📹Shanba videolari - 5
Sony PlayStation 5
Sal kechga qolgan “Shanba videolari”ning bu sonini haftaning asosiy anonsi — Sony PlayStation 5 bilan boshlayman. Bu yil oʻyin konsollarining joriy avlodi (PlayStation 4, XBox One, Nintendo Switch) tugayapti. Joriy avloddagi gʻolib, albatta, PlayStation 4 boʻldi. Sony oʻyin konsoli uchun yaxshi oʻyinlarni taqdim qiloldi. Yangi avlod uchun Microsoft ham qiziq oʻyinlarni chiqaradi, lekin odatda, XBox uchun chiqariladigan oʻyinlar konsol uchun eksklyuziv boʻlmaydi: kamida shaxsiy kompyuterlarda paydo boʻladi keyinroq. Sony oʻzining ekskyuzivlarini yangi konsol uchun davom ettiryapti.
Xullas:
- Sony kompaniyasining taqdimoti bu yerda (1 soatdan koʻproq): FULL Sony PS5 Future of Gaming Reveal Event
- The Verge nashri tayyorlagan qisqaroq (22 minut) video: Playstation 5 event in 22 minutes (hardware + games)
- Rus tilida Anton Logvinov strimi: Презентация PlayStation 5 - С русским переводом. Будущее игр. Horizon 2 и другие.
Unreal Engine 5
May oyida Epic Games kompaniyasi oʻzining Unreal Engine deb nomlangan oʻyin yaratish uskunasining (“game engine”, “игровой движок” soʻzlarining oʻzbek tiliga aniq tarjimasini bilmayman) yangi versiyasidagi imkoniyatlarni koʻrsatdi. Ushbu videoga qarab yagona olinadigan tassurot: yaqin orada kinolardagi va oʻyinlardagi grafika sifati bir xil boʻladi. Avvallari kompyuterda soatlab hisoblanadigan yorugʻlik tarqalishi hozirgi videoxarita va yangi avlod konsollarida real vaqtda hisoblanyapti.
- PS5 Unreal Engine 5 Tech Demo
Turli usulda tuxum pishirish
Oxirgi paytlarda ovqat pishirishga qiziqishim koʻpaygan. Miyani dam oldiradigan juda qiziq mashgʻulotga aylandi. Yangi retseptlarni oʻrganishning asosiy vositasi — YouTube. Quyidagi videoda tuxumni turli usullarda pishirish koʻrsatilgan. Umuman, Tasty yaxshi koʻrsatmalar qiladi.
- How To Cook Perfect Eggs Every Time
Moskva metrosi qanday qurilgan
“MASTER КЛАСС” kanali Moskva metrosining qurilishi va tuzilishi haqida yaxshi videolar tayyorlabdi. Shahardagi jamoat transporti va ozroq shaharsozlikka qiziqadiganlar uchun foydali video. Harqalay, Moskva metrosi katta, murakkab, oʻziga xos tizim.
- Как строилось московское метро?
- Строительство метро / Как создавалась схема?
- Метро будущего / Строительство тоннелей
Lo-fi hip-hop, deep house, chill-out music
Soʻnggi paytlarda baʼzida kechroq (tunda) biror narsaning ustida ishlasam yoki biror mavzuga chuqurroq kirishimga toʻgʻri kelsa, YouTubeʼda cheksiz davom etadigan radiolarni eshitaman. YouTubeʼdagi bu videolarda tasvir muhimmas, musiqasi esa odamga xalaqit bermaydigan. Koʻpida takrorlanib turuvchi videolar qoʻyilgan boʻladi. Shulardan baʼzilari quyida.
- coffee shop radio // 24/7 lofi hip-hop beats
- lofi hip hop radio - beats to sleep/chill to
- lofi hip hop radio - beats to study/relax to 🐾
- 24/7 Live Radio | Best Relax House, Chillout, Study, Running, Gym, Happy Music
Sarlavhadagi kalit soʻzlar orqali izlaganda YouTubeʼda yana bir qancha videolar chiqib keladi.
Avvalgi soni: https://t.me/FarLives/363
#shanba_videolari#youtube@FarLives🌀
📹Shanba videolari - 4
Microsoft qurilmalari
Kompaniya oxirgi vaqtlar juda zoʻr rivojlanyapti va mahsulotlari ham odamni qiziqtiradigan. Microsoft bemalol Apple, Google, Sony, Slack va hokazo kompaniyalar bilan bemalol raqobat qiladigan kompaniyaga aylandi. Shu hafta taqdim qilgan qurilmalarining dizayni ham, videolari ham yaxshi. Hatto bulutli platformalar sohasida ham Amazonʼdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Yagona oqsayotgan tomoni — oʻzining smartfoni yoʻq. Lekin bu ketishida keyinroq Android yoki Windows asosida Surface Phone chiqarishi ham ehtimoldan holi emas.
- Microsoft Surface Go 2 — kichikroq va narxi atigi $399 boʻlgan planshet-noutbuk.
- Microsoft Surface Book 3 — toʻlaqonli noutbuk. MacBook Pro kabilar bilan raqobat qiladi.
- Microsoft Surface Earbuds — simsiz naushniklar. Hozir deyarli hamma qurilma ishlab chiqaruvchilar AirPodsʼga raqobatchi chiqaryapti.
Bu qurilmalarni Chaqmoq FMʼning keyingi sonida muhokama qilamiz.
Robot kamera
Ilya Birman kanalidan oldim: Markes Braunli robot kameraning taqrizini tayyorlabdi. Hozir juda katta sifatda va juda tez oladigan kameralar ommaviylashayotgandek tuyulyapti. Oskar taqdimotidagi Bred Pittning videosiga koʻpchilikning koʻzi tushgan boʻlishi kerak. Videolar oʻziga xos effektli chiqadi. Birinchi video Markesdan, qolganlari Kol Valizer ismli operator ishlari.
- Dope Tech: Camera Robots!
- Brad Pitt is the coolest guy on the GlamBOT!
- Best of Glambot: 2020 Grammys
- Best of Glambot: 2020 Golden Globe Awards
The Last of Us Part II
Bu 2013-yilda chiqqan, juda koʻp geymerlar tomonidan yuqori baholangan, taʼsirchan oʻyinning ikkinchi qismi. Konsollarini sottiradigan oʻyin, degan termin bor. The Last of Us — shunaqa oʻyin. Oʻyin parazit qoʻziqorin mutatsiya boʻlib odamlarga tarqagan, ular zombiga aylangan dunyoda ikki qahramonning sarguzashtlari haqida. Ikkinchi qismi 19-iyunda chiqadi. Birinchi video — treyleri, ikkinchisi — yangi qismi taqdimotidagi auditoriyaning reaksiyasi.
- The Last of Us Part II | Story Trailer | PS4
- The Last of Us Part II - Reveal Reactions
Inside XBox
Yana oʻyinlar haqida. Yuqorida aytganimdek, Microsoft tobora boshqacha. Yangi avlod konsollari raqobatiga yaxshi tayyorgarlik koʻryapti bu safar. Shu hafta ular Xbox Series X deb nomlangan yangi konsoliga chiqadigan oʻyinlarni koʻrsatishdi.
- First Look Xbox Series X Gameplay
Ves Anderson
Bu rejissorning filmlarini yoqtiraman. Juda. Ayniqsa bularni: “Grand Budapesht” mehmonxonasi, Itlar oroli, Oʻxshashi yoʻq mister Foks. Ves Andersonning filmlaridagi kadrlar, sahnalar, yozuvlar, kameraning oʻtishlari, hikolayash kabilar juda ustalik bilan ishlanadi. Masalan, u kabi simmetriyani yaxshi koʻradigan rejissorni topolmaysiz. KinoPoisk turli kino odamlari haqida yaxshi videolar qilyapti soʻngga paytlarda.
- Как снимает Уэс Андерсон
Avvalgi soni: https://t.me/FarLives/353
#shanba_videolari#youtube@FarLives🌀
📹Shanba videolari - 3
Shaharlarni qanday jozibali qilish mumkin?
Videoda shaharni oʻziga tortadigan, toʻgʻri qilish uchun lozim boʻlgan prinsiplar tushuntirilyapti. Masalan, shahar juda betartib ham (hech kim masʼulmas) va keragidan ortiq tartibli ham (zerikarli) boʻlmasligi kerak. Yana shahardagi hayot koʻrinib turishi lozim: faqat mashina va baland binolardan iborat shahar sovuq koʻrinadi. Hokimiyatlarda shaharni rejalashtiradigan odamlarga bervoringlar, iltimos.
- How to Make an Attractive City
Postmodern Jukebox
Skott Bredli ismli pianist tomonidan tashkil qilingan bu musiqa jamoasi zamonaviy qoʻshiqlarni XX-asr boshi stilida kuylashadi. Koʻpincha jazz janrida. Men qanaqadir adashib bularni topib olganimdan beri har zamonda qoʻshiqlarini eshitib turaman. Menga yoqqanlari quyida. Qolganlarini jamoaning kanalida koʻring.
- All About That [Upright] Bass - Meghan Trainor Cover PMJ ft. Kate Davis
- All About That Bass - Postmodern Jukebox European Tour Version (yuqoridagi qoʻshiqning boshqacharogʻi)
- Burn - Vintage '60s Girl Group Ellie Goulding Cover feat. Robyn Adele Anderson
- Mr. Blue Sky (Electric Light Orchestra) - Postmodern Jukebox ft. Allison Young
Arzamas
Rus tilidagi madaniyat tarixiga bagʻishlangan juda ajoyib nashr. Ularning qisqa videolari fikrlashni nisbatan kengaytiradi, tarix haqida qiziqarli ravishda koʻproq maʼlumot beradi. Men maktablardagi tarix fani xuddi shunaqa tushuntirilishini juda xohlardim. Haqiqiysiga mehr bilan ishlangan videolar! Quyida eng foydali videolari, qolganlari kanalida.
- Русский язык за 18 минут
- Древний Рим за 20 минут
- Древняя Греция за 18 минут
iPhone SE
Markes Braunli turli qurilmalar haqida qiladigan taqrizlar yoqadi. Juda ehtirosga berilmasdan, oddiy tilda tushuntiradi koʻp narsani.
- iPhone SE (2020) Review: It All Adds Up!
Kremniy vodiysi haqida Yuriy Dud reportaji
Menimcha, bu videoni hamma bir-biriga yuborib chiqdi, lekin mabodo, mabodo kimdir koʻrmagan boʻlsa taklif qilaman. Videodagi baʼzi xulosalar bilan bahslashishim mumkin, ammo umuman olganda yaxshi video. Faqat uzoqroq: 3 soatgina.
- Как устроена IT-столица мира / вДудь
Enjoykin
Bu odam baʼzi ommaviy videolarni qoʻshiq bilan klipga aylantiradi. Juda original. Videolarga qoldirilgan izohlar — 👍 Videolarining tagida originallariga havola bor.
- Enjoykin — Идущий к Реке
- Enjoykin — Космос Будет Наш
Avvalgi soni bu yerda: https://t.me/FarLives/348
#shanba_videolari#youtube@FarLives🌀
📹Shanba videolari - 2
Filadelfiyaning havodan dron orqali olingan videosi
Video juda “tekis” olingan, xuddi oʻyinlarning treyleri yoki 3D-videoni eslatvoradi. Yana Amerika shaharlaridagi tartibni ham koʻrsa boʻladi.
- Watch Philadelphia aerial drone footage of COVID-19 quarantine shelter in place, no people/traffic
Anton Ptushkin Saudiya Arabistonida
Anton Ptushkin yaqingacha juda yopiq, oʻta konservativ boʻlgan Saudiya Arabistoniga sayohat qilgan va u yerdan ajoyib video tayyorlagan.
- Саудовская Аравия. Нефть, туризм и большие перемены. Большой Выпуск.
Piter Makkinnon
Fotograf va blogger Piter Makkinnon fotografiya va film olishga bogʻliq qiziq videolar qiladi. Baʼzida odamlar yuborgan fotolarni tahrirlaydi, baʼzida shu fotolarni boshqa dizaynerlarni yollab yaxshilatadi, baʼzida esa Gollivuddagi maxsus effektlar olingan sahnalarni baholaydi.
- Editing YOUR Photos!!
- I Paid Photoshop ‘Experts’ to edit this photo better than me
- I Paid VFX 'Artists' to edit my green screen footage!
- Filmmaker Reacts to CRAZY HOLLYWOOD CAMERA SCENES!
Yangi Minecraft
Windows 10 uchun chiqadigan Minecraftʼning yangi beta versiyasi NVIDIA grafik videokartalarida ishlaydigan nurlarning izlanishini (ray tracing) qoʻllab quvvatlarkan. Bu oʻyinga avval 3D dasturiy taʼminotlarda soatlab hisoblanadigan (rendering) texnologiyani olib keladi. Yaxshi, lekin Minecraftʼda oʻziga xos piksel-art stilni kamaytiradi.
- Announcing the Minecraft with RTX for Windows 10 Beta!
Anton Sheyn orzularni amalga oshirish haqida
Anton Sheyn qanaqadir buyuk narsa yaratishni orzu qilib oʻtiravermasdan, gʻoyalarni amalga oshirishni boshlash haqida juda qiziq maʼruza qilgan. Hozirda u Yandex qidiruvining art-direktori.
- Антон Шеин – Мечтать вредно
Qurilmalar
Mahsulotlarning videolari ham oʻziga xos qiziq janr. Turli kompaniyalar oʻzlarining mahsulotlarini ommaga qanaqa taqdim qilishi doim menga yoqqan.
- Microsoft: Introducing Surface Neo
- Apple: iPad Pro — Your next computer is not a computer
- Bir paytlar yotvolib tomosha qilgan videolarimdan biri: Microsoft "Surface" - The Possibilities. Bu — 2007-yil, endi iPhone taqdim qilingan paytda! Meni rosa hayron qoldirgan. Umuman olganda, menga Surface planshetlari yoqadi: ham planshetning yaxshi tomonlarini oʻz ichiga olgan, ham toʻlaqonli operatsion tizimga ega. Lekin shu operatsion tizim Windows boʻlganligi meni toʻxtatadi.
Avvalgi soni bu yerda: https://t.me/FarLives/346
#shanba_videolari#youtube@FarLives🌀
#photoshop#foydali
Barcha Adobe mahsulotlari to'plami(oramizda dizaynerlar ham bormi?)
Siz qaysi biridan foydalanasiz?
💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha!