TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Bali menyang dhaptar saluran
BMB PFC avatar

TGINSIGHT CHAT

BMB PFC

@bmbpfc

Sport

BMB Professional Futzal Clubining rasmiy kanali. Vitse prezidenti va ijrochi direktor : Mavlon Dusqobilov Matbuot kotib : Vaxobjon Abdugʻaniyev

Pelanggan1,880Pelanggan saiki
Kiriman sing dilacak1,018Jumlah kiriman sing diindeks
Jangkauan terkini7,425Total tampilan terkini
Kiriman terkini

Kiriman terkini

Kaca 12 saka 85 · 1,018 kiriman

Diterbitake 17 Apr

#TRAINING BMB PFC bugun ham navbatdagi reja asosidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Mashg‘ulot an’anaviy ravishda qizish mashqlari bilan boshlandi. Shundan so‘ng jamoa taktik yo‘nalishda ish olib borib, hujum va himoyadagi harakatlarni takomillashtirishga e’tibor qaratdi. Mashg‘ulot doimgidek “MDIST SC”da bo‘lib o‘tdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

660 views

Hashtags

Diterbitake 17 Apr

#ANONS 📋 Oliy liga. 11-tur. Milliy chempionatimizning 11-tur bahslariga QARSHI shahri mezbonlik qiladi. 19-apreldan 24-aprelga qadar "GEOLOG”sport majmuasida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari bilan batafsil surat orqali tanishishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

645 views

Hashtags

Diterbitake 16 Apr

“O‘zbekiston kubogi–2026” musobaqasiga qur’a tashlandi O‘zbekiston futzal federatsiyasi qarorgohida 2026-yilgi mamlakat kubogi musobaqasi guruh bosqich bahslariga qur’a tashlandi. Oliy liganing 11 ta va birinchi liganing 8 ta jamoasi to‘rtta guruhga taqsimlandi. Qur’a natijasiga ko‘ra yuzaga kelgan guruhlar tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi. Qur’aga koʻra “Oq Yoʻlbarslar” musobaqaning “C” guruhidan joy oldi. Shuningdek bu guruhda “Guliston”, “Dinamo”, “Aral” va “Bobur” jamoalari ham kuch sinashishadi. Guruh bosqichi bahslari joriy yilning 29-aprel – 6-may sanalarida Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida bo‘lib o‘tadi. Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga – chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

704 views

Diterbitake 16 Apr

Mashgʻulot jarayonlaridan fotolavhalar(2-qism) Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

670 views

Diterbitake 16 Apr

#TRAINING BMB PFC rejaga muvofiq mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. “MDIST SC”da boʻlib oʻtayotgan mashgʻulotlar mobaynida har bir futzalchi o‘z ustida ishlab, keyingi o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlikni amalga oshirmoqda. Huddi shunday mashgʻulot jarayonlaridan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

625 views

Hashtags

Diterbitake 14 Apr

BMB PFC mashgʻulotlarni davom ettirmoqda Bugungi mashgʻulot yengil yugurish va harakatchanlik mashqlari bilan start oldi. Shundan so‘ng o‘yinchilar kuch va chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni bajarishdi. Darvozabonlar esa o‘z murabbiyi bilan refleks va pozitsion harakatlar ustida alohida shug‘ullanishdi. Mashg‘ulotning keyingi qismida jamoa taktik rejalar ustida ishladi. Futzalchilarimiz tezkor kombinatsiyalar, to‘g‘ri joylashuv va o‘zaro tushunishni yaxshilashga e’tibor qaratishdi. Yakunda esa qisqa formatdagi o‘yin orqali o‘rganilgan jihatlar amaliyotda sinab ko‘rildi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

640 views

Diterbitake 13 Apr

Qisqa muddatli tanaffusdan soʻng BMB PFC yana jamoaviy mashgʻulotlarga qaytdi. Bugungi mashg‘ulot qizib olish mashqlari bilan boshlandi. Futzalchilar jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsadida turli mashqlarni bajarishdi. Darvozabonlar esa alohida murabbiy bilan maxsus mashg‘ulotlar olib borishdi. Shundan so‘ng jamoa taktik ishlarga o‘tdi. Mashg‘ulot davomida o‘yinchilar o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, tezkor qaror qabul qilish va maydondagi harakatlarni uyg‘unlashtirish ustida ishlashdi. Yakunda kichik o‘yin tashkil etilib, mashg‘ulot yuqori kayfiyatda yakunlandi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

729 views

Diterbitake 9 Apr

Xose Mariya Mendes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi O‘FA qoshidagi Milliy futbol markazida o'quv-mashg‘ulot yig'inini olib bormoqda. Ushbu yig'in uchun BMB PFC a'zolaridan Mashrab Adilov, Muzaffar Axadjonov, Xusniddin Nishonov, Abbosbek O'lmasbekov, Abbos Elmurodov, Shaxzodjon Sa’diyev hamda Muhammadali Xusanboyevlar chaqirilgan bo'lib, ular bugungi kunda milliy terma jamoamiz ixtiyorida bo'lib turibdi. "Oq Yo'lbarslar" esa jamoaviy mashg'ulotlarga 13-apreldan boshlab qaytishadi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,090 views

Diterbitake 8 Apr

10-turning RAMZIY terma jamoasi O’zbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati Jizzax shahrida bo’lib o’tgan turni atroflicha yoritgan ommaviy axborot vositalari vakillari, Jizzav viloyati futbol akademiyasi sport zaliga tur uchrashuvlarini bevosita kuzatib borgan futzal faxriylari hamda mutaxassislari fikrini umumlashtirib, 10-tur Ramziy terma jamoasini tuzdi. Abbos Elmurodov (“BMB PFC”) Toxir Abdukarimov (“Maksam-Chirchiq”) Vitor Manoel da Silva(“BMB PFC”) Odiljon Asomov(“Nasaf”) Behruz Samiyev(“Oil Star”) 🇺🇿BMB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram

