TGINSIGHT CHAT
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
@ttmmtrasmiy
Travel🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot
Rezent Posts
Säit 27 vun 85 · 1,010 Posts
Publizéiert 17. Feb.
Xotin-qizlar salomatligi — jamiyat barqaror taraqqiyotining muhim omili Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi tashabbusi hamda Yashnobod tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida texnikumimizda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun profilaktik tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ayollar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning erta aniqlanishini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iboratdir. Tibbiy ko‘rik davomida mutaxassis shifokorlar tomonidan zarur tavsiyalar berildi hamda ishtirokchilar o‘z salomatligi bo‘yicha bepul maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Texnikumimizda xotin-qizlarning sog‘lig‘i, ijtimoiy faolligi va farovonligi doimiy e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda. Zero, sog‘lom ayol — sog‘lom oila, sog‘lom jamiyat demakdir. #XotinQizlarSalomatligi #SoglomTurmushTarzi #ToshkentTurizmTexnikumi #YashnobodTuman #ProfilaktikKorik
Publizéiert 16. Feb.
Ovozli chat boshlandi! Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ovozli chat o‘z ishini boshladi. Ovozli chat davomida kasbiy ta’lim muassasalari faoliyati yuzasidan o‘quvchilar va fuqarolarning murojaatlari qabul qilinadi, shuningdek, mavjud masalalar bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar beriladi. Sizda taklif yoki savollar bormi? Faol ishtirok etib, muloqotda o‘z fikringizni bildiring! Barcha qiziqqanlar va faol a’zolarni ovozli chatda ishtirok etishga taklif etamiz. 👉https://t.me/OTFIV_Toshkent_boshqarmasi?livestream=d388b66ad7d13132e3 #OvozliChat#KasbiyTa’lim #Murojaat#OnlaynMuloqot Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 16. Feb.
#kelajak_soati #halollik_vaksinasi 📅 16-fevral 2026-yil 🏫Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent turizm va mehmonxona texnikumida “Kelajak soatlari” doirasida barcha o‘quv guruhlarida “Halollik vaksinasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar bilan halollik, vijdon, mas’uliyat va fuqarolik burchi kabi muhim qadriyatlar yuzasidan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Halollik – bu nafaqat shaxsiy fazilat, balki jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevori ekani alohida ta’kidlandi. 🔹 Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish 🔹 Yoshlar ongida huquqiy madaniyatni mustahkamlash 🔹 Halol mehnat va pok niyatning ahamiyatini anglash Mazkur tadbir o‘quvchilarda yuksak ma’naviy immunitetni shakllantirishga xizmat qildi. ✨ Halollik – eng katta boylik!
Publizéiert 16. Feb.
📌Kasbiy ta’lim agentligining haftalik dayjesti Kasbiy ta’lim sohasida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar va e’lon qilingan yangiliklar bilan tanishing. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Publizéiert 15. Feb.
“Akademik halollikni oʻzingizga qonun sifatida qabul qilib oling” – Qoʻngʻirotboy Sharipov “Kelajak soati” loyihasining navbatdagi mehmoni – oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov. Vazir talabalarga murojaat qildi va akademik halollik nima ekanligi, ilmiy ish yozishda uning qoidalariga amal qilish lozimligiga toʻxtaldi. Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin. Eslatma: Videokontent OTM talabalari uchun tayyorlandi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 14. Feb.
🎉YANGI YUTUQ! 📚Toshkent turizm va mehmonxona menejment texnikumi 16-25 guruh o‘quvchisi Rasulov Sherxon tarix fanidan Milliy sertifikatning B darajasini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi! 🏆 Ushbu natija Sherxonning izlanishi, mehnatsevarligi va bilimga bo‘lgan intilishining yorqin namunasi hisoblanadi. Tarix fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritish katta mas’uliyat va yuqori tayyorgarlikni talab qiladi. 👏 O‘quvchimizni ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi o‘qish hamda faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌟 Texnikumimiz sharafini himoya qilayotgan barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz! #RasulovSherxon#MilliySertifikat#16_25_guruh#Faxrimiz
Publizéiert 14. Feb.
🏫 Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab “Sharqning ikki quyoshi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 📚 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodi, ularning jahon adabiyoti va davlatchilik tarixidagi o‘rni haqida mazmunli ma’ruzalar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. 🎭 Ayniqsa, Navoiy g‘azallaridan parchalar va Bobur ruboiylari asosida tayyorlangan ijodiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. 🌟 Ushbu ma’naviy uchrashuv yoshlar qalbida milliy g‘urur, ajdodlar merosiga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. #SharqningIkkiQuyoshi#AlisherNavoiy#ZahiriddinMuhammadBobur#MaNaviyat#ToshkentTurizmTexnikumi
Publizéiert 14. Feb.
