TGINSIGHT CHAT
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
@ttmmtrasmiy
Travel🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot
Rezent Posts
Säit 34 vun 85 · 1,010 Posts
Publizéiert 5. Jan.
🚘 O’zbekistonda sun’iy intellekt bo’yicha tanlov o’tkazilib, g’olib maktablarga elektromobil beriladi Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. 👨💻 Unga ko‘ra, “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshiriladi. ✅ Har yili mazkur loyiha doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazib boriladi. 🎁 Bunda tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi: 🔹 100 nafar o‘qituvchiga 1 ming AQSh dollari ekvivalentida pul mukofoti; 🔹 10 nafar o‘qituvchiga xorijiy sayohatga yo‘llanma; 🔹 500 nafar yoshlarga noutbuk; 🔹 500 nafar yoshlarga qimmatbaho sovg‘alar; 🔹 3 ta OTMga pul mukofoti; 🔹 2 ta umumta’lim maktabiga “Prezident sovg‘asi” – elektromobil. 📝 Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida yoshlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi: 🔸 raqamlashtirish sohasida zamonaviy kasblarga, jumladan, IT-loyiha boshqaruvchisi, startap loyihasi boshqaruvchisi hamda xorijiy tillarga bepul o‘qish; 🔸 xalqaro professional darajadagi IT-sertifikatlarni olish bo‘yicha o‘quv kurslarida bepul ta’lim olish. 👉@xushnudbek👈
Publizéiert 5. Jan.
💨“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yangi tahrirda ⏺O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 26-dekabr kuni o‘z Murojaatnomasida“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish vazifasini ta’kidladi. 🇺🇿 So‘nggi yillardagi o‘zgarish va natijalarni hisobga olib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi. ⏺ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidano‘tkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi. ❗️Shunga ko‘ra, Strategiya loyihasiuzbekistan2030.uz va regulation.gov.uzplatformalarida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Marhamat, muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring. 🗣Strategiya loyihasi bo‘yicha qo‘shimcha savol va takliflaringizni 📞 (71) 239-49-38, 📞 (71) 239-49-44 raqamli koll-markaziga ✉️ [email protected] elektron manziliga yuborish mumkin. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 5. Jan.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar 5 million sun’iy intellekt yetakchilari loyihasi amalga oshiriladi "Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yo‘naltirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (849-son, 31.12.2025 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, "Bir million dasturchi" loyihasining mantiqiy davomi sifatida "Besh million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasi amalga oshiriladi. Har yili mazkur loyiha doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazib boriladi. Bunda tanlov g‘oliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan: ▫️ 100 nafar o‘qituvchi 1 000 AQSH dollari ekvivalentida pul mukofoti; ▫️ 10 nafar o‘qituvchi xorijiy sayohatga yo‘llanma; ▫️ 500 nafar yoshlar noutbuk; ▫️ 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovg‘alar; ▫️ 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofoti; ▫️ 2 ta umumta’lim maktabi "Prezident sovg‘asi" – elektromobil bilan taqdirlanadi. 📝 Shuningdek, "Muhammad al-Xorazmiy vorislari" loyihasi doirasida yoshlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi: 🔹 raqamlashtirish sohasida zamonaviy kasblarga, jumladan, IT-loyiha boshqaruvchisi, startap loyihasi boshqaruvchisi hamda xorijiy tillarga bepul o‘qish; 🔹 xalqaro professional darajadagi IT-sertifikatlarni olish bo‘yicha o‘quv kurslarida bepul ta’lim olish. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Hashtags
Publizéiert 4. Jan.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish g‘oyasining mazmun-mohiyati hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bu yo‘ldagi jo‘shqin va serqirra faoliyati – “Yil va yo‘l” hujjatli filmida. Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram
Publizéiert 1. Jan.
Publizéiert 31. Dez.
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi — Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 31. Dez.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2025-yildagi faoliyati tadbirlarga nihoyatda boy bo‘ldi. Tarixiy tashriflar, muhim uchrashuvlar, qabul qilingan qarorlar, erishilgan kelishuvlar, ishga tushirilgan va boshlangan yirik loyihalar ortida, har bir raqam zamirida – davlatimiz rahbarining xalq manfaati va yurt taraqqiyotiga qaratilgan tinimsiz va mashaqqatli mehnati. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 31. Dez.
Publizéiert 31. Dez.
#Tabrik Qadrli ustozlar! Aziz talaba-yoshlar! Sizlarni quvonch va umidlar bilan kirib kelayotgan 2026-yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Yangi yil barchamiz uchun yangi marralar, ulkan imkoniyatlar va ezgu maqsadlar sari dadil qadam tashlanadigan barakali yil bo‘lishiga ishonaman. Ustozlarimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning intilishi va izlanuvlari bilan 2026-yil yurtimiz ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida muhim yutuqlar yili bo‘lsin. Yangi yil har bir xonadonga tinchlik va osoyishtalik, fayz-u baraka, mehr-oqibat va farovonlik olib kirsin. Har bir kuningiz quvonchli lahzalar, ezgu tashabbuslar va samarali natijalarga boy bo‘lsin. Yangi yil yangilanish, taraqqiyot va yuksak maqsadlar sari dadil intilish yili bo‘lsin! Yangi yil muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Bunyod Abduxalilovich Radjabov telegram | facebook | instagram
Hashtags
Publizéiert 31. Dez.
🧨Осторожно пиротехника! Среди праздников “Новый год” выделяется своей сказочной атмосферой. Но жаль, что душераздирающие фейерверки в преддверии этого праздника нарушают покой многих. Без соблюдения правил техники безопасности пиротехника может вызвать чрезвычайные ситуации, в том числе пожар, который может привести к серьезным травмам людей. Тем не менее, мы становимся свидетелями того, как дети используют пиротехнику. Естественно, мы знаем, что большинство пиротехники-это контрафактная продукция, не отвечающая требованиям безопасности. 🫥Дорогие учащиеся! В целях предотвращения возможных несчастных случаев настоятельно просим вас воздержаться от использования пиротехнических изделий. Их применение может представлять серьёзную угрозу для жизни и здоровья. Только соблюдая меры безопасности и проявляя ответственность, мы сможем сохранить своё здоровье, избежать травм и провести праздничные дни спокойно и в хорошем настроении. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 31. Dez.
🧨Pirotexnika vositalaridan ogoh bo‘ling! Bayramlar ichida “Yangi yil” o‘z shukuhi, o‘z tarovati bilan ajralib turadi. Biroq shunisi achinarliki, ushbu bayram arafasida dilni xira qiladigan pirotexnika vositalari ko‘pchilikning tinchini buzadi. Bu matoh bolalar qoʼliga tushib qolsa, favqulodda vaziyatlar, jumladan, yongʼin keltirib chiqarishi, odamlarga ogʼir jarohat yetkazishi mumkin. Shunga qaramay, bolalar guruh-guruh boʼlib, pirotexnika vositalaridan foydalanayotganining guvohi boʼlyapmiz. Pirotexnika vositalarining aksariyati xavfsizlik talablariga javob bermaydigan kontrafakt mahsulotlari ekanligini tabiiyki, bilamiz. 🫥Aziz o'quvchi, pirotexnika vositalaridan foydalanish orqali sodir boʼlishi mumkin boʼlgan turli xil baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida pirotexnika vositalaridan foydalanmasligingizni so'raymiz.Zero, shundagina biz o'z hayotimizni va sogʼligimizni saqlashga erishamiz va bayramni tinch va osuda nishonlaymiz. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 30. Dez.
Kelajakda yaxshiroq daromad topaman desangiz, albatta, aileaders.uz orqali Sun’iy intellektni o‘rganing! Hurmatli Prezidentimiz “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga rasmiy start berish tadbirida eng asosiy e’tiborni mamlakatimizdagi inson kapitaliga qaratdilar. Bizdagi demografiya va yoshlarning shijoatiga juda ko‘p iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ekspertlari havas qilishadi. Shuning uchun ham yoshlarimiz kelgusida yanada raqobatbardosh bo‘lishlari uchun Sun’iy intellektni o‘rganib, undan o‘zlarining unumdorliklarini oshirishda foydalanishlari juda muhim. Bu esa aileaders.uz sayti orqali mutlaqo bepul va oson! Vaqtingizni bekor o‘tkazmang, vaqt borida o‘z malakangizni oshiring! BAA bilan hamkorlikdagi Sun’iy Intellekt Promptlarini yozish kursi juda oson va qisqa. Lekin u bilan kelgusida cheklanmay, ushbu saytimizdagi Coursera va boshqa hamkorlarimiz kurslarini ham tizimli o‘rganib boravering, shunda kelgusida shu sohada haqiqiy lider bo‘lasiz!