TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
30페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 11월 8일
Dimensity 9200 – Snapdragon 8 Gen 2 "qotili" chiqarildi Bugun MediaTek kompaniyasi rasman Dimensity 9000 davomchisi – Dimensity 9200 chipsetini chiqardi. U Arm'ning Cortex X3 protsessori bilan integratsiyalashgan ilk smartfon chipi bo'lib, u TSMC'ning 4 nanonmetrli protsessoriga asoslagan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.11.2022
게시됨 11월 8일
Ushbu Galaxy'lar ham One UI 5 yangilanishini qabul qilishni boshlashdi O'tgan oyda Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun Android 13'ga asoslangan One UI 5 yangilanishining barqaror versiyasini taqdim qildi. Oktabr oyida uni Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlariga eng birinchi bo'lib tarqatib bo'lgandan so'ng, endilikda kompaniya reja bo'yicha navbatdagi smartfonlarga yangilanishni yetkazishni boshladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.11.2022
게시됨 11월 8일
Шунча йил ҳеч қандай тадбир халқни чек сўрашга ўргатолмаган эди. Дорихонадаман, ишонмайсиз, ҳар бир харидор чек сўраяпти. Пул ўлсин-а :))))) За столько лет ни одна попытка не могла научить людей получить чеки. Я в аптеке, вы не поверите, каждый покупатель просит чек. Да здравствуют деньги :))))) Mavlon Marasulovнинг Facebookдаги саҳифасидан ухлатилди
게시됨 11월 8일
Xuddi iPhone'lardagidek: endi Galaxy'larning ham orqasiga ikki-uch marta tegish bilan amallar bajarish mumkin Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy'ga xuddi Apple'ning iPhone smartfonlarida bo'lgani kabi telefon orqasiga teginish bilan amallar bajarish xususiyatini qo'shmoqda. "Orqaga tegish" deb nomlanadigan ushbu xususiyat Good Lock modullaridan biri – RegiStar ilovasi orqali ishlaydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.11.2022
게시됨 11월 7일
Kiberxavfsizlik markazining “yolg‘on xabar” deb aytgan xabari yolg‘on bo‘lib chiqmoqda — manba 4-noyabr kuni “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” dasturida Oliy Majlis Senatining saytini 14 yoshli yigit buzib kirgani haqidagi lavha va bu yosh hakerning intervyusi efirga uzatilgan. 5-noyabr kuni esa Kiberxavfsizlik markazi tomonidan aslida saytni telekanalga intervyu bergan 14 yoshli yigit buzmagani, bunga uning umuman aloqasi yo‘qligi va saytni namanganlik fuqaro (16 yoshda) buzib kirgani haqidagi ma’lumot tarqatilgan. 7-noyabr kuni “Mening yurtim” telekanali Kiberxavfsizlik markaziga raddiya bildirib, vaziyatga yanada oydinlik kiritibdi. Aftidan, Kiberxavfsizlik markaziga hakerni ulardan oldin telekanal topib, ma’lumot tarqatgani yoqmagan ko‘rinadi. @masofatalim
게시됨 11월 7일
Galaxy S23 Ultra 200MP kamera bilan qo'lga tushdi! Garchi Samsung o'tgan yili smartfonlar uchun 200MP kamera chiqargan bo'lsa ham, shu kungacha unda o'zining bironta smartfonlarida foydalanmadi. Boshqa kompaniyalar esa u bilan allaqachon bir emas, bir nechta smartfonlar chiqarib ulgurishdi. Biroq, Galaxy S23 Ultra bilan Samsung ham 200MP kamerali smartfon ishlab chiqaruvchilari qatoriga qo'shilishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.11.2022
게시됨 11월 7일
Galaxy S23 ko'rinishi yoqmadimi? Xiaomi 13 dizayniga nima deysiz? Xiaomi kompaniyasi o'zining yangi avlod smartfonlari seriyasi – Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro modellarini chiqarishga tayyorlanmoqda. Onleaks bilan hamkorlikda Zoutons va Compare Dial tomonidan tarqatilgan sifatli renderlar esa bo'lajak Xiaomi flagmanlari dizayni bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.11.2022
게시됨 11월 7일
Tanlang: Premium yoki yanada ko'p reklamalar? O'tgan yilning oktabr oyi oxirlarida Telegram o'z xarajatlarini qoplash uchun platformada reklama berish imkoniyatini yaratgan edi. Noyabr oyidan boshlab (mingdan ortiq obunachiga ega) deyarli barcha Telegram kanallarida rasmiy reklamalar paydo bo'la boshladi. O'sha paytlar Telegram reklamalar orqali topgan daromadini kanal egalari bilan bo'lishishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq, bular mish-mishligicha qolib ketti, reklamalar esa endi kanallardagi postlar orasida ham chiqishni boshlamoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.11.2022
게시됨 11월 7일
Agar Galaxy S23 shunday ko'rinishda bo'lganida, sizga yoqarmidi? Uzunquloq xabarlariga ko'ra, Samsung'ning bo'lajak Galaxy S23 va S23 smartfonlari Galaxy S22 Ultra'ga o'xshash dizaynda, kameralarni o'rab turadigan orolsiz chiqariladi. 4RMD taxallusli dizayner o'zining YouTube sahifasida ularning qanday ko'rinishi tasvirlangan sifatli renderlarni ulashdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.11.2022
게시됨 11월 7일
Call of Duty tarixidagi eng katta ochilish O'tgan oyning 28-sanasida Activision o'zining Call of Duty franshizasidagi yangi Modern Warfare II o'yinini chiqardi. Ma'lum bo'lishicha, kompaniya o'yin chiqarilishi bilan uch kun ichida (oldindan buyurtmalar bilan) 800 million dollar daromad olgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.11.2022
게시됨 11월 6일
Xakerlar haqidagi top filmlar ro‘yxati Haftada davomida yosh xakerlar va senat.uz o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng, xakerlikka bo‘lgan qiziqishingiz yanada oshgani aniq. Shu sababli biz dam olish kunida tomosha qilish uchun xakerlar haqidagi eng zo‘r filmlarni to‘pladik. Spoyler qilmaslik uchun film voqealari haqida ma’lumot bermaymiz, lekin ishoning, bular xakerlar haqidagi eng top filmlar hisoblanadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.11.2022
게시됨 11월 6일
Haqiqiy xaker kim? Shudir masala! 2-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining rasmiy veb-saytiga kiberhujum uyushtirildi. O‘shanda saytga Marsh Golden nomli xakerlar guruhi logotipi va "Kiberxavfsizlik markaziga salom" so‘zlari yozib qoldirilgan edi. Garchi sayt administratorlari 10 daqiqa ichida asosiy domendagi barcha ma’lumotlarni qo‘shimcha domenga o‘tkazishgan bo‘lsa ham, internet aholisi buni allaqachon payqab ulgurgan edi. Tabiiyki, voqea shov-shuvga aylandi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.11.2022