TGINSIGHT CHAT
BMB PFC
@bmbpfc
SportBMB Professional Futzal Clubining rasmiy kanali. Vitse prezidenti va ijrochi direktor : Mavlon Dusqobilov Matbuot kotib : Vaxobjon Abdugʻaniyev
Kiriman terkini
Kaca 76 saka 85 · 1,018 kiriman
Diterbitake 8 Okt
Dilshod Raxmatov – 2-turning “eng yaxshi murabbiyi”!!! O‘zbekiston milliy chempionati — Oliy liganing ikkinchi turidan keyin "eng yaxshi murabbiy"ni aniqlash maqsadida Telegram kanalimizga so‘rovnoma qo‘ygan edik. So‘rovnomada kuzatuvchilarimiz ancha faol qatnashishdi. 10 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz so'rovnoma bilan tanishishgan bo‘lishsa, ularning yarmidan ko’prog’i — aniqrog‘i 6175 nafari ovoz berishdi. So‘rovnomada eng ko‘p ovozni "BMB PFC" (Jizzax) jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Raxmatov oldi — 39%. Jizzaxliklarning eng murosasiz raqibi — “Oil Star” jamoasi bosh murabbiyi Fuzuliy Xayrullayevning nomzodini kuzatuvchilarimizning 26% qo'llab quvvatlagan. SQB ustozi Konstantin Sviridov 23 % ovoz bilan uchinchi o'rinni band etgan bo‘lsa, OKMK bosh murabbiyi Aleksandr Petrov 12% ovoz bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy egalladi. Shunday qilib, 2-tur yakunlariga ko‘ra Dilshod Raxmatov "2-turning eng yaxshi murabbiyi" deb topildi. 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
Diterbitake 8 Okt
OʻYIN KUNI! Bugun “Oliy liga 2025/26” mamlakat milliy chempionati 3-turining dastlabki kungi uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. “OQ YOʻLBARSLAR” Oliy liga 3-turi doirasidagi ishtirokini Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi bahs orqali boshlaydi! DINAMO 🆚 BMB PFC 🗓 8-OKTABR | 17:00 🏟 “JIZZAX FUTBOL AKADEMIYASI” 📺JONLI EFIR: FUTBOL TV, OʻFF “YOU TUBE” SAHIFASI Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 7 Okt
#TRAINING “Oq Yoʻlbarslar” Jizzax shahrida “Oliy liga” 3-turi oldidan dastlabki mashgʻulotini oʻtkazdi. Kunning birinchi qismida oʻtkazilgan mashgʻulot jarayonlarida murabbiylar shtabining taktik ishlanmalari amaliyotda sinab koʻrildi. Kunning ikkinchi qismida jamoamiz navbatdagi mashgʻulotini oʻtkazadi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 7 Okt
#ANONS 📋 Oliy liga. 3-tur. Milliy chempionatimizning 3-tur bahslariga Jizzax shahri mezbonlik qiladi. 8-oktabrdan 13-oktabrga qadar "Jizzax FMM"da bo'lib o'tadigan uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari bilan batafsil surat orqali tanishishingiz mumkin. BMB sog’lom turmush tarzi tarafdori, Za'faron sog'lig'ingiz garovi. Kuzatishda davom eting. Tavsiya etamiz: BMB ZA’FARON mahsuloti. Buyurtma qilish uchun: 📞 Call center +998555162299 Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 6 Okt
Diterbitake 6 Okt
Turning "eng yaxshi murabbiysi"ga nomzodlar O‘zbekiston futzal federatsiyasi 2025/2026-yilgi mavsumning har bitta turidan keyin "eng yaxshi murabbiy" nominatsiyasi g’olibini aniqlab kelayotganidan xabaringiz bor. 2-tur yakunlari bo‘yicha ham laureatlikka da’vogarlar to‘rt nafar. Ulardan qay biri samarali mehnat qildi va Sizda yorqin taassurot qoldirdi? Buni, aniqlab berish uchun Telegram kanalimizdagi so’rovnomada faol qatnashing. Quyida nomzodlar эътиборингизга havola etiladi: 1. Dilshod Raxmatov ("BMB PFC") — 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba, to'plar farqi — 23 : 3. 2. Aleksand Petrov (OKMK) — 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba, to'plar farqi — 12 : 5. 3. Konstantin Sviridov (SQB) — 3 ta o'yin, 2 ta g'alaba, 1 ta durang, to'plar farqi — 17 : 4. 4. Fuzuli Xayrullayev ("Oil Star") — 3 ta oyin, 2 ta g'alaba, 1 ta durang, to'plar farqi — 18 : 5. 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
