TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
18페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 3월 7일
Apple yangi variantdagi iPhone 14 va iPhone 14 Plus smartfonlarini taqdim qildi! Har yilning bahor fasli boshida Apple yangi rangdagi iPhone'ni taqdim qiladi va kutilganidek, bu yilgi rang sariq bo'lib chiqdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.03.2023
게시됨 3월 7일
Nothing Phone 2 qaysi Snapdragon 8 Gen chipset bilan chiqarilishi ma’lum bo‘ldi Barselonada bo‘lib o‘tgan MWC 2023 tadbiri davomida Nothing rahbari Karl Pey o‘zlarining yangi avlod Phone smartfoni Snapdragon 8 Gen seriyasidagi chipset bilan jihozlanishini, lekin aynan qaysi model ekanligini ochiqlamangan edi. Qualcomm rahbari esa bu sirni oshkor qilib qo‘ydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.03.2023
게시됨 3월 6일
Meizu 20 jonli surati Internetda tarqalib ketdi! Meizu kompaniya shu kunlarda o'zining yangi flagmani, Meizu 20 smartfonini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Taqdimot sanasi hozircha noma'lum, lekin taqdimotga qadar smartfonning jonli surati allaqachon internetda paydo bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.03.2023
게시됨 3월 6일
Navbatdagi Telegram yangilanishida bizni nimalar kutmoqda? 2-3 oyda bir marta yangilanib, shunda ham atigi bir-ikki yangi funksiyalar qo'shadigan ayrim messenjer va ijtimoiy tarmoqlardan farqli o'laroq, Telegram o'zining yangi versiyasini deyarli har oy bir dunyo yangi xususiyatlar bilan chiqaradi. Durov messenjeri oxirgi marta yangilanganiga ham bir oydan oshdi. Bu vaqt oralig'ida Telegram bir bizga bir qancha yangi funksiyalar tayyorladi va endilikda ularni sinovdan o'tkazmoqda. Quyida navbatdagi Telegram yangilanishi bilan keladigan yangi funksiyalar bilan tanishing. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.03.2023
게시됨 3월 4일
Nothing oilasi kengaymoqda: kompaniyaning yap-yangi mahsulotining renderi tarqalib ketdi! Biz Nothing'dan Snapdragon 8 Gen seriyasidagi chipset bilan jihozlangan premium smartfon kutayotgan bir vaqtda, kompaniya umuman boshqa mahsulotni ishlab chiqarish bilan bandga o'xshaydi. Londonlik kompaniya o'z oilasining yangi a'zosini tizer qilishni boshladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 04.03.2023
게시됨 3월 4일
Apple tez orada iPhone 14 ning yangi variantini taqdim qilishi mumkin Agar siz Apple'ning ashaddiy muxlisi bo'lsangiz, unda kupertinolik kompaniya tez orada o'zining hozirgi iPhone 14 smartfonlarini yangi ranglar bilan yangilashini bilasiz. Gap shundaki, Apple har yilning bahor fasli boshida sotuvlarni oshirish uchun o'zining ayfonlari ranglarini bahoriy kayfiyatdagi ranglar bilan yangilaydi va biz, ehtimol, bu yilgi rang qanday bo'lishini bilamiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 04.03.2023
게시됨 3월 4일
Android 15 versiyasining desert nomi oshkor bo‘ldi! Android operatsion tizimining eng "shirin" qismi, shubhasiz, uning desert nomidir va bu har yilgi an’ana hisoblanadi. Hozirgi Android 13 ichki kod nomi, ya’ni shirinlik nomi "Tiramisu" bo‘lsa, endigina ishlab chiqilayotgan Android 14 versiyasi "Upside-down Cake", ya’ni "Tepasi pastga qilingan tort" yoki shunchaki "Teskari tort" deb nomlanadi. Biz hali bu "tort"dan ta’tib ko‘rganimizcha yo‘q, ammo Google allaqachon yangi versiya, Android 15 uchun shirinlik nomini o‘ylab qo‘ygan ko‘rinadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 04.03.2023
게시됨 3월 3일
eSIM davri boshlanmasidan avval tugamoqda – iSIM bilan tanishing! Odamlar endigina nano SIM-kartalardan eSIM'ga o'tishni boshlagan bir vaqtda, eSIM'dan ham yaxshiroq texnologiya, iSIM taqdim etildi. Qualcomm va Thales tomonidan taklif qilinayotgan yangi texnologiya smartfonlarning yanada ixcham bo'lishini ta'minlaydi va yaxshilangan quvvat samaradorligini taklif qiladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 03.03.2023
게시됨 3월 2일
Realme'ning "dinamik orol"li smartfoni qachon chiqariladi? Realme kompaniyasi tez orada o'zining yangi smartfonini Apple'ning "dinamik orol"iga o'xshash funksiya, "mini kapsula" bilan taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Bu Realme C55 modeli bo'lib, kompaniya rasman uni 7-mart kuni taqdim qilishni rejalashtirgan. Garchi Realme C55 hali taqdim qilinmagan bo'lsa ham, Indoneziyadagi Realme veb-saytida allaqachon uning reklama sahifasi paydo bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.03.2023
게시됨 3월 2일
O'zbekistonda Oppo Reno8 T smartfoni sotuvlari boshlandi Oppo kompaniyasi o'tgan fevral oyi boshida o'zining Reno8 T smartfonini ortiqcha dabdabalarsiz global bozorga taqdim qildi. Ma'lum bo'lishicha, kompaniyaning yangi o'rta sinf smartfonlari sotuvi O'zbekistonda ham boshlangan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.03.2023
게시됨 3월 2일
Tecno kompaniyasi o'z portfoliosiga ilk buklamafonini qo'shdi Apple va Google kabi texnogigant kompaniyalar hali ham birgina buklamafon chiqara olmayotgan bir vaqtda Xitoyning kichik brendlaridan biri, Tecno o'zining ilk buklanadigan smartfonini taqdim qildi. MWC 2023 ko'rgazmasida namoyish qilingan Phantom V Fold buklamafoni Samsung kompaniyasining Galaxy Z Fold modeli kabi kitob shaklida ochilib yopiladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.03.2023
게시됨 3월 2일
Kalendarlaringizni belgilang: Galaxy A34 va Galaxy A54 qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi! Samsung kompaniyasi bir necha oylardan buyon o'zining Galaxy A seriyasidagi eng mahshur smartfonlarning yangi avlodi, Galaxy A34 va Galaxy A54 modellarini taqdim qilishi haqida mish-mish qilib kelinmoqda, biroq hali ham ular haqida hech qanday rasmiy ma'lumot berilmadi. Ehtimol, uzunquloq xabarlar tez orada yakun topadi yoxud Janubiy Koreya kompaniyasi yaqin kunlarda yangi smartfonlarni taqdim qilishni rejalashtirgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.03.2023