar oʻzgargan🙂
Gepostet 10. Jan.
#technologies Nechtasini tanidingiz? @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 9. Jan.
Youtube ni ham boshlab oldik😅 Hudo xohlasa o’zim reja qilgan zo’r videolar bor. Vaqtim bo’lishi bilan hammasini tayyorlab, joylab boraman.
Gepostet 9. Jan.
🔴 Youtube kanalga birinchi video joylandi 🔥 Ikki soatdan keyin premyera boshlanadi. Keyingi videoda shu yozilgan kodning amalga oshirilishida xotirada qanday jarayonlar bo’lganligi va rekursiya qanday ishlashi haqida bo’lishligi rejalashtirilgan. 📹 Videoni…
Gepostet 9. Jan.
🔴 Youtube kanalga birinchi video joylandi 🔥 Ikki soatdan keyin premyera boshlanadi. Keyingi videoda shu yozilgan kodning amalga oshirilishida xotirada qanday jarayonlar bo’lganligi va rekursiya qanday ishlashi haqida bo’lishligi rejalashtirilgan. 📹 Videoni ko’rish uchun link ☑️ Masala uchun link 🕡 Premyera 18:30 da ⚠️Takliflar bo’lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin. @it_suhbat
Gepostet 9. Jan.
Processing… Youtube uchun video chiqadi bugun in shaa Alloh
Gepostet 7. Jan.
Youtube kanal ochgan edim, lekin to’xtab qolgandi. Hozir yana qaytadan kanalga kirib, yangi logo’ni o’rnatdim. Yaqin kunlarda videolar joylayman. Qo’shilib oling)) Kanal uchun link: https://www.youtube.com/@itsuhbat @it_suhbat
Gepostet 7. Jan.
Backend dasturchilikdan dizaynerlikka deb nomlangan rasm)) O’zim chizdim😁 @it_suhbat
Gepostet 7. Jan.
Channel photo updated
Gepostet 7. Jan.
Avtobusga uyga borish uchun chiqamiz, avtobus yoqib qolganligi uchun emas Tasavvur qiling, Siz biror joy (maktab, ish xona, mahmondorchilik, choyxona)dan uyga ketmoqdasiz. Tabiiyki, uyga yetib olish uchun Siz shahardagi o’zingizga qulay bo’lgan transportga chiqasiz. Aynan ushbu transport Sizni aniq uyga eng yaqin joyga eltib qo’yadi. Endi o’ylab ko’ring. Avtobusga chiqishdan maqsad nima? Avtobusda yurishdan bahra olishmi? Yo’q. Yoki odamlarni tamosha qilishmi? bu ham Sizning maqsadingizga kirmasa kerak. Sizning maqsadingiz uyga yetib olishdir. Avtobus esa aynan shu maqsadga yetkazuvchi bir vosita, instrument. Aynan shu instrument orqali biz uyga tezroq yetib olishga harakat qilamiz. Albatta, piyoda ketsak ham bo’ladi, lekin, misol uchun, 10 kilometrlik yo’lni avtobusda bosib o’tish ancha qisqa vaqtni oladi. Charchab ham qolmaysiz. Maqsadingiz uyga yetib olish bo’lganligi uchun, Siz avtobusga chiqgach, undan qachon tushishni, qaysi avtobusni tanlashni va tahminan yo’lga qancha vaqt ketishini ham bilasiz. Endi tasavvur qiling, Sizning maqsadingiz faqat avtobusga chiqish edi. Nima bo’ladi? Albatta, Siz birinchi bo’lib bekatga to’xtovchi 10 xil avtobusdan qay birini tanlashni bilmay qolasiz, chunki maqsad aniq emas-da! Hop, biror avtobusni tanladik ham deylik, unga chiqib olgandan keyin nima? Taqdirga tan berishdan boshqa iloj yo’q. U qayerga bizni olib borsa, shu yerga ketaveramiz. Shaharning biz bilmagan yerlariga borib qolsa-ku, bundan ayanchli hol bo’lmasa kerak. Ham pul behuda sarflangan, ham vaqt ketgan, yetmaganiga biz endi qaytib olishimiz ham kerak. Bu misolni bekorga keltirganimiz yo’q. Juda ko’p yoshlar dasturlashga sohasiga kelgandan keyin har doim faqat Frontend, Backend kabi yo’nalishlarning o’zini tanlashadi. JavaScript, Java, C#, Pythonlarning faqat o’zini o’rganishni o’zlariga maqsad qilishadi. Vaqt o’tib esa, resurslar ketib bo’lganidan keyin, tanlangan narsa qiziqarsiz ekani aniq bo’lganidan keyin, “Aka, men Python o’rgangan edim, menga yoqmay qoldi. Endi nima qilsam bo’ladi?”, deb savol berishadi. Axir bu xuddi avtobusni o’zini maqsad qilib tanlagandek gap-ku. Yana bir turdagi yoshlar esa, Python yoki JavaScriptning bozordagi o’rnini so’rab murojaat qilishadi. Axir bu instrument-ku! Uning bozorda har doim o’rni bo’ladi. Lekin bu taniqlilik texnologiyaning qiziqarli bo’lib qolishiga sababchi bo’lmaydi-ku! Dasturlash qiyin yo’nalish. Agar uni katta maqsad uchun ishlata olsangiz, shundagina uning qiziqarliligini tushunib yetasiz. Elon Musk, Jeff Bezos, Bill Gates, Steve Jobs’lar dasturlashni C yoki Python taniqli bo’lgani uchun, yoki NodeJS “krutoy” bo’lgani uchun tanlashmagan. Ular odamlar hayotida biror katta o’zgarishlarni qilish niyatida bo’lishgan. Agar Siz kuzatuvchanlikni oshirsangiz, ilm izlashga qiziqishni oshirsangiz, odamlar hayotida nima kamchiliklar borligini bilib olasiz. Shundagina Siz katta maqsadlar sari yo’l olasiz va Siz kelajakda tanlaydigan til yoki freymwork oddiy instrumentga aylanib, Sizning ishlaringizni hal qiladi va Sizga yaxshi daromad keltiradi. Va eng asosiysi — Siz bu texnologiyaning zerikarli emasligini tushunib yetasiz. Ilm izlashdan to’xtamang! @app_hbs
Gepostet 6. Jan.
Yangi oʻyinchogʻim. Ugee EX08. In shaa Alloh, yaxshilikka xizmat qilsin.