♟YouTubeприменил освоивший настольные игры ИИ-алгоритм MuZero от DeepMind для улучшения сжатия видео.
В компании заявили, что модель снизила битрейт в среднем на 4% без заметной потери качества роликов. По словам исследователя DeepMind Антона Жернова, это значительная экономия вычислительной мощности и пропускной способности. ИИ может помочь жителям стран с ограниченным интернетом смотреть ранее недоступные для них видео, добавил эксперт.
💬 Жернов уточнил, что MuZero работает только с тем YouTube-контентом, где используется метод сжатия видео с открытым исходным кодом VP9, для улучшения которого алгоритм и адаптировался.
#YouTube#DeepMind
📹Shanba videolari - 13
"Shanba videolari"ning 13-soni yetib keldi. Boshqa foydali va qiziq videolar bilan izohlarda bo'lishishni taklif qilaman.
Stardew Valley bir odam tomonidan qanday qilingan?
Qanaqadir juda samimiy va sodda o'yin bor - Stardew Valley. O'yinning syujeti shahar hayotidan zerikkan odam bir kichik qishloqqa borib tinch hayot kechirishi atrofiga qurilgan. Steam sahifasidagi 417 ming taqriz asosidagi reytingi: haddan tashqari pozitiv.
Lekin o'yinning eng asosiy o'ziga xosligi o'yinning ichidamas - butun boshli o'yin yagona odam tomonidan yaratilganligi. O'yin dizayneri - Erik Baron o'qishni bitirganidan keyin ish topishda qiynalgan va portfolio uchun kichik bir o'yin qilishga qaror qiladi va hozirda o'yinning 10 milliondan ko'p nusxasi sotilgan. Quyidagi video o'yin yaratilishi haqida:
🌐https://youtu.be/4-k6j9g5Hzk
Best Ever Food Review Show: O'zbekiston
Menimcha, Turizm qo'mitasi bir nechta mashhur ovqat blogerlari bilan hamkorlik qilib yaxshi ish qildi. Hatto O'zbekistonning o'zida yashab yurgan odamlar ham ancha narsa o'rganadi 🙂 Men bilgan va ko'rganlarim:
- Mark Viens
- The Food Ranger:
- bir
- ikki
- uch
- to'rt
Va Best Ever Food Review Show (to'g'ri, nomi uzun) 2022-yilda O'zbekistonga yana tashrif buyurib, sarguzashtlarini uzunroq video qilgan. Menga yoqqan tomoni - faqat osh, go'sht, somsalarmas, sumalak haqida ham lavha tayyorlangani: Navro'z ham bizning mintaqamizning o'ziga xos bayrami.
🌐https://youtu.be/bFzpqWXFSTo
RealLifeLore kanali
Kanaldagi ilmiy-ommabop videolaridan tashqari aynan geosiyosat mavzusida qiladigan videolari yoqadi:
- Yaqin Sharq chegaralari muammosi
- Dunyoning eng g'alati chegaralari: ortiqcha hududlar
- Dunyoning eng g'alati chegaralari: Ispaniya
- Dunyoning eng g'alati chegaralari: anklav va eksklavlar
- Nega Turkiya Istanbulni orolga aylantiryapti?
- Qanday qilib koinot siz o'ylagandan ko'ra ancha katta
Chegaralar masalasida: deyarli hamma zamonaviy davlatlarning chegaralari so'nggi 200-300 yil ichida nisbatan kattaroq davlatlar tomonidan aniqlangan. Britaniya, Ispan, Sovet, Usmoniylar, Yapon va hokazo imperiyalarning parchalanishi davomida paydo bo'lgan davlatlar chegalariga shu imperiyalar siyosatining ta'siri katta. Xuddi hozirgi sobiq Sovet davlatlari chegalari kabi.
Siz bilmagan Istanbul
O'zbek tilidagi kontentga kam ko'zim tushadi, lekin Subyektiv kanali Istanbul haqida yaxshi video tayyorlagan:
🌐https://youtu.be/CUX8v7J7gXs
- - - - - - - -
Afsuski, Anton Ptushkin urushdan keyin rus tilida video tayyorlashni to'xtatdi. Lekin ingliz tilidagi kanalini rivojlantirishni boshladi yaqindan:
https://www.youtube.com/c/Antonsomewhere
Omon bo'ling! ✌️
@FarLives#shanba_videolari#youtube
📹Shanba videolari - 12
Bu safargisini veb-saytdagi maqola sifatida sinab ko’ramiz. Videolar bitta sahifaga yig’ilgan:
https://farhodjon.uz/3o7tuTxUydI
@FarLives#shanba_videolari#youtube
📹Shanba videolari - 11
Karl koʻprigi qurilishi
Chexiya poytaxti Pragada qadimiy Karl koʻprigi mavjud. Koʻprikning nomi uning qurilishini boshlagan qirol — Karl IV bilan bogʻliq. Koʻprik qurilishi XIV asr oʻrtasida (1357-yil) boshlanib XV asr boshidagacha davom etgan. Ushbu videoda shu koʻprik qurilishi va texnologiyasi koʻrsatilgan. Qoyil qolish kerak.
https://youtu.be/nJgD6gyi0Wk
Boston Dynamics robotlari
Markes Braunli xuddi boshqa texnikalarga taqriz qilgandek Boston Dynamics kompaniyasining Spot robotiga taqriz tayyorlagan. Robot AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqlarida sotiladi va narxi 75 000 AQSh dollari atrofida.
https://youtu.be/s6_azdBnAlU
MIT (Massachusetts Institute of Technology) esa bemorlarning hayotiy koʻrsatkichlarini kontaktsiz olish uchun shu robotlarni sinayapti.
https://youtu.be/0YvSdbwh41I
Va avval kimdir koʻrmagan boʻlsa, Boston Dynamicsʼning boshqa modellari odamga oʻxshab yurishi, turli toʻsiqlardan oʻtishi, sakrashi (ham oldga, ham orqaga) va boshqa amallarni bajarishi mumkin.
https://youtu.be/uhND7Mvp3f4
Appleʼning “sahna ortidan“ videolari
Apple Watch soatlarida ekranga oʻrnatiladigan maxsus “yuzlar” (faces) mavjud. Odatda ularda turli grafika va koʻrsatkichlar aks etadi. Baʼzi yuzlarda esa fonda turli animatsiyalar paydo boʻladi: masalan, olov yoki suv. Bir qaraganda shu animatsiyalarni kompyuterda tayyorlangan, deb hisoblash mumkin. Lekin ular haqiqiy video sifatida olinarkan!
https://youtu.be/aK7KPw9bLfI
Bundan tashqari, Apple yangi iPhone chiqarganda uning kamerasi imkoniyatlarini koʻrsatish uchun Behind the Scenes (sahna ortida) nomli tajribalar koʻrsatadi. Bular ham xuddi kompyuter grafikasidek, lekin ushlab koʻrsa boʻladigan materiallardan ozgina fizika va kimyo bilan tayyorlanarkan.
Fire & Ice - https://youtu.be/dJyd_zgr2WE
Dark Universe - https://youtu.be/r7mB7BBWLcQ
AQShning milliy parklari
AQSh hukumati va xalqining juda katta yutuqlaridan biri — ular XIX asr oxiridayoq yovvoyi va umuman tabiatni saqlab qolishga juda katta eʼtibor berishgani. Mana hozir mamlakat fuqarolari dam olish yoki faol xordiq chiqarish uchun joylar yetarlicha. Yerlar tortiq qilinayotgan va pulning orqasidan quvilayotgan XXI asr Oʻzbekistoni bilan solishtirib boʻlmaydi. Videoda AQShdagi 25 ta milliy parklar haqida.
https://youtu.be/zTBmv-Gzf2w
The Люди
Anton Lyadov tanlaydigan joylarning hammasiga ham havas qilib boʻlmaydi: Shimoliy Koreya, Venesuela, Moʻgʻuliston, Meksika va hokazo. Boshqa Anton — Ptushkin videolari bilan solishtirib boʻlmaydi: Lyadov videolari xuddi oddiy videoblogdek tasvirga olingan, xavfli joylar, turli faktlar va shu joylarda yashaydigan odamlar fikrlari. Dunyoga boshqacharoq qarash uchun tavsiya qilinadi.
Самый опасный город мира l Венесуэла - https://youtu.be/hCMyf2ri0is
Реальная жизнь в Северной Корее - https://youtu.be/ZpUKJ6-LMI8
Пустынные города Монголии - https://youtu.be/yledeLW7w3s
Дубай. Обратная сторона / Трущобы и Заброшенные острова - https://youtu.be/bD9hyqx-BMk
GMC Hummer EV
Hammer pikap (pickup) mashinalarini koʻpchilik biladi. Oʻziga xos, koʻpincha turli film yoki oʻyinlardagi notinch joylarda koʻrsatishadi. Shu mashinaning yangi, faqat elektr energiyasiga yuradigan modeli juda zoʻr: shunchaki videoni koʻring. Keyingi yildan boshlab chiqadi. Narxi 112 000 dollar. Arzonroq modellari keyingi yillardan chiqarilarkan.
https://youtu.be/MjMhZKmHKGk
@FarLives#shanba_videolari#youtube
📹Shanba videolari - 10
Bir kuni Toshkentda
Ruscha-oʻzbekcha olingan bu video Oʻzbekiston va oʻzbek tilidagi segment uchun juda unikal. Qanaqa gʻalati tuyulmasin, qisqa metrajli filmda ishtirok etgan odamlar oʻrtacha oʻzbek kinosidagi aktyorlardan oʻlsa oʻligi ortiq.
Hikoyaning baʼzi qahramonlarining original talaffuzi va soʻzlashuv uslubi qoldirilganiga ham tasanno. Nega soʻkinib gapiradigan odamlar kinolarimizda birdaniga sunʼiy odoblilarga aylanishi kerak, tushunmayman.
- Однажды в Ташкенте (Короткометражный фильм, 2020)
Aleksey Navalniy videolari
Siyosiy mavzularni kuzatmaslikka harakat qilaman: baʼzida, natijasiga taʼsir oʻtkazishim ehtimoli kam narsalarga keragidan ortiq eʼtibor sarflashim mumkin. Buni boshqarish esa mening qoʻlimda.
Lekin yaqinda Navalniyning ikkita videosini koʻrib odamlarning (ayniqsa, amaldorlarning) ochkoʻzligini baʼzida cheki boʻlmasligini tushunasan. Bundoq oʻylab qarasa millionlab odamlarning taqdiri sening qoʻlingda, tarixda yuzlab yil seni eslab yuradigan ishlar qilishing mumkin. Lekin atrofidagi ogʻaynilari va qarindoshlari bilan parazitdek xalq puliga yopishvolganlarni tushunish qiyin.
Harqalay, Rossiya bizga nisbatan ochiqroq va sal boʻlsayam demokratiya ishlaydigan davlat. Oʻzbekiston bilan solishtirish qiyin, lekin umumiy oʻtmishimiz va nisbatan madaniyat va fikrlashdagi oʻxshashliklardan kelib chiqib shunaqa holatni bemalol kutish mumkin.
- Томск в плену у депутатской мафии
- Взятки. Дворцы. Самолёты. За что продали народ Татарстана
Shaxsga sigʻinish
Gohida Turkmaniston yoki Shimoliy Koreya haqida aytib kulamiz-ku, lekin sal atrofga qaralsa bizda ham shaxsga (ayniqsa, predizentga) sigʻinishga rosa urinishni kuzatish mumkin.
Ilya Varlamov Turkmanistondagi shaxsga sigʻinish haqida qiziq video tayyorlabdi. Shundoq qoʻshnimiz haqida 🙂
- Культ личности в Туркменистане. Диктаторы, у которых снесло крышу: Бердымухамедов и Туркменбаши
Lucid Air — Tesla raqobatchisi
Hozir biz avtomobil sohasida revolyutsiyani kuzatyapmiz: avtomobillar aqllilashishi va yoqilgʻining nisbatan ekologik variantlaridan foydalanish. Bu revolyutsiya 10-15 yil davom etadi, menimcha. Masalan, Norvegiya 2025-yildan boshlab hamma avtomobillar yoqilgʻisiz boʻlishini maqsad qilgan.
