TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Kuchsizlar kuchi avatar

TGINSIGHT CHAT

Kuchsizlar kuchi

@kuchsizlarningkuchi

Humor und Unterhaltung

This is funny world we live in.

Abonnenten61Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge129Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite4,528Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 8 von 11 · 129 Beiträge

Gepostet 27. Mai

Har kun kechasi Kafkani o’qishni istaydi bu ko’ngil.

391 views

Gepostet 27. Mai

401 views

Gepostet 25. Mai

Jinoyat va Jazo kitobida. Dostoyevsky ajoyib bir g'oyani olg'a suradi: Bosh qahramon Raskolnikov gazetaga maqola yozadi. Maqolada u odamlarni 2turga ajratadi: Odmi va Favqullodda insonlar. Odmi insonlar tabiatan yuvvosh va mo'min-qobil yashashlari kerak. Favqullodda insonlar esa ular g'oyali insonlar bo'lib, o'z g'oyasi yo'lida qancha odamlarni o'ldirib yuborsa ham bo'ladi. Shu fikr bilan bosh qahramon 2ta insonni o'ldiradi, va qilgan ishidan afsuslanmaydi. Dostoyevsky ham asarda bosh qahramonni aybsizdek ko'rsatishga harakat qilgan, ya'ni bosh qahramon tabittan yuvvosh, taqdirning inoyati ila bu jinoyatga qo'l urgan deya ta'kidlaydi. Bosh qahramon insonlarni o'ldirganidan afsuslanmasligini shunday ta'kidlaydi: Bir zolimni o'ldirish kerak, nega desangiz bir insonni o'ldirib necha-necha insonlarni o'limdan saqlab qolsa bo'ladi, necha-necha insonlarga tegayotgan zararlarni ham oldini olsa bo'ladi deb fikrlaydi. Shu fikrning ortidan insonlarni genotsit qilish uchun yangi fikriy asosni yuzaga keltirdi.

354 views

Gepostet 21. Mai

Monteskyoning fikricha boshqaruv shakliga ko’ra Respublika bo’lgan davlatlarda erkinlik fazilati yo’qolsa mamlakat tabiatining o’zgarishi haqida “Qonunlar Ruhi” kitobida shunday yozadi: “Moyil qalblar shuhratparastlikka to’ladi va hamma ta’magirlikni yuqtiradi. Istak predmetlari o’zgaradi: Ilgari sevganlarini endi sevishmaydi; Ilgari qonunlarga ko’ra erkinlik bor edi, endi esa noqonuniy erkinlikni istashadi; Fuqarolar o’zini xo’jayinidan qochgan quldek tutadi; Qoida bo’lgan narsa endi qattiqo’llik bo’lib tuyula boshlaydi; Intizom bo’lgan narsa cheklovga aylanadi; Ehtiyotkorlik (sabr)ni qo’rqoqlik deb atashadi, o’ziga tortqilash chanqoqligini emas, balki mo’tadillikni ochko’zlik deyishadi. Ilgari xususiy mulk jamoatchilik xazinasini tashkil qilgan bo’lsa, endi jamoatchilik xazinasi mulkka aylanadi. Respublika o’ljaga, uning kuchi esa ozchilik qudrati va umumiy o’zboshimchalikka aylanadi.”.

347 views

Gepostet 17. Mai

Jinoyat va Jazoni tugatdim axiri💪🏼

347 views

Gepostet 17. Mai

Jinoyat va Jazoni tugatdim axiri💪🏼

370 views

Gepostet 15. Mai

Inklyuziv siyosiy va iqtisodiy institutlar shakllagan joyda juda ham bu usul qo’l kelsa kerak.

393 views

Gepostet 13. Mai

Biz kimningdir maqsadlari qurbonimiz.

400 views

Gepostet 12. Mai

Martin Idenni o’qib tugatib sekin sekin hazm qilyapman. U yerdagi dialoglar va bir insonning fikrlar evolutsiyasi juda ham yaxshi yoritilib berilgan. Sof insoniy qadriyatlar, jamiyatning psixikasi, muhabbat tuyg’usi, jamiyatdagi elitar qatlamning falsafasi va odatlarini juda yaxshi yoritib bergan. Kitobni o’qib bo’lib u asarda ketgan mavzular yuzasidan ko’p o’ylandim, o’z-o’zim bilan gaplashdim.

391 views

Gepostet 9. Mai

Bular odam emas, birovning oldida xushomad qilib dumini likkilatuvchi, boshqalarni esa g’ippa tomog’idan tishlab oluvchi razil bo’rilar galasidir.

378 views

Gepostet 8. Mai

Sizning nazariyangiz Xudoning borligini inkor etadi-yu, lekin materiyaning mavjudligiga shubxa qilmaydi.

375 views

Gepostet 5. Mai

Bu ayanchli maxluqlar hamisha bir-birlariga yer ostidan qarab, hamisha bir-birlariga taqlid qilishga urinadilar, ular o’zlari go’daklik chog’idan asir bo’lib qolgan bema’ni qonun-qoidalarni buzmaslik uchun o’z shaxsiy hislatlarini yo’q qilib tashlashga, jonli hayotdan voz kechishga tayyordirlar.

381 views
12•••67891011