TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite5,725Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Säit 46 vun 85 · 1,010 Posts

Publizéiert 4. Nov.

🏆 BESH TASHABBUS OLIMPIADASI – 2025 🏅 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi jamoalari tumanda o‘tkazilgan bosqichda katta g‘alabalarga erishdi! 🎉 🥇 1-o‘rinlar: 🏃‍♀️ Yengil atletika – qizlar jamoasi 🏃‍♂️ Yengil atletika – o‘g‘il bolalar jamoasi 🏐 Voleybol – qizlar jamoasi 🏓 Stol tennisi – Toxirov Abdurahmon ♟ Shashka – Nig‘matjonov Muhammadaziz 🥈 2-o‘rinlar: ♟ Shaxmat – Voisova Qizlargul ♟ Shaxmat – Murodov Aziz ♟ Shashka – Rasulova Ra’no 🏐 Voleybol – o‘g‘il bolalar jamoasi 🎯 Ushbu yutuqlar tufayli jamoamiz faxr bilan Toshkent shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi! 💪 Texnikumimiz sportchilari bilan faxrlanamiz! 🩵 Yoshlarimizga omad va yangi zafarlar tilaymiz! 🌟 #BeshTashabbusOlimpiadasi2025#ToshkentTurizmTexnikumi#Sport#G‘alaba #Faxr#YoshlarKuchi

474 views

Publizéiert 4. Nov.

🌟Kelajagingizni bugundan boshlang! Texnikumlarda Duall ta'lim – zamonaviy kasb egalashning eng samarali yo'li!🚀 Assalomu alaykum qadrli o'quvchilar, ota-onalar va kelajak kasb egalari! Bugun sizga ta'lim olib, shu bilan birga ish tajribasini oshirish imkoniyatini beruvchi noyob tizim – Duall ta'lim haqida so'zlab bermoqchimiz. Duall ta'lim nima? Bu shunday tizimki, unda talabalar nazariy bilimlarni texnikumda chuqur egallash bilan birga, amaliy ko'nikmalarni to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarish korxonalarida, real ish sharoitida o'rganadilar. Ya'ni, siz ham o'qiysiz, ham ish tajribasiga ega bo'lasiz! Bu tizimning siz uchun afzalliklari: ✅Amaliy tajriba: O'qish davrida haqiqiy ish tajribasiga ega bo'lasiz, bu sizni bitiruvchingiz bilanoq ishga tayyor mutaxassisga aylantiradi. ✅Ishga joylashish kafolati: Duall ta'limni tamomlagan bitiruvchilar ko'pincha amaliyot o'tagan korxonalarning o'zida ish bilan ta'minlanadi. ✅Moddiy rag'batlantirish: Ba'zi korxonalar talabalarga amaliyot davrida maosh to'laydi, bu esa sizning o'qishingiz davomida moddiy qo'llab-quvvatlaydi. ✅Zamonaviy texnologiyalar: Eng so'nggi texnologiyalar va uskunalarda ishlashni o'rganasiz. ✅Ish beruvchi talabiga mos mutaxassis: Korxonalar ehtiyojidan kelib chiqib, yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi. Kimlar uchun? Agar siz tez muddatda malakali mutaxassis bo'lib, o'z kasbingizni topmoqchi bo'lsangiz, o'qish jarayonida amaliy ko'nikmalarni oshirishni istasangiz, dual ta'lim siz uchun ajoyib imkoniyatdir! Batafsil ma'lumot olish uchun o'zingizga yaqin texnikumga murojaat qiling va kelajagingizni bugundan boshlang! Kelajakni birga quramiz!

454 views

Publizéiert 4. Nov.

Viktorina davom etmoqda! Boshqarmamiz tomonidan foydalanuvchilarning bilim saviyasi va faolligini oshirish maqsadida onlayn viktorina tashkil etildi! Ishtirokchilarga 10 ta savol taqdim etiladi. Savollarga to‘g‘ri va eng tez javob berganlar orasidan g‘olib aniqlanadi. 2 nafar g‘olibga — 1 yillik telegram premium sovg‘a qilinadi! ✨ ❗ E’tibor bering: G‘oliblar raqamlar generatsiyasi orqali va 2 ta Telegram kanalga a’zo bo‘lgan ishtirokchilar orasidan tanlab olinadi. Viktorina muddati: 1 — 10 noyabr ⤵️ Ishtirok etish uchun: @otfiv_tanlov_bot Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

447 views

Publizéiert 3. Nov.

🏐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida — birinchi qadam muvaffaqiyatli! 🏆 So‘ngi kunlarda Toshken Turizm va Mehmonxona Menejmenti Texnikumimizda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha saralash musobaqalari (1-bosqich) jiddiy kurash va kuchli hissiyotlar bilan o‘tkazildi! 🔥 Har bir o‘yinda talabalar nafaqat jismoniy kuch, balki jamoaviy ahillik, irodali kurash va sport madaniyatini namoyon qildi. ✅ Natijada — g‘olib jamoamiz aniqlandi! Ularga — tumanbosqichiga yo‘llanma berildi! 🎉 👏 Tabriklaymiz g‘olib jamoaga va ularga keyingi bosqichda ham omad tilaymiz! Siz — bizning faxrimiz! 💪 Qolgan ishtirokchilarga ham katta rahmat! Sport — bu faqat g‘alaba emas, balki do‘stlik, adolat va sog‘lom raqobatdir! #BeshTashabbus#ProfessionalTa’lim #VoleybolOlimpiadasi#ToshkenTM#TalabalikZamonimiz#SportBirlikdaKuchli

488 views

Publizéiert 2. Nov.

Бошқарма бошлиғининг шахсий канали ҳамда бошқарманинг телеграм каналига обуна бўлишингиз тавсия этилади

470 views

Publizéiert 2. Nov.

https://t.me/iamradjabov

482 views

Publizéiert 2. Nov.

https://t.me/OTFIV_Toshkent_boshqarmasi

480 views

Publizéiert 1. Nov.

📍 Мастер-класс в Ташкентском техникуме туризма и гостиничного менеджмента! Сегодня для студентов направления «Организация обслуживания на предприятиях общественного питания» был проведён увлекательный мастер-класс с участием специалистов холдинговой компании AB GROUP. 🍰 Шеф-кондитер проекта “Sorrento” Валерия Вдовина поделилась со студентами своим опытом, секретами современного кондитерского искусства и практическими навыками. Данное мероприятие направлено на повышение профессионального уровня студентов, развитие их практических умений и подготовку конкурентоспособных специалистов в сфере общественного питания. 👏 Выражаем благодарность компании AB GROUP и Вдовиной Валерии за плодотворное сотрудничество и вдохновляющую встречу! #ТашкентскийТехникумТуризма#ABGroup#Sorrento#МастерКласс#ШефКондитер#ПрофессиональноеРазвитие#ТуризмИГостиничныйМенеджмент#КондитерскоеИскусство

534 views

Publizéiert 1. Nov.

📍 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida mahorat darsi! Bugun texnikumimizda “Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish” yo‘nalishi o‘quvchilari uchun AB GROUP xolding kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. 🍰 “Sorrento” loyihasi shef-konditeri Vdovina Valeriya o‘quvchilar bilan o‘zining tajribasi, zamonaviy konditerlik sir-asrorlari hamda amaliy ko‘nikmalarini bo‘lishdi. Mazkur uchrashuv o‘quvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ularni amaliyotga yaqinlashtirish va mehnat bozorida raqobatbardosh kadr sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. 👏 Tashabbus uchun AB GROUP jamoasiga va Vdovina Valeriya xonimga minnatdorchilik bildiramiz! #ToshkentTurizmTexnikumi#ABGroup#Sorrento#MahoratDarsi#ShеfKonditer#KasbiyTajriba#TurizmVaMehmonxonaMenejmenti#OshpazlikSan’ati #ProfessionalO‘sish

478 views

Publizéiert 1. Nov.

Hurmatli foydalanuvchilar! Boshqarmamiz tomonidan foydalanuvchilarning bilim saviyasi va faolligini oshirish maqsadida onlayn viktorina tashkil etilmoqda. Ishtirokchilarga 10 ta savol taqdim etiladi. Savollarning 10 tasiga to‘g‘ri va tez javob bergan foydalanuvchilar orasidan g‘oliblar aniqlanadi. Viktorinada g‘olibi bo‘lgan 2 nafar faol ishtirokchiga 1 yillik “Telegram Premium” sovg‘asi taqdim etiladi! 🌟 E’tibor bering! G‘oliblar viktorina yakunida raqamlar generatsiyasi orqali aniqlanadi. Viktorinada ishtirok etish uchun: @otfiv_tanlov_bot Viktorina muddati: 1-noyabrdan — 10-noyabrga qadar. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

425 views

Publizéiert 31. Okt.

#YUNESKO#tashabbuslar Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari nutqida ta’lim sohasiga oid muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Prezidentimiz ma’lum qilganidek, respublikamizda YUNЕSKOning 8 ta kafedrasi, 24 ta hamkor maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkent va Farg‘ona YUNЕSKOning ta’lim shaharlari Global tarmog‘idan joy oldi. Shuningdek, yuzlab madaniy meros obyektlari ilg‘or texnologiya va xalqaro standartlar asosida restavratsiya qilindi. “Samarqanddagi Bosh konferensiya doirasida yurtimizda qator qo‘shimcha tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, ko‘hna Buxoroda ilk marta zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tmoqda, poytaxtimizda YUNЕSKO shafeligida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi ochiladi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNЕSKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotining sovrindorlarini taqdirlaymiz, muzeylar faoliyatida sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman tashkil etilmoqda, oliy ta’lim sohasidagi kvalifikatsiyalarni tan olishga oid Global konvensiyaga ham qo‘shilamiz”, dedi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari Jahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish, “Sun’iy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirish, Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar anjumanini o‘tkazish kabi muhim tashabbuslarni taklif etdi. Ma’lumot uchun: konferensiya so‘nggi 40 yil ichida ilk bor YUNЕSKO Bosh qarorgohidan tashqarida – ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand zaminida bo‘lib o‘tmoqda. @hilola_umarova

495 views

Publizéiert 30. Okt.

📚 YUNESKO loyihasi doirasidagi o‘quv seminari! 28–30-oktyabr kunlari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning xalqaro trenerlari “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida “Kattalarni o‘qitishda ta’lim jarayonlarini tashkil etish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 🔹 Ushbu seminarda Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi o‘qituvchilari — Kamola To‘xirova, Dilnoza Tairova va Saida Aliyeva faol ishtirok etdilar. Seminar davomida zamonaviy o‘qitish metodlari, kattalar ta’limida innovatsion yondashuvlar va ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari muhokama qilindi. Mazkur loyiha o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 🌍✨ #ToshkentTurizmTexnikumi#YUNESKO#YevropaIttifoqi#Ta’lim #Seminar#KattalarTa’limi #ProfessionalRivojlanish

498 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••4445464748•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
ViregteSäit 46 vun 85Nächst