TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
10페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 4월 17일
Xiaomi 13 Ultra ilk marta rasmiy renderlarda ko'rsatildi Bir necha oylik mish-mishlardan so'ng, vanihoyat, Xiaomi 13 Ultra'ning tashqi ko'rinishi, dizayni rasman oshkor qilindi. Xiaomi'ning rasmiy Weibo sahifasida ulashilgan suratlarda siz smartfonning oq rangli variantdagisini ko'rishingiz mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.04.2023
게시됨 4월 17일
SpaceX'ning dunyodagi eng katta va kuchli Starship raketasi uchirilishini qanday tomosha qilish mumkin? Ilon Maskning odamlarni Marsga yuborish rejasi uning Starship, qayta foydalanish mumkin bo'lgan yangi avlod kosmik kemasining ishlab chiqarilishi bilan uzluksiz bog'liq hisoblanadi va bir necha martalik fantastik omadsizliklar bilan birga ajoyib muvaffaqiyatlardan so'ng, nihoyat, SpaceX'ning dunyodagi eng katta raketasi o'zining ilk parvozi uchun tayyor. Bugun, 17-aprel kuni milliarderning kosmik kompaniyasi Super Heavy bilan to'liq integratsiyalashtirilgan Starship samo kemasini orbitaga sinov tariqasida uchirish niyatida. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.04.2023
게시됨 4월 17일
Windows 11 operatsion tizimiga yangi funksiyalar va reklamalar qo'shilmoqda – bilishingiz kerak bo'lgan barchasi! Microsoft kompaniyasi o'zining Windows 11 operatsion tizimi uchun bir qancha yangi funksiyalar bilan birga reklamalarni ham sinovdan o'tkazmoqda. O'zgarishlar operatsion tizimning insayderlar uchun maxsus 23435 (Dev Channel) versiya bilan e'lon qilingan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.04.2023
게시됨 4월 15일
Mish-mishlar rad etildi: ChatGPT-5 versiyasi tayyorlanmayapti OpenAI kompaniyasi o'tgan yili GPT-3 til modeli bilan chiqargan ChatGPT sun'iy intellekt chatboti Internet olamini, shubhasiz, larzaga soldi. Biroq, u endi hozirgi GPT-4 donoligi oldida hech nima emas. Navbat esa GPT-5 versiyasiga – ijtimoiy tarmoqlarda OpenAI allaqachon uning ustida ish boshlagani va u dekabr oyida chiqarilishi mumkinligi haqida bir qancha mish-mishlar tarqaldi. Biroq, kompaniya rahbari bunday xabarlarni rad etdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.04.2023
게시됨 4월 15일
Ilon Maskdan yana bir "X" kompaniya va u sun'iy intellekt bilan bog'liq! Internetda bir necha kundan beri Ilon Mask o'zining yangi sun'iy intellekt mahsulotini chiqarishi haqida mish-mish tarqalib yuribdi. Ulashilgan ma'lumotlarga ko'ra, milliarder o'zining bo'lajak SI xizmatini ishga tushirish uchun roppa-rosa 10 mingta grafik kartalar sotib olgan. So'nggi xabarlardan ma'lum bo'lishicha, Mask allaqachon sun'iy intellekt bilan bog'liq o'zining yana bir "X" kompaniyasiga asos solib ham ulgurgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.04.2023
게시됨 4월 15일
Jahldor qushlar va Sonik tipratikan birlashmoqda! Yaqinda isroillik mobil o'yinlar ishlab chiqaruvchi Playtika kompaniyasi o'zining Angry Birds nomli o'yini bilan tanilgan Rovio kompaniyasini 800 million dollarga sotib olish taklifi bilan chiqqan edi. Biroq, bu muzokara rasman mart oyida omadsiz yakunlangan. Endilikda ma'lum bo'lishicha, finlandiyalik kompaniyani Sega qo'lga kiritishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.04.2023
게시됨 4월 14일
Xiaomi 13 Ultra – kamerami yoki smartfon? Global bozor uchun bir yillik tanaffusdan so'ng, Xiaomi yangi Ultra flagman bilan qaytmoqda. Kompaniya tez kunda o'zining Xiaomi 13 Ultra smartfonini butun dunyoga namoyish qilmoqchi. Qurilma taqdimot sanasi yaqinlashar ekan, kundan-kunga uning yangi tizer suratlari paydo bo'lmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.04.2023
게시됨 4월 14일
ROG Phone 7 va ROG Phone 7 Ultimate smartfonlari chiqarildi! Garchi iPhone yoki Galaxy kabi butun dunyoga mashhur bo'lmasa ham, mobil o'yinlar ishqibozlari uni juda yaxshi tanishadi: ROG Phone geyming smartfonlarini texnik xususiyatlar borasida haqiqiy "monster" deyish mumkin va ular o'z ishining haqiqiy ustalari hisoblanishadi. Asus ularning yildan-yilga yangi, yanada kuchaytirilgan avlodlarini taqdim qilishda davom etadi – kompaniya kecha o'zining ROG Phone 7 seriyasini taqdim qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.04.2023
게시됨 4월 13일
Bo'lajak Huawei Nova 11 smartfonining jonli surati tarqalib ketdi Huawei kompaniyasi o'zining yangi Nova 11 seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Internetda ushbu qatordagi boshlang'ich modelning old ekrani ko'rsatilgan jonli surat paydo bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.04.2023
게시됨 4월 13일
Lofi Girl'ni tanirmidingiz? Endi uning yigiti bor! Agar siz ham uy vazifalarini bajarishda yoki kitob o‘qishda yoki umuman boshqa vaziyatlarda e’tiboringizni bir joyga jamlash uchun "lofi" stilidagi musiqalarni tinglashga odatlangan bo‘lsangiz, unda siz YouTube'dagi Lofi Girl kanalini juda yaxshi bilasiz. U yerda lofi janridagi musiqalar kun davomida tinimsiz jonli efirda uzatiladi. Kanalning asosiy qahramoni esa shu musiqalarni tinglagan holda dars qilib o‘tiradigan o‘quvchi qiz bo‘lib, endi u yolg‘iz emas – Lofi Girl kanali yangi janrdagi musiqa strimingi bilan mutlaqo yangi qahramonni taqdim qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.04.2023
게시됨 4월 13일
O'zbekistonda kibersport turniriga rekord darajadagi ishtirokchilar ro'yxatdan o'tdi Yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijasida kibersportchilarimiz ham ancha ko'payib qoldi – O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati mamlakatimizda o'tkazilayotgan kibersport turniriga ro'yxatdan o'tish jarayoni yakunlanganligini va uning natijalarini e'lon qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.04.2023
게시됨 4월 13일
Zamon bilan hamnafas – LG ham minimalistikani o'zlashtirdi So'nggi yillarda dunyo bo'ylab katta-katta kompaniyalar o'z imijlarini zamon bilan hamnafas bo'lgan holda minimalistik ko'rinishga o'zgartirishmoqda va ularning eng so'nggilaridan biri ko'pchilikka o'zining yuqori sifatli televizorlari bilan tanilgan LG brendi bo'ldi. Janubiy Koreya kompaniyasi 9 yildan so'ng o'zining yangi logotipini taqdim qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.04.2023