TGINSIGHT CHAT
Kuchsizlar kuchi
@kuchsizlarningkuchi
Humor und UnterhaltungThis is funny world we live in.
Aktuelle Beiträge
S. 7 von 11 · 129 Beiträge
Gepostet 4. Juli
Tomas Gobbs o’zining Leviafan asarida inson bir-biriga bo’ridir, ya’ni bir inson boshqa bir insonga qaraganda potensial havf sezadi deydi. Lekin mantiqan olib qaralsa inson bir-biriga nisbatan xavf sezmaydi, Aksincha qo’rquvlari bir bo’lsa ularni birlashtiradi. Agarda odamlar hali jamoa bo’lib birlashmasidan oldin bir-biriga nisbatan potensial xavf sezganida hozirgi kunga qadar qirilib ketishi mumkin edi.
Gepostet 26. Juni
Ijtimoiy Psixologlar aytadiki: O’zini zaif xis etgan odamlar rahbar atrofida birlashishga va itoat etishga moyil bo’ladi. Psixologik tadqiqotlar yana shuni ko’rsatadiki, o’lim va zo’ravonlik haqidagi xabarlar qurshovida odamlar jamiyatdagi hukmron mafkuraga yanada qattiq bog’lana boshlaydi, jinoyatchilar uchun jazolar keskinlashishini qo’llab-quvvatlaydi va ularda boshqa guruxlarga nisbatan toqatsizlik kuchayadi. Diktatorlar sun’iy xavflar yaratib, o’zlarini esa mazkur havfdan himoya manbai sifatida namoyon etish orqali ushbu tendensiyalardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanadi. “Manipulyativ Diktatorlar” kitobidan.
Gepostet 21. Juni
Bizning davlatimizning eng katta kamchiligi bu davlatning shaxslarning atrofiga qurilishi, G’oyalarning atrofida emas.
Gepostet 21. Juni
Gepostet 20. Juni
Huquq va qonunlar nima o’zi? Ular nima vazifani bajaradi? Bularni mantiqiy asoslay olamanmi deb o’zimga savol berib ko’rdim. Tushunishim bo’yicha Huquqning nazariy jihatdan Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi deya tushuniladi. Qonun esa uni hujjatdagi shaklli. Bularni bir keys(xolat) bo’yicha ko’rib chiqadigan bo’lsak: Tasavvur qilaylik, hech qanday qonun qoidalar yo’q, ikki inson o’rtasida mojaro kelib chiqdi, hech qanday obyektiv qonun-qoidalar yo’q, shunda qanday adolatli hukm chiqarish mumkin? Shunday munosabatlarni tartibga solish uchun shu soxa ekspertlari insonlarni xulq-atvori va psixologiyasiga tayanib umumqabul qilingan qoidalar tuzushadi.
Gepostet 18. Juni
Tenglik adolatmi? Ha ba’zi holatlarda tenglik adolatli hisoblanadi. Masalan sizning tabiiy va konstitutsion huquqlaringiz hammaga teng bo’lishi kerak. Ya’ni sizda ham mulk huquqi, yashash huquqi, aybsizlik prezumpsiyasi(28-modda), ovqatlanish va boshqa huquqlaringiz hammaga teng va barobar bo’lish kerak.
Gepostet 12. Juni
Dead poets society, The Shawshank redemption filmlarning asosiy mazmun mohiyatida Ishonch va Umid hislatlari yotadi. Inson tabiatan olib qaralsa ishonch va umidsiz yashay olmaydi. Har bir xatti-harakatini ishonch va umid ila qiladi. Dead Poets Societyda yana bir jihati ular yoshlarning ma’no-mazmunsiz hayotiga San’at nomi ila atalmish sham ila kirib ularning hayotini San’at go’zalliklaridan bahramand aylaydi.
Gepostet 4. Juni
Gepostet 4. Juni
Rahmon Qo’chqorni qisqacha Kamyuning Begona asari haqidagi gapini haligacha o’ylab yuribman. Iloji bo’lganda soatlab shu mavzuda suhbatlashgan bo’lardim.
Gepostet 29. Mai
Bugun 29-may Konstantinopol fatx qilingan kun. Turklar va Musulmonlar tarixidagi eng buyuk g’alabalardan
Gepostet 27. Mai
I think the devil doesn’t exist, but man has created him, he has created him in his own image and likeness. Dostoyevsky
Gepostet 27. Mai
Inson tabiati taqdir deganda, faqat o’limnigina tushunishdek noqis bir odatga ega. Biroq, o’z o’rnida baxt ham biror mantiqqa ega emas, boisi u ham muqarrar. Zamonaviy odam uning manbai nima ekanligini tushuna olmay, baxtni qandaydir harakatlar yoki xizmatlar evaziga oladi.