TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite5,842Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Säit 29 vun 85 · 1,010 Posts

Publizéiert 6. Feb.

Dunyo o‘zgaryapti — kasblarga munosabat ham yangilanmoqda! Texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bir paytda, barcha vazifalarni sun’iy intellekt bajarib bera olmaydi. Bugun inson mahorati, qo‘l mehnati va amaliy tajribaga asoslangan kasblar tobora yuqori qadrlanmoqda. Ushbu yo‘nalishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi faoliyati qanday olib boriladi? Agentlikning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 📹 Videoni tomosha qiling va batafsil bilib oling. Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

479 views

Publizéiert 6. Feb.

🏫 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi Texnikumda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, axborot texnologiyalaridan xavfsiz va oqilona foydalanish hamda huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda Yashnobod tumani IIO FMB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarni oldini olish bo‘limi boshlig‘i Tashinov Q. Е shuningdek IIB Yoshlar masalalari bo‘yicha inspektorlar ishtirok etib, o‘quvchilarga kiberjinoyatlar, internet xavfsizligi, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish va qonunchilikdagi javobgarlik masalalari yuzasidan batafsil tushuntirish berdilar. Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, foydali tavsiya va ko‘rsatmalarga ega bo‘ldilar. ✨ Bunday tadbirlar yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni turli salbiy holatlardan himoya qilish hamda ongli va mas’uliyatli avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. #HuquqiySavod #ТТММТ

550 views

Publizéiert 5. Feb.

#JadidlarMerosi Lutfullo Olimiy (1893–1969) ma’rifatchi, o‘qituvchi va jurnalist Lutfullo Olimiy 1893-yilda Namanganda ziyoli oilada tug‘ilgan. Dastlab otasi qo‘lida savod chiqargan, keyinchalik Namangan va Qo‘qondagi yangi usul maktablarida, shuningdek, Ufadagi “Oliya” madrasasida tahsil olgan. U Namangandagi “Namuna” va “Turon” maktablarida muallimlik qilgan, xalq maorifi sohasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1920-yillarda “Farg‘ona” (“Yangi Farg‘ona”) gazetasi muharriri sifatida faoliyat yuritgan. Lutfullo Olimiy Gulxaniy ijodini o‘rgangan ilk tadqiqotchilardan bo‘lib, Yangi alifbo harakati va “Qutadg‘u bilig” merosini asrashda faol ishtirok etgan. 1930–1949-yillarda qatag‘onlarga uchragan. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

487 views

Publizéiert 4. Feb.

💻Firibgarlar o‘ylaganingizdan ham ko‘ra yaqinroq! ❗️Ogohlik sizning himoyangiz! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

495 views

Publizéiert 3. Feb.

🏫 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida huquqiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida texnikumimizda o‘quvchi-yoshlar bilan huquqiy savodxonlikni oshirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 📚 Uchrashuv davomida: ✅ yoshlar jinoyatchiligining oldini olish ✅ ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalalari ✅ internet va ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik ✅ huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi. 💬 O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Mazkur hamkorlik tadbiri yoshlarning ongli, mas’uliyatli va qonunlarga hurmat bilan yashaydigan barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi. 🤝 Texnikum va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etadi. #ToshkentTurizmTexnikumi #TDYU #HuquqiySavod

623 views

Publizéiert 3. Feb.

2026-yilning 4–28-fevral kunlari ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda ro‘yxatga oluvchilar — mahalla vakillari xonadonma-xonadon yurib, ma’lumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritadilar. Hurmatli yurtdoshlar! Agar xonadoningizga kelgan registratorni tanimasangiz yoki unga nisbatan shubha tug‘ilsa, undan xizmat beydjikini ko‘rsatishni talab qiling. Beydjikdagi QR-kod orqali registrator haqidagi ma’lumotlarni tekshirishingiz mumkin — ushbu ma’lumotlar yagona bazaga kiritilgan. Shuningdek, 1851 qisqa raqami orqali faoliyat yuritayotgan kol-markazga qo‘ng‘iroq qilib, registrator haqida qo‘shimcha ma’lumot olish imkoniyati mavjud. Ayrim holatlarda birinchi bosqichda onlayn ro‘yxatdan o‘tib, sertifikat olgan fuqarolar xonadoniga ham registratorlar tashrif buyurishi mumkin. Bu, odatda, onlayn savolnomada ma’lumotlar xatolik yoki kamchiliklar bilan kiritilgani bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

507 views

Publizéiert 2. Feb.

📅 Bugun, 2-fevral kuni 🏫 Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida ⏳ “KELAJAK SOATI” doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. 📌 Mavzu: “Sog‘lom hayot” Mazkur mashg‘ulot o‘quvchi-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlash, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini rivojlantirish hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lishga da’vat etish maqsadida tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida sog‘lom hayotning inson salomatligi, o‘qishdagi faollik va kelajakdagi muvaffaqiyatga bevosita ta’siri haqida tushuntirishlar berildi. Interaktiv suhbatlar, savol-javoblar va hayotiy misollar orqali o‘quvchilarning fikr-mulohazalari tinglandi. 📍 Tadbir yoshlarni sog‘lom fikrlaydigan, mas’uliyatli va faol hayot tarzini tanlashga undadi. 📌 Bizni kuzatishda davom eting! 📱 Telegram

493 views

Publizéiert 2. Feb.

World of 8 Billion: Maktab, kollej va/yoki akademik litsey oʻquvchilari uchun videolar tanlovi Tanlovda maktabning 6-sinf va undan yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/akademik litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Videoda belgilangan muammolarga yechim taklif qilish kerak. Videolar ingliz tilida yoki istalgan boshqa tilda (inglizcha subtitir bilan) yaratilishi mumkin. Mukofotlar Tanlov gʻoliblari 300 dollardan 1200 dollargacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Arizalar 2026-yil 4-martgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/world-of-8-billion-videolar-tanlovi/ @grantlar Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

437 views

Publizéiert 1. Feb.

Axborot 24 | Kasbiy ta'limda xalqaro hamkorlik #1feb mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

386 views

Hashtags

Publizéiert 30. Jan.

VET4UZ loyihasi doirasida yangi ustaxona ochildi Bugun Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida VET4UZ loyihasi doirasida jihozlangan oshpazlik hamda restoran-bar amaliyot xonalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i B. Radjabov, VET4UZ loyihasi rahbari S. Strasburger, hamkor tashkilotlar vakillari, texnikum rahbariyati va o‘qituvchilar ishtirok etdi. Marosim davomida yangi amaliy xonalar tanishtirilib, ramziy lenta kesish orqali rasman foydalanishga topshirildi. Shunibgdek, o‘quvchilar tomonidan yarim tayyor mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yildi. Loyihaning ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

476 views

Publizéiert 30. Jan.

Ortga qaytmas islohotlar #29jan mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

442 views

Hashtags

Publizéiert 30. Jan.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2026-yilgi saralash bosqichiga start berildi! Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan. ✅Kimlar ariza topshirishi mumkin? 🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan; 🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan; 🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar. 📄 Hujjatlarni topshirish muddati: Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin. 🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin: 👉Nizomni ko‘rish Jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni eʼtirof etish va rag‘batlantirish bizning burchimiz. Mukofot uchun daʼvogarlik qilayotgan barcha nomzodlarga muvaffaqiyatlar tilaymiz! #MardOʻgʻlon#MardlikVaJasorat Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

467 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••2728293031•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
ViregteSäit 29 vun 85Nächst