864 views

Diterbitake 8 Apr

251 views

Diterbitake 8 Apr

Turning "eng yaxshi murabbiysi"ga nomzodlar O‘zbekiston futzal federatsiyasi 2025/2026-yilgi mavsumning har bitta turidan keyin "eng yaxshi murabbiy" nominatsiyasi g’olibini aniqlab kelayotganidan xabaringiz bor. 10-tur yakunlari bo‘yicha laureatlikka da’vogarlar besh nafar. Ulardan qay biri samarali mehnat qildi va Sizda yorqin taassurot qoldirdi? Buni, aniqlab berish uchun Telegram kanalimizdagi so’rovnomada faol qatnashing. Quyida nomzodlar эътиборингизга havola etiladi: 1. Nodir Eliboyev ("BMB PFC") — 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba, to'plar farqi — 14:2. 2. Fuzuli Xayrulloyev ("Oil Star") — 3 ta oyin, 3 ta g’alaba, to'plar farqi — 9:3. 3. Bahodir Ahmedov(“Maksam-Chirchiq”) — 3 ta oyin, 3 ta g’alaba, to'plar farqi — 8:1. 4. Abdulla Bo’riyev(“Bunyodkor”) — 3 ta o'yin, 2 ta g’alaba, 1 ta durang, to'plar farqi — 4:1. 5. Konstantin Sviridov(SQB) — 3 ta o’yin, 2 ta g’alaba, 1 ta mag’lubiyat, to’plar farqi – 7:7. 🇺🇿BMB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram

231 views

Diterbitake 8 Apr

"BMB PFC" ta`qibchilaridan sezilarli ravishda uzoqlashib oldi… Chempionlik masalasi keyingi turda hal bo’lishi ehtimoli yuqori Futzal bo’yicha O’zbekiston XXIX milliy chempionati — Oliy liga musobaqasining 10-tur uchrashuvlaridan keyin amaldagi chempion — Jizzaxning "BMB PFC" jamoasi ta`qibchilaridan sezilarli ravishda uzoqlashib oldi. 2025/2026-yilgi mavsum chempionligi masalasi katta ehtimol bilan shu oyning ikkinchi o’n kunligida Qarshi shahrida boshlanadigan 11-tur bahslaridan keyin aniqlanadi. Boisi jizzaxliklar bu turda chempionatning quyi pog’onalarida borayotgan jamoalar bilan kuch sinashadi va yuz foizlik natijani qayd etishlariga to’sqinlik qiladigan jamoani ko’rmayapmiz. O’z navbatida Qarshidagi turda BMBning asosiy ta`qibchilari “Oil Star” hamda SQBning o’zaro uchrashuvi bor. Mazkur bahsda tomonlarning ochko yo’qotishi BMB PFCni muddatidan oldin chempion qiladi. Endi bevosita 10-tur yakunlariga to’xtaladigan bo’lsak, tur anchagina keskin va shiddatli uchrashuvlarga boy bo’ldi. Olti kun mobaynida Jizzax futbol akademiyasi sport zaliga tashrif buyurgan muxlislar zerikib qolishgani yo’q. Nodir Eliboyev boshchiligidagi "BMB PFC" so’nggi o’yin kuni eng yaqin ta`qibchisi – SQB ni mag’lubiyatga uchratib, o’zi uchun “komfort” vaziyat yaratib oldi. Bankchilarning ochko yo’qotishi esa buxorolik “yoqilg’i yulduzlari”ga qo’l keldi. Yuz foizlik natija qayd etgan “Oil Star” ikkinchi o’ringa ko’tarilib oldi. Jizzax turi Toshkent viloyatining OKMK hamda poytaxtning “Lokomotiv” jamoalari uchun omadsiz kechdi. Aleksandr Petrov shogirdlari ketma ket ikkiga o’yinni boy bergan bo’lsa, temiryo’lchilar faqatgina bir ochko bilan kifoyalanishdi. Musobaqa jadvalining quyi pog’onalari borayotgan jamoalar orasida “Maksam-Chirchiq” bu turda ajoyib natijani qayd etdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari o’z hisoblariga to’qqiz ochko yozdirib qo’yishdi. “Dinamo”, “Neftchi” jamoalari bittadan ochkoli bo’lishdi. Yaqqol autsayder – “Qizilqum” esa uchala o’yinini ham boy berdi. Turning e`tiborli voqealaridan biri – “Qizilqum” – “Oil Star” jamoalari ishtirokida kuzatildi. Bahsning uchinchi goli navoiyliklar o’yinchisi Anvar Sodiqov tomonidan kiritildi va u XXIX milliy chempionatimizdagi 900-gol sifatida tarix sahifalariga bitildi. Shunisi e`tiborga molikki, mavsumning uchinchi yubiley goli navoiyliklar hisobiga yozildi. Bu turda jamoalar ko’proq o’yin o’tkazishgan bo’lishsa-da, sermahsullik oldingi turga nisbatan pastroq bo’ldi. Jizzaxlik futzal ishqibozlari 15 ta uchrashuvda darvozalarga 74 ta gol kiritilganining shohidi bo’lishdi. O‘rtacha har bitta o’yinga 4,93 tadan gol to’g’ri keldi. 🇺🇿BMB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram

316 views
12•••5•••101112131415•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485