TGINSIGHT CHAT
Kuchsizlar kuchi
@kuchsizlarningkuchi
Humor und UnterhaltungThis is funny world we live in.
Aktuelle Beiträge
S. 9 von 11 · 129 Beiträge
Gepostet 5. Mai
Gepostet 4. Mai
Inson narsalarning eng so’ngi mohiyatini anglashga qodir emas, go’zallik siri misoli hayot siri yanglig’ xech qanday aqlga sig’maydigan murakkab, xattoki undan ham murakkabroq muammodir; go’zallik va hayot bir-biri bilan chambarchas bog’langan, insonning o’zi esa shu yulduzlar to’zoni, quyosh nuri va yana allaqanday noma’lum narsalarning bir zarrachasidir.
Gepostet 3. Mai
Gepostet 3. Mai
Bugun Matbuot erkinligi kuni ekan,shu munosabat bilan “Soft Power” kitobidan olgan bir ikkita hulosalarni aytib o’tib ketmoqchiman. Davlatning matbuot ustidan senzurasi bugungi kunda oldigiga qaraganda ancha o’zgardi. Davlatlar zohiran ko’ringanda matbuotni erkin qo’yib, uning ustidan nazorat qilmaydigandek ko’rinadi. Biroq orqa fonga qarasak Davlat buyurtmasi asosida ma’lum bir maqsadlarda media olamiga turli-xil ig’vo va ihtiloflar ko’tarilib chiqiladi va unga davlat hisobidan momaygina daromad beriladi.
Gepostet 30. Apr.
Mamlakatlarni rivojlanishini asl sababi quyidagicha: Mulk Huquqi himoyalanganligi, Sudning mustaqilligi, Bozor erkin va Davlat aralashuvining keskin pastligidir
Gepostet 28. Apr.
Gepostet 23. Apr.
Texnika bu-zamonaviy ilmning farzandi va shu bilan birga yangi metafizikaning mahsuli - u insonning qo’lidan chiqib, unga xizmat qilishni to’xtatdi va insonni qul qildi hamda o’z janozasiga tayorgarlik ko’rishga majbur qildi. O’zi yaratgan bu qalbsiz mexanizm uni qanday qilib beparvolik bilan o’zlashtirib barcha tabiiy aloqalardan mahrum qilganligi, uni qanday qilib tiriklik muhitidan “Obyektiv reallik dunyosiga” surib chiqarayotganini bilmay qoladi.
Gepostet 22. Apr.
Gepostet 21. Apr.
Diniy ilmlar vijdon nuridir; tamaddun ilmlari aql nuridir. Haqiqat ikkalasi birlashgan yerda namoyon bo'ladi. Ilm talabidagilar ana shu ikki qanot bilan ilm osmonida uchadilar. Agar bu ikkisi bir biridan ajratilsa, birida mutaassiblik, ikkinchisida esa ayyorlik va skeptitsizm (oʻta tanqidiylik) paydo bo'ladi. (C) Badiuzzamon Said Nursiy @Tafakkur_chizgilari
Gepostet 19. Apr.
Iste’molchilik qadriyatlariga bo’ysundirilgan inson- bu “Poda tamadduni amal’gamizatsiyasida* erib bitgan va nafsiy istagini borliq oldidagi xayot ma’suliyatidan ustun qo’yganini tan olmaydigan demoral(axloqsizlashtirilgan) shaxsdir: rejim aynan insonning mana shu demoralizasiyasiga(axloqsizligiga) tayanadi, uni chuqurlashtiradi va butun jamiyat miqyosida aks ettiradi. “Xaqiqatdagi hayot” bu- sun’iy yopishtirilgan vaziyatga qarshi insoniy norozilikning bir shakli sifatida o’z mas’ulligini qayta tiklashning muqobil urinishi va tabiiyki, axloqiy bir harakatdir. Amal’gamizasiya- ikki yoki undan ortiq etnik guruhlar yoki xalqlarning biologik aralashuvi natijasida bir guruh yoki xalqqa aylanishi jarayonidir. Jamoat, ittifoqlar va korporatsiyalarning aralashib ketishi ma’nosida ham tushunish mumkin.
Gepostet 17. Apr.
Davlat tuzulmasiga yelimlangan insonlar boshqaruvga kelganlarida o’zining insoniylik mohiyatini singdirmaydi, balki tizimning gullab-yashnashi uchun insoniylik mohiyatidan voz kechadi, shuningdek, “o’zharakatning” hamtovog’i sifatida u bilan javobgarlikni baham ko’rib, Faust va Mefistofel singari bir-biriga bog’lanib, rejim “Maqsadiga” xizmat qiladi.
Gepostet 13. Apr.