TGINSIGHT CHAT
BMB PFC
@bmbpfc
SportBMB Professional Futzal Clubining rasmiy kanali. Vitse prezidenti va ijrochi direktor : Mavlon Dusqobilov Matbuot kotib : Vaxobjon Abdugʻaniyev
Kiriman terkini
Kaca 43 saka 85 · 1,018 kiriman
Diterbitake 15 Des
#BEFORE_AND_AFTER Siz ularning bolalikdagi suratlarini koʻrganmisiz? Hozir sizga koʻrsatamiz🤩 Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 15 Des
Tinib-tinchimas JOAOdan ajoyib harakatlar🤩 Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 14 Des
Rossiya terma jamoasiga qarshi o’tkaziladigan xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlari uchun BMB PFC futzalchilaridan quyidagilar milliy termamiz safiga borib qoʻshiladi: Darvozabonlar: Abbos O’lmasbekov (“BMB PFC”) Abbos Elmurodov (“BMB PFC”) Hujumchilar: Muzaffar Ahadjonov ("BMB PFC") Davlat Ibragimov ("BMB PFC")
Diterbitake 14 Des
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bugun Buxoroda yigʻinni boshlaydi Dekabr oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bugun qadimiy va hamisha navqiron Buxoro shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshlaydi. Ushbu yigʻin yanvar oyining soʻnggi oʻn kunligida Indoneziyada start oladigan Osiyo kubogi musobaqasi oldidan oʻziga xos koʻrik vazifasini oʻtab beradi. Mashgʻulotlar 2024-yilgi Jahon chempionati oʻyinlari munosabati bilan qurilib, foydalanishga topshirilgan “Universal” sport majmuasida boʻlib oʻtadi. Yigʻin doirasida Nodir Eliboyev shogirdlari jahonning kuchli jamoalaridan biri sanalgan Rossiya milliy terma jamoasiga qarshi ikkita xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazishni rejalashtirgan. Afsuski, avvalroq eʼlon qilingan milliy terma jamoaning kengaytirilgan tarkibida juzʼiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Bu mamlakat milliy chempionatining soʻnggi tur uchrashuvlarida olingan jarohatlar bilan bogʻliq. Xususan, terma jamoa shifokorlari maʼlum qilishicha, himoyachilar Mashrab Odilov va Shahzodjon Saʼdiyevlarning jarohatlari kutilganidan ancha jiddiy ekani aniqlangan. Ular toʻliq tiklanishi uchun koʻproq vaqt talab etilishi sababli Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, isteʼdodli yarim himoyachi Muhammadali Xusanboyev ham 6-turdan keyin terma jamoa murabbiylari ixtiyoriga jarohat bilan qaytdi. Bu holat milliy terma jamoa murabbiylar shtabi rejalariga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilishiga olib keldi. Endilikda himoya va hujum chiziqlarida oʻzaro yaxshi tushunadigan futbolchilar bogʻlanmalarini shakllantirish uchun koʻproq vaqt va amaliy mashgʻulotlar talab etiladi. Shu bois Nodir Eliboyev Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvlarda yangi nomzodlardan iborat eksperimental tarkibni sinab koʻrishga majbur boʻladi. Eslatib oʻtamiz, 🇺🇿Oʻzbekiston — Rossiya🇷🇺 milliy terma jamoalari oʻrtasidagi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 19- va 21-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Uchrashuvlar soat 17:00 da start oladi. Ulardan birinchisi muxlislar uchun ochiq bo'ladi va OʻzMTRKning “Futbol” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston futbol federatsiyasining rasmiy YouTube kanali orqali ham uchrashuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tomosha qilish mumkin. Buxorolik futbol ishqibozlari hamda qadimiy shahar mehmonlarini milliy terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlash uchun “Universal” sport majmuasiga - 19-dekabr sanasidagi o'yinga taklif etamiz. Tomoshabinlar uchun kirish mutlaqo bepul. 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
Diterbitake 13 Des
#LIVE Siz bu kadrni hech qaysi “TV”da koʻrmaysiz. Oʻzingizni “OQ YOʻLBARSLAR”ning biri sifatida tasavvur qiling🤩 Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 12 Des
Assalomu alaykum hurmatli jamoamiz muxlislari hamda kanalimiz kuzatuvchilari. Ushbu soʻrovnomada jamoamiz vakillarini qoʻllab-quvvatlashga chaqiramiz. Koʻring, ijroga baho bering hamda oʻzingiz munosib koʻrgan nomzodga ovoz bering.
Diterbitake 12 Des
Diterbitake 12 Des
«2025-yilgi mavsumning eng chiroyli goli» nominatsiyasiga nomzodlar: «BMB PFC» – «Neftchi» uchrashuvida Alex Dias da Silva tomonidan kiritilgan gol. 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
Diterbitake 12 Des
«2025-yilgi mavsumning eng chiroyli goli» nominatsiyasiga nomzodlar: "BMB PFC" – «Bunyodkor» uchrashuvida Davlat Ibragimov tomonidan kiritilgan gol. 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
Diterbitake 12 Des
«2025-yilgi mavsumning eng chiroyli goli» nominatsiyasiga nomzodlar: SQB – «BMB PFC» uchrashuvida Hebbert Oliveira de Jesus Souza tomonidan kiritilgan gol. 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
Diterbitake 12 Des
«2025-yilgi mavsumning eng chiroyli goli» nominatsiyasiga nomzodlar: "BMB PFC" – «Surxon» uchrashuvida Husniddin Nishonov tomonidan kiritilgan gol. 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
Diterbitake 12 Des
Hurmatli kuzatuvchilar! O‘zbekiston Futzal federatsiyasi mavsum yakunlari bo‘yicha laureatlarni aniqlovchi “Futsal Awards–2025” tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Nominatsiyalar orasida “2025-yilgi mavsumning eng chiroyli goli” yo‘nalishi ham o‘rin olgan. Bugun e’tiboringizga 2025-yilgi mavsum davomida kiritilgan betakror 10 ta golni havola qilamiz. Siz, aziz kuzatuvchilarimiz tomonidan berilgan ovozlarga ko‘ra, ushbu nomzodlar orasidan eng munosib besh nafari saralab olinadi. “Futsal Awards–2025” anjumanida esa murabbiylar shtabi va mutaxassislar fikrlari umumlashtirilib, "mavsumning eng chiroyli goli" e’lon qilinadi. Ovoz berish jarayonida faol ishtirok eting — sizning ovozingiz muhim ahamiyatga ega! 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram