TGINSIGHT CHAT
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
@ttmmtrasmiy
Travel🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot
Rezent Posts
Säit 36 vun 85 · 1,010 Posts
Publizéiert 27. Dez.
#PrezidentMurojaatnomasi Iste’dodli o‘g‘il-qizlarimiz ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda erishayotgan katta yutuqlari bilan ham Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi. O‘quvchi va talabalarimiz joriy yilda xalqaro fan olimpiadalarida 51 ta oltin, 101 ta kumush, 126 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z bilim va salohiyatini butun dunyoga namoyish qildi. Ma’lumki, O‘zbekiston kelgusi yili 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga, 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga, 2029-yilda esa Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Shu bilan birga, 2026-yilda yurtimizda ilk bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar talabalari o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlarida, Turkiy davlatlar texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kasb yo‘nalishlarida xalqaro olimpiada o‘tkaziladi. Bunday nufuzli tadbirlar Vatanimizni rivojlangan sport va ilm-fan mamlakatiga aylantirish, uning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga xizmat qiladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Hashtags
Publizéiert 27. Dez.
#PrezidentMurojaatnomasi “Eng muhim yutuqlarimiz haqida so‘z yuritganda, azm-u shijoatli sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda erishgan g‘alabalarini mamnuniyat bilan ta’kidlash o‘rinlidir”, – dedi davlatimiz rahbari. Avvalo, O‘zbekiston futboli uchun 2025-yil chinakam tarixiy yil bo‘ldi. Milliy terma jamoamiz ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Mohir shaxmatchilarimiz jahon kubogida munosib ishtirok etdi. Ayniqsa, navqiron grossmeysterimiz Javohir Sindorov jahon kubogining eng yosh sohibi bo‘lgani barchamizga yuksak g‘urur bag‘ishlaydi. O‘tgan haftada 9-17 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz vakillari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Jasorat va matonat sohibi bo‘lgan sportchilarimiz bu yilgi yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida 125 ta oltin, 77 ta kumush va 52 bronza medalini qo‘lga kiritib, ishtirokchi davlatlar orasida eng yuqori natijani qayd etdi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Hashtags
Publizéiert 27. Dez.
#PrezidentMurojaatnomasi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi, xalqaro reytinglardagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Xususan, yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi. “Bu gaplar ko‘pchilikka oddiy bir fakt bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin iqtisodchilar, investor va bankirlar gap naqadar katta natijalar haqida borayotganini juda yaxshi tushunib turibdi. Birgina ana shu o‘zgarish tufayli chetdan jalb qilinadigan resurslarning foiz stavkasi 1-1,5 punktga pasayib, tashqi qarz xarajati yiliga 250-300 million dollarga kamayadi”, – dedi Prezidentimiz. Shuningdek, Jahon banki e’lon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, dunyoning TOP-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Hashtags
Publizéiert 27. Dez.
O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatning yuksalish yili” deb e’lon qilindi. 1991 - "Alisher Navoiy yili". 1992 - "Hamshiralar yili". 1993 - "Ahmad Yassaviy yili". 1994 - "Mirzo Ulug'bek yili". 1995 - "Ibn Sino yili". 1996 - "Amir Temur yili". 1997 - "Inson manfaatlari yili". 1998 - "Oila yili". 1999 - "Ayollar yili". 2000 - "Sog'lom avlod yili". 2001 - "Onalar va bolalar yili". 2002 - "Qariyalarni qadrlash yili". 2003 - "Obod mahalla yili". 2004 - " Mehr-muruvvat yili". 2005 - "Sihat-salomatlik yili". 2006 - "Homiylar va shifokorlar yili". 2007 - "Ijtimoiy himoya yili". 2008 - "Yoshlar yili". 2009 - "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili". 2010 - "Barkamol avlod yili". 2011 - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili". 2012 - "Mustahkam oila yili". 2013 - "Obod turmush yili". 2014 - "Sog'lom bola yili". 2015 - "Keksalarni e'zozlash yili". 2016 - "Sog'lom ona va bola yili". 2017 - "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili". 2018 - “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili". 2019 - "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili". 2020 - "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili". 2021- "Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili". 2022 - "Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili". 2023 - "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili". 2024 - "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili". 2025- “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 27. Dez.
#PrezidentMurojaatnomasi Oliygoh bitiruvchilari va ish beruvchilar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib xizmat qiladigan raqamli eko-tizim yaratiladi Mazkur tizimda talabalarning akademik ko‘rsatkichlari va korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn ko‘rinib turadi. Ushbu eko-tizim bitiruvchi kurs talabalari uchun o‘ziga mos ish topish, korxonalarga esa malakali kadrlarni jalb qilish imkonini beradi. Shu tariqa, 2026-yildan boshlab O‘zbekistonda inson kapitaliga tayangan, zamonaviy kasb va malakaga asoslangan yangi mehnat bozori arxitekturasi to‘liq shakllantiriladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Hashtags
Publizéiert 27. Dez.
