TGINSIGHT CHAT
BMB PFC
@bmbpfc
SportBMB Professional Futzal Clubining rasmiy kanali. Vitse prezidenti va ijrochi direktor : Mavlon Dusqobilov Matbuot kotib : Vaxobjon Abdugʻaniyev
Kiriman terkini
Kaca 42 saka 85 · 1,018 kiriman
Diterbitake 23 Des
Diterbitake 23 Des
«2025-yilgi mavsumning eng chiroyli goli» nominatsiyasiga nomzodlar: "BMB" – «Nasaf» uchrashuvida Hebbert Oliveira tomonidan kiritilgan gol. 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
Diterbitake 22 Des
#TRAINING BMB PFC MASHGʻULOTDA BMB PFC Oliy liga musobaqasining navbatdagi tur bahslariga tayyorgarlik mashgʻulotini Toshkent shahrida davom ettirmoqda. “MDIS SM”da boʻlib oʻtgan mashgʻulot jarayonlari tizimli ravishda tashkil etildi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 22 Des
#GOL “Oʻzbekiston Superkubogi - 2023”da Davron Choriyevning gʻalabani ta’minlashga xizmat qilgan ushbu zargarona goli esingizdami? Keling yana bir bor tomosha qilamiz🤩 Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 19 Des
O'ZBEKISTON – ROSSIYA terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvyakunlandi.
Diterbitake 19 Des
AJOYIB KAMBЕK! O‘ZBEKISTON JAHONNING 7-JAMOASINI MAG‘LUB ETDI! Futzal ishqibozlari katta qiziqish bilan kutgan O‘zbekiston – Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv hamyurtlarimizning ajoyib kambeki va irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. Birinchi taymdan so‘ng 0:2 hisobida ortda qolayotgan yigitlarimiz ikkinchi taymda xarakter ko‘rsatib, raqib darvozasiga javobsiz uchta gol kiritishdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Dastlabki o‘n daqiqa ichida O‘zbekiston terma jamoasi ikki bor gol urish imkoniyatini yaratdi, ammo undan foydalana olmadi. Rossiya terma jamoasining esa ilk xavfli hujumi gol bilan yakunlandi — Anton Sokolov hisobni ochdi. Bu gol futbolchilarimiz ruhiyatiga ma’lum darajada ta’sir qildi. 14-daqiqada esa jarima maydoni ichida Grigoriy Valeyev e’tibordan chetda qoldi va hisob 0:2 ko‘rinishiga keldi. Ikkinchi taymning ilk soniyalaridanoq tanaffus paytida murabbiylar shtabi futbolchilar bilan to‘g‘ri ishlagani yaqqol sezildi. Tashabbusni to‘liq qo‘lga olgan O‘zbekiston terma jamoasi mehmonlarni o‘z jarima maydoniga qamab qo‘ydi. Uzoq vaqt gol ura olmaslik ham yigitlarimizning ishtiyoqini so‘ndirmadi. Aksincha, ular yanada katta g‘ayrat bilan g‘alaba yo‘lini qidirishda davom etishdi. 33-daqiqada Muzaffar Axadjоnov individual mahorati evaziga birinchi javob golini urdi — 1:2. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Shahram Faxriddinov qanotdan uzatilgan to‘pni darvoza to‘riga joyladi va hisob tenglashdi — 2:2. Uchrashuvning so‘nggi soniyalarida esa Akbar Usmonov Rossiya jamoasining “sun’iy ko‘pchilik bo‘lib hujumga o‘tish” taktikasini jazolab, g‘alaba golini kiritdi — 3:2! Bu O‘zbekiston terma jamoasining qisqa vaqt ichida jahonning TOP-10 taligidagi ikkinchi raqib ustidan qo‘lga kiritgan g‘alabasi bo‘ldi. Yodingizda bo‘lsa, Islom Birdamligi o‘yinlari arafasida Toshkentda Qozog‘iston terma jamoasi 2:1 hisobida mag‘lub etilgan edi. Endi esa Rossiya terma jamoasi Buxoroda mag‘lubiyatni tan oldi. Bosh murabbiy Nodir Eliboyev va uning jamoasi Osiyo kubogi–2026 musobaqasiga tayyorgarlikni to‘g‘ri yo‘nalishda olib borayotganini yana bir bor isbotladi. Biroq bu bilan cheklanib qolmaslik kerak. Izlanish va mehnatni davom ettirish zarur. Shundagina qit’a chempionatida ham qo‘yilgan maqsadlarga erishish mumkin bo‘ladi. Olg'a, OZBEKISTON!!! G'ALABA muborak bo'lsin!!! 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
Diterbitake 19 Des
⚽️⚽️⚽️⚽️ O'ZBEKISTON – ROSSIYA terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda Muzaffar Axadjonov tomonidan kiritilgan gol.
Diterbitake 19 Des
https://youtube.com/live/WCA3-rNBSEw?feature=share
Diterbitake 19 Des
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Rossiya termasiga qarshi soʻngi oʻrtoqlik uchrashuvida jamoa sardori Dilshod Rahmatov mana shunday gol ajoyib gol urgandi. Xabaringiz bor, hozirda Rahmatov BMB PFC bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Eslatib oʻtamiz, bugun milliy terma jamoamiz 17:00 da Rossiya terma jamoasiga qarshi navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi. Bahs Buxoro shahridagi “Universal SM”da boʻlib oʻtadi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 19 Des
🔥#MATCHDAY XALQARO O'RTOQLIK UCHRASHUVI O'ZBEKISTON – ROSSIYA 📍 | Manzil: Buxoro shahri 🏟 | Majmua: "Universal" sport majmuasi 📆 | Sana: 19-dekabr | Juma ⏰ | Boshlanish vaqti: 17:00 ⚽️ | Bosh hakam: Abdulaziz Al Rasaf ⚽️ | Yordamchi hakam: Yaser Almaqseed ⚽️ | Zaxira hakami: Farrux Muzaffarov ⚽️ | Zaxira hakami: Akmal G'iyosov 🧭 | Xronometrist: Shavkat Rahmatov ✍️ | Komissar: Jaxongir Raxmatullayev 📺 | Efir: “Futbol-TV” | ⁉️ 🖥 | Efir: O’FF YouTube kanali | ⁉️ 🎙 | Sharhlovchilar: Murod Rizayev, Zuhriddin Qilichev Bugungi uchrashuvda BMB PFC vakillaridan Abbos Elmurodov, Abbosbek Oʻlmasbekov, Muzaffar Axadjonov hamda Davlat Ibragimovlar maydonga tushishi kutilmoqda. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 18 Des
#FITNESS_TRAINING #GYM BMB PFC mashgʻulotlarni davom ettirmoqda. Navbatdagi mashgʻulot jarayonlari fitnes zalida oʻtkazildi. Jismoniy kuchni yanada yaxshilashga qaratilgan mashgʻulot jarayonlari “MDIST SC”da boʻlib oʻtdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 16 Des
Barchani lol qoldirgan “Oq Yoʻlbarslar” muxlislari🤩 Telegram|Facebook|Instagram | Uzum