Avtomobillar ham asta-sekin xuddi smartfonlardek gadjetga aylanadi: asosiy qismlari oʻzgarmaydi, lekin uning bir qancha imkoniyatlarini dasturiy taʼminot orqali boshqarish mumkin boʻladi. Lucid Motors rejalashtirayotgan Lucid Air modeli ham juda boshqacha: bir nechta ekranlar, smartfon orqali boshqarish, odamning yuzidan tanish, bir avtomobil boshqasiga quvvat berishi 😱 va hokazo. 80 000 AQSh dollaridan boshlanadi narxi.
- Lucid Air
Turli narsalar tayyorlanish jarayonlari
Baʼzi qoʻlda tayyorlanadigan uskuna yoki jihozlarning jarayonini koʻrib hayron qolaman. Shuncha mehnat va mehr. Quyidagi videolarda: Damashq pichogʻi, moʻgullar kamoni, Xitoy (Yixing) choynagi va oxirida turli choynaklarning sifatini oʻlchash.
- The Birth Of A Tool. Part III. Damascus steel knife making (by Northmen)
- Mongolian sinew backed bow
- The delicate making of Yixing clay teapot, also known as purple sand teapot
- The Differences In Quality Of Teapots That Are Available Is Amazing!
@FarLives#shanba_videolari#youtube
📹 Shanba videolari - 9
Anchadan beri bu kanalda videolar bilan boʻlishilmadi. Buni tuzatish vaqti keldi, yakshanba boʻlishiga qaramasdan.
Hayvonot olami
Ikkita video. Birinchisida dengiz qisqichbaqalarining (crab, краб) chigʻanoq almashish jarayoni. Bular hammasi bir joyga yigʻilib chigʻanoq oʻlchamiga qarab navbatga turvolisharkan. Ajoyib!
- Amazing Crabs Shell Exchange
Ikkinchi videoda esa bechora deyarli koʻrinmaydigan koʻk erkak baliq urgʻochi baliqning eʼtiborini tortish uchun sanʼat asarini yaratadi (oxirigacha koʻring) 😍
- Puffer Fish Constructs A Masterpiece of Love
Mars 4K formatda
Marsning yuqori sifatdagi fotosuratlarini koʻrib shu oʻzimizning Yerdagi qanaqadir choʻllarni eslaydi odam. Lekin baribir ancha keng fikrlaganda odamzodga qanaqadir umid beradi ular.
- New: Mars In 4K
XIX asr oxiri — XX asr boshidagi videolar yuqori sifatda
Rossiyalik Denis Shiryayev eski, hozirgi kunda sifati past hisoblanadigan videolarni olib, ularni Machine Learning ishlatadigan turli usullar yordamida 4K sifatdagi va sekundiga 60 ta kadrli videolarga aylantiradi.
Masalan, aka-uka Lumyerlar tomonidan 1896-yilda olingan “La-Syota vokzaliga poyezd kelishi” videosini sifatini koʻtarilgani ancha shov-shuv boʻlgandi:
- Arrival of a Train at La Ciotat (The Lumière Brothers, 1896)
Keyinroq esa turli shaharlarning eski videolari ustida ishladi:
- A Trip Through New York City in 1911
- Moscow, Tverskaya Street in 1896
- San Francisco, a Trip down Market Street, April 14, 1906
Denisning Denis Sexy IT nomli kanalini ham tavsiya qilaman.
Yandexʼning avtonom mashinasi
Yandex soʻnggi paytlarda ancha yaxshi kompaniyaga aylanib boryapti (avval ham yaxshi edi, endi ancha yaxshi). Kompaniyaning oʻzi avtonom ravishda yuradigan mashinalar uchun texnologiyasi mavjud. Adashmasam, Innopolisda ular test qilinadi. Quyidagi videoda esa Michigan shtatining Enn-Arbor shahrida (odamlar yashaydigan haqiqiy shahar) haydovchisiz mashinaning yurishi tasvirga olingan.
- Yandex 1-hour autonomous drive in Ann Arbor, Michigan
reMarkable 2
Qalamli Kindle. Planshetlarning kichik ukasi: bildirishlarsiz, chalgʻitadigan ilovalarsiz va faqat oʻqish va yozish uchun fokus qilingan. Kindle kitoblarni almashtirsa, reMarkable qogʻozning oʻzini almashtirishni taklif qilyapti. Qiziq(roq).
- Introducing reMarkable 2 — the paper tablet
Yana Microsoft videolari
Microsoft kompaniyasi ham soʻnggi paytlarda ancha ijobiy tomonga oʻzgardi. Ayniqsa, dizaynga hozir qilayotgan eʼtibori tahsinga sazovor. Tayyorlayotgan videolarining faqat vizual tomonimas, ovoz dizayni ham zoʻr. Quyida yangi videolari. Estetik zavq olish va didni oshirish uchun tavsiya qilinadi. Instagramʼda ham kuzating — videolar olinishi haqida qiziq detallarni berib borishadi.
- The new Microsoft icons: diverse and connected
- The Future Vision of Microsoft 365
Omon boʻling! ✌️
#shanba_videolari#youtube@FarLives🌀
📹Shanba videolari - 8
Drondan olingan videolar
Bu ruknning 1-sonida deyarli boʻshab qolgan Nyu-York videosini qoʻygandim. 2-sonida esa karantindagi Filadelfiya haqida video bor edi. Umuman, dronlardan olingan, tekis, sokin videolar odamga yaxshi hordiq chiqarishiga yordam beradi. Quyida men topgan va koʻrgan bir qancha dron yordamida tasvirga tushirilgan videolar. Bitta pleylistga tiqib qoʻyib kattaroq televizorda maza qilib tomosha qilsa boʻladi. Ayniqsa, hozirgi hamma uyiga qamalib, sayohatlar yeb qolgan paytda.
- Xorvatiya
- Gavayidagi Oahu oroli
- Italiyadagi Chinkve-Terre sohili
- Dolomit togʻlari (buyam Italiya)
- Norvegiya
- Fuji togʻi kuzda (Yaponiya)
- Shotlandiya
Shaharlarda piyoda sayr
Yuqoridagi videolarga oʻxshash janr: bunisida kamerani olib shunchaki turli koʻchalardan piyoda yuriladi. Ayniqsa, Tokio, Nyu-York kabi shaharlarda yomgʻir ostida olingan videolar qanaqadir odamni sokinlashtiradi.
- Yomgʻirli Tokio
- Tokiodagi Shibuya koʻchasi
- Nyu-York yomgʻir ostida
- Nyu-Yorkdagi Markaziy park
- Bangkok
- Istambul
Yaxshiroq shaharlar qurishning 7 prinsipi
Shaharlarni faqat mashinalarni hisobga olib qurish eskirgan gʻoya va yangi tajribalar koʻproq odamlar ommaviy transportdan foydalanadigan, piyoda yoki velosipedda yuradigan yoʻnalishda ketyapti. Videoda AQShning oʻrtacharoq juda tarqoq va Xitoydagidek juda zich shaharlar qurishning salbiy tomonlari aytilyapti. Umid qilaman, bizning shaharlarda ham toʻlaqonli piyodaga topshiriladigan koʻchalar paydo boʻladi.
- 7 principles for building better cities | Peter Calthorpe
Omon boʻling! ✌️
#shanba_videolari#youtube@FarLives🌀
📹Shanba videolari - 7
Ingliz tili lahjalari
Hamma tilda boʻlganidek, ingliz tilida ham juda koʻp lahjalar bor. Odatda, ona tili ingliz tili boʻlmaganlar uchun britancha va amerancha lahjalar koʻproq maʼlum. Lekin aslida AQShning oʻzida ham koʻplab lahjalar mavjud. Masalan, birinchi videoda 67 ta lahjada turli gaplar talaffuz qilingan! Meril Strip esa aktrisa sifatida imitatsiyaning yuqori choʻqqisiga erishgan.
- The English Language in 67 Accents & Random Voices
- ONE language, THREE accents - UK vs. USA vs. AUS English!
- The Many Voices of Meryl Streep
Learn English with Papa Teach Me
Bunisi esa kanal. Ingliz tilini ikkinchi yoki uchinchi til sifatida oʻrganuvchilar uchun tilning baʼzi asoslarini yaxshi tushuntiradi. “Ingliz tilini ona tilidek gapirish” deb nomlangan ruknidagi videolar rosa foydali.
- Stop Saying "I'm Fine" - Speak English Like a Native!
- 10 MOST COMMON Grammar Mistakes English Learners Make
- 10 Different Ways to Say "Thank you!" In English!
- Stop saying "I Don't Know!" - Speak English like a Native!
- MAKE or DO? Learn English
English with Lucy
Bu ham ingliz tilini oʻrganuvchilar uchun foydali kanal. Yuqoridagi kabi baʼzi maslahatlari ingliz tilidan foydalanishni ancha boyitishi mumkin.
- DO NOT say "you're welcome"! Respond to "thank you" PROPERLY!
- DO NOT say "how are you?"! Ask the question PROPERLY!
- DO NOT SAY 'Can you repeat?' or 'I don't understand' - ask for repetition in this BETTER way!
mmmEnglish
Yuqoridagi lahjalar haqidagi videoda chiqqan qiz. Bu kanalda ham ingliz tilini oʻrganuvchilar uchun qiziqarli videolar bor.
- Lesson 1 - Speak English Clearly! The Imitation Technique
- DON'T SAY "SORRY!" | Better English vocabulary | How to Apologise
- Confusing English Verbs: SAY | TELL | TALK | SPEAK
Virginia Bēowulf · English Studies
Bunisi rus tilidagi kanal. Qisqa qilib ingliz tilining turli oʻziga xosliklarini tushuntiradi. Masalan, “Uzuklar hukmdori” filmida Gendalf “You shall not pass” degan gapni aytadi. Birinchi videoda aynan shu “shall” va “will” farqi yaxshi tushuntirilgan.
- Почему WILL не заменит SHALL: главная разница и зачем нужен SHALL в английском
- TO FEAST или TO FIST? Долгий и краткий звук /i/ – косяки русского акцента и английское произношение
- ПОЧЕМУ ВЫ НЕ СМОЖЕТЕ ГОВОРИТЬ КАК НОСИТЕЛЬ (почему не получится избавиться от русского акцента) 18+
- Артикли английского, которые не преподают в школе: AN, THE, NO, THEM, ONE – правил употребления нет?
Mentalitet degan tushuncha yoʻq aslida, faqat anʼanalar degan tushuncha mavjud
Kiro Altman oʻzining “Alter Ego” nomli loyihasida Oʻzbekistonning buyuk rassomlaridan biri — Bobur Ismoilov bilan gaplashibdi. Ancha oldin chiqqan bu intervyu odamning fikrlashini ancha kengaytiradi, shaxsiy qarashlarini yaxshilab oʻylab koʻrishga undaydi. Insonning miyasi, odatda, masalaning faqat bir tomonini koʻradi. Bunaqa odamlar esa boshqa bir qancha tomonlarini ham ochib beradi. Tavsiya qilaman.
- «Нет такого понятия, как „менталитет“, есть такое понятие, как традиции»
Jo Rogan podkasti
Jo Rogan turli odamlar bilan oʻtirvolib uzoq gaplashadi. Aynan shu podkastda Elon Mask nasha chekkandi 😀 Podkastning eng mashhur epizodlarini YouTubeʼdagi kanalida koʻrish mumkin. Lekin men Naval Ravikant bilan qilgan suhbatini juda foydali deb bilaman. Umuman olganda, Naval odamning hayotdagi oʻz oʻrnini topish, boylik va pul, baxt aslida tanlovligi haqida juda yaxshi yozadi. Masalan, “Qanday boy boʻlish (omadli boʻlmasdan turib)” deb nomlangan mavzusi Twitterʼda rosa mashhur boʻlgan va dono fikrlarni yozgan.