Diterbitake 6 Okt
Jismoniy kuch — bu nafaqat mushaklar, bu ishonch, qat’iyat va gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqdir. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 6 Okt
#FITNESS_TRAINING #GYM BMB PFC “Oliy liga” 3-tur uchrashuvlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugungi dastlabki mashgʻulot jarayonlari fitnes zalida oʻtkazildi. BMB sog’lom turmush tarzi tarafdori, Za'faron sog'lig'ingiz garovi. Kuzatishda davom eting. Tavsiya etamiz: BMB ZA’FARON mahsuloti. Buyurtma qilish uchun: 📞 Call center +998555162299 Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 5 Okt
Oliy liga 3-tur uchrashuvlariga Jizzax shahri mezbonlik qiladi Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga jamoalarining 3-tur uchrashuvlari shu yilning 8 – 13-oktyabr sanalarida Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi. Turga Jizzax viloyati futbol oliy mahorati maktabi sport zali mezbonlik qiladi. Mazkur turda ham muxlislar deyarli har kuni biri-biridan qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarning shohidi bo‘lishadi. Ayniqsa, chempionat peshqadamlari – BMB, SQB, OKMK, “Nasaf” jamoalarining o‘zaro o‘yinlari ishqibozlar diqqat markazida turishi aniq. O‘z navbatida kurash musobaqa jadvalining quyi pog‘onalarida borayotgan jamoalar o‘rtasida ham shiddatli kechmoqda. Barcha jamoalar maydonga faqat g‘alaba ishtiyoqida chiqayotganligi o‘yin kunlarini bezab beryapti. “Sport” telekanali ijodiy birlashmasi hamda O‘zbekiston futzal federatsiyasining You Tube kanalida barcha o‘yinlardan jonli, to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyalar efirga uzatilayotganligi turga tashrif buyura olmaydigan muxlislar uchun juda qo‘l kelmoqda. Qolaversa, @Futzal Uzbekistan Telegram kanalimiz orqali ham jonli, matnli translyatsiyalarni kuzatib botayotgan muxlislarimiz oz emas. Biz sadoqatli muxlislarimiz uchun ishlashdan charchamaymiz, Siz esa kuzatishdan tolmang! Biz bilan birga bo‘ling, bizdan uzoqlashmang! 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
Diterbitake 5 Okt
Mamlakat milliy chempionati —Oliy liganing 2-tur bahslaridan so’ng musobaqa jadvalida yuzaga kelgan vaziyatbilan tanishing. Andijon shahrida oʻtgan 2-tur uchrashuvlarida 9 ochko jamgʻarib, musobaqa turnir jadvalida yetakchiga aylanib oldi. Navbatdagi tur bahslari Jizzax shahrida oʻtkaziladi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 3 Okt
#GOL Andijon shahrida oʻtkazilgan Oliy liga 2-turi doirasidagi uchta uchrashuvning ikkitasida legionerimiz Jean Neto gollar kiritishga erishdi. “Neftchi” jamoasiga qarshi kechgan bahsda 1 ta gol kiritgan boʻlsa, “Surxon” bilan kechgan qizgʻin bellashuvda dubl qayd etdi. Biz taqdim etgan video orqali barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin. BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING! Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 2 Okt
#FINISH Jamoamiz “Oliy liga” 2025/26-yilgi mavsum 2-turi doirasidagi oʻz ishtirokini yakunladi. “Oq Yoʻlbarslar”28-29-sentabr hamda 1-oktabr kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvlarning barchasida gʻalaba erishib 9 ochko jamgʻarib oldi. Andijon shahrida oʻtkazilgan 2-tur bahslari davomida raqiblar darvozasini jami 23 bor ishgʻol qildik va 3 bor oʻz darvozamizdan gol olib chiqdik(Toʻplar nisbati: +20). 3-tur bahslariga Jizzax shaxri mezbonlik qiladi. “Oq Yoʻlbarslar” navbatdagi tur uchrashuvlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Toshkent shahriga joʻnab ketishdi. BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING! Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags