TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite5,194Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Säit 28 vun 85 · 1,010 Posts

Publizéiert 11. Feb.

🏔 Экскурсия в курортную зону Замин — день новых впечатлений и знаний! Ученики Ташкентского техникума туризма и гостиничного менеджмента посетили одну из самых живописных туристических локаций нашей страны — курортную зону Замин. 🌿 В ходе экскурсии обучающиеся: — познакомились с природными и рекреационными возможностями региона — изучили деятельность гостиничных комплексов и туристической инфраструктуры — получили практическое представление о работе сферы туризма и сервиса — расширили знания по организации отдыха и приёма гостей Чистый горный воздух, уникальная природа, хвойные леса и современные зоны отдыха подарили ребятам не только яркие эмоции, но и профессиональный опыт. ✨ Такие выездные занятия помогают будущим специалистам глубже понять особенности туристической отрасли и укрепить интерес к выбранной профессии. 📸 Замин — место, куда хочется возвращаться снова! #Zomin#Zaamin#Turizm#MehmonxonaMenejmenti#Amaliyot#TalabalarHayoti#ToshkentTexnikumi

466 views

Publizéiert 11. Feb.

#viktorina Buyuk mutafakkir va shoirlar — Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni oshirish maqsadida onlayn viktorina tashkil etilmoqda. Viktorina davomida ishtirokchilarga 10 ta savol taqdim etiladi. Barcha savollarga to‘g‘ri va tezkor javob bergan ishtirokchilar orasidan g‘oliblar aniqlanadi. G‘olib deb topilgan 2 nafar ishtirokchiga Telegram Premium sovg‘a qilinadi.🌟 Viktorinada ishtirok etish uchun: @otfiv_tanlov_bot O'tkazish muddati: 2026-yil 10-fevraldan 14-fevralga qadar Barcha ishtirokchilarni faol qatnashishga va buyuk ajdodlarimiz merosini yanada chuqurroq o‘rganishga chorlaymiz. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

402 views

Hashtags

Publizéiert 10. Feb.

🏫 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida ekologik tanlov saralash bosqichi o‘tkazildi Texnikum o‘quvchilari o‘rtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi 54-son majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida tanlovning 2026-yilgi saralash bosqichlari tashkil etildi. 🌿 Tanlov davomida ishtirokchilar: ✅ ekologiyaga oid qonunchilik bilimlari ✅ atrof-muhitni muhofaza qilish mas’uliyati ✅ ekologik madaniyat va huquqiy savodxonlik bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. ♻️ Mazkur tadbir yoshlarning tabiatga daxldorlik hissini kuchaytirish hamda ekologik ongini shakllantirishga xizmat qiladi. ✨ Tabiatni asrash – barchamizning burchimiz! #Ekologiya#Ko‘rikTanlov #Yoshlar#HuquqiySavodxonlik#ToshkentTurizmTexnikumi

571 views

Publizéiert 10. Feb.

🏫 “Biznes asoslari” darslari – amaliy tajriba asosida! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida biznes o‘yini va simulyatsiya mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. 💼 O‘quvchilar mini-kompaniyalar tuzib, direktor, moliya va marketing menejeri kabi rollarda faoliyat yuritib, 📊 biznes reja tuzish, bozor tahlili, narx belgilash, savdo va moliyaviy hisob-kitoblarni amalda bajarishmoqda. 🤝 Natijada ularda jamoaviy ish, tadbirkorlik tafakkuri va real biznes ko‘nikmalari shakllanmoqda. ✨ Nazariya + Amaliyot = Haqiqiy tajriba! #BiznesAsoslari#Simulyatsiya#AmaliyTa’lim #Tadbirkorlik#ToshkentTurizmTexnikumi

418 views

Publizéiert 10. Feb.

📢 TEXNIKUMLARDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN YOSH MUTAXASSISLAR DIQQATIGA! Ta’lim va yoshlar bugun ish bozorini o‘zgartirmoqda! 📌Korzinka va Ish beruvchilar Assotsiatsiyasi sizni 13-fevral kuni yangi ochilgan savdo kollejida amaliy uchrashuvga taklif qiladi. 🎙 Spikerlar: Vera Kudryashova – karera yo‘llari va mentorlik; Shihnazar Sharafaddinov – professional ta’limdagi yangiliklar; Natalya Pleskachevskaya – xodimlarni rivojlantirish va saqlash. 📝 Qanday qatnashish mumkin? ✔️12-fevral, 11:00gacha ro‘yxatdan o‘ting ✔️ O‘zingiz va jamoangiz haqida ma’lumot kiriting ✔️ Uchrashuvda ishtirok etib, bilim va amaliy tajriba orttiring 📍Manzil: Toshkent, Seul ko‘chasi, 52 ⏰Vaqt: 10:00–13:30 💼Narx: Assotsiatsiya a’zolari uchun bepul (boshqalarga 392 000 so‘m) 🔗Ro‘yxatdan o‘tish 📞 +998 90 830-94-92 ✅ Telegram: @pm_aru Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

373 views

Publizéiert 10. Feb.

🏫 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida profilaktik uchrashuv va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi Texnikumimizda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida profilaktik uchrashuv hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. 🚨 Mashg‘ulotlar davomida: ✅ favqulodda holatlarda tezkor va to‘g‘ri evakuatsiya qilish ✅ birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari ✅ yong‘in xavfsizligi qoidalari ✅ turli xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari amaliy tarzda tushuntirildi va sinovdan o‘tkazildi. 👩‍🏫👨‍🎓 Ishtirokchilar nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab, xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladigan muhim tajribaga ega bo‘ldilar. Bunday tadbirlar yoshlarning hayot xavfsizligini ta’minlash, hushyorlik va mas’uliyatni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✨ Xavfsizlik — eng ustuvor vazifa! #ToshkentTurizmTexnikumi#Profilaktika#FavquloddaVaziyat#Xavfsizlik#AmaliyMashgulot#KelajakAvlodi

424 views

Publizéiert 10. Feb.

453 views

Publizéiert 9. Feb.

Kasbiy ta’limda yangi hamkorlik 2026-yil 9-fevral kuni Toshkent shahrida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda SENECA kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum mehmonxona va turizm sohasi uchun mehnat bozori talablariga mos, amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash, dual ta’limni rivojlantirish va real sektor bilan barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Unga muvofiq, texnikum o‘quvchilari SENECA kompaniyasi boshqaruvidagi Stay Inn (Rakat Elit Hotel), Europe Hotel, Olympic Village Hotel, Grand Dior Hotel, Marhaba Hotel, Burchmulla Resort, Symphony Hotel, Avenue 1936 Hotel, Silver Valley Resort, Family Resort Kumushkon, White Stone Resort kabi mehmonxona va kurortlarda ishlab chiqarish amaliyoti, stajirovka va real ish tajribasini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

581 views

Publizéiert 9. Feb.

Xalqaro tajriba asosida o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim sifatini baholash bo‘yicha ekspertlar malakasi oshirilmoqda 🇺🇿Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimida davlat akkreditatsiyasi jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan malaka oshirish dasturi o'tkazilmoqda. ☑️Dastur doirasida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda Shayxontohur tuman texnikumida ichki baholash hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi. ✅ Shuningdek, mahorat darslarida Ruminiyaning Kasbiy ta'lim markazi bilan ham yaqindan hamkorlik qilinmoqda. 💫 Malaka oshirish dasturi davom etmoqda. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #YUNESKO#malakaoshirish ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

380 views

Publizéiert 9. Feb.

#Jamoatchilik_muhokamasi 🔰 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga "Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida" gi qaror loyihasi e’lon qilindi. Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz sayti orqali qoldiring. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

356 views

Publizéiert 9. Feb.

Buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, davlat arbobi, o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik va yorqin namoyandasi Mir Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi. Alisher Navoiyning boy adabiy merosi o‘zbek adabiyoti, she’riyatining durdona, shox asarlari sifatida mana qariyb VI asrdan beri o‘qib, o‘rganib kelinmoqda. Chuqur falsafiy va hayotiy haqiqatlarga yo‘g‘rilgan dostonlari, g‘azal va ruboiylarida qayd etilgan mavzular bugungi zamon uchun ham birdek dolzarb ahamiyat kasb etadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

383 views

Publizéiert 9. Feb.

9-fevral – o‘zbek xalqining ulug‘ ma’rifatparvari, mutafakkiri va buyuk shoiri Alisher Navoiy tavallud topgan kun Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

387 views
12•••5•••10•••15•••20•••252627282930•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
ViregteSäit 28 vun 85Nächst