TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
S. 32 von 85 · 1,011 Beiträge
Gepostet 28. Feb.
#ESB Enterprise Service Bus. Mavjud tizimlarning qaysi texnologiya, protocol, ma’lumot almashish uslubi ishlatilganidan qat’iy nazar integratsiya qilish jarayonini osonlashtiradi. Qachon ESB ishlatish kerak? - 3 yoki undan ortiq application/servislarni integratsiya qilishda - Kelajakda yangi application’lar bilan ulanish holatlari nazarda tutilganda - Bir necha xil ma’lumot almashish protokoli ishlatilganda - Message brocker’lar bilan ishlaydigan servislar ishlab chiqishda - Biznes jarayonni modellashtirishda - Integratsiya oqimlari(Integration flow)ni analiz qilishda va hokazo… @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 26. Feb.
Fargʻonaga safar yaxshi oʻtdi. U yerdagi filial ham anchagina katta ekan. Lekin hozircha 3 etajdan bittasi ishga tushirilgan, qolganlari jarayonda. In shaa Alloh, vodiy ahli uchun koʻp manfaat keltiradigan ilm dargohi boʻladi deb umid qilaman. Suhbatga keladigan boʻlsak, hammasi ajoyib va qiziq oʻtdi. Dasturlashni oʻrganish boʻyicha gap ketganda men va atrofimdagi sheriklarim dasturlashga qanday kirib kelganimiz, oʻrganish jarayonlari qanday kechgani, birinchi ish, birinchi suhbat qanday boʻlgani haqida gaplashdik. Oʻzim ham oʻsha paytlarga qaytib qolgandek his qildim😅😊 U yerdagi oʻquvchilarga ilm olish yoʻlini Alloh oson qilishini va oldinda kutib turgan deyarli hamma dasturchining boshidan oʻtadigan qiyinchilik davrini chiroyli sabr va mehnat bilan oʻtkazishlarini tilab qolaman. @it_suhbat
Gepostet 24. Feb.
Keyingi haftani oxirlariga kanalda bitta online suhbat tashkil qilib, shu 1 oy davomida nimalarni boshdan o’tkazganimni aytib beraman😅
Gepostet 24. Feb.
Farg’onaga yetib keldim, lekin kelganimdan beri faqat suhbatlar bilan band bo’ldim😅 2 ta HR intervyu, 1 ta texnik intervyu. Bunaqa ketishda bu suhbatlarni oxiriga yetib bo’lmaydi shekilli. Offerlarni ko’rib chiqib xulosa beradigan payt keldi. Hudo xohlasa keyingi haftadan ish boshlayman. @it_suhbat
Gepostet 23. Feb.
🔔 Farg'onaliklar! 25-fevral — shanba kuni soat 11:00 da «Najot Ta'lim» Farg'ona filialida uchrashamiz. Dasturlash sohasi, sohaga kirish, qisqa qilib aytganda, 0 dan 1 gacha bo’lgan bosqichni qay tarzda bosib o'tish haqida gaplashamiz. O'zimni dasturlash sohasiga kirib kelishim, shu paytgacha qanday bosqichlardan o’tganim va hozirga qadar olgan tajribalarimni qo'limdan kelganicha ulashishga tayyorman. In shaa Alloh, qiziq suhbat bo'ladi. Balki men qilgan xatolarni qilmassizlar😅 Master-klassga ro'yxatdan o'tish @it_suhbat
Gepostet 18. Feb.
2019-yil. Bodomzor, Toshkent. 300$ ga bitta xona ijaraga olib oʻzimizga oʻxshagan dasturchilar bilan guruh tashkil qilgan edik. U jamoada deyarli hamma soha mutaxassislari bor edi. Boshlanishiga yaxshi ketayotgan edik va karantindan keyin hamma tarqalib ketdi. Hozir oʻsha jamoadagilarning hammasi oʻzining yoʻnalishi boʻyicha yaxshi mutaxassis boʻlib yetishishdi. Endi qachondir shu jamoani yana birlashtirish kerak :) @ahmad_abdulvahid
Gepostet 15. Feb.
Bu hafta 2 ta HR suhbat va 2 ta texnik suhbat boʻlib oʻtdi. Oʻtgan haftadagilarni ham qoʻshsa, umumiy hisobda 4 ta joydan offer berishdi. Kecha va bugun texnik suhbatdan oʻtganlarim ikkalasi ham offer bergan. Hozircha jarayonda 4-5 ta suhbatlar bor. Ancha qiziq ketyapti))
Gepostet 15. Feb.
Ey Robbim, mening qalbimni keng qil. Mening ishimni oson qil. Tilimdagi tugunni yechgin. Soʻzimni anglasinlar. Muso alayhissalomning Fir'avn alayhilananing oldiga ketayotganda oʻqigan duolari. Alloh qalbimizni keng qilib, soʻzimizni tushunarli qilsin, tilimizdagi tugunlarni yechsin. Suhbatga kirishdan oldin aytsangiz ham manfaatli))
Gepostet 12. Feb.
Kelayotgan hafta menimcha og'irroq bo'lsa kerak)) Bir nechta local va global kompaniyalar bilan suhbatlar belgilangan. Hudo xohlasa kelayotgan hafta interview'lar haftasi bo'ladi. Men uchun dasturlash sohasidagi eng yoqadigan mavsum — shunday suhbatlar mavsumi. Bir tomondan hayajonli, bir tomondan juda ham ko'p bilim, tajriba o'zlashtirasiz. Har xil qadriyatli kompaniyalar bilan gaplashasiz, har birining ishga qabul qilish jarayoni har xil. Qisqa qilib aytganda dunyoqarashingiz ortadi. Bu jarayonlarni yakunlaganimdan keyin Hudo xohlasa jonli suhbat qilamiz, nimalar bo'lganini gaplashamiz. @it_suhbat
Gepostet 10. Feb.
1-savol📦🦘Kenguruga harflar va raqamlarni oʻrgatyapmiz. Natija ancha yaxshi📈 Soʻzlarning ma'nosiga tushunmasa ham, harflarni hammasini oʻrganib chiqdi, shuningdek, raqamlarni ham😊 Uni qay darajada oʻzlashtirayotkanini tekshirish uchun matnni berdik va uning…
Gepostet 10. Feb.
1-savol📦 🦘Kenguruga harflar va raqamlarni oʻrgatyapmiz. Natija ancha yaxshi📈 Soʻzlarning ma'nosiga tushunmasa ham, harflarni hammasini oʻrganib chiqdi, shuningdek, raqamlarni ham😊 Uni qay darajada oʻzlashtirayotkanini tekshirish uchun matnni berdik va uning orasiga belgilarni ham qoʻshib yubordik(+, -, &, _, $, #...)😁 ❗️Sizning vazifanggiz berilgan satrni belgi(simvol)lardan tozalash🏌🏻 Ya'ni faqat harflar va raqamlarni qoldirish🌪 ⬅️Kiruvchi ma'lumot: G:@℅e°¥n£iu∆|~s $C+/!o%d¢er™®s 3=•1 ➡️Chiquvchi ma'lumot: Genius Coders 31 ⏩Masala tushunarli boʻldi degan umiddaman🙋🏻♂ Javoblarni @GC_javabot ga yoʻllang📭 @GeniusCoders
Gepostet 10. Feb.