TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
S. 47 von 85 · 1,011 Beiträge
Gepostet 26. Juni
#stream Stream API haqida boshlang'ich tushunchalar: - filter - map - collect - for vs stream - functional interface & functional java - stream ishlatilgan real case'lar. Bu temaga chuqurroq kirish kerak. Keyingi hafta 🌊🤿 @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 26. Juni
Live stream finished (1 hour)
Gepostet 26. Juni
Live stream started
Gepostet 26. Juni
Live stream scheduled for Jun 26, 2022 at 15:59
Gepostet 26. Juni
Assalomu alaykum va rohmatulloh, demak bugungi kungi o'tiladigan mavzu Stream API ekan. 15 daqiqadan so'ng boshlaymiz, in shaa Alloh. @it_suhbat
Gepostet 23. Juni
Javadan online kurs o'tayotgan tanishingiz bo'lsa, qidirib yurganlarga kommentlarda yordam bering👇🏻👇🏻👇🏻 Mendan shu kunlarda online kurs haqida so'rayotganlar ko'p bo'lyapti. @it_suhbat
Gepostet 23. Juni
IT suhbat pinned «🌆Yakshanba uchun mavzu tanlang :)»
Gepostet 22. Juni
Энг ёмон кўрган ишим телефонга кўп машғул бўлиб қолиш (машғуллик фойдали ишларда бўлса ҳам). Ёмон кўришим сабаби: 1. Вақт кетиши. 2. Вақт кетиши оқибатида қалбнинг қорайиши. 3. Вақт беҳуда кетгани учун муҳим ишларга рағбат сусайиши. 4. Тармоқлардаги енгил маълумотларни ўқиб фикр ўтмаслашиши. 5. Кўзга ёмон таъсир қилиши. 6. Бошқалар наздида телефон ўйнаган кўриниб, ножиддий одамга айланиш. Маслаҳатим: фақат жиддий маълумотлар ўқинг. У ҳаётингизда сизга фойда берсин. Комментларда ўралашманг. Барибир у ердаги фикрларни ҳеч ким инобатга олмайди. Бунинг ўрнига китоб ўқинг. Чунки у сизни юксакларга олиб чиқади, телефон маълумотларидан фарқли ўлароқ. Қисқаси ҳаммасини ўзингиз тарозуга солинг. Бўлмаса кўп зиён кўрасиз. @MubashshirAhmad
Gepostet 22. Juni
Gepostet 21. Juni
Click — 3 oy. Payme — 5 oy. Udevs — 8 oy. LinkedIn vebsaytida oxirgi ikki uch oy ichida bir g’alati narsani guvohi bo’ldim. Bu narsaga oldinlari e’tibor bermas edim. Hozir bu narsa meni o’ylantirib qo’ydi. LinkedIn — bu ish qidiruvchi va ish beruvchi orasida aloqani bog’lab beruvchi ijtimoiy tarmoqdir. Ish qidiruvchi o’z profilini o’zi egallagan bilim va ko’nikmalar bilan boyitadi. Ish beruvchi esa, agar unga ish qidiruvchining malakasi yetarli bo’lsa, shu odamni ishga olish uchun suhbatga taklif qiladi. Ish topgan payt LinkedIn’da huddi Facebook’ga o’xshab “I’m excited to start my new job!” mavzusida post chiqarish urf bo’lib qoldi. Qolganlar esa bu postga Like qo’yib o’z tabriklarini bildirishadi. Men e’tibor bergan narsa shunda-ki, o’zi bir ish joyiga ishga kirganiga 2 oygina bo’lgan odam, yana yangi ish joyida ish boshlaganini hammaga ovoza qiladi. Shu odam profiliga kirsangiz, uning har bir kompaniyada uzog’i 8 oy ishlaganini guvohi bo’lasiz. Shu payt bir necha savollar paydo bo’ladi: Bu CVni to’ldirishga harakatmi? Yoki kompaniyalar shunchalik yomonmi? Nima uchun yoshlar kompaniyalarda ko’p ishlay olishmayapti? Muammo qaysi tomonda? Yana ham qizig’i shunda-ki, aynan shunday dasturchilar tufayli — kompaniyalar saviyali, ish ko’zini biluvchi, jonkuyar bolalarni ishga olmay qo’yishmoqda. Bu tabiiy narsa, bir dasturchi bir joyda bir yil ham o’tira olmasa, kompaniya undan keyingi dasturchiga ham ishonmay qo’ya qoladi. Axir dasturchini ishga olib ish bilan ta’minlash ham alohida katta mablag’ talab etadi. Agar hamma oz-ozdan o’tirib ketaversa, unda hech kimni olmagan yaxshi! Shuning hisobiga ham suhbatlar murakkablashib ketdi. Shuning hisobiga ham hamma vakansiyalar “Middle kerak” degan so’zlardan boshlanadigan bo’lib qoldi, chunki Juniorga ishonch yo’q. U o’sishni xohlamadimi, kompaniyalar ham uni ishga olgisi kelmaydi. Shundan keyin ham kuchli filterlar kelib chiqaveradi. Gaplarim oxirida bir narsani aytaman — Kompaniya rivoji, undagi Sizga bo’lgan e’tibor Sizga bog’liq narsa. Hech kim o’zidan o’zi “Mana shu bolani qiynaymiz” — demaydi. Kompaniyada uzoqroq ishlab o’zingizga yaxshi nom va tajriba yig’ishga uruning. Shundagina yaxshi oylik maosh ham, Seniorlik darajasi ham bo’ladi. Ilm izlashdan to’xtamang! @app_hbs
Gepostet 18. Juni
This is how a Senior Developer Codes looks like :)
Gepostet 18. Juni
#hard#working Bu juda nosog'lom insonning GitHub logi. Agar sizning ham hayotingiz shunaqa bo'lsa, iltimos, vaqtingizni qanday sarflayotganingizni qayta ko'rib chiqing. Birkun kelib o'lim to'shagida yotganingizda "men faqat ishladim, ishdan boshqa hech narsa qila olmadim" deb xursand bo'lib ayta olasizmi? Bu holat ba'zi ish beruvchi kompaniyalarni talabi, bunaqa ishlashni talab qiladigan kompaniyalarda aslo ishlamang! Linked in dan tarjima qilindi. 👉@turakulov_shavkat