TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달2,012최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

55페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 9월 5일

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (35 hafta) GSMArena sayti o‘zining 35 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Sony o‘tgan haftada Xperia 5 IV kichik hajmli flagman smartfonni taqdim etgan edi. Ushbu modelga qiziqish birdan ortdi, natijada smartfon reytingda birinchi o‘ringa chiqib oldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 05.09.2022

193 views

게시됨 9월 5일

Redmi A1 - bu qanday smartfon? Xiaomi kompaniyasining yangi byudjet sinfidagi Redmi A1 smartfoni tez kunlarda taqdim etiladi. Ushbu qurilmani eski Xiaomi Mi A1 (Mi 5x) modeli bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. 📣IT news| ©Terabayt.uz 05.09.2022

171 views

게시됨 9월 3일

Nokia 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi ikkita smartfonni taqdim etdi HDM Global (Nokia) IFA tadbirida qayta ishlangan materialdan ishlangan qurilmalarni taqdim etdi. Kompaniya, shuningdek, qurilmalarni foydalanish vaqtini oshirish hamda elektron chiqindilarni kamaytirish uchun doiraviy obuna tizimini ishlab chiqdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 03.09.2022

173 views

게시됨 9월 3일

Yangi avlod iPhone'larining Pro modellari 100 dollarga qimmat bo'ladi iPhone muxlislari uzoq kutgan kun yaqinlashib kelmoqda. Bir necha kundan so'ng, Apple kompaniyasi o'zining iPhone 14 smartfonlari qatorini taqdim qiladi. Aytish kerakki, bo'lajak ayfonlarning tashqi ko'rinishi ko'pchilik uchun yangilik bo'lmasa kerak. Deyarli bir yildan beri mish-mish qilib kelinayotgan yangi avlon iPhone'larining Pro modellari old tomonida tabletka va yumaloq shakldagi tirqishlarga ega bo'ladi. Oddiy modellar esa iPhone X dan beri saqlanib kelayotgan katta qora tirqish bilan chiqariladi. Albatta, yangi modellarning texnik xususiyatlari ham kuchaytiriladi. Biroq, tashqi va ichki tomonidan ham ko'ra hammani eng, eng, eng qiziqtiradigan narsa bu ularning narxlari desak adashmagan bo'lamiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 03.09.2022

184 views

게시됨 9월 3일

Android 14 bilan to'g'ridan-to'g'ri sun'iy yo'ldoshga ulanish mumkin bo'ladi Garchi O'zbekistondagi aloqa operatorlar mamlakatimiz hududida keng qamrovli simsiz aloqa xizmatlarini taklif qilishsa ham, ko'plab chekka hududlarda yoxud qishloq joylar hali-hamon uyali aloqadan foydalanish imkoni mavjud emas va bu, albatta, yomon. Bunga esa sun'iy yo'ldoshga ulanish yechim bo'lishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 03.09.2022

171 views

게시됨 9월 2일

Samsung ochiqchasiga Apple'ning ustidan kulmoqda! Agar futbol olamida Messi va Ronaldo, ichimliklarda Pepsi va Coca-Cola bir-birlariga eng ashaddiy raqiblar bo'lishsa, smartfonlar olamida bu iPhone va Galaxy brendlaridir. Ularning ikkovlari ham bir vaqtning o'zida ham bir-birlarini ko'rolmaydigan, ham bir-birlarisiz turolmaydigan kompaniyalar bo'lib, ora-orada qaysi birlari bozorda eng zo'ri ekanliklarini ko'rsatib qo'yadigan reklamalar bilan bir-birlarini "qitiqlab" turishadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.09.2022

195 views

게시됨 9월 2일

Apple Pro modeldagi iPhone 14 tirqishlari orasidagi bo'shliqdan ham foydalanib qolmoqchi Apple'ning bo'lajak iPhone 14 qatoridagi smartfonlari yangicha dizaynga ega bo'lishi deyarli bir yildan beri mish-mish qilib kelinmoqda. Uzunquloq xabarlari yangi avlod seriyasidagi Pro modellar Face ID va selfi kamera sensorlari uchun yotqizilgan "i" shaklidagi ikki xil tirqishga ega bo'lishini tasdiqlaydi. Biroq, so'nggi xabarlar Apple ular orasidagi bo'shliqni "to'ldirib" qo'yishini ma'lum qilmoqda. Bu haqida MacRumors o'zining anonim manbalariga asoslanib xabar bermoqda va buni keyinroq Bloomberg'dan Mark Gurman ham tasdiqlagan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.09.2022

163 views

게시됨 9월 2일

Galaxy Z Fold4 damini olsin — Asus kompaniyasi 17.3 dyuymli buklanuvchi plashetni taqdim etdi Asus kompaniyasi yil boshidagi CES tadbirida Zenbook 17 Fold OLED planshetining prototipini taqdim etgan edi. Endi kompaniya ushbu qurilmani rasman taqdim etdi. Xo‘sh, Zenbook 17 Fold OLED - bu qanday planshet? 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.09.2022

157 views

게시됨 9월 1일

Sony Xperia 5 IV smartfonini taqdim qildi Sony bugun o'zining yangi avlod kompakt telefoni, Xperia 5 IV ni rasman taqdim qildi. Taniqli yaponiyalik kompaniya o'zining bu yildagi eng so'nggi smartfonini, albatta, eng yaxshi kameralar bilan jihozlagan bo'lib, u bir qancha yuqori darajadagi texnik xususiyatlarga ega. 📣IT news| ©Terabayt.uz 01.09.2022

164 views

게시됨 9월 1일

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (34 hafta) GSMArena sayti o‘zining 34 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Apple rasman iPhone 14 seriyasini 7 sentyabr sanasida taqdim etishini ma’lum qildi. Bu holat o‘z navbatida reytingga ta’sir o‘tkazmay qolmadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 01.09.2022

157 views

게시됨 9월 1일

Samsung harbiy darajada qattiq himoyalangan Galaxy Tab Active 4 Pro planshetini taqdim qildi Afsuski, hozirgi nozik va nafis dizaynda chiqarilayotgan mobil qurilmlar ofisdan tashqarida, turli xil sharoitlarda ishlovchilar uchun muqobil variant bo'la olmaydi. Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ushbu muammoga o'zining yangi Galaxy Tab Active 4 Pro plansheti bilan javob berdi. Ortiqcha dabdabalarsiz taqdim qilingan qurilma harbiy darajadagi qattiq himoyalangan bo'lib, u ekstremal sharoitlar uchun AQSh harbiy kuchlarining MIL-STD-810H sertifikatiga, shu bilan birga, suv va changga chidamliligi uchun IP68 reytinggiga ega. Aytish kerakki, planshet 1-1.2 metr balandlikdan tushib ketishdan yoki 1.5 metr chuqurlikdagi suvda yarim soatlab qolib ketishdan "qo'rqmaydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 01.09.2022

142 views

게시됨 9월 1일

Apple ham o'zining bir nechta eski smartfonlariga yangilanish yubordi Yaqinda Samsung kompaniyasi o'zining juda ko'plab eski smartfonlariga xavfsizlik yangilanishlarini yuborgan edi. Endilikda Apple kompaniyasi ham o'zining deyarli sakkiz-to'qqiz yillik smartfonlariga muhim xavfsizlik yangilanishini yubormoqda (The Verge orqali). 📣IT news| ©Terabayt.uz 01.09.2022

142 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••5354555657•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전55페이지 / 84페이지다음