TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
45페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 9월 30일
Endi Twitter ham TikTok'lashishni boshladi Twitter kompaniyasi o‘zining yangi blog postida ma’lum qilishicha, platformada ulashilgan videolar har yili milliardlab ko‘rishlar soniga ega bo‘ladi. Endilikda kompaniya foydalanuvchilar dunyoda nimalar sodir bo‘layotgani haqidagi videolarni osonroq topishlari va ko‘rishlari uchun videolarga oid ikkita yangi o‘zgartirishlar kiritayotganini e’lon qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 30.09.2022
게시됨 9월 30일
Mayning bilan shug'ullanish uchun har oy 3 million so'm Adliya vazirligi O'zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig'imlar miqdorini belgilash, ularni to'lash va taqsimlash tartibi to'g'risidagi nizomni ro'yxatdan o'tkazdi. Unga ko'ra, O'zbekistonda mayning bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar (maynerlar) o'z faoliyatlarini amalga oshirish uchun BHMning 10 baravari miqdorida oylik yig'im to'lashlari belgilangan. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (oddiy qilib aytganda xizmat provayderlari) esa xuddi BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda yig'im to'lashlari kerak: 📣IT news| ©Terabayt.uz 30.09.2022
게시됨 9월 30일
Nothing Ear Stick jonli videoda ko‘rsatildi Yaqinda Nothing texnologiya kompaniyasi o‘zining phone (1) smartfonidan keyingi mahsuloti, Ear (stick)'ni Londonda bo‘lib o‘tgan moda festivalida namoyish qilgan edi. Endilikda kompaniya Berlinda joylashgan Acronym dizayn brendi egasi, Errolson Xyu bilan hamkorlikda simsiz quloqchinlarni mutlaqo yangicha keysdan qanday olishni ko‘rsatib beradigan videoni chiqardi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 30.09.2022
게시됨 9월 30일
Xiaomi 12T seriyasi xalqaro bozorga sotuvga chiqadi Xiaomi 12T seriyasi rasman 4 oktyabr sanasida taqdim etiladi. Bungacha smartfonlarga oid ko‘plab ma’lumotlar oshkor qilindi. So‘nggi sizdirilgan ma’lumotlarda Xiaomi 12T va 12T Pro modellarining Yevropadagi narxi ma’lum bo‘ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 30.09.2022
게시됨 9월 30일
Google o'zining bulutli-o'ynash xizmatini yopmoqda Google kompaniyasi o'zining taniqli xizmatlaridan biri, bulutli-o'ynash platformasi, Stadia'ni yopayotganligini e'lon qildi. Kompaniya sotib olingan Stadia qurilmalari va kontentlar pulini 2023-yil yanvarining o'rtasigacha qaytarib berishini ma'lum qilgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 30.09.2022
게시됨 9월 29일
Bu safar rasman: Xiaomi 12T seriyasi 200MP kamerali smartfon bilan qachon chiqarilishi ma'lum qilindi Bir necha oylik mish-mishlardan so'ng, Xiaomi kompaniyasi rasman yana bir qator smartfonlar, Xiaomi 12T seriyasini chiqarishini ma'lum qildi. Garchi aynan qaysi modelligini aytmagan bo'lsa ham, kompaniya yangi seriyada 200MP kameraga ega smartfon bo'lishini ham tasdiqlagan. Xabarlarga ko'ra, bu (katta ehtimol bilan) Xiaomi 12T Pro modeli bo'lishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 29.09.2022
게시됨 9월 29일
Galaxy S23 Ultra'ning renderlari e’lon qilindi Kecha Samsung kompaniyasining Galaxy S23 hamda S23 modellari sifatli renderlarda ko‘rsatilgan edi. Bugun navbat asosiy model - S23 Ultra'ga keldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 29.09.2022
게시됨 9월 29일
Apple Rossiyadagi eng katta ijtimoiy tarmoq ilovasini App Store'dan olib tashladi Bir necha oy oldin Apple Rossiya bozorini tark etib, u yerda hech qanday savdolarni davom ettirmalikka qaror qilgan edi. Endi kompaniya App Store do‘konidan Rossiyaning mahalliy ilovalarini olib tashlamoqda. Ushbu ilovalar ichida Facebook uchun muqobil bo‘lgan VKontakte ham bor. 📣IT news| ©Terabayt.uz 29.09.2022
게시됨 9월 28일
Instagram'ga Story'ga o'xshash yangi xususiyat qo'shilmoqda XDA nashrining xabar berishicha (The Verge orqali), Instagram obunachilaringizga xat qoldirish imkonini beradigan "Izohlar" funksiyasi ustida ishlamoqda. U Xabarlar bo'limida, qidiruv paneli ostida, obunachingiz profili ustida matn qutisi ko'rinishida joylashgan va uning ichida "Xayolingizdagi narsalar bilan ulashing..." taklif matni yozilgan bo'ladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 28.09.2022
게시됨 9월 28일
Eski Samsung smartfonlari batareyasida jiddiy muammo kuzatilmoqda Batareyaning ishib ketishi va portlashi kabi holat Samsung uchun begona holat emas. Kompaniyaning 2016-yilda chiqarilgan Galaxy Note 7 smartfonlarining nuqsonli batareya sabab portlab ketishi kompaniyaning ancha obro'sini to'kkan edi. Bu Samsung uchun yetarli dars bo'lgan edi, ammo kompaniya batareya bilan bog'liq muammolardan to'liq qutulmagan ko'rinadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 28.09.2022
게시됨 9월 28일
Xiaomi o‘zining MIUI interfeysiga batareya stili bilan bog‘liq yangi funksiya qo‘shmoqda Yaqinda Apple smartfonlari iOS 16 bilan batareya foizini ko‘rsatib turadigan xususiyatni qabul qildi. Biroq, o‘zgarish ko‘pchilik iPhone egalarini qoniqtirmadi, chunki quvvat sarflangani sari batareya ikonkasida faqat raqamlar kamaydi, ikonkaning o‘zi esa xuddi batareya to‘liqdek qotib turar edi. Apple ushbu xatolikni iOS 16.1 bilan to‘g‘rilash niyatida, lekin baribir siz batareya ikonkasini Xiaomi smartfonlariga qo‘shilayotgan yangi funksiyadek erkin o‘zgartira olmaysiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 28.09.2022
게시됨 9월 28일
Buklamafonlarni qo‘ya turing, Samsung Display kengayadigan ekranli kompyuterni namoyish qildi Buklanadigan ekranli smartfonlar yoki kompyuterlar endilikda hech kimni hayron qoldirmayapti, ular bugungi kunning oddiy texnologiyalaridan biriga aylandi. Biroq, yaqinda internetda LG'ning bekor qilingan yon tomonga kengaya oladigan ekranli smartfonining videolari tarqaldi va u ko‘pchilik internet aholisiga qoyil qoldirdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 28.09.2022