Bugun buyuk davlat arbobi, shoir va mutafakkir — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. U o‘zining boy adabiy va ilmiy merosi, teran fikrlari hamda tarixiy xizmatlari bilan o‘zbek va jahon madaniyatida o‘chmas iz qoldirgan. Boburning “Boburnoma” asari, g‘azal va ruboiylari milliy adabiyotimizning bebaho durdonalaridir. Uning ilmga, adolatga va vatanparvarlikka chorlovchi g‘oyalari bugungi kunda ham yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Buyuk ajdodimiz xotirasi doimo qalbimizda, merosi esa avlodlardan avlodlarga meros bo‘lib qolaveradi. Bobur nomi — tarix, ma’rifat va g‘urur timsolidir. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 13. Feb.
“Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi Prezidentning “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–59-son, 11.02.2026-y.) qabul qilindi. Unga koʻra, 2026/2027 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari o‘quvchilarihamda umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining 9–11-sinf o‘quvchilari uchun har oyda kamida 2 marotaba startap gʻoyalarni yaratishga oʻrgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda: — oʻquvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi startap gʻoyasi” tanlovi oʻtkaziladi, tuman darajasidagi gʻoliblarga 5 mln soʻmgacha, viloyat darajasida – 10 mln soʻmgacha miqdorda mukofot beriladi; — loyihalar har chorakda oʻquvchilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdimot qilinadi; — marketpleyslar bilan hamkorlik oʻrnatib, taʼlim tashkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotish yoʻlga qoʻyiladi. 2026-yil 1-apreldan muammo va masalalarni kraudsorsing asosida hal qilishning quyidagi tizimi joriy etiladi: Davlat organlari, tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar oʻz sohasidagi yechim talab qilayotgan muammo va masalalar boʻyicha: — kraudsorsing elektron platformasida eʼlon joylashtirib, tanlov tashkil qiladi; — har oyda startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar (“Startap kuni”) oʻtkazadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 13. Feb.
🏫Toshkent turizm va mehmonxona menejment texnikumida qizlari ishtirokida “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida mazmunli suhbat tashkil etildi. 👩⚕️ Tadbir psixolog N. Dadaboyeva, hamshira N Raxmatova, hamda Xotin-qizlar raisi K. Ikramova tomonidan olib borildi. 💬 Suhbat davomida: • Sog‘lom ovqatlanish qoidalari • Shaxsiy gigiyena va salomatlikni asrash • Ruhiy salomatlikning ahamiyati • Zararli odatlardan saqlanish kabi muhim masalalar haqida tushunchalar berildi. ✨ Tadbir qizlarimizni sog‘lom hayot tarziga rioya qilishga, o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan qarashga undadi. 📌 Sog‘lom turmush — baxtli va muvaffaqiyatli kelajak garovi!
Publizéiert 12. Feb.
#Jadidlar_merosi Lutfullo Olimiy (1893–1969) — ma’rifatparvar, o‘qituvchi va jurnalist 1893-yilda Namanganda tug‘ilgan. Ilk savodni otasidan olgan, Qo‘qonda yangi usul va rus-tuzem maktablarida tahsil olgan. 1914-yildan muallimlik qilib, “Namuna” va “Turon” maktablarida dars bergan, maorif tizimida faol ishlagan. 1925–1930-yillarda “Farg‘ona” (“Yangi Farg‘ona”) gazetasida muharrir bo‘lgan. Gulxaniy ijodini o‘rgangan ilk tadqiqotchilardan. “Qutadg‘u bilig”ning Namangan nusxasini Fitrat bilan Toshkentga taqdim etgan. 1930-yilda qatag‘on qilinib, qamoq jazosiga hukm etilgan. Og‘ir sinovlarga qaramay, millat ma’rifati yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ziyoli sifatida tarixda qolgan. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Hashtags
Publizéiert 11. Feb.
🏔 Zomin kurort zonasiga sayohat — tajriba va taassurotlarga boy kun! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi o‘quvchilari mamlakatimizdagi eng go‘zal va so‘lim hududlardan biri — Zomin kurort zonasiga ekskursiya tashrifini amalga oshirdilar. 🌿 Ekskursiya davomida o‘quvchilar: — hududning tabiiy va rekreatsion imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar — mehmonxona va turistik infratuzilma faoliyatini o‘rgandilar — turizm va servis sohasida amaliy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar — kasbiy tajribalarini yanada mustahkamladilar Musaffo tog‘ havosi, archazor tabiat hamda zamonaviy dam olish maskanlari o‘quvchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi. ✨ Bunday amaliy sayohatlar kelajak mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. 📸 Zomin — tabiat va turizm uyg‘unlashgan maskan! #Zomin#Turizm#MehmonxonaMenejmenti#Amaliyot#TalabalarHayoti#ToshkentTexnikumi