#PrezidentMurojaatnomasi Tibbiyot tizimida ham kasbiy ta’limni rivojlantirish uchun Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralar tayyorlash boshlandi. Endi ana shu texnikumlarga Germaniya, Shveytsariya, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning ta’lim dasturlari ham joriy etiladi. Shu asosda xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralar tarkibi shakllantiriladi. Keng ko‘lamli islohotlar sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ham jadal davom ettiriladi. Tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish uchun “master reja” ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, infarkt, insult, onkologik, nefrologik kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar hamda transplantatsiya, vaksinatsiya, ona-bola salomatligi yo‘nalishlariga 3,5 trillion so‘m ajratiladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Hashtags
Publizéiert 27. Dez.
#PrezidentMurojaatnomasi Texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik ham yangi bosqichga olib chiqiladi. Xususan, “dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi. Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi. Shuningdek, 2026-yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan o‘quvchilarga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Hashtags
Publizéiert 27. Dez.
#PrezidentMurojaatnomasi Yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangicha muhit olib kirish bo‘yicha besh yillik dastur tasdiqlandi. “Mening niyatim – yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz”, – dedi Prezidentimiz. Buning uchun 2026-yildan boshlab har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanib, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boriladi. Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi. 2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boshqa texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritsa, “Kasblar shaharchasi” maktab o‘quvchilarini qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Hashtags
Publizéiert 26. Dez.
🎄 Карнавал “Новый год — новые надежды” ✨ Сегодня в Ташкентском техникуме туризма и гостиничного менеджмента прошёл яркий и незабываемый новогодний карнавал! Наши студенты проявили невероятную креативность и праздничное настроение — яркие костюмы, улыбки и атмосфера сказки подарили всем ощущение настоящего чуда ✨ 🌟 Тема карнавала — “Новый год — новые надежды” — стала символом веры в светлое будущее, успехи и новые достижения. Мы рады видеть, как наши студенты не только учатся, но и вместе создают дружную и вдохновляющую атмосферу. Пусть приближающийся Новый год принесёт каждому радость, здоровье и большие возможности! 💫 С праздником! 🎁🎉
Publizéiert 26. Dez.
🎄 “Yangi yil — yangi umidlar” karnavali ✨ Bugun Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida yorqin ва унутилмас янги йил кaрнавали бўлиб ўтди! Талабаларимиз ўз истеъдодлари ва ижодкорликларини намоён этиб, ранг-баранг кийимлар, кулгулар ва байрамона кайфият орқали ҳақиқий мўъжиза муҳитини яратишди ✨ 🌟 Карнавал мавзуси — “Yangi yil — yangi umidlar” — келажакка ишонч, ютуқлар ва янги имкониятларнинг рамзига айланди. Биз талабаларимиз нафақат билим олаётгани, балки дўстона ва илҳомлантирувчи муҳит яратаётганидан жуда мамнунмиз. Янги йил ҳаммамизга қувонч, соғлик ва катта имкониятлар олиб келсин! 💫 Байрам муборак! 🎁🎉
Publizéiert 26. Dez.
O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatning yuksalish yili” deb e’lon qilindi. 1991 - "Alisher Navoiy yili". 1992 - "Hamshiralar yili". 1993 - "Ahmad Yassaviy yili". 1994 - "Mirzo Ulug'bek yili". 1995 - "Ibn Sino yili". 1996 - "Amir Temur yili". 1997 - "Inson manfaatlari yili". 1998 - "Oila yili". 1999 - "Ayollar yili". 2000 - "Sog'lom avlod yili". 2001 - "Onalar va bolalar yili". 2002 - "Qariyalarni qadrlash yili". 2003 - "Obod mahalla yili". 2004 - " Mehr-muruvvat yili". 2005 - "Sihat-salomatlik yili". 2006 - "Homiylar va shifokorlar yili". 2007 - "Ijtimoiy himoya yili". 2008 - "Yoshlar yili". 2009 - "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili". 2010 - "Barkamol avlod yili". 2011 - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili". 2012 - "Mustahkam oila yili". 2013 - "Obod turmush yili". 2014 - "Sog'lom bola yili". 2015 - "Keksalarni e'zozlash yili". 2016 - "Sog'lom ona va bola yili". 2017 - "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili". 2018 - “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili". 2019 - "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili". 2020 - "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili". 2021- "Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili". 2022 - "Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili". 2023 - "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili". 2024 - "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili". 2025- “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 25. Dez.
Texnikum o‘quvchilari uchun qishki ta'til muddati belgilandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilidagi qishki ta’til muddati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, qishki ta’til 2025-yil 28-dekabr kuni boshlanib, 2026-yil 10-yanvar kuniga qadar davom etadi. 📌Ta’til davomida: • kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari uchun Germaniya metodikasi asosida ishlab chiqilgan “Karyerani rivojlantirish” maxsus kursi hamda “SCAFFOLD” metodikasi boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil etiladi; • taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasida tuzilgan amaliyot shartnomalari monitoringi o'tkaziladi Shuningdek, Transport vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha qatnov va qulayliklar tashkil etiladi. 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvargacha o‘quvchilar temir yo‘l hamda avia chiptalarini 50 % chegirma bilan xarid qilishi mumkin. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot