TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
64페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 7월 31일
Smartfonlardagi top 5 eng keraksiz xususiyatlar Texnologiyaning kundan-kunga rivojlanib borishi bilan birga mobil telefonlarning funksionalligi ham oshib bormoqda. Biroq, smartfonlarimizda ko'plab foydali funksiyalar bilan birgalikda biz umuman foydalanmaydigan yoxud keraksizlari ham mavjud. "Internet aholisi"ning ma'lum qilishicha smartfonlardagi quyidagi xususiyatlar umuman keraksiz deb hisoblanadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 31.07.2022
게시됨 7월 30일
Eng kichik flagman smartfon taqdim etildi Asus Zenfone 9 — o‘tgan yilgi Zenfone 8 modelidan kichikroq bo‘lishiga qaramay, unga kattaroq akkumulyator, kattaroq kamera sensori va kuchliroq chipset o‘rnatildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 30.07.2022
게시됨 7월 30일
Dunyo bo'ylab mashhur shaxslarning yashash joylariga ko'ra xarita yaratildi MapBox'da xaritalar bo'yicha senyor dizayner va geograf, Topi Tyukanov, taniqli odamlarni ularning yashash joylariga ko'ra ko'rish imkonini beradigan interaktiv xarita yaratdi. Qizig'i shundaki, siz unda nafaqat mashhur insonlarni qayerlik ekanliklarini, balki ismlari ustiga bosish bilan ularning mashhurlik darajasi, jinsi va tirik yoki yo'qligini bilib olishingiz (kattaroq harflar bilan uzoqdan ham ko'rinadigan ism egalari yuqoriroq reytingga ega). 📣IT news| ©Terabayt.uz 30.07.2022
게시됨 7월 30일
Samsung o'z smartfonlariga yangi "ta'mirlash" rejimini qo'shmoqda Smartfonni uning ichida butun boshli yozishmalar, shaxsiy suratlar bilan bir necha soat yoki bir necha kunga ta'mirlashda qoldirish, albatta, deyarli hammamizni havotirga soladi. Ta'mirlash vaqtida smartfon egasining ma'lumotlari tarqatib yuborilishi kabi hodisalar, afsuski, bir necha marta sodir bo'lgan. Shukrki, Janubiy Koreya texno-giganti, Samsung ushbu muammoga innovation yechim bilan chiqdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 30.07.2022
게시됨 7월 29일
Prezident: "IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi" Prezident matbuot kotibi, Sherzod Asadov o‘zining Telegram kanalida xabar berishicha, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yuqorichirchiq tumanida yangi ochilgan "Astrum" IT akademiyasiga axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, yosh dasturchilar, IT va kommunikatsiya kompaniyalarining rahbarlari va xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazish uchun tashrif buyurdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 29.07.2022
게시됨 7월 29일
Dunyodagi ilk 200MP kamerali smartfon mana shunday ko'rinishda bo'ladi Motorola kompaniyasining Moto (Edge) X30 Pro yoxud Motorola Frontier, shu bilan birga, global bozor uchun Moto Edge 30 Ultra nomli smartfoni kelayotgan 2-avgust kuni taqdim qilinishi kutilmoqda. Tadbir sanasi yaqinlashar ekan, kompaniya o'zining rasmiy Weibo sahifasiga kamerafonning dizaynini ko'rish imkonini beradigan tizer suratlarini joyladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 29.07.2022
게시됨 7월 29일
Mish-mishlar to‘g‘ri bo‘lib chiqdi — Galaxy S23 seriyasi faqat Snapdragon chipi bilan jihozlanadi Samsung kompaniyasining Exynos chiplari Galaxy S23 seriyasiga o‘rnatilmaydi. Bu yilgi S22 modellarining faqatgina Yevropa bozori uchun ishlab chiqarilgan versiyalari Exynos 2200 chipi bilan jihozlangan edi. Qolgan hududlar uchun ishlab chiqarilgan modellar esa Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 29.07.2022
게시됨 7월 28일
Galaxy A23 5G'ning narxi ma’lum bo‘ldi Samsung kompaniyasi shu yilning mart oyida Galaxy A23 4G modelini taqdim etgan edi. Ushbu qurilma boshqa kompaniyalarning smartfonlari bilan raqobatlasha olmadi. Shuning uchun Samsung endi uning 5G versiyasini taqdim etadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 28.07.2022
게시됨 7월 28일
Galaxy Unpacked'ning yangi treyleri egiluvchan smartfonlar tekislariga qaraganda yaxshiroq ekanini aytadi Samsung o'zining navbatdagi Galaxy Unpacked taqdimoti qachon o'tkazilishi rasman ma'lum qildi. Garchi kompaniya tadbirda nimalarni taqdim qilishini ma'lum qilmagan bo'lsa ham, biz ularni buklanadigan smartfonlar va boshqa gadjetlar ekanligini bilamiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 28.07.2022
게시됨 7월 28일
Sony yangi PlayStation VR2 qurilmasiga oid yangi ma’lumotlarni oshkor qildi Sony yangi PlayStation VR2 qurilmasiga oid yangi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Unda foydalanuvchi o‘z o‘yin maydonini qanday sozlash kerakligi hamda virtual reallikka ega bo‘lmagan kontentlarni striming qilish yoki o‘ynash uchun ba’zi opsiyalar berilgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 28.07.2022
게시됨 7월 28일
Galaxy Buds 2 Pro narxi ma'lum bo'ldi Samsung tez orada o'zining yangi avlod buklamafonlari, aqlli soatlari bilan birgalikda o'tgan yilgi Galaxy Buds Pro davomchisi, Galaxy Buds 2 Pro yoxud Galaxy Buds Pro 2 simsiz quloqchinini ham taqdim qilishi kutilmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 28.07.2022
게시됨 7월 27일
Redmi K50S Pro modelining texnik ko‘rsatkichlari ma’lum bo‘ldi Redmi K50S Pro modeliga oid yangi ma’lumotlar tarqalishni davom etmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, ushbu qurilma 200MP kameraga ega bo‘lgan ilk Xiaomi smartfoni bo‘lishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 27.07.2022