TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달1,027최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

40페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 10월 13일

Windows kompyuter ishlatadigan iPhone egalari uchun xushxabar! O'zining kechagi Surface taqdimoti davomida Microsoft kompaniyasi Apple'ning iCloud bulutli xotira xizmati Windows 11'ning Photos ilovasi bilan integratsiyalashayotganini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, o'zlarining Windows kompyuterlariga iCloud dasturini Microsoft Store'dan yuklab olib, uni Windows'ning Photos ilovasi bilan sinxronlashtirish orqali, iPhone egalari smartfonlaridagi suratlarni kompyuterda ham ko'rish imkoniga ega bo'ladilar. Hozirda ushbu xususiyat Windows Insider dasturi foydalanuvchilari uchun ochiq, ya'ni u sinov versiyada. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.10.2022

81 views

게시됨 10월 13일

Microsoft o‘zining yangi qurilmalarini taqdim etdi Kecha Microsoft kompaniyasi uchta yangi Microsoft Surface kompyuterlari, Windows 11 uchun yangi xususiyatlar hamda yangi Audio Dock dinamiklarini taqdim etdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.10.2022

81 views

게시됨 10월 13일

Telegram'da avval bepul bo'lgan funksiya Premium obunaga qo'shilmoqda Telegram Premium'ni taqdim qilar ekan, Pavel Durov messenjerdagi mavjud funksiyalarning barchasi bepul bo'lib qolishini aytgan edi. Biroq, so'nggi xabarlarga ko'ra, kompaniya rahbari o'z va'dasida turmayotgan ko'rinadi: Telegram'da avval bepul bo'lgan funksiya endi pullik obunaga qo'shilmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.10.2022

87 views

게시됨 10월 13일

Nokia ikkita kompaniya bilan sudlashmoqda Nokia kompaniyasi patent shartlarini buzganligi uchun Oppo hamda OnePlus'ni Germaniya bozoridan chiqarib yubordi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.10.2022

87 views

게시됨 10월 12일

Realme 200MP kamerali smartfon chiqaradi(mi?) Bir necha kun oldin MediaTek o'zining Dimensity 1080 chipini taqdim qildi va kompaniya u bilan jihozlangan smartfonlar joriy yilning to'rtinchi choragida chiqarilishi ma'lum qilgan edi. Endilikda Realme kompaniyasining yangi smartfoni aynan ushbu chipset bilan chiqarilishi rasman tasdiqlandi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.10.2022

89 views

게시됨 10월 12일

XPeng X2 uchar elektromobili o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi Samolyot va vertolyotlardan farqli o‘laroq, elektr uchib-qo‘nish transport vositalari qisqa parvozlar uchun qulay va odamlarni tirband yo‘llardan uchib olib o‘sh kabi afzalliklarga ega. So‘nggi bir necha yilda ana shunday o‘nlab uchar mashina loyihalari yaratildi, lekin ulardan sanoqlilarigina konsept bosqichdan o‘ta olishdi. Shulardan biri guanchjoulik XPeng kompaniyasining X2 uchar elektromobili bo‘lib, Gitex Global 2022 texno ko‘rgazmasining dushanba kungi sonida u o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi. Dubay fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi ruxsati bilan Marina shahridan havoga ko‘tarilgan X2'ning sinov parvozi 90 daqiqa davom etgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.10.2022

85 views

게시됨 10월 12일

Redmi K60 flagmanga aylanadimi? Redmi K60 smartfoni o‘z seriyasidagi bazaviy model hisoblansa-da, flagmanlik xususiyatlarini taqdim etishi kutilmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.10.2022

80 views

게시됨 10월 12일

Meta o'zining yangi avlod VR qurilmasini namoyish qildi Meta kompaniyasi o'zining yangi avlod VR qurilmasi, Quest Pro'ni namoyish qildi. Quyida uning yangi dizayni, ekrani, protsessori va xususiyatlari bilan batafsil tanishamiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.10.2022

80 views

게시됨 10월 12일

Tsukerbergning meta olamida uzoq kutilgan o'zgarish Kecha bo'lib o'tgan Meta Connect taqdimotida Mark Tsukerberg Horizon virtual olami avatarlarini oyoqlar qo'shilgan holda namoyish qildi. Ta'kidlash joizki, shu paytgacha avatarlar oyoqlarsiz shunchaki havoda muallaq turishar edi, ammo keyingi yildan boshlab, Meta foydalanuvchilarga o'z avatarlariga oyoqlar qo'shish imkonini beradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.10.2022

80 views

게시됨 10월 12일

Apple o‘z smartfonlariga yangi proshivka tarqatmoqda Dasturiy ta’minotdagi ayrim muammolarni bartaraf etuvchi yangi proshivka iPhone'lar uchun tayyor. Foydalanuvchilar yangi iOS 16.0.3 tizimini yuklab olishlari mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.10.2022

82 views

게시됨 10월 11일

O'zbekistondagi eng ommabop saytlar qaysi? Hostinger jamoasi dunyoning har bir mamlakatida eng ko'p tashrif buyurilgan veb-saytlar xaritasini tuzdi. Albatta, natijalardan Google, YouTube va Facebook olib tashlangan, chunki ular shubhasiz eng yuqori o'rinlarni band qilishi aniq. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.10.2022

98 views

게시됨 10월 11일

MediaTek o'rta darajadagi smartfonlar uchun 200MP kamera sensorini qo'llab-quvvatlaydigan chipset chiqardi MediaTek kompaniyasi o'rta darajadagi smartfonlar uchun o'zining yangi chipseti, Dimensity 1080'ni chiqardi – Dimensity 920 davomchisi yaxshilangan samaradorlik va kattaroq kamera qo'llab-quvvatlanishiga ega. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.10.2022

97 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••3839404142•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전40페이지 / 84페이지다음