- Joe Rogan Experience #1309 - Naval Ravikant
Omon boʻling! ✌️
#shanba_videolari#youtube@FarLives🌀
📹Shanba videolari - 6 (yakshanbagisi)
Bugun ushbu ruknning kechikkan qismi chiqyapti. Asosiysi, chiqyapti 😅
Chegaralar yopiq boʻlganda sayohat
Anton Ptushkinga barakalla (videolari yaxshi). Pandemiya va karantin paytida yolgʻiz sayohat qilishni vatanidan boshlagan. Bir qismi Ukrainaga toʻgʻri keladigan Karpat togʻlariga sayr qilib qiziq bir video tayyorlagan. Avvalo, soʻzsiz olingan video Liziqi videolariga oʻxshaydi (spoyler: oxirida gapiradi). Juda ajoyib.
- Путешествия с закрытыми границами
Kreyg Adams
Anton aytishicha, u Kreyg Adams videolaridan ilhom olgan. Kreyg shunaqa soʻzsiz videolar tayyorlaydi: ularda Kreyg biror togʻli hududga piyoda koʻtariladi. Masalan, Islandiyadagi videosini 3 milliondan ortiq tomosha qilishgan.
- Hiking 60 Miles Alone in Hornstrandir Iceland
- Hiking 80 Miles Alone on the Torres Del Paine Trail in Chile
- First Time in Japan
Nikolay Ironov
Artemiy Lebedev studiyasi dizayn bilan shugʻullanuvchi sunʼiy intellektni eʼlon qilishdi: bir yil davomida u 20 ga yaqin loyihalarda ishtirok etgan. “Ekspress dizayn” orqali chiqarilgan va turli shov-shuvlarga sababchi boʻlgan dizaynlarning koʻpini shu sunʼiy intellekt qilgan. Bu dizaynda qiziq yoʻnalishning boshlanishi boʻlishi mumkin.
- Saytida: https://www.artlebedev.ru/ironov/
- Николай Иронов
WWDC 2020
Apple kompaniyasi 24-iyunda boshlangan konferensiyasida oʻzining operatsion tizimlarining yangi versiyalarini taqdim qildi. Asosiy katta oʻzgarishlar iOS va macOS operatsion tizimlarida. Bundan tashqari, Apple Mac kompyuterlarida oʻzining chipini ishlatishni boshlarkan. Bu yilgi taqdimot avvalgilaridek sahnada tomoshabinlar bilanmas, deyarli boʻsh kompaniya kampusida oʻtkazildi. Yaqinda Chaqmoq FM podkastida bu haqida batafsil gaplashamiz.
- WWDC 2020 Special Event Keynote — Apple
- Apple WWDC 2020 keynote in 18 minutes
Cyberpunk 2077 geympleyi
Vedmak oʻyinining ijodkorlaridan yangi, kiberpank janridagi oʻyin. Juda koʻp odam intizorlik bilan kutyapti. Bu hafta CD Projekt Red studiyasi 25 minutlik geympleyini koʻrsatdi. Oʻyindagi shahar — ajoyib. Aytgandek, oʻyinda Gollivud xalq artisti — Keanu Rivz ham ishtirok etgan.
- CYBERPUNK 2077 NEW Gameplay Demo 20 Minutes 4K
Hayayo Miyadzaki
Ushbu rejissyorning animatsion filmlari orqali men anime dunyosi bilan tanishganman. Deyarli har bir filmi qanaqadir samimiy, mehribon, bolalar oʻzini kattalardek, kattalar bolalardek tutadigan, yapon mifologiyasi va zamonaviy-kelajak texnologiyalarini birlashtirgan, stimpank elementlari qoʻshilgan. Hayayo Miyadzaki — filmi Oskas mukofotini olgan yagona yapon anime rejissyori. Menga eng yoqqan filmlari: “Laputa: osmondagi qasr”, “Shamol kuchayyapti”, “Yuruvchi qasr”, “Ruhlar olib ketganlar”, “Mening qoʻshnim Totoro”.
- Как снимает Хаяо Миядзаки
- The Philosophy of Miyazaki – Wisecrack Edition
Omon boʻling! ✌️
Avvalgi soni bu yerda: https://t.me/FarLives/380
#shanba_videolari#youtube@FarLives🌀